Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 28.02.2017 yildagi PQ-2801-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Azal-azaldan xalqimizning ezgu va goʻzal qadriyatlarini, uning oliyjanob orzu-intilishlarini oʻzida mujassam etib, qadim ajdodlarimizdan bizga oʻlmas meros sifatida bezavol oʻtib kelayotgan Navroʻzi olam mustaqillik yillarida mamlakatimizda yashayotgan millati, tili va dinidan qatʼi nazar, barcha vatandoshlarimiz orziqib kutadigan, tom maʼnodagi umumxalq bayramiga aylanib qoldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sharqona yangi yilning boshlanishi, tabiat uygʻonishining ramzi, asl milliy, eng ardoqli bayram boʻlmish Navroʻzning yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bagʻrikenglik va bunyodkorlik, xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy anʼanalarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirishdagi oʻrni va taʼsiri tobora ortib borayotganini inobatga olib hamda bu qutlugʻ ayyomni yuksak saviyada nishonlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2017-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qoʻmita Navroʻz bayramini poytaxtimiz Toshkent shahrida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, barcha shahar, tuman va qishloqlarda umumxalq sayillari shaklida yuqori darajada oʻtkazishga qaratilgan tashkiliy-amaliy, madaniy-maʼnaviy tadbirlar rejasini oʻn kun muddatda ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tadbirlar rejasini tayyorlashda quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navroʻz kunlarida insonning tabiat bilan uzviyligini, oʻzini uning ajralmas bir qismi sifatida his etishini ifoda etadigan, atrof-muhitni, ona zaminni ardoqlab, uning neʼmatlarini, bugungi tinch hayotni qadrlab, shukronalik tuygʻusi bilan yashashga daʼvat qiladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni uyushtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha shahar va qishloqlarda boʻlib oʻtadigan tadbirlarda, ommaviy axborot vositalarida Navroʻz bayramining tarixi, uni nishonlash bilan bogʻliq urf-odatlar, anʼanalar va qadriyatlarimizning mohiyati va ahamiyatini keng yoritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navroʻzning ruhi va falsafasida oʻz aksini topgan mehr-muruvvat, ahillik va totuvlik, yoshi ulugʻ insonlar, tabarruk otaxon va onaxonlarni har tomonlama eʼzozlash, koʻmakka muhtoj insonlarga begʻaraz yordam berish bilan bogʻliq xayriya tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi dehqonchilik mavsumining boshlanishi, yasharish va yangilanish, qut-baraka, obodlik va farovonlik ramzi boʻlmish Navroʻz faslida mahallalarda, shahar va qishloqlarda hasharlar, keng koʻlamdagi obodonchilik va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan sayillarga folklor guruhlari, badiiy havaskorlik jamoalari, dorbozlar, sirk artistlari, oilaviy ansambllar, baxshilar, shoirlar, shuningdek, professional ijrochilar va isteʼdodli estrada artistlarini keng jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sayil dasturlarini tayyorlashda xalq oʻyinlari, folklor sanʼatining eng yaxshi namunalarini, elu yurtning dilidan chuqur joy olgan, qadimiy urf-odatlar, ezgu insoniy tuygʻularni tarannum etadigan kuy va qoʻshiqlar, oʻlan va laparlarga keng oʻrin berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlarda mahalliy budjetlar hamda joylardagi homiylik xayriyalari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 28-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2801-son