27.12.2016 yildagi 28-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.05.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga oid qonunlarni qoʻllashda sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga oid qonun talablarini aniq va ogʻishmay bajarish mahkumlarni qayta tarbiyalash, takroran jinoyatlar sodir etilishining oldini olish hamda insonparvarlik kabi jinoyat-huquqiy prinsipni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish (JK 73, 89-moddalari) va jazoni yengilroq jazo turi bilan almashtirishga oid (JK 74, 90-moddalari) masalani sudlar har bir mahkumga alohida yondashuvni taʼminlagan holda hal etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, jazoni yengilroq jazo bilan almashtirish, faqat sud tomonidan tayinlangan jazoning qonunda nazarda tutilgan qismini oʻtash paytida (hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar ushlab turilgan, qamoqda, uy qamogʻida saqlangan vaqtni hisobga olgan holda) oʻrnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda boʻlgan mahkumlarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddam jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki jazosi yengilrogʻi bilan almashtirilgan mahkum jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, unga nisbatan jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish jazoning, tegishlicha, JK 73-moddasi uchinchi qismi “v” bandida, JK 74-moddasi uchinchi qismi “v” bandida koʻrsatilgan muddatlari haqiqatda oʻtalganidan soʻng qoʻllanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni taʼkidlash lozimki, muqaddam jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki jazosi yengilrogʻi bilan almashtirilgan voyaga yetmagan mahkum jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, unga nisbatan JK 89, 90-moddalari umumiy asoslarda qoʻllaniladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jazo amnistiya (afv) aktiga koʻra, qisqartirilgan yoki sud tomonidan kamaytirilgan hollarda jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishni qoʻllashda, jazoning haqiqatda oʻtalgan qismi amnistiya (afv) akti qoʻllanilganidan keyin qolgan yoki sud ajrimi (qarori)da koʻrsatilgan jazo muddatidan kelib chiqib hisoblanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shaxs turli toifaga oid bir necha jinoyat yoki bir necha hukm majmui boʻyicha sudlangan boʻlsa, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish masalasini hal etishda, jinoyatlar yoki hukmlar majmui boʻyicha tayinlangan uzil-kesil jazodan kelib chiqish lozim. Jazoning uni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki yengilrogʻi bilan almashtirish imkoniyatini beruvchi va haqiqatda oʻtalishi shart boʻlgan jazo muddatini hisoblashda, sudlar jinoyatlar va hukmlar majmuiga kiruvchi va eng ogʻir jinoyat uchun JK 73, 74, 89, 90-moddalari uchinchi qismi “a” “b” “v” bandlarida nazarda tutilgan qoidalarni qoʻllashlari lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shaxs tomonidan jazoning oʻtalmay qolgan qismi davomida qasddan yangi jinoyat sodir etilganligi munosabati bilan jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishning bekor qilinishi (JK 73-moddasi beshinchi qismi) oʻz-oʻzidan unga nisbatan keyinchalik jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qoʻllanilishini rad etish uchun asos boʻlmaydi. Bunday hollarda sud nafaqat mahkumga nisbatan jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishning bekor qilinishi faktidan kelib chiqishi, balki uning shaxsi, xulq-atvorini, mehnatga munosabati va h.k.larga oid barcha maʼlumotlar majmuini inobatga olishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. JK 74-moddasiga muvofiq ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtayotgan shaxsga nisbatan sud jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo turi bilan almashtirishi mumkin. Buning uchun mahkum tomonidan jazoning qonunda belgilangan qismi haqiqatda oʻtalganligi, mazkur jazo turi uchun oʻrnatilgan tartib-qoida talablarining bajarilganligi va mehnatga halol munosabatda boʻlganligi asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish lozimki, JK 74-moddasi toʻrtinchi qismiga koʻra, ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosining oʻtalmagan qismini axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda, u ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosining oʻtalmagan qismi muddatiga tayinlanadi. Ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash, axloq tuzatish ishlarining oʻtalmagan qismi jarima jazosi bilan almashtirilganda esa, sudlar JK 44-moddasining uchinchi qismi yoki 82-moddasi ikkinchi qismi qoidalariga rioya etishlari va bunda jinoyat sodir etilgan vaqtda amalda boʻlgan eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish instituti JK 74-moddasiga muvofiq jazosi yengilroq jazo turi bilan almashtirilgan shaxslarga nisbatan ham qoʻllanilishi mumkin. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, mahkum tomonidan yengilroq jazoning JK 73-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga binoan, mazkur jazo ijrosi boshlangan kundan hisoblanadigan muayyan muddati amalda oʻtalganidan soʻng u jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, ular nafaqat mahkumlarni jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishni asossiz ravishda rad etishga, balki asossiz ravishda jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga ham yoʻl qoʻymasliklari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud qonunda nazarda tutilmagan asoslar, jumladan, oldingi jinoyatlari uchun sudlanganlik holati mavjudligi, tayinlangan jazo yengilligi, mahkum aybiga iqror emasligi, muayyan jazoni ijro etish muassasasida qisqa vaqt mobaynida boʻlganligi va h.k. boʻyicha jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishni rad etishga haqli emas. Sodir etilgan jinoyat xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi (uning ogʻirligi va oqibatlari) ham iltimosnoma yoki taqdimnomani rad etish uchun asos boʻlmaydi, chunki bu holatlar jazo tayinlangan vaqtda inobatga olingan boʻlib, bundan tashqari, JK 73, 74, 89 va 90-moddalarida nazarda tutilgan muddatlar belgilanishi mezoni hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumda jazoni ijro etish davrida qoʻllanilgan taʼsir choralarining mavjudligi, oʻz-oʻzidan, uning tayinlangan jazoni oʻtashni davom ettirishi zarurligidan dalolat bermaydi. Mazkur masalani hal etishda, har doim, nafaqat bevosita iltimosnoma kiritilishi arafasida, balki jazoni oʻtashning butun davrida mahkum tomonidan yoʻl qoʻyilgan har bir tartib-buzarlikning muayyan holatlari, ogʻirligi va xususiyati, taʼsir choralari olib tashlanishi yoki tugallanishiga oid maʼlumotlar, oxirgi taʼsir chorasi qoʻllanilganidan soʻng oʻtgan vaqt, mahkumning keyingi xulq-atvori va uni tavsiflovchi boshqa maʼlumotlar inobatga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga oid masalani hal etishda sud jazoning oʻtalmagan qismini JK 72-moddasi tartibida shartliga almashtirishga haqli emas. Bunda sud, faqat, iltimosnomani qanoatlantirishi yoki rad etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga oid iltimosnoma sudga kelib tushgandan soʻng mahkumni jazodan ozod qilishni yoki unga nisbatan tayinlangan jazoni qisqartirishni (kamaytirishni) nazarda tutuvchi amnistiya akti eʼlon qilinsa, sud muhokamasi boshlanganidan qatʼiy nazar, sud iltimosnomani koʻrmasdan qoldiradi va bu haqda jazoni ijro etuvchi organga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoʻshimcha jazo tayinlangan mahkumni asosiy jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish chogʻida, sudlar mahkumni oʻtalmagan qoʻshimcha jazodan ozod qilish toʻgʻrisidagi masalani ham muhokama qilishlari lozim (JK 73-moddasi birinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha jazo qisman oʻtalganda, sud shaxsni qoʻshimcha jazoning qolgan qismidan toʻliq yoki qisman ozod qilishga oid masalani hal etishga haqli. Sudning mazkur masalaga oid qarori ajrimning qaror qismida bayon etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mahkum asosiy jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinib, qoʻshimcha jazodan ozod qilish toʻla yoki qisman rad etilgan boʻlsa, qoʻshimcha jazodan ozod qilish toʻgʻrisida takroran qoʻyilgan masala JIK 164-moddasi beshinchi qismida belgilangan muddatlarga rioya etilgan holda koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, JPK 536-moddasi birinchi qismiga muvofiq, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga oid masala, jinoyat ishi qaysi sudlovga tegishliligidan qatʼiy nazar, mahkum jazoni oʻtayotgan jazoni oʻtash muassasasi yoki jazoni ijro etuvchi organ (bundan buyon matnda-jazoni ijro etuvchi organ) joylashgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi, harbiy sudi sudyasi tomonidan yakka tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga oid (jumladan, sud qarori bekor qilinib, ish yangitdan sudda koʻrishga yuborilganda) iltimosnoma sudga kelib tushgandan soʻng mahkum boshqa jazoni oʻtash muassasasiga oʻtkazilgan boʻlsa, material shu muassasa joylashgan joydagi sudda koʻriladi. Bunday hollarda sud iltimosnoma va taqdim etilgan materiallarni darhol mahkum jazoni oʻtayotgan joydagi sudga yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkum tergov harakatlari yoki sud muhokamasiga jalb etilishi munosabati bilan vaqtincha tergov hibsxonasiga oʻtkazilganda, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga oid iltimosnoma mahkum tergov hibsxonasiga oʻtkazilgunga qadar saqlangan jazoni ijro etuvchi organ joylashgan joydagi sudga yuborilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jazoni ijro etuvchi organning jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga oid taqdimnomasini oʻz ish yurituviga qabul qilish masalasini hal etishda, sudya u JIK 164-moddasi ikkinchi qismi talablariga javob berish-bermasligini va taqdim etilgan materiallarda mahkumning xulq-atvorini, uning butun jazoni oʻtash davrida mehnatga va oʻqishga nisbatan boʻlgan munosabatini tavsiflovchi maʼlumotlar, mahkumning jazo oʻtashi uchun asos boʻlgan hujjatlar nusxalari, jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar toʻliq yoki qisman qoplanganligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar mavjud-mavjud emasligini tekshirishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taqdim etilgan materiallarda taqdimnomani koʻrib chiqish uchun yetarli maʼlumotlar mavjud boʻlmay, ularni sud majlisida toʻldirishning iloji boʻlmasa, sudya taqdimnomani koʻrishga tayyorlash davomida oʻzining ajrimi bilan mazkur materiallarni tegishli tarzda rasmiylashtirish uchun qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya mahkumning, uning qonuniy vakili, shuningdek, advokatning jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga oid iltimosnomasini qabul qilishni jazoni ijro etuvchi organ taqdim etishi shart boʻlgan hujjatlar yoʻqligi sababli rad etishga haqli emas. JIK 164-moddasi birinchi va uchinchi qismlari mazmuniga koʻra, bunday hollarda iltimosnoma nusxasi lozim darajada rasmiylashtirilgan materiallar keyinchalik sudga taqdim etilishi uchun jazoni ijro etuvchi organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumning yoki jazoni ijro etuvchi organ vakilining iltimosiga koʻra, sudya ularga mahkum yoki jazoni ijro etuvchi organ tomonidan olinishi yoki talab qilinishi mumkin boʻlmagan maʼlumotlarni toʻplashda koʻmaklashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga oid iltimosnoma advokat tomonidan JIK 164-moddasiga muvofiq berilgan hollarda, u sud tomonidan umumiy asoslarda mazmunan koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sudya mahkum, uning qonuniy vakili, advokat jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish toʻgʻrisida JK 73, 74, 89 va 90-moddalarida koʻrsatilgan muddatlar qismi haqiqatda oʻtalmasdan turib iltimosnoma bilan murojaat etganligini aniqlaganda, iltimosnomani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi va uni ariza egasiga qaytaradi. Mazkur shaxslar jazo muddatining qonunda belgilangan qismi mahkum tomonidan oʻtalgandan soʻng qayta iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agar jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish rad etilgan mahkumga nisbatan tegishli iltimosnoma takroran sudga JIK 164-moddasi beshinchi qismida belgilangan olti oylik muddatdan ilgari kelib tushsa, sudya iltimosnomani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi va uni ariza egasiga qaytaradi. Bunda qonunda belgilangan olti oylik muddat sud tomonidan jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mahkum, uning qonuniy vakili, advokat yoki jazoni ijro etuvchi organ tomonidan jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma sud majlisi tayinlangunga qadar chaqirib olinsa, sudya xat bilan iltimosnomani ularga qaytaradi. Agar iltimosnoma sud majlisi tayinlangandan keyin chaqirib olinsa, sudya ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnoma chaqirib olinganligi munosabati bilan ish yuritish tugatilishi bunday iltimosnoma bilan keyinchalik, shu jumladan ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan olti oy oʻtmasdan turib, sudga murojaat qilishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sudya jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi taqdimnoma (iltimosnoma) koʻriladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida mahkum, uning qonuniy vakili, advokat, shuningdek jazoni ijro etuvchi organ maʼmuriyati va prokurorni oldindan xabardor etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida jazoni ijro etuvchi organ vakili sifatida mazkur organ rahbari tomonidan berilgan ishonchnoma asosida tegishli vakolatga ega shaxs ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrish paytida sud majlisida mahkumning shaxsan ishtirokini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi taqdimnoma (iltimosnoma)ni koʻrib chiqish boʻyicha sud majlisi taqdimnoma (iltimosnoma)ni oʻqib eshittirish bilan boshlanadi. Shundan keyin sud masalani hal qilish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarni tekshirib chiqadi, sud majlisida hozir boʻlgan shaxslar va prokurorning fikrini eshitadi. Mahkum va uning himoyachisi eng oxirida soʻzga chiqadi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sud ajrimi qonuniy boʻlishi, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi taqdimnoma (iltimosnoma)ni koʻrib chiqish natijasida sud chiqargan xulosalar batafsil asoslab berilgan boʻlishi shart. Taqdimnoma (iltimosnoma) rad etilganda sud ajrimida jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish imkoniyatini istisno etuvchi faktik holatlar aniq koʻrsatilgan boʻlishi shart. Bunday holatlar mavjudligi toʻgʻrisidagi xulosalar sud majlisida tekshirilmagan maʼlumotlarga asoslangan boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi taqdimnoma (iltimosnoma) qanoatlantirilganda, sudya mahkumga, tegishlicha, JK 73-moddasining beshinchi qismida yoki JK 74-moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarni tushuntirishi shart boʻlib, bu haqda ajrimning qaror qismi va sud majlisi bayonnomasida koʻrsatilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Sud tomonidan jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, mahkum ozodlikdan mahrum qilish joylaridan jinoyat-ijroiya qonunida belgilangan tartibda ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdimnoma (iltimosnoma)ni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha ajrim nusxasini sud darhol jazoni ijro etuvchi organga, ariza egasiga, hukm chiqargan sudga, shuningdek ichki ishlar organlarining axborot markaziga yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxs jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud, shartli muddat oʻtgan yoki oʻtmaganligidan qatʼiy nazar, JK 60-moddasi tartibida uzil-kesil jazo tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. JK 75-moddasi birinchi qismiga muvofiq shaxs hukm chiqarilgandan keyin oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan va boshqara olmaydigan darajada ruhiy kasallikka, shuningdek, jazoni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan boshqacha ogʻir kasallikka chalinib qolsa, jazoni oʻtashdan ozod qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning mazkur normasi asosida mahkumni jazoni oʻtashdan ozod qilish uchun u kasallikka chalinganligi aniqlangan paytga qadar sud tomonidan tayinlangan jazoning qancha qismini oʻtaganligi ahamiyatga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sudlar mahkumni ruhiy kasallikka chalinganligi munosabati bilan jazoni oʻtashdan ozod qilishga oid materiallarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli qarorida bayon etilgan tushuntirishlarga amal etishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. JK 75-moddasining birinchi qismi mazmuniga koʻra, shaxsni ogʻir kasallikka chalinganligi munosabati bilan jazoni oʻtashdan ozod qilish masalasini hal etishda mahkumda tayinlangan jazoni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan kasallikning aniqlanishi hal etuvchi ahamiyatga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etuvchi organning tegishli taqdimnomasini koʻrishda, sud Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008-yil 9-sentabrda 1854-son bilan roʻyxatga olingan Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2008-yil 13-avgustdagi 12/9-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ogʻir kasallikka chalingan mahkumlarni kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilishga taqdim etish uchun asos boʻladigan kasalliklar roʻyxati” asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi maxsus tibbiy komissiyasining xulosasiga baho beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Jazoni ijro etuvchi organning mahkumni ogʻir kasallikka chalinganligi munosabati bilan jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnomasini oʻz ish yurituviga qabul qilishga oid masalani hal etishda, sudya u JIK 165-moddasi ikkinchi qismi talablariga javob berish-bermasligini va taqdim etilgan materiallarda mahkumning jazo oʻtashi uchun asos boʻlgan hujjatlar nusxalari, mahkumning kasalligini tavsiflovchi batafsil maʼlumotlar, shu jumladan, tibbiy komissiya xulosasi mavjud-mavjud emasligini tekshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya mahkumni ogʻir kasallikka chalinganligi munosabati bilan jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnomani qabul qilishni JIK 165-moddasi birinchi qismiga muvofiq taqdim etilishi shart boʻlgan hujjatlar (tibbiy komissiya xulosasi, mahkumning shaxsiy ishi) yoʻqligi sababli rad etishga haqli emas. Bunday hollarda sud jazoni ijro etuvchi organga tegishli materiallarni sudga darhol taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovnoma yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Intizomiy qismga joʻnatish yoki xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan va sogʻligi holati tufayli harbiy xizmatga noloyiq deb topilgan mahkum harbiy xizmatchilar JK 75-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq sud tomonidan jazodan ozod etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etuvchi organning harbiy xizmatchilarni jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnomasi ular harbiy xizmatga noloyiq deb topilganligi toʻgʻrisidagi tegishli harbiy-tibbiy komissiyasining xulosasi asosida kiritiladi. Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan ayol harbiy xizmatchilar, shuningdek, homiladorlik va tugʻish uchun taʼtil berilganligi munosabati bilan ham jazodan ozod etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. JK 75-moddasining beshinchi qismiga muvofiq axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtash davrida mehnat qobiliyatini yoʻqotgan yoki pensiya yoshiga yetgan shaxslar, shuningdek, bunday jazoni oʻtash davrida homiladorlik va tugʻish uchun taʼtil berilgan ayollar jazodan ozod etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumni mehnat qobiliyatini yoʻqotganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnoma jazoni ijro etuvchi organ tomonidan tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining xulosasi asosida, jazoni oʻtash davrida homiladorlik va tugʻish uchun taʼtil berilgan ayollarni jazodan ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnoma esa, bunday taʼtil berilishi uchun huquq beruvchi tibbiy hujjat asosida kiritiladi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish, kasallikka chalinganligi yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganligi munosabati bilan jazodan ozod qilishga oid materiallarni sud tomonidan koʻrib chiqish muddatlari qonunda tartibga solinmaganligi tufayli, sudlar ular kelib tushgan paytdan boshlab oʻn sutka mobaynida koʻrib chiqilishini taʼminlashlari lozim (JPK 590-moddasi ikkinchi qismiga analogiya).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, jazoni ijro etuvchi organ rahbari, shuningdek uning vakili sudning JPK 534 yoki 536-moddasiga muvofiq chiqarilgan ajrimi ustidan apellyatsiya, kassatsiya, nazorat tartibida shikoyat berish huquqiga ega emas, chunki qonunga (JPK 55-1, 56, 57-boblari) koʻra, sud qarori ustidan shikoyat (protest) berish huquqi mahkumga, uning qonuniy vakiliga, advokatga, prokurorga, shuningdek, jabrlanuvchi va uning qonuniy vakili (vakili)ga tegishli.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyotini muntazam umumlashtirishlari, bunday toifaga oid materiallar boʻyicha sud qarorlarining qonuniy va asoslantirilganligini sinchiklab tekshirishlari, qonun buzilishi holatlarini oʻz vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrishlari lozim.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud raisi Sh. GAZIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi D. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 27-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-son