04.02.2016 yildagi 370-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglaridagi ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari X. Ketmonovning “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglaridagi ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi axborotini eshitib shuni taʼkidlaydiki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015-yilga va keyingi yillarga moʻljallangan tashkiliy-huquqiy tadbirlari, qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil ishlari dasturiga muvofiq Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglaridagi ishlari samaradorligini oshirish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan vazifani amalga oshirish doirasida birinchi va ikkinchi chaqiriq Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan saylov okruglarida amalga oshirilgan faoliyat tanqidiy jihatdan tahlil etildi, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglaridagi faoliyatini tashkil etish samaradorligini oshirish masalasiga bagʻishlab seminar oʻtkazildi, deputatlar saylov okruglariga chiqishlari oldidan zarur materiallar bilan taʼminlandi, saylovchilar bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar yakunlari boʻyicha siyosiy partiyalar fraksiyalarining majlislari tashkil etilib, majlislar jarayonida ushbu yoʻnalishda deputatlar tomonidan amalga oshirilgan ishlarning natijalari har tomonlama va tanqidiy jihatdan koʻrib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompleks tadbirlar amalga oshirilganligi deputatlarning saylov okruglaridagi ishlari sifatini anchagina oshirishga koʻmaklashdi. Xususan, koʻpchilik deputatlar aholi turli qatlamlari vakillari, shu jumladan pensionyerlar, koʻp bolali oilalar, nogironlar, bolalar uylari, “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari, “Saxovat” va “Muruvvat” internat-uylarda yashovchi shaxslar, shuningdek taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari, fermer xoʻjaliklari vakillari va boshqalar bilan uchrashuvlarni lozim darajada oʻtkazishga erishdilar. Deputatlarning oʻz saylov okruglaridagi ishlari uchrashuvlar mobaynida aniqlangan muammolarni chuqur tahlil etish asnosida olib borilib, bu masalalarning aksariyat qismi joylarning oʻzida hal etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilda Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan tashkil etilgan uchrashuvlar davomida 260 ming saylovchi qamrab olindi va saylovchilardan mamlakatimiz hayotining sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy jabhalariga taalluqli 10 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga deputatlarning saylovchilar bilan ishlari borasidagi ijobiy tajribadan tashqari oʻtgan yilning may va noyabrdagi uchrashuvlari chogʻida ayrim deputatlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan muayyan kamchiliklar ham bor. Xususan, ayrim deputatlar tomonidan saylov okruglaridagi ishlar lozim darajada tashkil etilmagan, deputatlik vakolatlarini bajarishda rasmiy yondashuvga yoʻl qoʻyilgan, shuningdek deputatlarning oʻz saylov okruglariga chiqmaganligi faktlari ham mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida ularga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari X. Ketmonovning “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglaridagi ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglaridagi ishlari samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlar birlashmalariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglaridagi ishlari samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasida koʻrsatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari X. Ketmonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 4-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
370-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 2-son, 47-modda)