1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.11.00 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari. Moddiy balanslar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Umumiy masalalar;
3.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoyishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan tadbirlarning ekspertlik va jamoatchilik muhokamasini samarali tashkil etish borasidagi saʼy-harakatlarni birlashtirish, ularni har tomonlama mukammallashtirish va amalga oshirish, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarini, ekspertlar va olimlarni mamlakatni demokratlashtirish hamda modernizatsiya qilish jarayonlariga faol jalb etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Joylarda saylovchilar bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar, dolzarb va aholini oʻylantirayotgan masalalar keng koʻlamda oʻrganilishi, amaldagi qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyoti tanqidiy tahlil qilinishi, ilgʻor xorijiy tajriba oʻrganilishi, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida quyidagi hujjatlar tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi (bundan buyon matnda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi (bundan buyon matnda Dastur deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston advokatlar palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasining muassasa shaklidagi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish hamda uning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilarni belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʻyicha komissiyalar (bundan buyon matnda komissiyalar deb yuritiladi) bilan uzviy hamkorlikda Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlar strategiyasi va Dastur doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar boʻyicha ilgʻor xorijiy tajriba, xalqaro standartlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning baholari, fikr-mulohazalarini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlar strategiyasi va Dastur doirasidagi amalga oshiriladigan tadbirlarning ekspertlar hamda jamoatchilik oʻrtasida keng muhokama etilishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirish, shuningdek Dasturda nazarda tutilgan qonun, qonunosti va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy hamda taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir har yillik dasturlar loyihalarini tayyorlashga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlar strategiyasi va Dastur doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar boʻyicha aholining fikr va takliflarini toʻplash va oʻrganish, ular yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlar strategiyasini amalga oshirib borilishining tizimli jamoatchilik monitoringini oʻtkazish, uning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun qoʻshimcha chora-tadbirlar yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlar strategiyasining amalga oshirib borilishi toʻgʻrisida aholini, tadbirkorlik subyektlarini, fuqarolik jamiyati institutlarini va xalqaro jamoatchilikni keng xabardor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaz faoliyatiga koʻmaklashish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Markaz faoliyatiga koʻmaklashish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash Markazning davlat organlari bilan oʻzaro samarali hamkorligini taʼminlaydi va unga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini har tomonlama koʻllab-quvvatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida vazirliklar, idoralar, banklar va boshqa tashkilotlardan zarur normativ, statistik hamda tahliliy axborotni soʻrash va bepul olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiyalar tomonidan tashkil etiladigan ekspert guruhlariga Dasturda nazarda tutilgan hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha tavsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, idoralar, banklar mutaxassislarini, ilmiy tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining olimlari va oʻqituvchilarini, mustaqil ekspertlarni, shu jumladan xorijiy davlatlardan ekspertlar sifatida shartnoma asosida jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun taklif etilgan milliy va xorijiy ekspertlar faoliyatini muvofiqlashtirib borish huquqiga ega ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markazni moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat ekanligi belgilab qoʻyilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻmaklashish mablagʻlari, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlarining grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, banklar hamda boshqa tashkilotlarning tadqiqot hamda tahlillar oʻtkazish uchun ajratiladigan mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sheriklik doirasida nodavlat notijorat tashkilotlariga ajratiladigan davlat grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki hafta muddatda Markazni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Markazga quyidagi masalalarni xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishda koʻmaklashsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyatini moddiy-texnik va axborot jihatdan taʼminlash uchun texnik koʻmaklashish mablagʻlari, grantlar jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun xorijiy ekspertlarni taklif etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tajribani oʻrganish uchun Markaz ekspertlarining rivojlangan xorijiy mamlakatlarga safarlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi Markazning buyurtmalariga binoan xalqaro hamda chet el tashkilotlari va fondlaridan olinadigan grantlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 179- moddasiga muvofiq belgilangan tartibda xulosalar berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markaz quyidagi majburiy joʻnatmalar reyestriga kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya, Mehnat, Ichki ishlar vazirliklari, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Bosh prokuraturasi, Oliy va Oliy xoʻjalik sudlarining statistik maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ommaviy kommunikatsiya sohasini monitoring qilish markazi byulletenlari va kundalik maʼlumotlari toʻplami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmati huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar markazining xorijiy matbuot sharhlari va tahliliy maʼlumotnomalari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti hamda Ijtimoiy tadqiqotlar institutining tahliliy materiallari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Markazni joylashtirish, shuningdek uning zarur zamonaviy kompyuterlar, tashkiliy texnika, mebel va inventarlar bilan jihozlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning keng qamrovli Internet tarmogʻi bilan jihozlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi bilan birgalikda Markazning Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy litsenziyaga ega axborot-kutubxona resurslari fondlariga doimiy ravishda elektron ulanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Markazning buyurtmalariga binoan Markaz faoliyatiga jalb qilinayotgan chet el fuqarolariga konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmagan holda kirish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markazning buyurtmalariga binoan Markaz faoliyatiga jalb qilinayotgan chet el fuqarolariga davlat bojini undirmagan holda koʻp martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu Farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 14-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F-4849-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi F-4849-son Farmoyishiga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi faoliyatiga koʻmaklashish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murodov O.B.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi, Muvofiqlashtiruvchi kengash rahbari
Davletov R.K.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash rahbari oʻrinbosari
Istamov M.Sh.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni shuʼba mudiri
Rixsiyev A.G.
��
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bosh inspektori
Rustambekov N.M.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bosh inspektori
Xanayev U.U.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bosh konsultanti
Mavlonov B.M.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni yetakchi inspektori
Neʼmatov A.I.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni yetakchi konsultanti
Kuchkarov B.T.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻrinbosari
Shermatov Sh.X.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi
Muxamedov F.E.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktori
Abdukarimov G.O.
—
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori
Axmedov R.T.
—
Oʻzbekiston Advokatlar palatasi raisi
Shayxov A.E.
—
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi
Abduxalikov F.F.
—
Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi
Kuchkarov J.A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
Bekenov S.X.
—
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari
Joʻrayev N.S.
—
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari
Shoaxmedov Sh.Sh.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining oʻrinbosari