Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2017 19.05.2000 yildagi 195-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2017
Hujjat 31.10.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 21-martdagi PF-2564-son Farmonini bajarish hamda tijorat banklarining kichik biznesni, xususiy tadbirkorlarni rivojlantirishda faol qatnashishini yanada ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(kirish qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-oktabrdagi 222-sonli qaroriga asosan chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2005-y., 40-son, 307-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlariga, dehqon va fermer xoʻjaliklariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi hisobidan kredit berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi resurslarini koʻpaytirishga yoʻnaltiriladigan va Jamgʻarmaning berilgan kreditlari hisobiga olingan daromadlari daromad (foyda) soligʻidan 5 yil muddatga ozod qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining daromad (foyda) soligʻini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan baza jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari, plastik kartochkalar boʻyicha omonatlari hamda joylashtirilgan jamgʻarma sertifikatlari hajmlarining koʻpaygan summasiga kamayadi, bunda boʻshaydigan mablagʻlar yuqorida koʻrsatilgan omonatlar boʻyicha foiz stavkalarini oshirishga maqsadli yoʻnaltirilishi shart.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-fevraldagi 89-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 8-son, 98-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-oktabrdagi 222-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2005-y., 40-son, 307-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy bank, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy meʼyoriy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul-kredit siyosati boʻyicha Respublika komissiyasi ilgari qabul qilingan qarorlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Muomaladagi naqd pullarni kamaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 11-iyuldagi 356-son qarorining 3-bandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1997-yil 22-sentabrdagi 447-son qarori 1-bandining “a”, “b” va “v” kichik bandlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-avgustdagi 342-47-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 19-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-oktabrdagi 222-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 40-son, 307-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 19-maydagi 195-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlariga, dehqon va fermer xoʻjaliklariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi hisobidan kredit berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 21-martdagi PF-2564-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda kichik tadbirkorlik subyektlarining, dehqon va fermer xoʻjaliklarining iqtisodiyotining aniq sektori pirovard mahsulotidagi ulushini koʻpaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom tijorat banklari tomonidan dehqon va fermer xoʻjaliklariga, kichik tadbirkorlik subyektlariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari hisobidan kreditlar berish tartibini tartibga soladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga, dehqon va fermer xoʻjaliklariga, shuningdek kichik tadbirkorlikning boshqa subyektlariga tijorat banklari tomonidan Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mikrokredit berish “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga, shuningdek tijorat banklari tomonidan belgilanadigan mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-oktabrdagi 225-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 43-44-son, 430-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Imtiyozli kredit berish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mikrokreditlar ushbu Nizomning 13-bandiga muvofiq belgilanadigan foiz stavkasi boʻyicha beriladi, “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan beriladigan mikrokreditlar bundan mustasno.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-oktabrdagi 225-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 43-44-son, 430-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tijorat banklari tomonidan Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kreditlar berish, qaytarish, toʻlash, muddatli va maqsadli foydalanish shartlari bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmoniga, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida” va “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xoʻjaliklari kredit oluvchi (keyingi oʻrinlarda matnda qarz oluvchi deb ataladi) subyektlar hisoblanadilar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Tijorat banklari tomonidan Imtiyozli kredit berish jamgʻarmasi hisobidan kreditlar berish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tijorat banklari Imtiyozli kredit berish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kreditlar berishni shartnoma asosida amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Imtiyozli kredit berish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kreditlar berish muddatlari kredit berilayotgan tadbirning oʻzini qoplashiga bogʻliq boʻladi, chunonchi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar hamda boshqa ishlab chiqarish zaxiralari xarid qilish uchun zarur boʻlgan aylanma mablagʻlarni toʻldirishga kreditlar kichik tadbirkorlik subyektlariga, qoidaga koʻra, 1 yil muddatgacha beriladi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun aylanma mablagʻlarni toʻldirishga kreditlar fermer xoʻjaliklariga, shuningdek yuridik shaxs boʻlgan dehqon xoʻjaliklariga, qoidaga koʻra, kamida 2 yil muddatga beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun kreditlar kichik tadbirkorlik barcha subyektlariga, shu jumladan yuridik shaxs boʻlgan fermer va dehqon xoʻjaliklariga toʻlov muddatini kechiktirish huquqisiz 5 yilgacha muddatga berilishi mumkin.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kichik tadbirkorlik subyektlariga berilgan kreditlarni qaytarishning eng uzoq muddati, qaytarish muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda 12 oydan oshishi mumkin emas, fors-major holatlari bundan mustasno.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etishga moʻljallangan aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun dehqon va fermer xoʻjaliklariga berilgan kreditlarni qaytarishning eng uzoq muddati, qaytarish muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda, 30 oydan oshishi mumkin emas, fors-major holatlari bundan mustasno. Fermer va dehqon xoʻjaliklarining qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan aylanma mablagʻlari uchun berilgan boshqa kreditlar boʻyicha ulardan foydalanish muddati, qaytarish muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda, 12 oy etib belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Banklar investitsiya maqsadlari uchun berilgan kreditlar boʻyicha kredit berish boʻyicha imtiyozli davrni belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan kreditlar qarz oluvchilarga mahsulot yetishtirish (tamakichilik va alkogolli mahsulot ishlab chiqarishdan tashqari) bilan bogʻliq boʻlgan, amaldagi qonunchilik bilan taqiqlanmagan va quyidagilarni nazarda tutuvchi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va kengaytirish uchun beriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish binolarini qurish, texnika bilan jihozlash va rekonstruksiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashinalar, asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, urugʻlik, mol va parrandalar sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xomashyo va materiallar, shu jumladan mollar uchun yem, omixta ozuqa, veterinariya preparatlari, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral oʻgʻitlar, yonilgʻi-moylash materiallari va ekin maydonlariga ishlov berish boʻyicha mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar sotib olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan kreditlarning ilgari olingan kreditlarni yoki boshqa har qanday qarzlarni uzishga, ishlab chiqarish maqsadida foydalanilmaydigan shaxsiy mol-mulk sotib olishga berilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan berilgan kreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash boʻyicha kredit berilgan kundagi belgilangan stavkasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kreditlar mijozning talab qilib olinadigan depozit hisob raqami joylashgan joy boʻyicha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Zarar koʻrib ishlayotgan, likvidsiz balansga ega boʻlgan qarz oluvchilarga Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan kredit berilmaydi, ilgari berilgan ssudalar esa belgilangan tartibda muddatidan oldin undirib olinadi. Ushbu qoida kredit shartnomasida albatta nazarda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Imtiyozli kredit berish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan beriladigan kreditlarni rasmiylashtirish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qarz oluvchilar kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni (kredit paketini) taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit buyurtmanomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining bankdagi hisob raqamiga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi albatta koʻrsatilgan holdagi biznes-reja;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmatining Mahalliy (tuman) organi tasdiqlangan, soʻnggi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-shakl) hamda debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma (2a-shakl), shuningdek 90 kundan ortiq vaqtdagi qarzlar boʻyicha solishtirish dalolatnomasi, moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-shakl), dehqon xoʻjaliklari bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan kreditni qaytarishni taʼminlash shakllaridan bittasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Toʻlamaslik xavfini bartaraf etish uchun qarz oluvchi taʼminotga ega boʻlishi kerak, taʼminotga boʻlgan asosiy talab uning amalga oshiriluvchanligi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz oluvchi bankka taʼminlashning quyidagi turlaridan bittasini taqdim etishga haqlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni yoki qimmatli qogʻozni garov sifatida qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank yoki sugʻurta tashkiloti kafolatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi shaxslarning kafilligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytarmasligi xavfini sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Banklar oʻzlari bilan doimiy aloqaga, bank hisob raqamida doimiy pul oqimiga, yaxshi nufuzga va yaxshi kredit tarixiga ega boʻlgan qarz oluvchilarga, ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatib oʻtilgan qaytarish taʼminotini taqdim etmasdan, blankli (ishonchli) kreditlar berishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mol-mulkni garovga qoʻyish kreditning qaytarilishini taʼminlash shakllaridan biridir. “Garov toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq har qanday mol-mulk, shu jumladan buyumlar va mulkiy huquqlar (talablar), qimmatbaho boyliklar, zargarlik buyumlari, erkin almashtiriladigan valyuta va shu kabilar garov predmeti boʻlishi mumkin, (muomaladan chiqarilgan buyumlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq garov predmeti boʻla olmaydigan boshqa mol-mulk va/yoki mulkiy huquqlar (talablar) bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit hisobiga sotib olinadigan qiymatning 80 foizi miqdoridagi mol-mulk ham ushbu kredit boʻyicha garov predmeti boʻlib xizmat qilishi mumkin.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-oktabrdagi 225-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 43-44-son, 430-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kafolatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 299-moddasiga muvofiq garantning yozma majburiyati shaklida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kafillik Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 292-moddasiga muvofiq qarzdor va kafil oʻrtasida bank-benefitsiar foydasiga yozma shakldagi kafillik shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kredit paketini tahlil qilish chogʻida bank kredit bitishuvining har xil jihatlarini, qarz oluvchining kredit tarixini, uning rahbari nufuzini (oldingi ish joylari, layoqatliligi, ilgari olingan kreditlarning oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlay olishi va shu kabilarni) baholaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Aylanma mablagʻlarni toʻldirishga kredit olish uchun ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatib oʻtilgan zarur hujjatlar ilova qilingan holdagi buyurtmanoma bankka kelib tushgan kundan boshlab ushbu kredit boʻyicha bank xulosasini berishgacha boʻlgan muddat tijorat banklari boʻlimlari va tarkibida boʻlimlari boʻlmagan tijorat banklari, shuningdek xususiy banklar uchun — 10 ish kunidan, banklarning viloyat boʻlimlari uchun — 15 ish kunidan va bosh (respublika) banklar uchun — 20 ish kunidan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihasini mablagʻ bilan taʼminlash uchun kredit olishga kredit buyurtmanomalarini banklar tomonidan koʻrib chiqish muddati tegishli ravishda uzaytirilishi, biroq koʻpi bilan ikki baravar uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kredit shartnomasi tuzilgandan keyin bank boʻlimi rahbari yoki u vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning oʻrinbosari oʻz vakolati doirasida muddati va foiz stavkasi koʻrsatilgan holdagi ssuda hisob raqami ochish toʻgʻrisida buxgalteriyaga buyruq beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kredit berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi bilan qarz oluvchiga kredit kartochkasi ochiladi, kredit shu kartochka boʻyicha nazorat qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qurilish, texnika bilan jihozlash va rekonstruksiya qilishga berilgan kreditlar hisobiga moliyalash faqat barcha zarur loyiha-smeta hujjatlari va boshqa hujjatlar amaldagi qonunchilikka muvofiq bankka taqdim etilgandan keyingina ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Kreditlarni berish va qaytarishni hisobga olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kreditlar alohida ssuda hisob raqami ochish va qarz oluvchining tovar-moddiy boyliklar uchun toʻlov topshiriqnomasini ushbu hisob raqamidan naqd pulsiz toʻlash yoʻli bilan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kredit xodimining farmoyishiga binoan alohida ssuda hisob raqamlari boʻyicha berilgan kreditlar muddatli majburiyatlar bilan rasmiylashtiriladi, ular, kredit berish muddatlariga koʻra, kredit toʻliq qaytarilgungacha koʻzda tutilmagan holatlar hisob raqamlarida hisobga olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditni qaytarish muddatlari jadval holida taqdim etilishi mumkin, u kreditning pul oqimlari tushishi istiqbollariga koʻra bir necha bosqichda qaytarilishini nazarda tutadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaytarish muddati yetib kelganda va qarz oluvchida pul boʻlmaganda kredit muddati oʻtgan ssudalar hisob raqami orqali undiriladi, uning boʻyicha muddatli majburiyatlar esa 2-kartotekaga joylashtiriladi va qonun hujjatlarida belgilangan navbatli tartibda toʻlanadi. Bunda foizlar kredit qarzidan oldin toʻlanadi.
(28-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-oktabrdagi 225-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 43-44-son, 430-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mikrofirmalarga, kichik korxonalarga, dehqon va fermer xoʻjaliklariga berilgan kreditlar, kredit berish muddatiga koʻra, tijorat bankining tegishli balans hisob raqamlarida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banka tomonidan tasdiqlangan Tijorat banklari hisob raqamlari rejasiga muvofiq hisobga olinadi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tijorat banklari kreditdan foydalanishning butun muddati davomida doimiy monitoring olib boradi. Monitoring qarz oluvchining buyurtmanomasini va kredit shartnomasi shartlarini amalga oshirishga har tomonlama koʻmaklashishga yoʻnaltirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Monitoring jarayonida mijozning xoʻjalik-moliyaviy faoliyati, uning tuzilgan shartnomalarga (buyurtmanomalarga) muvofiq mahsulot yetkazib berish majburiyatlarini bajarishi, ishlab chiqarish, noishlab chiqarish xarajatlari va yoʻqotishlar, muomala chiqishlari, foyda hajmlari, oʻz aylanma mablagʻlari mavjud boʻlishi dinamikasi, tovar-moddiy boyliklar zaxiralari ahvoli, aylanma mablagʻlarning muomalada boʻlishi tahlil qilinadi. Bank, qarz oluvchining kredit ishidagi koʻrsatkichlarni turkumlagan holda, kreditga qodirlik boʻyicha doimiy monitoringni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankka berilgan garovning holati, kreditdan kredit shartnomasida qayd etilgan shartlarda samarali va maqsadli foydalanilishi joyida oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank qurilishni mablagʻ bilan taʼminlashga berilgan kreditlar boʻyicha, monitoring jarayonida kreditlangan obyektda kredit shartnomasida qayd etilgan muddat va shartlarda bajarilgan ishlar hajmini nazorat tartibida oʻlchab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Berilgan kreditlardan maqsadli foydalanmaganlik aniqlangan taqdirda bank kreditning belgilangan maqsadda foydalanilmagan qismini kredit shartnomasida belgilangan tartibda Qarz oluvchining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidan muddatidan oldin undirish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Qarz oluvchi asosiy qarzni va uning boʻyicha foizlarni kredit shartnomasida qayd etilgan muddatda toʻlanmagan taqdirda bank, sudga murojaat qilmasdan, oʻz talablarini qoʻyilgan mol-mulk hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 280-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq qondirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tavakkalchiliklarning yoʻl qoʻyiladigan darajalarini aniqlash Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklari sarmoyasi adekvatliligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida”gi Nizomiga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan beriladigan kreditlar boʻyicha mumkin boʻlgan yoʻqotishlarga zaxiralarni shakllantirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Aktivlar sifatini tasniflash, ular boʻyicha mumkin boʻlgan yoʻqotishlarni qoplash uchun tijorat banklari tomonidan yaratiladigan zaxiralarni shakllantirish va ulardan foydalanish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 19-maydagi 195-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 21-martdagi PF-2564-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda tijorat banklari tomonidan Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasini shakllantirish tartibini va bu Jamgʻarmaga banklar foydasidan ajratmalar normalarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Imtiyozli kredit berish jamgʻarmasini shakllantirish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tijorat banklari Imtiyozli kredit berish jamgʻarmasini dehqon va fermer xoʻjaliklariga, tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish bilan band boʻlgan kichik tadbirkorlik subyektlariga, shuningdek yuqori texnologiyali va innovatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun imtiyozli kredit va mikrokreditlar berish uchun tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari banklar foydasining 25 foizgacha miqdorini ajratish hisobiga shakllantiriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-oktabrdagi 225-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 43-44-son, 430-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tijorat banklari tomonidan Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga kredit berishdan olingan daromadlar, koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar ushbu Jamgʻarma resurslarini koʻpaytirishga maqsadli yoʻnaltirilgan taqdirda, 5 yil muddatga daromad soligʻidan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Imtiyozli kredit berish jamgʻarmasiga ajratmalar
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Imtiyozli kredit berish jamgʻarmasiga ajratmalar har chorakda bankning biznes-rejasida nazarda tutilgan soliqlar toʻlangandan soʻng har chorakdagi sof foydaning prognoz summasidan kelib chiqqan holda ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chorak mobaynida amalda ajratilgan ajratmalar miqdori har chorak soliqlar toʻlangandan soʻng amalda olingan foydadan kelib chiqqan holda, foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobotga muvofiq qayta hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtiyozli kredit berish jamgʻarmasiga ajratmalar normalari Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan bank faoliyatining moliyaviy koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda har chorakda Bank Kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Imtiyozli kredit berish jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlarni hisobga olish
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Imtiyozli kredit berish jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar harakati Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Tijorat banklari hisob raqamlari rejasiga muvofiq tijorat bankining alohida balans hisob raqamida hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2000-y., 5-son, 25-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 31-modda; 8-son, 98-modda; 2005-y., 40-son, 307-modda; 2006-y., 43-44-son, 430-modda; 2009-y., 25-son, 288-modda; 2011-y., 12-13-son, 116-modda; 2014-y., 15-son, 163-modda; 2017-y., 18-son, 326-modda)