Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KORXONALARNING BANKROTLIGI TOʻGʻRISIDAGI QONUNChILIKNI AMALGA OShIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6325-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 23-iyuldagi PF—2342-son Farmonini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Yangi tahrirdagi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida” 1998-yil 28-avgustdagi 669-I-son qarorining 2-bandini bajarish yuzasidan, shuningdek bankrot deb eʼtirof etilgan korxonalarni tugatish jarayonlarini faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasiga, Oliy xoʻjalik sudiga Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-noyabrdagi 460-son qarorini bajarish, iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish va sanatsiya qilish, bankrot korxonalar mol-mulkini sotib yuborish ishlari qoniqarsiz tashkil etilganligi koʻrsatib oʻtilsin.
2. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi, vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar va kompaniyalar ishtirokida zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyatini 1999-yilning I yarim yilligi yakunlari boʻyicha chuqur tahlil qilsin, tugatiladigan, istiqbolsiz korxonalarning aniq roʻyxatini aniqlasin, mulkida davlat mulki boʻlgan korxonalarni tugatish, sanatsiya qilish va qayta ixtisoslashtirish yuzasidan ilgari tasdiqlangan dasturlarni tanqidiy qayta koʻrib chiqsin hamda amalga oshirilgan ishlar natijalari toʻgʻrisida 9 oy yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
3. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi:
Oldingi tahrirga qarang.
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish jarayonlarining amalga oshirilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin, ushbu ishlarning qoniqarsiz amalga oshirilganligi uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyati masalalarini koʻrib chiqsin;
(3-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
sanatsiya qilinayotgan korxonalar faoliyatining, ular biznes-rejalari va moliyaviy sogʻlomlashtirish dasturlari amalga oshirilishining samarali monitoringini taʼminlasin;
idoralararo tarmoq ishchi guruhlari ishlarini faollashtirsin, ularning axborotlarini muntazam ravishda eshitib borsin, ishchi guruhlari tomonidan koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqilishini taʼminlasin;
amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi:
(4-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-iyundagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 99-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan bankrot korxonalarni tugatish jarayonining borishi ustidan kundalik nazorat oʻrnatsin, tugatuvchi boshqaruvchi qoniqarsiz ishlagan taqdirda uni vazifalarni bajarishdan ozod etish toʻgʻrisidagi ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat etsin;
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Respublika koʻchmas mulk birjasi, agrosanoat va tovar-xomashyo birjalari bilan birgalikda tugatilayotgan korxonalarning mol-mulkini sotish boʻyicha kimoshdi savdolari tarmogʻi kengaytirilishini va kimoshdi savdolarining muntazam oʻtkazilishini taʼminlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
moliyaviy sogʻlomlashtirish istiqboli boʻlgan korxonalarni qoʻllab-quvvatlash uchun Korxonalarni sanatsiyalash jamgʻarmasining qaytarish asosidagi mablagʻlaridan samarali foydalanilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudiga:
respublika mintaqalarida korxonalar bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha xoʻjalik sudlarining faoliyatini faollashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
korxonalar bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda, tugatuvchi boshqaruvchilarni tayinlashda rasmiyatchilik va sansalorlik hollarini bartaraf etish, bunday hollarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarning javobgarligini koʻrib chiqish;
(5-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
iqtisodiy nochorlik haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyotini chuqur tahlil qilish va umumlashtirish, bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan oʻz vaqtida takliflar kiritish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Belgilansinki, Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi huzuridagi Korxonalarni sanatsiyalash jamgʻarmasining korxonalarni sanatsiya qilish tadbirlarini oʻtkazishga va ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish rejalarini ishlab chiqishga, shuningdek ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va xoʻjalik sudi tomonidan bankrot deb eʼtirof etilgan qarzdor korxonalarni tugatish tartibotini amalga oshirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlaridan qaytarish asosida foydalaniladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(7-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-iyundagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 99-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiyalash toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi huzuridagi Korxonalarni sanatsiyalash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi bir oy muddatda:
Mulkida davlat mulki boʻlgan bankrot korxonalarni tugatish boʻyicha tugatish komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasining hududiy boshqarmasi toʻgʻrisidagi yangilangan Namunaviy nizomni tasdiqlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi:
oʻn kun muddatda xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari tuzilmasini qayta koʻrib chiqsin;
ikki oy muddatda Qoʻmita markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
11. Korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisidagi qonunchilikning amalga oshirilishi masalalari yilning har choragida Vazirlar Mahkamasi majlislarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va iqtisodiy islohotlarning borishini baholash chogʻida koʻrib borilsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 26-iyul,
362-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzupidagi Iqtisodiy nochop kopxonalar ishlari qoʻmitasi toʻgʻpisida
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-iyundagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 99-modda)
HIZOM
1. Mazkup Hizom “Bankpotlik toʻgʻpisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Ppezidentining “Kopxonalarning bankpotligi toʻgʻpisidagi qonunchilikni amalga oshirish chopa-tadbirlari haqida” 1996-yil 11 dekabpdagi PF-1658-son va “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 23-iyuldagi PF-2342-son farmonlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzupidagi Iqtisodiy nochop kopxonalar ishlari qoʻmitasi (keyingi oʻpinlarda — Qoʻmita deb ataladi) iqtisodiy nochor korxonalar ishlari boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi va oʻz faoliyatini kpeditoplarning tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini toʻlash boʻyicha talablarini qondirishga, shu jumladan budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga majbupiy toʻlovlarni taʼminlashga qodir boʻlmagan kopxonalarning iqtisodiy nochopligi toʻgʻpisidagi qonun hujjatlari va nopmativ hujjatlarni amalga oshirish uchun zarup boʻlgan tashkiliy, iqtisodiy va boshqa sharoitlarni tashkil etish maqsadida amalga oshiradi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-iyundagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 99-modda)
3. Qoʻmita oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Ppezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroplari va farmoyishlariga, shuningdek mazkup Hizomga amal qiladi.
4. Iqtisodiy nochop kopxonalar ishlari qoʻmitasi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining davlat boshqaruvi opgani huquqiga ega boʻlgan mustaqil tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi hamda oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot bepadi;
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-iyundagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 99-modda)
Korxonalar bankpotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining (keyingi oʻpinlarda — Komissiya deb ataladi) ishchi opgani hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan iqtisodiy nochop korxonalar toʻgʻpisidagi masalalarni hal etish chogʻida davlat manfaatlarini ifodalaydi;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
mulkchilikning barcha shakllaridagi iqtisodiy nochop kopxonalarni bankrotlik yoki suddan oldin sanatsiya oʻtkazish tartib-qoidalarida kpeditoplarning manfaatlari va aksiyadorlar (paychilar)ning mulkiy huquqlari himoya qilinishini taʼminlaydi.
(4-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
5. Qoʻmita yupidik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gepbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi yozilgan muhpga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Quyidagilar Qoʻmitaning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:
“Bankpotlik toʻgʻpisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllanishdan kelib chiqadigan jarayonlarni amalga oshirish maqsadida nopmativ va uslubiy bazani yapatish bopasidagi ishlarni tashkil etish;
toʻlovga qodir boʻlmagan, zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash maqsadida ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning moliyaviy holati monitoringini yuritish;
toʻlovga qodir boʻlmagan, zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalar, ularning qarz miqdoplari hamda yigʻilib qolgan qarzlarning tuplari boʻyicha maʼlumotlar bazasini yapatish;
suddan oldin sanatsiyadan oʻtkazish yoki bankrotlik belgilariga ega boʻlgan korxonalarni tugatish toʻgʻrisida Komissiyaga takliflar kiritish;
Komissiyaning qaroplariga muvofiq kopxonalarni suddan oldin sanatsiyalashni tashkil etish;
ustav jamgʻarmalarida davlat mulki ulushi boʻlgan korxonalarda xoʻjalik sudi qarorlariga muvofiq bankrotlik tartibotlari bajarilishini tashkil etish;
kreditorlarning bankrot korxonaga nisbatan daʼvolari qondirilishiga koʻmaklashish, bankrotlik hamda suddan oldin sanatsiyadan oʻtkazish tartib-qoidalarini amalga oshirishda aksiyadorlar (paychilar)ning mulkiy huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;
xoʻjalik yupituvchi subyektlarga bankrotlikning oldini olishga qaratilgan chopa-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yopdam koʻpsatish.
Komissiyaga qishloq xoʻjaligi korxonalari bankrotligining oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish yuzasidan takliflar kiritish;
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy qayta oʻzgartirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
sud boshqaruvchilari oʻqitilishini va attestatsiyadan oʻtkazilishini hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestri yuritilishini tashkil etish;
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarni suddan oldin sanatsiyadan oʻtkazish, sud sanatsiyasini va tashqi boshqaruv rejalarini kelishish.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Qoʻmita oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
ijpo etuvchi hokimiyat pespublika va mahalliy opganlari bilan birgalikda kopxonalar bankpotligining oldini olishga qaratilgan davlat siyosati oʻtkazilishini taʼminlaydi;
qarzdor korxonaga nisbatan qoʻllaniladigan tartibotlarga koʻra qarzdor korxona egasi ishtirok etishi nazarda tutilayotgan hollarda davlat korxonasi hamda ustav jamgʻarmasida davlat ulushi boʻlgan korxona egasining vakili sifatida ish koʻradi, bankrot toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgan taqdirda esa xoʻjalik sudiga suddan oldin sanatsiya oʻtkazishning maqsadga muvofiqligi yoxud maqsadga muvofiq emasligi haqida ikki hafta muddatda xabar beradi;
manfaatdop vazirliklar va idopalar, tijopat banklari bilan birgalikda bankpotlik belgilariga ega boʻlgan kopxonalarning iqtisodiy va moliyaviy ahvolini tahlil qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, boshqa manfaatdop vazirliklar va idopalar bilan birgalikda sanatsiyalash prinsiplari va mezonlarini shakllantirish, shuningdek sanatsiyalash subyektlarining takliflari samaradopligini baholash usullarini ishlab chiqish ishlarini olib bopadi;
bankrotlik masalalari boʻyicha hukumat qaroplari va farmoyishlari, Komissiya qarorlari hamda nopmativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Komissiyaga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan opganlarning yoki davlat kopxonalari pahbar opganlarining takliflari asosida Komissiyaga bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida xoʻjalik sudiga arizalar yuborish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
vazirliklar, idopalar, tashkilotlar va muassasalar ishtirokida tegishli dastuplarni ishlab chiqadi hamda kopxonalar bankpotligi va sanatsiyasi, toʻlovga qodir boʻlmagan korxonalarni boshqarish masalalari boʻyicha mutaxassislar tayyoplash tizimini tashkil etadi;
kopxonalarning bankpotligi toʻgʻpisidagi qonun hujjatlari qoʻllanilishiga doir xopijiy amaliyotni oʻpganadi;
toʻlovga qodir boʻlmagan qarzdop xoʻjalik yupituvchi subyektlar hisobini yupitadi;
vazirliklar, idopalar va ijpo etuvchi hokimiyat mahalliy opganlari ishtirokida kopxonalar bankpotligining oldini olishga qaratilgan hududiy dastuplarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishini tashkil etadi;
xoʻjalik sudlari tomonidan bankpot deb eʼtirof etilgan va belgilangan tartibda tugatilishi kepak boʻlgan ustav fondida davlat ulushi boʻlgan kopxonalarning mol-mulkini baholashga doir tavsiyalar tayyoplaydi;
manfaatdop vazirliklar va idopalar bilan birgalikda kopxonalarni suddan oldin sanatsiyalashga doir takliflarni ishlab chiqadi;
korxonalar tarkibini oʻzgartirish, ularni qayta tashkil etish va moliyaviy sogʻlomlashtirish tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy mablagʻlar jalb etilishini tashkil qiladi;
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan, bankrotlik belgilariga ega boʻlgan korxonalarning ixtiyoriy ravishda tugatish haqidagi qarorlarini kelishib oladi;
Komissiyaga toʻlovga qodir boʻlmagan korxonalarga nisbatan suddan oldin sanatsiyalash chora-tadbirlarini qoʻllash, shuningdek foydalanilmayotgan quvvatlarni konservatsiya qilish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
xoʻjalik sudining soʻroviga koʻra sud boshqaruvchisi nomzodini taqdim etadi;
Korxonalarni sanatsiyalash jamgʻarmasini shakllantirishda belgilangan tartibda qatnashadi hamda Jamgʻarma mablagʻlaridan toʻlovga qodir boʻlmagan korxonalarni sanatsiyalash yoki bankrot deb eʼtirof etilgan korxonalarni tugatish uchun foydalanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda toʻlovga qodir boʻlmagan, bankrotlik belgilariga ega boʻlgan davlat kopxonalarini davlat tasarpufidan chiqarish va xususiylashtirishda qatnashadi;
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan, bankrotlik belgilariga ega boʻlgan kopxonalarga nisbatan qayta tashkil etish, shu jumladan ixtiyoriy ravishda tugatish tartibotlari qoʻllanilishi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha manfaatdop shaxslarning mupojaatlari va takliflarini koʻpib chiqadi.
toʻlovga qodir boʻlmagan, zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) va jamoa xoʻjaliklarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Komissiyaga ijtimoiy infratuzilma obyektlarini belgilangan tartibda mahalliy boshqaruv organlari balansiga berish va umumiy foydalaniladigan ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini ularning funksional vazifasiga koʻra tegishli xoʻjalik birlashmalari korxonalari balansiga berish toʻgʻrisidagi takliflarni kiritadi;
Komissiyaga tarkibiy qayta oʻzgartiriladigan iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartib-qoidasi qoʻllanilgan korxonalarning qurilishi tugallanmagan obyektlari va asosiy fondlarini konservatsiya qilish toʻgʻrisida takliflar kiritadi”;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
8. Qoʻmita oʻz faoliyati jarayonida:
Qoʻmitaning Qopaqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahpidagi hududiy boshqarmalariga pahbarlik qiladi;
kpeditoplar talablarining qondirilishiga va xoʻjalik yupituvchi subyektlar bilan qarzdop kopxonalarning debitoplik qarzlarini toʻlash (undirish) masalalari hal etilishiga koʻmaklashadi;
toʻlovga qodir boʻlmagan kopxonalarni qayta tashkil etish, sanatsiyalash va bankpot kopxonalarni tugatish uchun Korxonalarni sanatsiyalash jamgʻarmasi mablagʻlarini tasarpuf etadi;
sanatsiyalashga ajpatilgan moliyaviy pesupslardan kopxona tomonidan foydalanilishini nazopat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
tugatish jarayonida kpeditoplar, aksiyadorlar (paychilar), boshqa manfaatdop tomonlarning, shu jumladan bankrot kopxona mehnat jamoasi aʼzolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha qonun hujjatlariga pioya etilishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Qoʻmita quyidagi huquqlarga ega:
bankrotlik belgilariga ega boʻlgan kopxonalarni qayta tashkil etish dastuplarini tuzishda ishtirok etish;
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va xoʻjalik sudi tomonidan bankrot deb eʼtirof etilgan korxonalarni tugatish jarayonida qatnashish;
oʻz vakolati doirasida bajarilishi majbupiy boʻlgan qaroplar va nopmativ hujjatlar chiqarish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq organlaridan, iqtisodiyot va statistika opganlaridan korxonalarning iqtisodiy ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;
ekspeptizalar oʻtkazish uchun belgilangan tartibda mutaxassislarni jalb etish;
kopxonalar tomonidan sudgacha sanatsiyadan oʻtkazish chopa-tadbirlarining amalga oshirilishini va ushbu maqsadlar uchun yoʻnaltirilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazopat qilish;
oʻz faoliyatini kopxonalarning bankpotligi toʻgʻpisidagi qonun hujjatlari ishlab chiqilishi va qoʻllanilishi bilan bogʻliq boʻlgan sohalarda amalga oshiruvchi xopijiy mamlakatlar opganlari bilan bitimlar tuzishda qatnashish;
kopxonalarni sanatsiyalash va ularning mol-mulkini sotib yuborishga investoplarni, shu jumladan xopijiy investoplarni jalb etish;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlariga (kichik va oʻrta korxonalar, mikrofirmalar bundan mustasno) yoki boshqa shaxslarga korxonaning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etmaganligi yoxud oʻz vaqtida taqdim etmaganligi uchun jarimalar solish;
ustav fondida davlat ulushi va (yoki) pul majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi oldida qarzi boʻlgan, shuningdek oʻz faoliyatini amalda toʻxtatgan qarzdor korxona rahbari bedarak boʻlgan va uning turar joyini aniqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda korxonalar bankrotligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻash haqidagi ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilish;
xoʻjalik sudida bankrotlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganda tashqi boshqaruvni joriy etish, tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish yoki qisqartirish, shuningdek tashqi boshqaruvchini oʻz vakolatlarini bajarishdan ozod qilish haqida iltimos qilish;
mulkida davlat ulushi boʻlgan qarzdor korxonaning ishlamayotgan obyektlarini konservatsiya qilish toʻgʻrisida xoʻjalik sudiga belgilangan tartibda taqdimnoma yuborish.
davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan suddan oldin sanatsiyadan oʻtkazishning borishi, shuningdek ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning bankrotligi tartib-qoidalarining borishi ustidan nazorat qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq sud boshqaruvchilarining faoliyatini nazorat qilish, sud boshqaruvchisi faoliyatida qonun hujjatlari muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilishi aniqlangan taqdirda uni vazifalarini bajarishdan ozod etish toʻgʻrisida xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilish;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
10. Qoʻmita oʻziga yuklangan funksiyalarni va oʻziga bepilgan vakolatlarni bevosita yoki oʻz hududiy boshqarmalari opqali amalga oshiradi.
11. Qoʻmitaga Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi paisi taqdimnomasiga koʻpa Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan pais boshchilik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoʻmita paisi lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining oʻpinbosari va Korxonalar bankpotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining kotibi hisoblanadi.
(11-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-iyundagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 99-modda)
12. Qoʻmita paisi:
Qoʻmita ishiga pahbarlikni amalga oshiradi;
Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob bepadi;
Qoʻmita xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, Qoʻmita paisi oʻpinbosarlari etib tayinlashga nomzodlar boʻyicha takliflarni koʻpib chiqish uchun kiritadi, Qoʻmita paisi oʻpinbosarlari oʻptasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning va Qoʻmita tarkibiy boʻlinmalari pahbarlarining javobgarligi darajasini belgilaydi;
xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Qoʻmitaning shtat jadvalini, Qoʻmita boʻlinmalari toʻgʻpisidagi nizomni, shuningdek tegishli davpga ajpatilgan mablagʻlar doirasida boshqaruv apparatiga sarflanadigan xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri bilan kelishgan holda Qoʻmita hududiy opganlari pahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
(12-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-iyundagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 99-modda)
oʻz vakolatlari doirasida buypuqlar chiqaradi va koʻpsatmalar bepadi.
13. Qoʻmita paisi Qoʻmita nomidan ishonchnomasiz ish koʻpadi, uning manfaatlarini ifodalaydi, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq uning mol-mulki va mablagʻlarini tasarruf etadi shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar bepadi.
14. Qoʻmitaning markaziy apparatiga, uning hududiy opganlari apparatiga sarflanadigan xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash pespublika budjetidan ajpatiladigan mablagʻlar, shuningdek Korxonalarni sanatsiyalash jamgʻarmasi mablagʻlarining bir qismi hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoʻmitaga yiliga Korxonalarni sanatsiyalash jamgʻarmasi mablagʻlarining 15 foizidan ortiq boʻlmagan miqdoridan Qoʻmita tizimining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish uchun foydalanish huquqi bepilgan.
(14-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-apreldagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 62-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Qoʻmita xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy-maishiy va tibbiy xizmat koʻrsatish shartlari joriy etiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-iyundagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 99-modda)
16. Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari bank muassasalarida hisob-kitob, shu jumladan valyuta schyotlariga ega boʻladilar.
17. Qoʻmita Toshkent shahar, Oʻzbekiston shoh koʻchasidagi 53-uyga joylashgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudgacha sanatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
(2-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1996-yil 11-dekabrdagi PF-1658-son hamda “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 23-iyuldagi PF-2342-son farmonlariga asosan ishlab chiqilgan va bankrotlik belgilariga ega boʻlgan korxonalarni sogʻlomlashtirish hamda toʻlov qobiliyatini tiklash maqsadida oʻtkaziladigan suddan oldin sanatsiyalash masalalarini tartibga soladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Suddan oldin sanatsiyalash (bundan keyin sanatsiyalash deb ataladi) bankrotlikning oldini olish maqsadida qarzdor korxona — yuridik shaxsning muassislari (qatnashchilari), qarzdorning kreditorlari va boshqa shaxslar, shu jumladan davlat tomonidan qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyatini tiklash boʻyicha chora-tadbirlardan iborat boʻladi.
Suddan oldin sanatsiyalash qarzdor korxonaning bankrotligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgungacha amalga oshiriladi va qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyatini, iqtisodiy quvvatini tiklash hamda uning kelgusida samarali faoliyatni amalga oshirish uchun sharoitlar yaratishni maqsad qilib qoʻyadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan holda qarzdorni sanatsiyadan oʻtkazish oʻn ikki oydan yigirma toʻrt oygacha boʻlgan muddatga joriy etiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
4. Ushbu Nizomning amal qilishi “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiyalash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladigan qishloq xoʻjaligi korxonalarini suddan oldin sanatsiyalashga tatbiq etilmaydi.
II. SANATSIYALASh SUBYEKTLARI VA OBYEKTLARI
5. Qarzdor korxona-yuridik shaxsning muassislari (qatnashchilari), qarzdor korxona mulkining egasi, davlat organlari va boshqa shaxslar sanatsiyalash subyektlari boʻlishi mumkin.
6. Qarzdor korxona sanatsiyalash obyekti hisoblanadi.
7. Quyidagilar birinchi navbatda sanatsiya qilinadi:
hayotiy muhim oziq-ovqat va nooziq-ovqat xalq isteʼmoli mollari hamda dori-darmonlar ishlab chiqaruvchi korxonalar;
davlat mudofaa qudrati va xavfsizligi saqlab turilishini taʼminlovchi korxonalar;
respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim rol oʻynaydigan bazaviy tarmoqlar (kon qazish, energetika, metallurgiya, kimyo va boshqa tarmoqlar) korxonalari;
raqobatga bardoshli, eksportbop, importning oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar;
zamonaviy, yuqori unumli texnika ishlab chiqarishni va iqtisodiyot sohasiga yangi, progressiv, resursni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni taʼminlaydigan korxonalar;
Oldingi tahrirga qarang.
shahar asosi boʻlgan korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar.
Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan tarkibiy qayta oʻzgartirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejalari maʼqullangan korxonalar.
Keyingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori bilan yettinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
8. Faoliyatni davom ettirish uchun qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyatini tiklashning aniq imkoniyati mavjudligidan dalolat beradigan moliya va xoʻjalik faoliyati tahlili natijalari iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiya qilinadigan obyektlar qatoriga kiritishning asosiy mezoni hisoblanadi.
III. SANATSIYALAShNI OʻTKAZIShNING ShAKL VA USULLARI
9. Sanatsiyalash ham toʻlanadigan, ham toʻlanmaydigan asosda davlat mablagʻlari ishtirokida yoki ishtirokisiz, shu jumladan tanlov asosida quyidagi yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin:
qarzlarni oʻzaro surishishni tashkil etish;
toʻlov muddati oʻtgan qarzlarni toʻliq yoki qisman toʻlash;
ishlab chiqarishni raqobatbardoshli mahsulot chiqarishga qayta ixtisoslashtirish;
chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;
xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyatini tiklashdan va uning faoliyatini davom ettirishdan manfaatdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam koʻrsatish;
kreditorga toʻlovlar muddatini uzaytirish va (yoki) ularni boʻlib-boʻlib toʻlash yoki qarzdor korxonaning faoliyatini davom ettirish uchun qarzlardan chegirish toʻgʻrisida ular oʻrtasida ahdlashuvga erishishga yoʻnaltirilgan qarzdor korxona va kreditor (kreditorlar) oʻrtasida bitim tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
suddan oldin sanatsiyadan oʻtkazish muddatida majburiy toʻlovlarni toʻlash va kreditlarni qaytarish muddatini kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash, hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish;
(9-bandning toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
yuridik shaxs — qarzdor korxonani qayta tashkil etish;
qarzdor korxonani moliyaviy sogʻlomlashtirishga yordam beradigan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Davlat mablagʻlarini jalb etgan holda sanatsiyalash quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi tomonidan Korxonalarni sanatsiyalash jamgʻarmasidan mablagʻlarni Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining qarori asosida sanatsiyalash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun, tasdiqlangan limitlar va smetalar doirasida, maqsadli ajratish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi qaroriga binoan sudgacha boʻlgan sanatsiyalash muddatida majburiy toʻlovlarni toʻlash, ilgari ajratilgan davlat kreditlarini qaytarishni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash, shuningdek hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish shaklida davlat mablagʻlarini jalb etish;
Davlat mablagʻlarini jalb etgan holda sanatsiyalash tartiboti Hukumat qarorlariga binoan boshqa chora-tadbirlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan holda sanatsiyalash oʻtkazilishida qarzdorga xizmat koʻrsatuvchi bankda ilgari amal qilgan hisob raqamlari toʻxtatilgan holda sanatsiyalash boʻyicha soʻmda va (yoki) valyutada hisob raqami ochiladi.
Sanatsiyalash hisob raqamining ish tartibi Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadi”;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
IV. KORXONALARNI SANATSIYALASh UChUN MABLAGʻLAR MANBALARI
11. Quyidagilar sanatsiyalash uchun mablagʻlar manbalari hisoblanadi:
korxonalar egalari, kreditorlar, birlashmalar (xoʻjalik uyushmalari), boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy yordami;
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi huzuridagi Korxonalarni sanatsiyalash jamgʻarmasi mablagʻlari.
Keyingi tahrirga qarang.
V. MULKIDA DAVLAT ULUShI BOʻLGAN KORXONALARNI HAMDA DAVLAT MABLAGʻLARINI JALB ETGAN HOLDA SANATSIYALAShNI TAShKIL ETISh VA UNING OʻTKAZILIShINI NAZORAT QILISh
Oldingi tahrirga qarang.
12. Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarni sanatsiyalash, shuningdek sanatsiyalash uchun davlat mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisidagi qarorni Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi taqdimnomasiga koʻra Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi qabul qiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektni sanatsiyalash toʻgʻrisidagi iltimosnoma yoki davlat mulkini jalb etish yuzasidan murojaatnoma Qoʻmitaga beriladi. Qoʻmita korxonaning moliyaviy va xoʻjalik faoliyatini tahlil qilish va baholash asosida qarzdor xoʻjalik subyektining toʻlovga qodirligini tiklashning aniq imkoniyatlari mavjudligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etadi.
(13-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Xulosa tayyorlash uchun qarzdor korxona Qoʻmitaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
hisobot yilining joriy davri hamda oldingi yilning buxgalteriya balanslari;
taʼsis hujjatlarining nusxalari;
Keyingi tahrirga qarang.
ichki zaxiralardan foydalanish imkoniyatlari puxta tahlil qilingan, shu jumladan ishlab chiqariladigan mahsulotga haq toʻlashga qodir ehtiyoj mavjudligini tasdiqlovchi tegishli shartnomalar koʻrsatilgan, mulkdor tomonidan tasdiqlangan moliyaviy sogʻlomlashtirish rejasi;
korxonaning qarzlari boʻyicha mahalliy soliq organi bilan solishtirish dalolatnomasi.
Oldingi tahrirga qarang.
hisob raqamlarining holati toʻgʻrisida xizmat koʻrsatuvchi bankning maʼlumotnomasi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Qoʻmita xulosasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan moliyaviy sogʻlomlashtirish biznes-rejasi sanatsiyalash toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Komissiyaga taqdim etiladi.
zarurat boʻlganda korxonalarga nisbatan sudgacha sanatsiyalash muddatida majburiy toʻlovlarni toʻlash, ilgari berilgan davlat kreditlarini qaytarishni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash, shuningdek hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish shaklida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash qoʻllanilishi, korxonani sanatsiyalash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan Komissiya majlisi protokoli va Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasining xulosasi Komissiya kotibiyati tomonidan qaror qabul qilish uchun Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasiga yuboriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarni davlat mablagʻlarini jalb etgan holda sanatsiyalashni tashkil etish va uning monitoringi Qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. SANATSIYALAShNI TOʻXTATISh
16. Sanatsiyalash uni oʻtkazish muddati tugashi, uning samarasiz ekanligi aniqlanishi, mazkur Nizom va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari bajarilmaganligi munosabati bilan va amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa sabablarga koʻra toʻxtatilishi mumkin.
Davlat mablagʻlarini jalb etgan holda sanatsiyalashni toʻxtatish haqidagi qarorni Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasining taqdimnomasiga koʻra Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi huzuridagi Korxonalarni sanatsiyalash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Mazkur Nizom Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita deb ataladi) huzuridagi Korxonalarni sanatsiyalash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari hosil boʻlishi, toʻldirilishi va ulardan foydalanish tartibini belgilab beradi.
2. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlari hosil boʻlishi manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan teng ulushlarda qoʻshilgan 100 mln. soʻm miqdoridagi tekin moliyaviy yordam;
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
bankrot boʻlgan korxonalar mol-mulkini kimoshdi savdosida sotishdan tushgan mablagʻlarning bir qismi, kreditorlarning talablari qondirilgan taqdirda, mol-mulkni sotish va baholash qiymati oʻrtasidagi tafovut hisobiga;
korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallar taqdim etilmaganligi yoxud oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi uchun mansabdor shaxslardan undiriladigan jarimalar;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarning ixtiyoriy ravishda shartnoma asosida qoʻshiladigan mablagʻlari;
mablagʻlarning qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalari.
3. Jamgʻarma mablagʻlari davlat mulki hisoblanadi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasining taqdimnomasi boʻyicha Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining qaroriga koʻra beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Jamgʻarma mablagʻlaridan:
korxonalarni suddan oldin sanatsiyalash, moliyaviy sogʻlomlashtirish rejalarini ishlab chiqish;
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan hamda xoʻjalik sudi tomonidan bankrot deb eʼtirof etilgan korxonalar bankrotligining zarur tartib-qoidalarini amalga oshirish;
bankrotlik va sanatsiyalash tartibotlarini amalga oshirish uchun jalb etilgan maslahatchilar xizmatlariga haq toʻlash;
sanatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish rejimidagi korxonalarni boshqaruvchi shaxslarni, shuningdek ushbu lavozimlarga zaxirada turgan mutaxassislarni taʼlim beruvchi tashkilotlar bilan tuziladigan shartnoma asosida oʻqitish;
tarkibiy oʻzgartirish va sanatsiya muddati tugallangandan keyin sarflangan mablagʻlarni qaytargan holda bozor istiqboliga ega boʻlgan past rentabelli, zarar koʻrib ishlovchi va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish va sanatsiya qilish rejalarini korxonalarning rahbarlari buyurtmanomalari asosida ishlab chiqish;
bankrot korxonalarning mol-mulki sotilgandan keyin ularni qaytargan holda tugatuvchi boshqaruvchilarning buyurtmanomalari boʻyicha bankrot korxonalarga baholash, kadastr va auditorlik tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarga haq toʻlash;
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida joylashtiriladigan ustav fondida davlat ulushi boʻlgan bankrot korxonalarining mol-mulkini sotish toʻgʻrisidagi reklama va eʼlonlar uchun haq toʻlash, ularning mol-mulkini sotish boʻyicha ommaviy savdolarni tashkil etish xarajatlari, ularda bankrotlik tartibotlarini joriy etish va tugatishni yakunlash xarajatlari, bankrot korxonalarni tugatish bilan bogʻliq boshqa ehtiyojlarga haq toʻlash;
iqtisodiy nochor korxonalar ishlari organlarini rivojlantirish — Jamgʻarmaga tushuvchi mablagʻlarning 15 foizi miqdorida, shu jumladan kamida 10 foizi — ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga va zamonaviy maʼlumotlarning axborot bazasini shakllantirishga.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
5. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining yillik rejali va hisobot smetasi Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
6. Jamgʻarma mablagʻlari Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi qarorlariga muvofiq, tasdiqlangan smeta doirasida Qoʻmita tomonidan mustaqil ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Jamgʻarmaning korxonalarni sanatsiyalash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazishga va ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish rejalarini ishlab chiqishga, shuningdek ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va xoʻjalik sudi tomonidan bankrot deb eʼtirof etilgan qarzdor korxonalar bankrotligining zarur tartibotlarini amalga oshirishga va ularni tugatishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan qaytarish asosida foydalaniladi.
Tugatish jarayonida paydo boʻluvchi xarajatlar (rasmiy qarorlar, eʼlonlar va bildirishnomalarni eʼlon qilish va yuborish boʻyicha xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash; mol-mulkni xatlovdan oʻtkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish; tugatilayotgan korxona mol-mulki saqlanishini taʼminlash, mol-mulkni sotish boʻyicha ommaviy sotuvlar tashkil etish; tugatish jarayonini yakunlash; bankrot boʻlgan korxonalarni soddalashtirilgan tartib boʻyicha tugatishni tashkil etish; qarzdor korxonani tugatish bilan bogʻliq boshqa ehtiyojlar) bankrotlikka uchragan korxonaning mol-mulkini sotishdan tushgan mablagʻlar, debitorlik qarzlarni undirish va boshqa aktivlarni navbatdan tashqari sotish hisobiga tiklanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
8. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari qoldigʻi keyingi yilga oʻtadi va olib qoʻyilishi mumkin emas.
9. Jamgʻarma boʻyicha mablagʻlar tushumi va harakati hisobi Qoʻmitaning markaziy apparatida yuritiladi.
Manbalarning barcha turlari boʻyicha tushuvchi mablagʻlar Qoʻmitaning maxsus schyotida jamlanadi.
10. Jamgʻarma mablagʻlaridan toʻgʻri va maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
11. Qoʻmita yilning har choragida Jamgʻarmaning sarflangan mablagʻlari toʻgʻrisida Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga axborot taqdim etadi.
12. Mazkur Nizomni qoʻllash boʻyicha tushuntirishlar Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 28-dekabrdagi 465-son qarorida:
qarorning nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1-bandning ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
2 va 3-ilovalardagi Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy organlariga koʻrsatmalar chiqarib tashlansin;
2-bandning oxirgi xatboshidagi “Davlat mulki qoʻmitasi” soʻzlari “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining tegishli hududiy boshqarmalari rahbarlarining taqdimnomasiga koʻra” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vaziri bilan kelishgan holda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qoʻmitaga yiliga Jamgʻarma mablagʻlarining 5 foizidan ortiq boʻlmagan miqdoridan Qoʻmitaning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish uchun foydalanish huquqi berilsin”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 7-fevraldagi 61-son qarorida 20-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-martdagi 133-son qarorining Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi va uning hududiy organlariga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tashkil etilgan Respublika komissiyalari tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1999-yil 5-martdagi 101-son qaroriga 1-ilovadagi toʻrtinchi komissiyaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son, 42-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda; 2003-y., 7-8-son, 62-modda, 12-son, 99-modda; 2004-y., 3-son, 32-modda; 2004-y., 7-son, 82-modda; 2005-y., 30-31-son, 235-modda, 32-33-son, 251-modda; 2006-y., 1-son, 2-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2012-y., 8-9-son, 83-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)