Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.10.2017 10.02.2017 yildagi PQ-2768-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.10.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish Kafolat jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi PF-5214-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash va bozor islohotlarini chuqurlashtirish, zamonaviy texnologik uskunalarni xarid qilish, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir boʻlgan raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish uchun tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar olish imkoniyatlarini kengaytirish yoʻli orqali kichik tadbirkorlik subyektlarini jadal rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, buning asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda kichik tadbirkorlikning rolini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Banklar uyushmasi, shuningdek, tijorat banklar va sugʻurta tashkilotlarining aksiyadorlik jamiyati shaklidagi kichik tadbirkorlikni rivojlantirish Kafolat jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Kafolat jamgʻarmasi) respublika hududlarida filiallarini ochgan holda, tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar kichik tadbirkorlikni rivojlantirish Kafolat jamgʻarmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik tadbirkorlik subyektlariga yangi zamonaviy texnologik uskunalar xarid qilish va boshqa maqsadlarda beriladigan tijorat banklari kreditlarining garov bilan qoplanmagan qismini taʼminlab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklaridan kreditlar olish shartlari boʻyicha kichik tadbirkorlik subyektlariga maslahat yordamlari koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori texnologiyali va innovatsiyaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish va kengaytirishda kichik tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼminot berilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring olib borish, shuningdek, tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlarni oʻz vaqtida qaytarish va taʼminot sifatida taqdim etilgan Kafolat jamgʻarmasining majburiyatini qoplashni nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafolat jamgʻarmasining resurs bazasini kengaytirishga xalqaro moliya institutlari, xorijiy fondlar va banklarning mablagʻlarini jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kafolat jamgʻarmasi aksiyadorlarining ilovaga muvofiq tarkibi hamda uning boshlangʻich ustav kapitali miqdoriga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishida saylangan Kafolat jamgʻarmasining raisi lavozimga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagi tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafolat jamgʻarmasi tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlariga ishonch xati qaytarish va qoplash asosida tijorat banklari tomonidan kredit beriladigan muddatga taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomasi (lizing shartnomasi) boʻyicha qarz oluvchining majburiyatlarini bajarish maqsadida, Kafolat jamgʻarmasi, kredit beruvchi bank va qarz oluvchi oʻrtasida tuziladigan kafillik shartnomasi asosida Kafolat jamgʻarmasi tomonidan ishonch xati taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining kichik tadbirkorlik subyektlariga yangi zamonaviy texnologik uskunalar xarid qilish va boshqa maqsadlarda beriladigan kreditlari boʻyicha Kafolat jamgʻarmasining taʼminoti, garov bilan qoplanmagan qismida, kredit summasi umumiy miqdorining 50 foizidan va ekvivalenti 100 000 AQSh dollariga teng summadan oshmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafolat jamgʻarmasi tomonidan taqdim etiladigan taʼminotning maksimal umumiy miqdori — Kafolat jamgʻarmasi mablagʻlarining 5 karra miqdoridan ortiq boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kafolat jamgʻarmasi barcha turdagi soliqlar va davlatning maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod etilsin, boʻshaydigan mablagʻlar uning resurs va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga maqsadli tarzda yoʻnaltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Banklar uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda belgilangan tartibda quyidagi loyihalarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafolat jamgʻarmasining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi zamonaviy texnologik uskunalarni xarid qilish va boshqa maqsadlarda tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarning garov bilan qoplanmagan qismi boʻyicha Kichik tadbirkorlik subyektlariga taʼminot taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 10-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2768-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-fevraldagi PQ-2768-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish Kafolat jamgʻarmasi aksiyadorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Kafolat jamgʻarmasi aksiyadorlari

Dastlabki ustav kapitali

(mlrd sm)

Jami

100,0

1.

Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi

5,0

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

50,0*

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi

2,0**

4.

Oʻzbekiston Respublikasi TIF milliy banki

10,0

5.

ATB “Asaka”

5,0

6.

ATB “Oʻzsanoatqurilishbank

5,0

7.

ATIB “Ipoteka-bank”

3,0

8.

“Kafolat” sugʻurta kompaniyasi AJ

3,0

9.

zagrosuurta” AJ

3,0

10.

Oʻzbekinvest EIMSK

2,0

11.

ATB “Agrobank”

2,0

12.

ATB “Qishloqqurilish bank”

2,0

13.

ATB “Kapitalbank”

1,0

14.

ATB “Aloqabank”

1,0

15.

AITB “Ipak yli”

1,0

16.

XAB “Trastbank”

1,0

17.

ATB “Turonbank”

1,0

18.

ATB “Invest Finance Bank”

1

19.

XATB “Orient Finans”

0,5

20.

XATB “Turkiston bank”

0,5

21.

XATB “Ravnaqbank”

0,5

22.

XATB “Davrbank”

0,5

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ulush koʻchmas mulk koʻrishida bozor narxi boʻyicha 10 mlrd soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda, qolgan qismi — Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasining umumiy mablagʻlari hisobidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasidan Savdo-sanoat palatasiga tushadigan mablagʻlar moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Kafolat jamgʻarmasi ustav kapitaliga boshqa yuridik shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik shaxslarning mablagʻlari belgilangan tartibda jalb qilinishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 7-son, 85-modda)