Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.08.2024 27.02.2017 yildagi 105-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.08.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning alohida bo‘linmalari bo‘yicha soliqlarni to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-avgustdagi 480-sonli “Vazirlar Mahkamasining “Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 2-apreldagi 150-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari bo‘yicha soliqlarni to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom (keyingi o‘rinlarda Nizom deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu Nizomning amal qilishi tatbiq etiladigan, alohida bo‘linmalari mavjud bo‘lgan yuridik shaxslarning ro‘yxatini bir hafta muddatda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga hududiy moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari bilan birgalikda soliqlarni alohida bo‘linma joylashgan joy bo‘yicha to‘lash uchun belgilangan mezonlarga muvofiq keladigan alohida bo‘linmalarga ega yuridik shaxslarni aniqlash maqsadida joylarda tizimli ravishda xatlov o‘tkazish yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatlov natijalari bo‘yicha har yili 1-iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligiga tasdiqlangan Nizom tatbiq etiladigan yuridik shaxslar ko‘lamini kengaytirish yoki qisqartirish haqida takliflar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 27-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 105-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari bo‘yicha soliqlarni to‘lash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-son qaroriga muvofiq yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari bo‘yicha soliqlarni hisoblash va to‘lash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning amal qilishi yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq mustaqil soliq to‘lovchi hisoblangan alohida bo‘linmalariga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomning amal qilishi tayyor mahsulot chiqargan holda ishlab chiqarish texnologik jarayonining yakunlovchi bosqichlari amalga oshiriladigan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalariga tatbiq etiladi. Bunda yuridik shaxs tomonidan realizatsiya qilinadigan har qanday mahsulot tayyor mahsulot hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomni qo‘llash maqsadida yuridik shaxsning ayrim funksiyalarini bajaruvchi, joylashgan joyi bo‘yicha turg‘un ish o‘rinlari bilan jihozlangan hududiy alohida bo‘linma yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi deb e’tirof etiladi. Ish o‘rni bir oydan ortiq bo‘lgan muddatga tashkil etilgan taqdirda, u turg‘un hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom tatbiq etiladigan alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar ro‘yxati har yili keyingi soliq davri boshlangunga qadar bir oydan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu ro‘yxatga kiritilgan yuridik shaxslar besh kun muddatda soliq bo‘yicha hisobga olingan joy bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari tomonidan xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi bo‘yicha soliq majburiyatlari ushbu alohida bo‘linmaga to‘g‘ri keladigan soliqlar ulushi u joylashgan joy bo‘yicha to‘langan holda yuridik shaxsning o‘zi tomonidan bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi joylashgan joy bo‘yicha quyidagi soliqlar to‘lanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shilgan qiymat solig‘i;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiz solig‘i;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona soliq to‘lovi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Nizomning amal qilishidan qat’i nazar, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solig‘i va yer solig‘i O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 81-moddasida belgilangan tartibda soliq solish obyekti joylashgan joy bo‘yicha to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yuridik shaxs ichida, shu jumladan uning alohida bo‘linmalari o‘rtasida mol mulkni topshirish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish realizatsiya qilish sifatida qaralmaydi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq mustaqil soliq to‘lovchilar hisoblangan yuridik shaxsning alohida bo‘linmalari uchun bunday topshirishlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash maqsadida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Alohida bo‘linmaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan soliqlarni hisoblash va to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi
(1-paragraf nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Joriy to‘lovlar, shuningdek yagona soliq to‘lovi to‘lanishi hisobga olingan holda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, yuridik shaxs tomonidan alohida bo‘linmaga to‘g‘ri keladigan soliqlar ulushidan kelib chiqib, uning har bir alohida bo‘linmasi joylashgan joy bo‘yicha amalga oshiriladi. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasiga to‘g‘ri keladigan soliqlar ulushi umuman yuridik shaxs bo‘yicha ish haqiga xarajatlarda va asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatida mos ravishda ushbu alohida bo‘linmaning ish haqiga xarajatlari va asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatining solishtirma salmog‘ining o‘rtacha arifmetik qiymati sifatida aniqlanadi va quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AB — yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IHF ab — yuridik shaxsning alohida bo‘linmasiga to‘g‘ri keladigan ish haqiga xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IHF jami — umuman yuridik shaxs bo‘yicha ish xaqiga xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AV ab — yuridik shaxsning alohida bo‘linmasiga to‘g‘ri keladigan asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AV jami — umuman yuridik shaxs bo‘yicha asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasiga to‘g‘ri keladigan soliq ulushidan kelib chiqib, yuridik shaxsning ushbu alohida bo‘linmasi joylashgan joy bo‘yicha budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar summasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AB soliq summasi = Soliq summasi (hammasi) x AB soliq ulushi (%da) / 100, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq summasi (hammasi) — umuman yuridik shaxs bo‘yicha budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning soliq bo‘yicha hisobga olish joyida budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi umuman yuridik shaxs tomonidan budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasidan kelib chiqib, ushbu yuridik shaxsning alohida bo‘linmalari joylashgan joydagi budjetlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi joylashgan joy bo‘yicha budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i yuridik shaxsning ushbu alohida bo‘linmasida band bo‘lgan ishchilarga hisoblanadigan va to‘lanadigan, qonunchilikda belgilangan tartibda soliq solinadigan daromad summasidan kelib chiqib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Qo‘shilgan qiymat solig‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yuridik shaxsning har bir alohida bo‘linmasi joylashgan joy bo‘yicha budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi ushbu har bir alohida bo‘linma hisobiga to‘g‘ri keladigan soliq ulushidan kelib chiqib, yuridik shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasiga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ulushi yuridik shaxs bo‘yicha jami tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi bo‘yicha soliq solinadigan aylanma va moddiy xarajatlarda mos ravishda yuridik shaxsning ushbu alohida bo‘linmasining tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi bo‘yicha soliq solinadigan aylanmasi va moddiy xarajatlarining solishtirma salmog‘ining o‘rtacha arifmetik qiymati sifatida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AB — yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARab — yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi bo‘yicha soliq solinadigan aylanma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARjami — umuman yuridik shaxsning tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi bo‘yicha soliq solinadigan aylanmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MX ab — yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi bo‘yicha moddiy xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MX jami — umuman yuridik shaxs bo‘yicha moddiy xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning har bir alohida bo‘linmasiga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i ulushidan kelib chiqib, yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi joylashgan joy bo‘yicha budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi aniqlanadi va quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AB qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi = Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi (hammasi) x AB qo‘shilgan qiymat solig‘i ulushi (%da) / 100, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi (hammasi) — yuridik shaxs tomonidan umuman budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi yuridik shaxs tomonidan umuman budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasidan ushbu yuridik shaxsning alohida bo‘linmalari joylashgan joydagi budjetlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Yuridik shaxs alohida bo‘linma bo‘yicha daromadlar va xarajatlar hisobini alohida yuritgan taqdirda, yuridik shaxs qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha soliq solinadigan aylanmadan kelib chiqqan holda hamda har bir alohida bo‘linma bo‘yicha hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini aniqlash huquqiga ega bo‘ladi.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-sentabrdagi 751-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 38-son, 1059-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Aksiz solig‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Alohida bo‘linma joylashgan joy bo‘yicha budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan aksiz solig‘i summasi alohida bo‘linmaga to‘g‘ri keladigan qonunchilikda belgilangan tartibda soliq solinadigan bazadan kelib chiqib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi joylashgan joy bo‘yicha budjetga to‘lanadigan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq summasi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ushbu yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi tomonidan kavlab olingan tayyor mahsulotlar hajmidan kelib chiqib aniqlanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Alohida bo‘linmalarga ega yuridik shaxslarni soliq bo‘yicha hisobga qo‘yish va ular tomonidan alohida bo‘linmalar bo‘yicha soliq majburiyatlari bajarilishi tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu Nizomning amal qilishi tatbiq qilinadigan yuridik shaxs soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish bilan birga alohida bo‘linmalarga ega yuridik shaxslar ro‘yxatiga kiritilganligi haqida xabarnoma olingan kundan boshlab 10 kundan kechikmay soliq to‘lovchi sifatida alohida bo‘linmalar joylashgan joy bo‘yicha hisobga turishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmalari joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagi soliq hisobotlari taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan soliq hisobotlari shakllari bo‘yicha yuridik shaxsning alohida bo‘linmasiga to‘g‘ri keladigan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi va qo‘shilgan qiymat solig‘i summalari hisob-kitoblari. Ushbu hisob-kitoblar yuridik shaxsning soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan soliq hisobotlari shakllarida nazarda tutilgan tegishli soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblar asosida tuziladi va unda yuridik shaxsning har bir alohida bo‘linmasi bo‘yicha soliq summalari alohida satrda ajratib ko‘rsatiladi. Bunda yuridik shaxs soliq bo‘yicha hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organlariga hisob-kitoblar taqdim etilayotganda uning har bir alohida bo‘linmasiga to‘g‘ri keladigan soliqlar summalari bo‘yicha hisob-kitoblar nusxalari ilova qilinadi.
(13-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jismoniy shaxslarning daromad solig‘i bo‘yicha — hisoblangan va haqiqatda to‘langan daromadlar summasi hamda yuridik shaxsning tegishli alohida bo‘linmasida band bo‘lgan xodimlar yuzasidan jismoniy shaxslarning daromadidan ushlangan soliq summasi haqidagi ma’lumotlar. Bunda ushbu ma’lumotlarning nusxalari bir vaqtning o‘zida yuridik shaxslar soliq bo‘yicha hisobga olingan joy bo‘yicha ularga yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va aksiz solig‘i bo‘yicha — soliq hisobotining belgilangan shakli bo‘yicha hisob-kitoblar. Bunda yuridik shaxs soliq bo‘yicha hisobga olingan joy bo‘yicha ushbu hisob-kitoblarning nusxalari yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmalari bir tumanda joylashgan taqdirda, ushbu alohida bo‘linmalar bo‘yicha tegishli yig‘ma soliq hisoboti tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmalari bo‘yicha soliqlarni to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Soliq to‘lovchilarning javobgarligi va davlat soliq xizmati organlarining nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yuridik shaxslar qonunchilikka muvofiq o‘zlarining alohida bo‘linmalari bo‘yicha soliqlar to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi uchun javob beradilar. Ushbu Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan soliq hisobotlari yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilmaganligi yoki o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi uchun soliq hisobotini taqdim etish tartibini buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutiladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat soliq xizmati organlari ushbu Nizomga muvofiq soliqlar to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi, shuningdek yuridik shaxslar soliq hisobiga qo‘yilishi ustidan nazorat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 9-son, 130-modda, 38-son, 1059-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)