15.09.2016 yildagi 570-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2016-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2016-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 169-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 228-moddasiga muvofiq koʻrib chiqdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisida joriy yilning 15-yanvarida qabul qilingan 2016-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim vazifalarini amalga oshirish, shuningdek mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini bajarishni davom ettirish hisobot davrida asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning ijobiy oʻsish surʼatlari saqlanib qolishini hamda iqtisodiyot yanada mutanosib rivojlanishini taʼminladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning birinchi yarim yilligida yalpi ichki mahsulotning oʻsishi 7,8 foizni tashkil etdi, xususan sanoat mahsulotini ishlab chiqarish hajmlari 6,7 foiz, qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqarish 6,8 foiz, qurilish ishlari 17,5 foiz, xizmatlar 12,9 foiz, chakana tovar aylanishi 14,1 foiz oʻsdi, bu Davlat budjeti daromadlari va xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan parametrlarga muvofiq ijro etilishini taʼminlash imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yil boshidan buyon ilgari oʻz mahsulotini eksport qilmagan 600 ta korxona eksport faoliyatiga jalb etildi, shuningdek 208 turdagi yangi mahsulotni eksport qilish amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keng polosali foydalanish uchun 1250 kilometrdan ziyod optik tolali tarmoqlar barpo etildi. Aholini raqamli televideniyega qamrab olish darajasi 68 foizga yetkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturini amalga oshirish doirasida 462,5 mingta yangi ish oʻrni yaratilib, bundan 276,7 mingtasi yoki 59,8 foizi qishloq joylarda tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sogʻlom ona va bola yili” davlat dasturining oila, onalik hamda bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada mustahkamlashga, onalar va bolalarni tibbiy parvarishlash darajasi hamda sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlarini amalga oshirish doirasida joriy yilning birinchi yarim yilligida barcha manbalar hisobidan salkam 4,4 trln soʻm va 111 mln AQSh dollari miqdorida mablagʻ ajratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, hisobot davrida “Oʻzavtoyoʻl”, “Oʻzdonmahsulot” kompaniyalarining, “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining ayrim korxonalarida va boshqa korxonalarda joriy soliq qarzdorligi koʻpayganligi kuzatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2016-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot siyosiy partiyalar fraksiyalarida, Oʻzbekiston ekologik harakati deputatlar guruhida va parlament quyi palatasi qoʻmitalarida dastlabki tarzda muhokama etilganligini hisobga olib Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2016-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼkidlab oʻtilsinki, 2016-yilning birinchi yarim yilligida Davlat budjetining daromadlari 19 104,9 mlrd soʻmni, xarajatlari esa 19 044,2 mlrd soʻmni tashkil etdi. Davlat budjeti 60,7 mlrd soʻm miqdorida yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va iqtisodiy dasturning 2016-yilga moʻljallangan eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisida belgilab berilgan 2016-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvorliklarini amalga oshirish uchun mavjud zaxiralar va imkoniyatlarni jalb etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Siyosiy partiyalar fraksiyalariga, Oʻzbekiston ekologik harakati deputatlar guruhiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining tegishli hisobot davridagi ijrosi masalalarini koʻrib chiqish chogʻida budjet mablagʻlarining maqsadli hamda samarali foydalanilishiga doir aniq takliflar kiritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari oʻzlarining nazorat-tahlil faoliyatida, xususan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijro etilishi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish chogʻida qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar hamda budjet mablagʻlaridan samarali foydalanishga doir tavsiyalar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 15-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
570-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 9-son, 278-modda)