07.03.2017 yildagi 123-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-yanvardagi PQ-2722-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 7-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-martdagi 123-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-yanvardagi PQ-2722-son qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama (keyingi oʻrinlarda ustama deb ataladi) toʻlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatining boshqaruv xodimlariga ustamalar toʻlash umumiy ish stajiga bogʻliq ravishda quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Umumiy ish staji

Lavozim maoshlariga
foizlarda ustama

4 yildan 7 yilgacha

5%

7 yildan 10 yilgacha

10%

10 yildan 15 yilgacha

15%

15 yildan 20 yilgacha

20%

20 yildan 25 yilgacha

25%

25 yildan ortiq

30%

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatida boshqaruv xodimlarining ustama olish huquqini beruvchi umumiy ish stajiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatidagi ish davri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparatidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari apparatidagi, shu jumladan deputat sifatidagi, shuningdek boshqa davlat organlaridagi ish davri;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim haqiqatda ishlamagan boʻlsa ham, lekin qonunchilikka muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatidagi yoki ushbu bandning uchinchi xatboshida koʻrsatilgan organlardagi ish joyi (lavozimi) saqlangan vaqt kiritiladi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan miqdorlarda ustamaga boʻlgan huquq boshqaruv xodimlarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklarining boshqaruv apparatida ishning 49-oyidan boshlab, ushbu Nizomning 3-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan davrlar hisobga olingan holda yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mehnat stajini aniqlash uchun mehnat daftarchasi asosiy hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat daftarchasidagi yozuvlar bilan belgilanmagan ish staji Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimlari hamda ushbu Nizomning 3-bandi toʻrtinchi xatboshida koʻrsatilgan organlar rahbarlari tomonidan imzolangan maʼlumotnomalar bilan tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ustama oylik tarif stavkasidan yoki boshqaruv xodimining lavozim maoshidan kelib chiqib hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ustama ushbu oyda ishlangan davr, shu jumladan taʼtillar davri va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrlari, shuningdek qonunchilikka muvofiq xodimning ish haqi toʻliq yoki qisman saqlanib qoladigan davr uchun toʻlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xodimda kalendar oy mobaynida ustama olish yoki uning miqdorini oʻzgartirish huquqi yuzaga kelganda ushbu ustamani birinchi marta hisoblash ushbu ustamani olish huquqi yuzaga kelgan oydan keyingi oydan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ustama oʻrtacha ish haqiga kiritiladi, undan pensiyalar, taʼtil kunlari, ishdan boʻshatish nafaqasi, xodimning sogʻligʻiga mehnatda mayib boʻlishi yoxud u oʻz mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zararni toʻlash, shuningdek oʻrtacha oylik ish haqini hisoblab chiqishning boshqa hollarida undan chiqarib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Uchquduq, Zarafshon va Nurobod shaharlari hokimliklarida ushbu Nizomning 1-bandida nazarda tutilgan ustamalardan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati korxonalarini yuqori malakali mutaxassislar va ishchilar bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 10-dekabrdagi 594-son qarorining 4-bandiga muvofiq belgilangan budjet sohasi xodimlari uchun uzoq muddat ishlaganligi uchun oylik ustama toʻlash saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ustamalar toʻgʻri hisoblanishi uchun javobgarlik buxgalteriyaga, ustama olish huquqini beruvchi ish stajini aniqlashning toʻgʻriligi uchun javobgarlik esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklarining boshqaruv apparati tashkiliy-nazorat guruhiga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 10-son, 147-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)