Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
2017-yilgi soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari qabul qilingani munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
2017-yilgi soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari qabul qilingani munosabati bilan, shuningdek, qonun hujjatlarining ayrim normalarini muvofiqlashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 1-ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-mart,
PF-4993-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PF-4993-sonli Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritiladigan qoʻshimcha va oʻzgartishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2002-yilning 1-sentabridan boshlab oʻqituvchilar va oʻquv yurtlari muallimlarining, ilmiy xodimlarning ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida” 2002-yil 7-avgustdagi PF-3112-sonli Farmoni 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab oʻquv yuklamasi quyidagicha belgilansin:
umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun — haftasiga 18 soat;
umumtaʼlim maktablarining yuqori sinf oʻqituvchilari uchun — haftasiga 20 soat;
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻqituvchilari uchun — yiliga 820 soat”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiy markazini barpo etish va uning faoliyatini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 28-bandidagi:
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“imtiyozli toifadagi bemorlarga poliklinikalarning mavjud oʻrin fondi va qabul qilish quvvatining 20 foiziga qadar hajmda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan bepul yordam koʻrsatishi uchun Markaz xizmatlari haqini toʻlashga”;
b) beshinchi xatboshidagi “xizmat koʻrsatish sarf-xarajatlarini qoplashga” soʻzlari “xizmat koʻrsatish haqini toʻlashga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
v) oltinchi xatboshidagi “xarajatlarini davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalash” soʻzlari “xizmatlari haqini davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-1987-son Farmoniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi PF-3305-sonli Farmoni 2-bandining uchinchi xatboshidagi “(shuʼba)” soʻzi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi Farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 3-martdagi PF-3404-sonli Farmonining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-sonli Farmoni 2-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “kamida 33 foizini tashkil etishi lozim;” soʻzlari “kamida 33 foizni, aksiyadorlik jamiyatlari uchun esa — kamida 15 foizni tashkil etishi lozim;” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni ilovasi 56-bandi “b” kichik bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PF-4993-sonli Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan baʼzi Farmonlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni sugʻurta yoʻli bilan himoya qiluvchi Agentlikni tashkil qilish toʻgʻrisida” 1995-yil 26-iyuldagi PF-1207-sonli Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 28-martdagi PF-3588-sonli Farmoni.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 13-son, 198-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)