Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 14-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2168-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-dekabrdagi 413-son “Adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2010-yil 22-dekabrdagi 19, 201 va 106-son qarori (roʻyxat raqami 2168, 2010-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 501-modda) bilan tasdiqlangan Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 7-fevral,
3-son
Mehnat vaziri A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 7-fevral,
31-son
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 7-fevral,
14-son
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 7-fevraldagi 3, 31, 14-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “15” raqami “10” raqamiga almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“gerb yigʻimidan tushadigan mablagʻlarning 50 foizi;”.
2. 2-bandning birinchi xatboshisidagi “gʻaznachilik hisob raqamlariga tushadigan 15 foizi miqdoridagi” degan soʻzlar “shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga tushadigan 10 foizi miqdoridagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 5-bandda:
uchinchi xatboshidagi “15” raqami “10” raqamiga almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin;
“markaziy apparat smetasi boʻyicha — notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat bojlari summasining hududiy adliya organlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga tushadigan 10 foizi miqdoridagi mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida jamlanadigan mablagʻlar qismi, shuningdek gerb yigʻimidan tushadigan mablagʻlarning 50 foizi hamda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga shakllantiriladi.”.
4. 8-banddagi “gʻaznachilik hisob raqamlariga” degan soʻzlar “shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 10-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) mazkur Nizomning 1-bandi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan mablagʻlar Dasturga muvofiq gerbli blankalar tayyorlashga hamda boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qoʻyilgan avtomototransport vositalari toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar bankini yaratishga, shuningdek adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga maqsadli tartibda sarflanadi;”.
6. 25-banddagi “hududiy adliya boshqarmalarining” degan soʻzlar “hududiy adliya organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 7-son, 101-modda)