16.03.2017 yildagi PF-4985-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.03.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilsinki, sogʻliqni saqlash sohasini isloh qilish davlat dasturlarini amalga oshirish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan va izchil chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida aholiga davlat tomonidan kafolatli bepul tibbiy yordam berishni taʼminlaydigan shoshilinch kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishning yaxlit tizimi tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, uning hududiy filiallari, shuningdek, markaziy tuman va shahar kasalxonalari huzurida shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlari, shu jumladan, tez tibbiy yordam va sanitariya aviatsiyasi xizmati tashkil etildi va faoliyat koʻrsatmoqda. Shoshilinch tibbiy yordam tizimi muassasalarini yuqori texnologik tibbiyot uskunalari va ixtisoslashtirilgan avtotransport bilan jihozlash boʻyicha kompleks koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar har yili 600 ming nafardan ortiq bemorni shoshilinch tibbiy yordam tizimi muassasalarida statsionarda davolashni, 1 million nafardan ortiq bemorga ambulatoriyada tibbiy yordam berishni taʼminlash, tez tibbiy yordam xizmati tomonidan bir yilda 7 milliondan ortiq chaqiriqni bajarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishning samaradorligi hali zamonaviy talablarga javob bermaydi, tez tibbiy yordam xizmatlarining malakali kadrlar, dori vositalari, tibbiyot uskunasi, ixtisoslashtirilgan avtotransport va aloqa vositalari bilan taʼminlanganligi darajasi yetarli emasligicha qolmoqda. Kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishni boshqarish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishning zamonaviy mexanizmlarini, shuningdek, shoshilinch tibbiyot sohasida mahalliy ilmiy-amaliy ishlanmalarni joriy etishga yetarlicha eʼtibor berilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shoshilinch tibbiy yordamning tezkorligini, texnologikligi va samaradorligini tubdan kuchaytirishga, aholiga oʻz vaqtida malakali shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha davolash, ilmiy-metodik va taʼlim ishlarining butun kompleksini eng yuqori darajada tashkil etishga yoʻnaltirilgan aholiga shoshilinch tibbiy yordam berish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirishning muhim yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilishning muhim yoʻnalishlaridan biri sifatida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va malakali kadrlar bilan butlangan shoshilinch tibbiy yordam berishning zamonaviy, yuqori texnologik va samarali tizimini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoshilinch tibbiyot sohasida ilmiy, metodologik va taʼlim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish, ushbu maqsadlarda xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda tez tibbiy yordamning respublika xizmatlari faoliyatiga ilgʻor texnologiyalarni va ish uslublarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoshilinch tibbiy yordam tizimida aholi orasida oʻlim va nogironlikni pasaytirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalarini, diagnostika vositalari va usullarini, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamni va kechiktirib boʻlmaydigan holatlarni davolashni keng qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoshilinch tibbiyot sohasida profilaktika, diagnostika va davolash usullari va texnologiyalarini kuchaytirish va samaradorligini oshirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish, tavsiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash asosida shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarining boshqa vazirliklar va idoralarning shoshilinch xizmatlari bilan tezkor oʻzaro hamkorligining samarali mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoshilinch tibbiy yordam sohasida tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimining tezkorlikning zamonaviy jahon talablariga, yuqori texnologikligi va samaradorligiga muvofiq kechiktirib boʻlmaydigan va tez tibbiy yordam xizmatini oʻz ichiga oladigan yagona tashkiliy tuzilmasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tez tibbiy yordamning koʻchma brigadalari faoliyatini tezkorlik bilan muvofiqlashtirishni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining shoshilinch xizmatlari bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlaydigan maʼlumotlar uzatishning yagona bazasini va tarmogʻini tashkil etgan holda shoshilinch tibbiy yordamni boshqarishning axborot tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi va uning hududiy filiallarining maʼlumotlarni uzatishning yagona tarmogʻiga birlashtirilgan hamda respublikaning barcha hududi boʻyicha tez tibbiy yordam chaqiriqlarini qabul qilish va qayta ishlashni taʼminlaydigan muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2020-yillarda 240 ta obyektni mukammal taʼmirlash va 369 ta obyektni joriy taʼmirlash yoʻli bilan tez tibbiy yordam xizmati binolari va xonalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tez tibbiy yordam koʻchma brigadalarini tasdiqlangan normativlarga muvofiq dori vositalari, tibbiyot buyumlari va sarflash materiallari bilan bosqichma-bosqich taʼminlash, shu jumladan, ushbu maqsadlar uchun 2017-yilda moliyalashtirish hajmini kamida 2 baravar koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining tez tibbiy yordam koʻchma brigadalarini Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining hududiy filiallari orqali dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan markazlashtirilgan tartibda taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda 1200 ta ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalari sotib olish yoʻli bilan tez tibbiy yordam xizmati, shu jumladan, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining avtoparkini yangilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-apreldan boshlab tez tibbiy yordam xizmatining ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalariga texnik va servis xizmati koʻrsatishni ularni tegishli hududiy ixtisoslashtirilgan avtobazaga berish yoʻli bilan hududiy darajada markazlashtirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) deb qayta nomlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologik shoshilinch, tez va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordamni tashkil etish va koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkorlikning zamonaviy jahon talablariga, yuqori texnologik va samaradorlikka muvofiq boʻlgan shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati tizimi faoliyatiga tashkiliy-metodik va amaliy rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimini, uning birlamchi tibbiy yordam tizimi bilan oʻzaro hamkorligini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, aholining nogironligi va oʻlimini pasaytirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi, samarali texnologiyalarni yaratish, kechiktirib boʻlmaydigan holatlar diagnostikasi va davolashning ustuvor yoʻnalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, ularni sogʻliqni saqlash amaliyotiga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimining shifokorlarini va oʻrta tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi xorijiy ixtisoslashgan tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik oʻrnatish, tajriba almashish, shoshilinch tibbiyot sohasida qoʻshma tadqiqotlar olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Xonobod shaharchasidagi 5-uy manzilida joylashgan Toshkent viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi negizida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filialini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda Toshkent viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazini Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filialiga aylantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Farmon bilan belgilangan vazifalardan kelib chiqib tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi toʻgʻrisidagi nizomni bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda Markazning va uning hududiy filiallarining muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning va uning hududiy filiallarining muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari 2019-yil 1-yanvardan boshlab faoliyat koʻrsatishini, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining shoshilinch xizmatlari bilan oʻzaro hamkorligi mexanizmlari joriy etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-apreldan boshlab Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining tez tibbiy yordam stansiyasini uning tumanlardagi kichik stansiyalari bilan birgalikda yuridik shaxs maqomini saqlab qolgan holda tarkibiy boʻlinma sifatida Markazga bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sogʻliqni saqlash” tarmogʻi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Tez tibbiy yordam stansiyasi va uning tumanlardagi kichik stansiyalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning Tez tibbiy yordam stansiyasiga avtotransport xizmati koʻrsatish “Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining ixtisoslashtirilgan avtotransport korxonasi” davlat korxonasi tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari ehtiyojlari uchun olib kelinadigan texnologik va telekommunikatsiya uskunasi, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va dasturiy taʼminlash 2020-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davrda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinsin (bojxona yigʻimlari bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 16-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-4985-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4985-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi toʻgʻrisida” 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-son Farmonining 2-bandi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari, shuningdek Farmonga 8 va 9-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tez tibbiy yordam koʻrsatish tizimi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2009-yil 21-maydagi PQ-1114-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallarini jihozlash uchun sanitariya avtomashinalarini
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAQSIMLASH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mintaqalarning nomi

Muassasalar

Avtomashinalar soni (ta)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Nukus filiali

7

Andijon viloyati

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filiali

7

Buxoro viloyati

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali

7

Jizzax viloyati

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali

7

Qashqadaryo viloyati

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filiali

8

Navoiy viloyati

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Navoiy filiali

7

Namangan viloyati

Respublika shoshilinchtibbiy yordam ilmiy markazining Namangan filiali

8

Samarqand viloyati

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filiali

7

Surxondaryo viloyati

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Termiz filiali

6

Sirdaryo viloyati

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Guliston filiali

6

Toshkent viloyati

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziningToshkent viloyati filiali (Xonobod shaharchasi)

3

Bekobod shahar kasalxonasi

1

Angren markaziy shahar kasalxonasi

2

Boʻstonliq markaziy shahar kasalxonasi

1

Fargʻona viloyati

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Fargʻona filiali

6

Qoʻqon shahar kasalxonasi

1

Margʻilon markaziy shahar kasalxonasi

1

Xorazm viloyati

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Xorazm filiali

6

Toshkent shahri

Toshkent shahri Tez tibbiy yordam xizmati

14

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi

2

Sogʻliqni saqlash vazirligi muassasalari

3

Jami

110

”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 3-ilovaning nomiga “yordam” soʻzidan keyin “ilmiy” soʻzi qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2499-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-ilova “Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi” va “Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining viloyat filiali” blokida “yordam” soʻzidan keyin “ilmiy” soʻzi qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, filiallar, klinikalar va respublika boʻysunishidagi kasalxonalar bilan birgalikda, Respublika sud-tibbiy ekspertizasi byurosi, Respublika patologoanatomik markazi, dori vositalari va tibbiyot texnikasi sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi, Dori siyosati markazi, tibbiyot ilmiy-tekshirish institutlari, oliy taʼlim muassasalari va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, tibbiyot kutubxonasi, Salomatlik va tibbiyot statistikasi instituti, “Sihat-salomatlik” jurnali, “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish markaziy byurosi” blokida “Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi” soʻzlari “Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 3-ilova “Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining filiali, respublika koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, respublika diagnostika markazi, respublika ixtisoslashtirilgan kasalxonalari va markazi, sanatoriylar, dispanserlar, respublika qon quyish markazi, salomatlik va tibbiyot statistika institutining filiali, respublika sud-tibbiy ekspertizasi byurosi, respublika patologoanatomik byurosi, respublika ixtisoslashtirilgan avtobazasi, ixtisoslashtirilgan tibbiyot bazalari va omborlari, leprozoriylar, davriy nashrlar” blokida “Respublika shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish markazi filiali” soʻzlari “Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining filiali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 4-ilova “Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining filiali, viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, viloyat diagnostika markazi, viloyat ixtisoslashtirilgan kasalxonalari va markazlari, sanatoriylar, dispanserlar, viloyat qon quyish stansiyasi, salomatlik va tibbiyot statistikasi institutining filiali, viloyat sud-tibbiy ekspertizasi byurosi, viloyat patologoanatomik byurosi, viloyat ixtisoslashtirilgan avtobazasi, ixtisoslashtirilgan tibbiyot bazalari va omborlari, leprozoriylar, davriy nashrlar” blokida “Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining filiali” soʻzlari “Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining filiali” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 5-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“shahar koʻp tarmoqli klinik kasalxonalari, “Nuroniy” kasalxonasi, tez tibbiy yordam klinik kasalxonasi, tez yordam stansiyasi, ixtisoslashtirilgan kasalxonalar va dispanserlar (oʻrinlar bilan va oʻrinlarsiz) shahar diagnostika markazi, stomatologiya va ixtisoslashtirilgan poliklinikalar, “Qon preparati” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi, salomatlik va tibbiyot statistikasi institutining filiali, shahar sud-tibbiy ekspertizasi byurosi, shahar patologoanatomik byurosi, shahar ixtisoslashtirilgan avtobazasi” blokida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tez yordam stansiyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“shahar ixtisoslashtirilgan avtobazasi” soʻzlari “ixtisoslashtirilgan avtotransport korxonasi” DK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHARH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mamlakatimizda aholi salomatligini yanada mustahkamlash, jismonan sogʻlom va yetuk avlodni voyaga yetkazishni taʼminlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda yurtimiz tibbiyot muassasalarida eng ilgʻor va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish hamda tibbiy xizmat sifatini yanada oshirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev har bir maʼruzasi va nutqida, turli uchrashuvlarda xalqimizni rozi qilish uchun, eng avvalo, uning sifatli tibbiy xizmatga boʻlgan talabini qondirish nihoyatda zarurligini doimo taʼkidlab kelmoqdalar. Davlatimiz rahbarining joriy yil 5-yanvar va 7-fevral kunlari sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan oʻtkazgan uchrashuvlari ham tizimdagi mavjud holatni chuqur tanqidiy tahlil qilib, yigʻilib qolgan masalalarni samarali hal etish yoʻlida muhim qadam boʻldi. Bu borada, ayniqsa, mamlakatimizda qabul qilingan va bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishga oid huquqiy hujjatlar alohida oʻrin tutmoqda.

Hozirgi vaqtda bu tizim Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi va uning viloyatlardagi filiallari, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari qoshidagi boʻlimlari, mamlakatimizning barcha hududlaridagi tez tibbiy yordam xizmati stansiyalari va sanitar aviatsiya xizmatini oʻz ichiga oladi. Eng asosiysi, soha rivoji yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli chora-tadbirlar natijasida shoshilinch tibbiy yordam tizimida yiliga 600 ming nafardan ziyod bemorga yuqori malakali statsionar va 1 million nafardan ortiq bemorga ambulator yordam hamda 7 milliondan ziyod chaqiriqlar boʻyicha xizmat koʻrsatilmoqda.

Shu bilan birga, hozirgi vaqtda sohada zudlik bilan hal etishni talab qiladigan bir qator muammo va masalalar ham borki, u aniq chora-tadbirlar koʻrishni taqozo etmoqda.

Avvalambor, shoshilinch tibbiyot sohasidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, ilmiy ishlanmalarni rivojlantirish, malakali kadrlar, dori vositalari, tibbiy uskunalar, ixtisoslashtirilgan avtotransport va aloqa vositalari bilan taʼminlanish darajasini yaxshilash dolzarb masala boʻlib qolmoqda. Bu esa tez tibbiy yordam faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirishning amaldagi tizimini qayta koʻrib chiqish, shoshilinch tibbiy yordam sifatini tubdan yaxshilashga doir tezkor choralar koʻrish zaruratini yuzaga keltirmoqda.

Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida mazkur tizimni takomillashtirishning eng muhim yoʻnalishlarini belgilash, tez tibbiy yordam xizmatining sifat va samaradorligini oshirish, shoshilinch tibbiy yordam sohasidagi ilmiy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish hamda bu borada xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan aniq vazifalar belgilab berildi.

Farmonda, shuningdek, shoshilinch tibbiy yordam tizimida zamonaviy ilmiy-texnik yutuqlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash, shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimining boshqa vazirliklar va idoralarning shoshilinch xizmatlari bilan tezkor hamkorligini taʼminlash boʻyicha zamonaviy mexanizmlarni tatbiq qilish, kadrlarni tayyorlash borasida ilgʻor usullarni joriy etish koʻzda tutilgan.

Farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, deb qayta nomlandi va Markazning asosiy vazifalari belgilandi.

Xususan, aholiga bepul asosda malakali ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali shoshilinch, tez va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy xizmat koʻrsatish, samaradorligi boʻyicha jahon talablariga mos keladigan shoshilinch tibbiy yordam tizimining faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish, kechiktirib boʻlmaydigan holatlarning profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolash boʻyicha yangi, samarali texnologiyalarni yaratish, xorijiy turdosh tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik oʻrnatish kabi yoʻnalishlar Markazning asosiy vazifalari sifatida qayd etildi. Bundan tashqari, Markaz shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish sohasida fan va ilmiy tadqiqotlar rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirish, shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish va ilgʻor texnologiyalarni yaratish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borishni, shifokorlar va oʻrta tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimi uchun ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashni ham muvofiqlashtirib boradi.

Farmonda taʼkidlanganidek, 2017-yilning 1-iyuligacha yagona maʼlumotlar bazasi va maʼlumotlarni uzatish tarmogʻini yaratgan holda, tez tibbiy yordam brigadalarining faoliyatini tezkor boshqarish va muvofiqlashtirilishini taʼminlovchi Markaz va uning hududiy filiallarining muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari faoliyatini tashkil qilish boʻyicha chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqiladi. Chunki, tez tibbiy yordam faoliyatida dispetcherlik xizmatlarini yaxshilash, uning kechayu kunduz samarali ishlashini taʼminlash bugungi kun talabidir. Shu munosabat bilan 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi bilan oʻzaro hamkorlikda faoliyat yurituvchi muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari joriy qilinadi.

Ushbu xizmat faoliyatida kuzatilayotgan kamchiliklarga tizimda avtotransport vositalari bilan bogʻliq masalalar ham sabab boʻlayotgani koʻpchilikka maʼlum. Endilikda Markazning Tez tibbiy yordam stansiyalariga avtotransport xizmatini koʻrsatish “Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining ixtisoslashtirilgan avtotransport korxonasi” davlat korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. Bu esa avtotransport vositalarining har doim soz holatda boʻlishini va kerakli manzilga oʻz vaqtida yetib borishini taʼminlashga xizmat qiladi.

Ayni vaqtda kechiktirib boʻlmaydigan vaziyatlarda koʻplab insonlarning hayotini saqlab qolish maqsadida shoshilinch tibbiy yordam xizmati muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tizimning transport parkini boyitish uchun davlat budjeti va boshqa mablagʻlar hisobidan 1200 ta tez tibbiy yordam avtomobili xarid qilinadigan boʻldi.

Tajribadan maʼlumki, zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish tibbiy xizmat sifatini bir necha barobar yaxshilash imkonini yaratadi. Farmonda ushbu yoʻnalishda imtiyozlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilgan. Shu maqsadda 2020-yilning 31-dekabrigacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatlar boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari ehtiyojlarini taʼminlash uchun olib kirilayotgan yuqori texnologiyali va telekommunikatsiya jihozlari, butlovchi qismlar, ehtiyot qismlar va dasturiy taʼminotni bojxona toʻlovlaridan ozod etish belgilandi.

Yana bir eʼtiborli jihati shundaki, Farmonga koʻra, Toshkent viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi bazasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filiali tashkil etiladi. Agar shu vaqtgacha ushbu hududda bunday tibbiy muassasa mavjud boʻlmaganini nazarda tutadigan boʻlsak, bu yangilik viloyat aholisi salomatligini saqlash borasida qanday katta ahamiyat kasb etishini tasavvur qilish qiyin emas, albatta.

Yana bir yangilik — shu yilning 1-aprelidan boshlab Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi tez tibbiy yordam stansiyasi uning tumanlardagi kichik stansiyalari bilan birga, yuridik shaxs maqomini saqlagan holda, tarkibiy boʻlinma sifatida Markazga berilishi koʻzda tutilgan.

Prezidentimizning mazkur Farmonida koʻzda tutilgan eʼtibor va berilayotgan imtiyozlar, soha uchun ajratilayotgan zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar hamda ularning noyob texnologik imkoniyatlari tizim mutaxassislari olib borayotgan ilmiy izlanishlarning saviyasini yuksak darajada oshirish, shoshilinch holatlarda diagnostika va davolashning yangi istiqbolli usullarini ishlab chiqish, rivojlantirish va amaliyotga tatbiq qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Bu esa, oʻz navbatida, davolash jarayonining samarasini oshiribgina qolmay, statsionar davolash muddatlarini va buning natijasida sarf-xarajatlarni ham keskin kamaytirishi shubhasiz. Bundan tashqari, ushbu Farmon Markazning barcha filiallarini eng yuksak mezonlarga javob beradigan tibbiy apparatlar, xususan, yurak va qon-tomirlarning ultratovush doplerografiyasi, zamonaviy angiografik tuzilmasi, multispiral kompyuter tomografiya va magnit-rezonans tomograf apparatlari bilan toʻliq taʼminlashi uchun imkoniyat yaratadi.

Xulosa qilib aytganda, mazkur Farmon hamda u bilan tasdiqlangan huquqiy hujjatlar shoshilinch va tez tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirish, koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yangi bosqichga koʻtarish, sohada ilmiy-tadqiqot faoliyati koʻlamini kengaytirish hamda ilgʻor xorijiy tajribalarni amaliyotga joriy etishda dasturilamal boʻlib xizmat qiladi.

Mamlakatimizda aholi salomatligi, inson manfaatlari, xalqimiz farovonligi haqida soʻz borar ekan, bu masalalar doimo davlatimizning eʼtibor markazida boʻlib qoladi. Ana shu ezgu maqsadlarning mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan eʼlon qilingan Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida roʻyobga chiqarilishi esa yanada ahamiyatlidir.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 11-son, 152-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)