Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Qarori
Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 31-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2872]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 23-sentabrdagi 5-mh-son hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 22-sentabrdagi 37-sonli ““Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek, unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2872-2, 09.10.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-martdagi 67-son “Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2014-yil 11-martdagi 9 va 3-son “Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2572, 2014-yil 7-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 15-son, 171-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 24-fevral,
2-mh-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 24-fevral,
80-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2017-yil 24-fevraldagi 2-mh, 80-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari toʻgʻrisida
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi hamda “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-martdagi 67-son “Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarining (bundan buyon matnda oromgoh deb yuritiladi) maqsadi, vazifalari va funksiyalarini hamda ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 21-oktabrdagi 29-mh-son, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 11-oktabrdagi 28-son qarori (roʻyxat raqami 2872-1, 11.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 10/21/2872-1/1040-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oromgoh sanitariya-gigiyena, sanitariya-epidemiologiya hamda xavfsizlik talablariga toʻliq javob beradigan va qulay sharoitda bolalarning belgilangan kundalik hayot tarziga rioya etishi, sifatli ovqatlanishi, ijodiy salohiyatining rivojlanishi, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarining shakllanishi, dam oldirilishi, salomatliklarining tiklanishi va mustahkamlanishi, jismoniy tarbiya, sport va turizm bilan shugʻullanishlarini taʼminlovchi sogʻlomlashtirish muassasasi hisoblanadi.
2. Ushbu Nizom talablari davlat organlari, ular tizimidagi tashkilotlar va kasaba uyushmalari tasarrufida boʻlgan oromgohlar faoliyatiga, shuningdek kasaba uyushmalari mablagʻlari yoʻnaltiriladigan boshqa oromgohlar faoliyatiga nisbatan tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oromgoh oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda oʻz ustaviga amal qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
2-bob. Oromgohning maqsadi, vazifalari va funksiyalari
4. Oromgohning maqsadi — bolalarning oʻqishdan tashqari vaqtini sermazmun oʻtkazish, ularning ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan hordiq chiqarishlarini taʼminlash, ular ongiga milliy gʻoyani, vatanparvarlik tuygʻularini hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish orqali har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishdan iboratdir.
5. Quyidagilar oromgohning asosiy vazifalari hisoblanadi:
bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishini tashkil etish;
bolalarning jismoniy, intellektual, maʼnaviy va axloqiy kamol topishiga koʻmaklashish;
bolalarni oʻzbek xalqining tarixiy va milliy anʼanalari hamda maʼnaviy qadriyatlari bilan tanishtirish;
bolalarda “ommaviy madaniyat”ning turli illatlariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ular ongiga umuminsoniy va milliy qadriyatlarni singdirish;
bolalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Oromgoh qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
6. Oromgoh oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
bolalarning har tomonlama kamol topishi, xususan, ularning shaxsi, qiziqishlari, iqtidorining rivojlanishi, mustaqil bilim olishi va ijodiy mehnat qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
bolalarning ehtiyojlariga muvofiq ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan toʻgaraklar tashkil etadi;
qoʻshimcha taʼlim xizmatlari koʻrsatadi;
bolalar bilan sanʼat va hunarmandchilik yoʻnalishlari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazadi;
qobiliyatli, iqtidorli bolalarni aniqlaydi, ularning shaxsini rivojlantirishga qaratilgan musobaqalar, texnik, badiiy ijodiyot, oʻlkashunoslik, ekologiya va boshqa yoʻnalishlardagi tadbirlarni tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oromgoh qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻz maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
3-bob. Oromgohlar faoliyatini tashkil etish
1-§. Umumiy qoidalar
7. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-martdagi 67-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika oromgohlarida bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish konsepsiyasiga muvofiq oromgohlar 2 turga ajratiladi:
1) statsionar oromgohlar — statsionar baza asosida qurilgan yoki vaqtinchalik ijaraga olingan obyektlarda tashkil etilib, unda bolalar smena davomida yashaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
2) kunduzgi oromgohlar — umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari, sport, ijtimoiy xizmat koʻrsatish, sanatoriy-kurort muassasalari va boshqa tashkilotlar qoshida vaqtinchalik tashkil etilib, unda bolalar faqatgina kunduz kuni dam oldiriladi va sogʻlomlashtiriladi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 21-oktabrdagi 29-mh-son, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 11-oktabrdagi 28-son qarori (roʻyxat raqami 2872-1, 11.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 10/21/2872-1/1040-son)
8. Oromgoh davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar (bundan buyon matnda Balansda saqlovchi deb yuritiladi) tomonidan tashkil etiladi.
Oromgoh bir nechta Balansda saqlovchi va kasaba uyushmalarining birgalikdagi mablagʻlari asosida tashkil etilishi mumkin.
9. Oromgoh faoliyatiga Balansda saqlovchi tomonidan, Balansda saqlovchilar bir nechta boʻlganda kelishuv asosida ulardan biri tomonidan tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi.
10. Oromgohda bolalarni sogʻlomlashtirish muddatlari Balansda saqlovchi(lar) tomonidan belgilanadi. Bunda sogʻlomlashtirish muddatlari yozgi mavsumda 10 kundan, kuzgi, qishki va bahorgi mavsumda 7 kundan kam boʻlmasligi lozim.
11. Oromgohda bolalarning yoshini hisobga olgan holda guruhlar tuziladi. Guruhlardagi bolalar soni 7–9 yoshdagi bolalar uchun 30 nafardan, 10–18 yoshdagi bolalar uchun 40 nafardan oshmasligi kerak.
12. Oromgohlarda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-martdagi 67-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika oromgohlarida bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish konsepsiyasida nazarda tutilgan xizmatlar koʻrsatiladi.
13. Oromgohlarda dam oluvchilar uchun ovqatlanish va boshqa maishiy sharoitlarni tashkil etishda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilinishi zarur.
2-§. Statsionar oromgohning faoliyatini tashkil etish
14. Statsionar oromgoh yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz ustaviga, mustaqil balansiga, bank hisobvaragʻiga, oʻz nomi yozilgan muhrga, yuridik manzili koʻrsatilgan shtamp va blankalarga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Bolalar statsionar oromgohlarga Balansda saqlovchi tomonidan beriladigan yoʻllanma asosida yuboriladi. Yoʻllanmalar bolalarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (bundan buyon matnda ota-onalar deb yuritiladi) ishlayotgan tashkilotlar, ota-onalar, homiylar, kasaba uyushmalarining mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan xarid qilinadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
16. Statsionar oromgohda bolalarni qabul qilish va kuzatish komissiyasi tuziladi.
Bolalarni qabul qilish va kuzatish komissiyasining tarkibi statsionar oromgoh rahbarining buyrugʻiga muvofiq besh kishidan iborat tarkibda tasdiqlanadi hamda komissiya raisi (oromgoh rahbari) va aʼzolaridan (tarbiyachi, yetakchi, bosh shifokor va hamshira) tashkil topadi.
17. Bolalar statsionar oromgohga quyidagi hujjatlar asosida qabul qilinadi:
Balansda saqlovchi tomonidan beriladigan yoʻllanma;
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 21-oktabrdagi 29-mh-son, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 11-oktabrdagi 28-son qaroriga (roʻyxat raqami 2872-1, 11.11.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 10/21/2872-1/1040-son)
davolash-profilaktika muassasasi tomonidan bolaning sogʻligʻi haqida berilgan tibbiy maʼlumotnoma (079/x-shakl).
18. Statsionar oromgohga bolalar mazkur oromgoh tibbiyot xodimlari koʻrigidan oʻtkazilgan holda qabul qilinadi. Tibbiy koʻrik jarayonida bolada biror kasallik alomati aniqlansa, bola oromgohga qabul qilinmaydi va uning davolanishi uchun 3 kun muddat beriladi.
Bola 3 kun ichida davolanib kelgan taqdirda, statsionar oromgohga qabul qilinadi va joriy smenaning yakuniga qadar oromgohda dam oldiriladi. Davolanish muddati uch kundan ortiq davom etgan taqdirda, ota-onasining 10 kun ichida berilgan yozma murojaatiga asosan bolaga berilgan yoʻllanma Balansda saqlovchi tomonidan qaytarib olinadi va yoʻllanma uchun toʻlangan mablagʻning 85 foizi toʻlovchiga qaytariladi.
19. Bir smenada dam oldirilgan va sogʻlomlashtirilgan bolalar statsionar oromgohga mazkur Nizomda belgilangan tartibda keyingi smenalarda ham qabul qilinishi mumkin.
20. Statsionar oromgoh xodimlarining shtatlar jadvali Balansda saqlovchi tomonidan tasdiqlanadi.
21. Statsionar oromgoh xodimlari mehnat shartnomasi asosida oromgoh boshligʻining buyrugʻi bilan ishga qabul qilinadi va lavozimidan ozod etiladi.
22. Tibbiyot xodimlari statsionar oromgohga tegishli hududiy sogʻliqni saqlash organlari bilan kelishgan holda ishga qabul qilinadi. Tibbiyot xodimlari va oromgoh rahbariyati bolalarning hayoti, sogʻligʻi va jismoniy rivojlanishi, ular bilan mavsum davomida davolash-profilaktika ishlari olib borilishi, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilinishi uchun masʼul hisoblanadi.
Dam oldirilayotgan va sogʻlomlashtirilayotgan bolalar hamda oromgoh xodimlariga birinchi tibbiy yordam bepul koʻrsatiladi.
23. Statsionar turdagi oromgoh xodimlari uchun dam oldirish va sogʻlomlashtirish mavsumi davomida yashash va ovqatlanish bepul amalga oshiriladi va buning uchun sarflanadigan xarajatlar Balansda saqlovchi hisobidan qoplanadi.
24. Statsionar oromgoh sogʻlomlashtirish mavsumidan tashqari vaqtlarda shartnoma asosida turli tashkilotlar bilan seminarlar, sport musobaqalari va boshqa tadbirlarni oʻtkazishi, shuningdek oʻz bazasida dam olish maskanlarini tashkil etishi mumkin.
3-§. Kunduzgi oromgohning faoliyatini tashkil etish
25. Kunduzgi oromgohning kundalik faoliyati Balansda saqlovchining qaroriga koʻra hududiy sharoitdan kelib chiqib quyidagicha tashkil etiladi:
soat 08.30 dan 14.00 gacha;
soat 08.30 dan 17.00 gacha.
26. Har bir kunduzgi oromgohda bolalarni qabul qilish va kuzatish komissiyasi tuziladi.
Bolalarni qabul qilish va kuzatish komissiyasining tarkibi oromgoh faoliyati tashkil etilayotgan muassasa rahbarining buyrugʻiga muvofiq besh kishidan iborat tarkibda tasdiqlanadi hamda komissiya raisi (oromgoh rahbari) va aʼzolaridan (uch nafar pedagog va tibbiyot xodimi) tashkil topadi.
27. Ota-onalar farzandini oromgohda dam oldirish uchun oromgoh faoliyati tashkil etilishidan 15 kun oldin bolalarni qabul qilish va kuzatish komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ota-onalar tomonidan oromgoh rahbari nomiga yozilgan ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
(27-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 21-oktabrdagi 29-mh-son, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 11-oktabrdagi 28-son qaroriga (roʻyxat raqami 2872-1, 11.11.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 10/21/2872-1/1040-son)
davolash-profilaktika muassasasi tomonidan bolaning sogʻligʻi haqida berilgan tibbiy maʼlumotnoma (079/x-shakl);
Oldingi tahrirga qarang.
(27-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 21-oktabrdagi 29-mh-son, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 11-oktabrdagi 28-son qaroriga (roʻyxat raqami 2872-1, 11.11.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 10/21/2872-1/1040-son)
28. Kunduzgi oromgoh rahbari tomonidan dam olish mavsumi boshlanguniga qadar oromgohda smena boʻyicha dam oldiriladigan va sogʻlomlashtiriladigan bolalar roʻyxati tasdiqlanadi.
29. Bir smenada dam oldirilgan va sogʻlomlashtirilgan bolalar kunduzgi oromgohga mazkur Nizomda belgilangan tartibda keyingi smenalarda ham qabul qilinishi mumkin.
4-bob. Oromgoh faoliyatini ixtisoslashtirish
1-§. Umumiy qoidalar
30. Oromgohlar bolalarning yoshini eʼtiborga olgan holda tarbiyaviy ishlarning mazmuni boʻyicha turli ixtisoslashgan yoʻnalishlarda tashkil etilishi mumkin.
31. Statsionar oromgoh quyidagi ixtisoslashgan yoʻnalishlarda tashkil etilishi mumkin:
intellektual rivojlantirish oromgohlari;
sport-sogʻlomlashtirish oromgohlari;
sanatoriy-sogʻlomlashtirish oromgohlari;
harbiy-sport oromgohlari;
ekologik-biologik, oʻlkashunoslik oromgohlari;
ixtisoslashgan bolalar oromgohlari.
32. Kunduzgi oromgoh quyidagi ixtisoslashgan yoʻnalishlarda tashkil etilishi mumkin:
mehnat va dam oldirish oromgohlari;
sport-sogʻlomlashtirish oromgohlari;
ekologik-biologik, oʻlkashunoslik oromgohlari.
33. Statsionar va kunduzgi oromgohlarning faoliyati bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirishni amalga oshirish boʻyicha mutasaddi tashkilotchilarning taklif va tashabbuslari bilan boshqa yoʻnalishlarda ham tashkil etilishi mumkin.
2-§. Intellektual rivojlantirish oromgohlari
34. Intellektual rivojlantirish oromgohlari fan olimpiadalari, taʼlim sohasining turli darajadagi musobaqalari gʻoliblari boʻlgan 10–14 yoshdagi bolalarni dam oldirish va sogʻlomlashtirish uchun tashkil etilgan boʻlib, unda bir yoki bir nechta fanlar yoxud tillar chuqurlashtirilgan tarzda oʻrganilishiga eʼtibor beriladi.
35. Intellektual rivojlantirish oromgohlari intellektual oʻquv mashgʻulotlari va madaniy-maʼrifiy tadbirlar dasturlari asosida faoliyat koʻrsatadi.
36. Intellektual oʻquv mashgʻulotlari dasturi fan yoʻnalishlari boʻyicha dars va toʻgarak mashgʻulotlari, mahorat darslari, fan kechalari, turli musobaqa, viktorina va boshqa tanlovlar shaklida amalga oshiriladi.
Madaniy-maʼrifiy tadbirlar dasturi sport musobaqalari, ijodiy uchrashuvlar, adabiy-badiiy kechalar va konsert dasturlari, insho va rasmlar tanlovlari, shuningdek oromgohlar uchun tavsiya etilgan filmlar namoyishi shaklida tashkil etiladi.
37. Intellektual oʻquv mashgʻulotlari va madaniy-maʼrifiy tadbirlar dasturlarini amalga oshirishda olimlar va oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, adabiyot va sanʼat arboblari ular bilan kelishilgan holda taklif etiladi.
3-§. Sport-sogʻlomlashtirish oromgohlari
38. Sport-sogʻlomlashtirish oromgohlari 8–18 yoshdagi bolalar va oʻsmirlar uchun sport yoʻnalishidagi taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining oʻquv-mashq mashgʻulotlarini davom ettirishlari, ularning sport mahoratini takomillashtirish, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish, sogʻligʻini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan boʻlib, unda bolalarning yoshi va sport turining oʻziga xos xususiyatlari asosida har xil guruhlar tuzilishi mumkin.
39. Sport-sogʻlomlashtirish oromgohlaridagi oʻquv-mashq mashgʻulotlari bolalar sport maktablarida oʻtkaziladigan oʻquv jarayonining davomi boʻlib, mazkur muassasalar uchun moʻljallangan dasturlar asosida murabbiylar tomonidan olib boriladi.
40. Sport-sogʻlomlashtirish oromgohiga tarbiyachi va yetakchilar sifatida bolalar uchun sport yoʻnalishidagi taʼlim muassasalarining murabbiylari kelishuv boʻyicha jalb etiladi.
4-§. Sanatoriy-sogʻlomlashtirish oromgohlari
41. Sanatoriy-sogʻlomlashtirish oromgohlari yurak qon-tomir tizimining kasallanishi, nafas olish, ovqat hazm qilish organlari, tayanch-harakat apparatining oʻziga xos boʻlmagan xususiyatlari bilan betob boʻlib turadigan 7–14 yoshdagi bolalarni dam oldirish va sogʻlomlashtirish uchun tashkil etiladi.
42. Sanatoriy-sogʻlomlashtirish oromgohlari statsionar baza asosida qurilgan sogʻlomlashtirish oromgohlari, sanatoriya turidagi maktab-internatlar, sanatoriy-profilaktoriylar bazasida, shuningdek oʻrmon, daryo va boshqa suv havzalari yonida joylashgan hamda yetarli darajada koʻkalamzorlashtirilgan, faoliyat yuritishi uchun zarur jihozlar bilan taʼminlangan obyektlarda tashkil etilishi mumkin. Mazkur oromgohlarda bolalarning sogʻlomlashtirilishini tashkil etish davolash-sogʻlomlashtirish rejimiga qatʼiy rioya qilgan holda chiniqish bilan birga olib boriladigan davolash badantarbiyasi, toʻyimli ovqatlanish hamda kasallik turi va xususiyatiga mos keluvchi profilaktik muolajaga asoslanishi kerak.
43. Sanatoriy-sogʻlomlashtirish oromgohlarida bolalarning jismoniy tarbiyasi tibbiy nazorat ostida olib boriladi. Ushbu oromgohlarda sogʻlomlashtirilayotgan bolalar uchun jismoniy zoʻriqish darajasi va rejimi shifokor tomonidan belgilanadi.
44. Sanatoriy-sogʻlomlashtirish oromgohlarida olis masofaga va uzoq davom etuvchi sayohatlar, harbiy oʻyinlar va sport musobaqalarini oʻtkazish tavsiya etilmaydi, uzoqqa yoki tez yugurishni, chidamlilikni nazarda tutuvchi boshqa mashgʻulot turlari cheklangan holda oʻtkaziladi.
5-§. Harbiy-sport oromgohlari
45. Harbiy-sport oromgohlari 12 — 17 yoshdagi bolalarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarni Vatan mudofaasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilishga tayyorlash maqsadida yozgi taʼtil mavsumida ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turuvchi voyaga yetmaganlar uchun maxsus dastur asosida tashkil etiladi.
46. Harbiy-sport oromgohlarida voyaga yetmaganlar bilan sport mashgʻulotlari, psixologlar ishtirokida seminar-treninglar va turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi.
6-§. Ekologik-biologik, oʻlkashunoslik oromgohlari
47. Ekologik-biologik, oʻlkashunoslik oromgohlarida 7 — 14 yoshdagi bolalar uchun sayyohlik-oʻlkashunoslik va ekskursiya ishlarining serqirra turlari tashkil etiladi, bolalarga mamlakatimizning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy jihatdan oʻziga xos jihatlari chuqur oʻrgatiladi.
48. Ekologik-biologik, oʻlkashunoslik oromgohlarida bolalar uchun sayyohlik, oʻlkashunoslik, tabiatshunoslik va ekologiya yoʻnalishlarida toʻgaraklar tashkil etiladi.
Mazkur toʻgaraklarda bolalarga tabiat hodisalarini kuzatish va taqqoslash, ekologik muammolarni oʻrganish va muhokama qilish, shuningdek ushbu maqsadlarda bevosita tajriba oʻtkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
49. Ekologik-biologik, oʻlkashunoslik oromgohlari tomonidan ularda oʻtkaziladigan mashgʻulotlarning xususiyatini inobatga olgan holda turli yoʻnalishlar boʻyicha sayohatlar tashkil etiladi.
7-§. Ixtisoslashgan bolalar oromgohlari
50. Ixtisoslashgan bolalar oromgohlari 7 — 14 yoshdagi bolalarda yetakchilik va faollikni shakllantirish, ularning ijtimoiy moslashuv koʻnikmalarini oshirishga yoʻnaltiriladi.
51. Ixtisoslashgan bolalar oromgohining faoliyati, qoida tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan oʻquvchilarning taʼtil paytida dam olishlari va salomatliklarini mustahkamlashni hamda ularga qoʻshimcha taʼlim-tarbiya berishni nazarda tutgan holda tashkil etiladi.
52. Ixtisoslashgan bolalar oromgohida tarbiyachi sifatida Mehribonlik uylarining xizmatchilari, toʻgarak rahbarlari sifatida esa, “Barkamol avlod” bolalar markazlarining pedagog xodimlari jalb etilishi mumkin.
8-§. Mehnat va dam oldirish oromgohlari
Oldingi tahrirga qarang.
53. Mehnat va dam oldirish oromgohlari umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va professional taʼlim muassasalarining 15 — 18 yoshdagi oʻquvchilarining ijtimoiy foydali mehnati dam oldirish va sogʻlomlashtirish bilan birga qoʻshib olib borilishiga yoʻnaltiriladi. Unda bolalar ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlanadi, ularning mehnat koʻnikmalari shakllantiriladi. Oʻquvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish oromgohni tashkil etishning asosiy sharti hisoblanadi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 21-oktabrdagi 29-mh-son, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 11-oktabrdagi 28-son qarori (roʻyxat raqami 2872-1, 11.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 10/21/2872-1/1040-son)
54. Mehnat va dam oldirish oromgohlari kunduzgi oromgoh sifatida turli tashkilotlar, shu jumladan fermer xoʻjaliklari bazasida tashkil etiladi. Mazkur oromgohlarda har bir mavsum 12 kundan koʻp boʻlmagan muddatga belgilanadi.
55. Bolalarni ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlash va ularning mehnat koʻnikmalarini shakllantirishda bajarayotgan ishining turi va muddatlaridan qatʼi nazar, 18 yoshga yetmagan shaxslar uchun belgilangan sanitariya-epidemiologik qoidalar va mehnatni muhofaza qilish qoidalari talablariga rioya qilinishi shart. Mazkur muassasalarga qabul qilingan bolalar Oʻn sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qoʻllanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari roʻyxatida (roʻyxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) nazarda tutilgan ishlarga jalb qilinmasligi lozim.
56. Mehnat va dam oldirish oromgohlarining kun tartibini ishlab chiqishda bolalarning mehnat faoliyatini jismoniy sogʻlomlashtirish va madaniy-ommaviy tadbirlar bilan uygʻunlashtirilgan holda olib borish nazarda tutiladi.
5-bob. Dam oldirish va sogʻlomlashtirish jarayoni
57. Oromgohda bolalarning dam oldirilishi va sogʻlomlashtirilishi oʻquv va madaniy-maʼrifiy dasturlar hamda sogʻlomlashtirish tadbirlari asosida tashkil etiladi.
58. Oromgohning har bir toʻgaragida kamida 10 nafar bolalardan iborat guruhlar tashkil etiladi.
59. Oromgohda barcha yoʻnalishdagi toʻgarak mashgʻulotlari uchun haftada 4 akademik soat, sayyohlik-oʻlkashunoslik yoʻnalishidagi toʻgaraklar uchun haftada 6 akademik soat ajratiladi.
60. Toʻgaraklarning faoliyati oromgoh rahbari tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv reja hamda bolalarning yoshi, psixofiziologik xususiyatlari va sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari inobatga olingan holda tuzilgan mashgʻulotlar jadvali asosida bepul amalga oshiriladi.
6-bob. Dam oldirish va sogʻlomlashtirish jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
61. Bolalar, ota-onalar va pedagog xodimlar dam oldirish va sogʻlomlashtirish jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi.
62. Bolalar quyidagi huquqlarga ega:
oromgohning ichki tartib-qoidalari bilan tanishish;
oromgohda qiziqishiga koʻra toʻgarak turini tanlash va unda bepul taʼlim olish;
oromgohning tibbiy va qoʻshimcha taʼlim xizmatlaridan foydalanish;
oromgohning moddiy-texnik bazasidan samarali foydalanish;
oromgohdagi sharoit, ovqatlanish, tibbiy xizmat va oʻquv jarayoni masalalarida yuzaga kelgan muammolar boʻyicha oromgoh rahbariyatiga murojaat qilish;
oromgoh faoliyatini takomillashtirishga oid takliflar berish.
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan ham foydalanishlari mumkin.
(62-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
63. Bolalar quyidagilarga majbur:
oromgoh ichki tartib-qoidalariga rioya qilish;
oromgoh hududini rahbariyat ruxsatisiz va pedagoglar kuzatuvisiz tark etmaslik;
sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga amal qilish;
oromgoh xodimlariga hurmat bilan munosabatda boʻlish;
oʻzi va atrofidagilarning sogʻligʻiga zarar yetkazadigan harakatlar qilmaslik;
oromgohning mol-mulkini asrab-avaylash va unga ziyon yetkazmaslik;
atrof-muhit va oʻsimliklarga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish.
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
(63-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
64. Ota-onalar quyidagi huquqlarga ega:
oromgoh xodimlaridan farzandiga hurmat bilan munosabatda boʻlish va sifatli xizmat koʻrsatilishini talab qilish;
oromgohning ichki tartib-qoidalari, kun tartibi va taomnoma bilan tanishish;
farzandini oromgohdan oʻz xohishiga koʻra muddatidan oldin olib ketish;
oromgoh faoliyatini takomillashtirish yuzasidan oromgoh rahbariyatiga taklif berish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ota-onalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan ham foydalanishlari mumkin.
(64-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
65. Ota-onalar quyidagilarga majbur:
dam oldirish va sogʻlomlashtirish davrida farzandini zarur kiyim-bosh va shaxsiy gigiyena vositalari bilan taʼminlash;
farzandini oromgohga oʻz vaqtida olib kelish va olib ketish;
toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ota-onalarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
(65-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
66. Oromgohning pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
oromgohning ichki tartib-qoidalari bilan tanishish;
oʻz kasbiy shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish;
oromgohni boshqarishda ishtirok etish;
oromgoh rahbariyatiga oromgoh faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish.
Oldingi tahrirga qarang.
Oromgohning pedagog xodimlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan ham foydalanishlari mumkin.
(66-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
67. Oromgohning pedagog xodimlari quyidagilarga majbur:
ushbu Nizom talablariga va oromgohning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish;
kasbiga xos boʻlgan xulq-atvorda boʻlish;
toʻgarak mashgʻulotlarini tasdiqlangan oʻquv reja asosida tashkil etish;
bolalarga hurmat bilan munosabatda boʻlish, ularni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash;
oromgohda boʻlgan davrida bolaning hayoti va salomatligini muhofaza qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Oromgohning pedagog xodimlariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
(67-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
68. Oromgoh rahbari quyidagi huquqlarga ega:
oromgoh xodimlari va dam oluvchilardan oromgohning ichki tartib-qoidalariga rioya etilishini talab qilish;
oʻquv va madaniy-maʼrifiy dasturlar, sport tadbirlari hamda toʻgarak mashgʻulotlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
bolalar tomonidan oromgohning ichki tartib-qoidalariga rioya qilinmagan taqdirda, ularning ota-onalariga xabar berish;
oromgohning ichki tartib-qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan bolalarni oromgohdan chetlashtirish va keyingi smenalarga qabul qilmaslik.
Oldingi tahrirga qarang.
Oromgoh rahbari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan ham foydalanishlari mumkin.
(68-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
69. Oromgoh rahbari quyidagilarga majbur:
ushbu Nizom talablariga rioya qilish;
oromgoh faoliyatini tashkil etishda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilish;
bolalarning dam oldirilishi va sogʻlomlashtirilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
toʻgaraklarni bolalarning yoshi, psixofiziologik holati va qiziqishlarini inobatga olgan holda tashkil etish;
moddiy-texnik bazadan samarali foydalanilishi va asrab-avaylanishini taʼminlash;
dam oldirish va sogʻlomlashtirish jarayoni ishtirokchilariga bepul tibbiy xizmat koʻrsatish va ularni dori-darmon bilan taʼminlash;
bolaning salomatligi jiddiy yomonlashgan hollarda uning ota-onasini hamda oromgohga biriktirilgan tibbiyot muassasasini xabardor qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Oromgoh rahbariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
(69-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
7-bob. Oromgohni moliyalashtirish
1-§. Umumiy qoidalar
70. Bolalarni oromgohlarda dam oldirish va sogʻlomlashtirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar miqdori dam oldirilishi rejalashtirilgan bolalar sonidan kelib chiqib aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
71. Oromgohning buxgalteriya hisobi va hisoboti buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
2-§. Statsionar oromgohni moliyalashtirish
72. Statsionar oromgohlarda bolalarni saqlash xarajatlari quyidagi manbalar hisobidan qoplanadi:
ijtimoiy sugʻurta mablagʻlari;
kasaba uyushmasi budjeti mablagʻlari;
oromgohga borish uchun beriladigan yoʻllanmalarni sotishdan tushgan mablagʻlar;
Balansda saqlovchining mablagʻlari;
homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
(72-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
73. Statsionar turdagi oromgohni doimiy saqlash boʻyicha xarajatlar Balansda saqlovchi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar oromgoh bir nechta Balansda saqlovchi va kasaba uyushmalarining birgalikdagi mablagʻlari asosida tashkil etilgan boʻlsa, uni moddiy taʼminlash boʻyicha xarajatlar oromgohni tashkil etishda ishtirok etgan tashkilotlar tomonidan oromgohga sogʻlomlashtirish uchun joʻnatilgan bolalarning soniga mutanosib ravishda qoplanadi.
74. Balansda saqlovchi statsionar oromgohning bolalarni qabul qilish quvvati doirasida oromgohga oʻz hisobidan bolalar uchun qoʻshimcha oʻrinlar tashkil qilishi mumkin. Bunda oromgohdagi bolalar sonining ortishi va ularning taʼminoti bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan, bolalarning ovqatlanishi, davolanishi, oromgoh xodimlarining ish haqi uchun qoʻshimcha mablagʻlar va boshqa xarajatlar Balansda saqlovchi tomonidan qoplanadi.
75. Statsionar oromgohning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati muntazam ravishda, lekin dam olish mavsumi davomida kamida bir marta Balansda saqlovchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan tekshiriladi.
76. Dam olish mavsumi tugagach, statsionar oromgohning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati Balansda saqlovchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan taftish qilinadi hamda oromgohning mol-mulki toʻliq xatlovdan oʻtkaziladi.
3-§. Kunduzgi oromgohni moliyalashtirish
77. Kunduzgi oromgohlarda bolalarni saqlash xarajatlari quyidagi manbalar hisobidan qoplanadi.
ota-onalar toʻlovi;
homiylik xayriyalari;
Balansda saqlovchilarning mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
(77-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
78. Kunduzgi oromgohni moddiy taʼminlash, bolalarni sogʻlomlashtirish, tarbiyaviy ishlarni oʻtkazish, ovqatlantirish uchun zarur boʻlgan xarajatlar oromgoh rahbari tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
79. Kunduzgi oromgohda bolalarni uzluksiz ravishda sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar bolalarning oromgohda boʻlganligi uchun ota-onalar toʻlovi hamda oromgohlar faoliyat samaradorligini oshirishga doir tashkiliy masalalarni oʻz vaqtida hal etish, xavfsizlik va tibbiy xizmat, shuningdek bolalarning mazmunli dam olishini taʼminlash boʻyicha hududiy muvofiqlashtiruvchi guruh (bundan buyon matnda Hududiy muvofiqlashtiruvchi guruh deb yuritiladi) tomonidan aniqlashtiriladigan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar Hududiy muvofiqlashtiruvchi guruhning tashabbusi bilan ular tomonidan aniqlashtirilgan moliyaviy manbalar hisobidan 100 foizgacha qoplanishi mumkin.
80. Kunduzgi oromgohda bolalarni ovqatlantirish oromgoh tashkil etiladigan muassasa oshxonasida ijara shartnomasi asosida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyekti va oromgoh tashkil etiladigan muassasa oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 132-son “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq shartnoma asosida amalga oshiriladi.
81. Ota-onalar tomonidan bir nafar bola uchun amalga oshiriladigan toʻlov miqdori oromgohdagi bolalarni ovqatlantirish uchun sarflanadigan mablagʻlarning boshqa manbalar hisobidan qoplanmaydigan qismini rejadagi bolalar soniga boʻlish orqali Hududiy muvofiqlashtiruvchi guruh tomonidan belgilanadi.
82. Bolalarni ovqatlantirish uchun sarflanadigan mablagʻlar miqdori sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarida belgilangan bir kunlik ovqatlanish normativi hamda oromgohda boʻlish muddatidan kelib chiqib, kunduzgi oromgoh tashkil etiladigan muassasa oshxonasida ijara shartnomasi asosida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektining xarajatlari inobatga olingan holda belgilanadi.
83. Ota-onalar toʻlovi mablagʻlari toʻlaligicha kunduzgi oromgohda bolalarni ovqatlantirish xarajatlariga yoʻnaltiriladi.
84. Kunduzgi oromgohda bolalarni dam oldirish jarayoniga oromgoh tashkil etilgan muassasada faoliyat koʻrsatayotgan pedagog va boshqa xodimlar bilan birga ixtiyoriylik asosida boshqa taʼlim muassasalarining xodimlari ham jalb etiladi. Mazkur xodimlarning asosiy ish joyi boʻyicha ish haqlari saqlab qolinadi hamda ularga oromgohdagi faoliyati uchun qoʻshimcha haq toʻlanmaydi.
85. Ota-onalar toʻlovini toʻlash va xarajatlarni amalga oshirish uchun kunduzgi oromgoh tashkil etiladigan muassasaga xizmat koʻrsatuvchi tegishli gʻaznachilik boʻlinmasida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochiladi.
8-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
86. Oromgohni qayta tashkil etish yoki tugatish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(86-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
87. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri B. XODJAYEV
2017-yil 14-fevral,
Mehnat vaziri A. ABDUXAKIMOV
2017-yil 14-fevral,
Ichki ishlar vaziri A. AZIZOV
2017-yil 14-fevral,
Madaniyat va sport ishlari vaziri B. AXMEDOV
2017-yil 14-fevral,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori U. SALIMOV
2017-yil 14-fevral,
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi Q. RAFIKOV
2017-yil 14-fevral
Oʻzbekiston Fermerlari kengashi raisi S. TURDIYEV
2017-yil 14-fevral
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2017-yil 14-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 13-son, 212-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 11.11.2021-y., 10/21/2872-1/1040-son)