16.03.2017 yildagi 146-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kamolot” YOIH moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kamolot” YOIH moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, shuningdek davlat mulki obyektlaridan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Sudlar va adliya organlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 29-martdagi 93-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan binoning yertoʻlali, umumiy maydoni 1247 kv.m. boʻlgan qismi (keyingi oʻrinlarda — bino) “Inson va qonun” gazetasi va “Huquq va burch” jurnali tahririyatlarini joylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Inson va qonun” gazetasi va “Huquq va burch” jurnali tahririyatlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, Toshkent shahrining meʼmoriy qiyofasini yanada yaxshilash va obodonlashtirish maqsadida Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bino kapital taʼmirlandi va rekonstruksiya qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, “Kamolot” YOIH va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binoning umumiy maydoni 1203,8 kv. m. boʻlgan qismini “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatiga tekin foydalanish uchun berish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan binoni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi asosida bajarilgan hisob-kitoblar taqdim etilgandan soʻng bir oy muddatda binoni mukammal taʼmirlash va rekonstruksiya qilish uchun Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasidan ajratilgan mablagʻlarni “Kamolot” YOIH tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga qaytarish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Inson va qonun” gazetasi va “Huquq va burch” jurnali tahririyatlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, zarur hollarda, ushbu bandning uchinchi xatboshisiga muvofiq qoplangan mablagʻlardan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan foydalanilishi toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Inson va qonun” gazetasi va “Huquq va burch” jurnali tahririyatlarini Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Sayilgoh koʻchasi, 35-uy manzilida joylashgan Toshkent davlat yuridik universiteti binosiga ijara toʻlovining “nol” stavkasi boʻyicha joylashtirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binoning umumiy maydoni 43,2 kv. m boʻlgan qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga operativ boshqaruvga berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda binoni topshirsin, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati esa uni belgilangan tartibda qabul qilib olsin va undan samarali foydalanilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Sudlar va adliya organlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 29-martdagi 93-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 16-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146-son