Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.09.2001 10.03.2001 yildagi 120-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.09.2001
Hujjat 10.03.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar faoliyati taʼminotini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-sentabrdagi 383-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi sudlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq hamda sudyalarning mustaqilligini yanada mustahkamlash, sudlar faoliyatini tashkiliy, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlashni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida maxsus vakolatli organ – Sudlar faoliyatini tashkiliy, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) va uning joylardagi boʻlinmalari (boʻlimlari) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament yuridik shaxs hisoblanadi va oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziriga hisob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan Departament direktori – Adliya vazirining oʻrinbosari rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlarni tashkil etish masalalari yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining muhokamasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli Sudyalar malaka hayʼatlari tavsiyanomalari asosida kadrlarni tanlash va sudya lavozimlariga tavsiya etish masalalarini hal etish uchun zarur materiallarni tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga taqdim etish, Komissiya topshirigʻiga binoan sudlarni tashkiliy-texnika jihatidan taʼminlash boʻyicha boshqa vazifalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan sud qarorlari, shuningdek boshqa organlar qarorlari soʻzsiz bajarilishini taʼminlash, sud ijrochisi, sud majlisi kotibi kadrlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyatini tashkil etish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud amaliyoti va sud statistikasining tizimli tahlilini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlarni moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash hamda ularning faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq maslahatchilari saylovlarini tayyorlash va oʻtkazish hamda ularni oʻqitish ishlarini tashkil etish va ularning samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalar va sud protsesslarining xavfsizligini taʼminlash ishlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Departament toʻgʻrisidagi Nizom, Departamentning shtatdagi xodimlari soni 31 nafardan iborat boʻlgan markaziy apparati tuzilmasi, xodimlari soni 109 nafardan iborat boʻlgan joylardagi boʻlimlari tuzilmasi 1—4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentning hududiy boʻlimlari bevosita Departamentga boʻysunishi, Departament tomonidan shakllantirilishi va mablagʻ bilan taʼminlanishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Departament va uning joylardagi boʻlimlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining mavjud shtatdagi xodimlari soni hisobiga tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament tashkil etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Sudlar faoliyatini tashkiliy taʼminlash boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining tegishli boʻlimlari tugatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlarning joriy faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnika jihatidan taʼminlash, ularning binolarini qurish, xarajatlarini taʼminlash va qoʻriqlash Departament tomonidan respublika budjeti, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya muassasalari va sudlarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament direktori sudlarni navbatdagi moliya yilida moliyalashtirish toʻgʻrisidagi takliflarni bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament budjet moliyaviy mablagʻlari taqsimlanishini hamda ularning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan belgilanadigan tartibda tegishli bank tuzilmalari orqali sudlarga yetkazilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yilgi budjetlarni shakllantirishda respublika budjetida Departament va sudlar faoliyatini moliyalashtirish uchun alohida satrda zarur budjet mablagʻlari ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparatining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining yangi tashkiliy-shtat tuzilmasini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomni tayyorlasin va koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2001-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda sudyalarning hamda sud protsesslari qatnashchilarining xavfsizligini taʼminlash tartibini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Departamentning tegishli binoga joylashtirilishini taʼminlasin, beriladigan bino joylashgan yer uchastkasidan foydalanish huquqini belgilangan tartibda rasmiylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentning qulay oʻrnashishini, kompyuter texnikasi va boshqa zarur moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sudlar faoliyatini tashkiliy, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti sudlar faoliyatini oʻrganish asosida bir oy muddatda sudyalar va sudlar apparati xodimlariga ilmiy asoslangan ish yuklamalari normativlarini, sud ijrochilari va sud majlisi kotiblari faoliyatini takomillashtirish, ish yuklamalarini va ular tomonidan bajarilayotgan ishlar hajmini hisobga olgan holda sudlarni toifalashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqsin va koʻrib chiqish uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Departamentga ikkita yengil avtomobil taʼminoti uchun limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Xudoybergenov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 10-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 10-martdagi 120-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sudlar faoliyatini tashkiliy, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom maxsus vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sudlar faoliyatini tashkiliy, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) asosiy vazifalari va vakolatlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Departament yuridik shaxs hisoblanadi va oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziriga hisob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Departament Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) fuqarolik ishlari boʻyicha sudlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) jinoyat ishlari boʻyicha sudlari (keyingi oʻrinlarda Sudlar deb ataladi) faoliyatini, sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishi prinsiplariga qatʼiy rioya qilingan holda, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlashni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament odil sudlovni amalga oshirish jarayoniga aralashishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sudlarni moliyalashtirish va moddiy-texnika jihatidan taʼminlash, ularning binolarini qoʻriqlash va xarajatlarini taʼminlash Departament tomonidan respublika budjeti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya muassasalari va sudlarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. Departamentga davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar budjetda alohida satrda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Departamentning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Departament quyidagi vakolatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlarni tashkil etish masalalari yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti muhokamasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli sudyalar malaka hayʼati tavsiyanomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga sudya lavozimiga kadrlarni tanlash va tavsiya etish masalalarini hal etish uchun zarur materiallarni (ariza, fikrnoma, xulosa, maʼlumotnoma va boshqa hujjatlarni) taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining topshirigʻiga binoan sudlarni tashkiliy-texnika jihatidan taʼminlash, shuningdek sudlarning kadrlari malakasini oshirish, bu sohadagi xalqaro tajribani oʻrganish va uni amaliy faoliyatga joriy etish masalalari bilan bogʻliq boshqa topshiriqlarni bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlar kadrlarining statistika va shaxsiy hisobini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan sud qarorlari, shuningdek boshqa organlar qarorlari soʻzsiz bajarilishini taʼminlash boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshiradi. Sud ijrochilari, sud majlisi kotiblari kadrlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyishni amalga oshiradi va ularning malakasi oshirilishi uchun hamda ular tomonidan lavozim vazifalari bajarilishi uchun javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalar va sudlar apparati xodimlarining ilmiy asoslangan ish yuklamalari normativlarini ishlab chiqadi, sudlarning kadrlarga boʻlgan ehtiyojini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlarni normativ-huquqiy hujjatlar bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq maslahatchilarini tanlash va ularni saylash ishlarini tashkil etadi, shuningdek ularni oʻqitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud amaliyoti va sud statistikasining tizimli tahlilini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalar va sudlar apparati xodimlarining mehnat, moddiy va ijtimoiy taʼminot sharoitlarini yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va ularni tegishli organlarga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlarni moliyalashtirish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqadi va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlarga ajratilgan mablagʻlarni taqsimlaydi va ularning shtat jadvallarini tasdiqlaydi, ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlarni moddiy-texnika jihatidan taʼminlaydi va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi, sudlarni texnika, jihozlar, avtotransport, mebel va boshqa zarur vositalar bilan taʼminlash choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlar binolarini qurish va taʼmirlash uchun ajratilgan kapital mablagʻlar oʻzlashtirilishini taʼminlaydi, shuningdek ularning loyihalashtirilishi va qurilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari bilan birgalikda sudyalar va sud protsesslarining xavfsizligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqadi va ularni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlar faoliyatini zarur darajada taʼminlash masalalari yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa organlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida fuqarolarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament oʻz vakolatlari doirasida davlat organlari va boshqa organlardan, korxonalar, mussasalar, tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan zarur hujjatlarni va axborotni soʻrashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Sudyalar lavozimiga tavsiya etish uchun nomzodlar zaxirasini shakllantirish va ularni tanlash boʻyicha takliflar tayyorlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudyalar lavozimiga tavsiya etish uchun nomzodlar zaxirasini shakllantirish va ularni tanlash boʻyicha takliflar tayyorlash ishlari sudyalarning malaka hayʼatlari, Departament va uning joylardagi boʻlimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalar lavozimiga tanlash va tavsiya etish oliy malaka komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sudya kadrlar zaxirasini shakllantirish, shaxslarni sudyalar lavozimiga tavsiya etish bilan bogʻliq barcha materiallarni dastlabki (birinchi daraja) koʻrib chiqish sudyalar malaka hayʼati tomonidan amalga oshiriladi. Sudyalar malaka hayʼatlari Departamentning joylardagi boʻlimlari bilan oʻzaro hamkorlikda sudlarning, huquqni muhofaza qilish organlari, muassasalar va tashkilotlarning, eng yaxshi tayyorgarlik koʻrgan, yuqori malakali huquqshunos xodimlaridan, sudyalar jamoat birlashmalari aʼzolaridan nomzodlar tanlaydilar, ularning malakasini, maʼnaviy va ishchanlik fazilatlarini oʻrganishni tashkil etadilar, malaka imtihonlari oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxiraga kiritish yoki sudyalarning aniq boʻsh lavozimlariga tavsiya qilinayotgan nomzodlar boʻyicha takliflar sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari tomonidan Departamentning joylardagi boʻlimlariga yuboriladi. Sudyalarning har bir mavjud boʻsh lavozimiga kamida 2-3 nomzod taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Departament va uning joylardagi boʻlimlarining sudyalar malaka hayʼatlari takliflarini umumlashtirishga doir faoliyati sudya xodimlar zaxirasini shakllantirish va boʻsh sudya lavozimlariga tayinlash uchun takliflar tayyorlash ishining ikkinchi bosqichini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentning joylardagi boʻlimlari sudyalar malaka hayʼatlaridan tushgan takliflar va materiallarni umumlashtiradilar, oʻrganadilar hamda sudyalar kadrlari zaxirasiga kiritish yoxud aniq lavozimga tavsiya etilgan har bir nomzod boʻyicha oʻz xulosalari bilan birga koʻrsatib oʻtilgan materiallarni Departamentga yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament sudyalar malaka hayʼatlarining takliflari va tavsiyalarini oʻzida toʻplaydi, ularni bundan keyingi oʻrganishni tashkil etadi, sudyalar lavozimiga nomzodlarning statistika va shaxsiy hisobini yuritadi. Sudya lavozimiga kadrlar tanlash va tavsiya etish masalasini hal etish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga taqdim etadi. Boʻsh lavozimlarni egallashga nomzodlar muqobil asosda koʻrsatiladi – boʻsh lavozimga kamida 2-3 nomzod taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalar malaka hayʼatlarining materiallari, takliflari, tavsiyanomalari, Departamentning tavsiyanomalari sudyalarni xolis va samarali tanlash, ularni oʻrganish hamda keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasida koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan kadrlar toʻgʻrisidagi axborotlar majmuini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi qonunga muvofiq kadrlarni sudyalar lavozimiga tayinlash uchun tavsiyanomalar tayyorlaydigan oxirgi instansiya hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament nomzodlarga materiallar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga sudya lavozimlariga boʻsh joylar borligi va vakolatlari muddati tugayotgan sudyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, zaxiraga kiritish uchun yoki boʻsh lavozimlarga taklif qilingan, biroq komissiyaning koʻrib chiqishi uchun kiritilmagan nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli sabablari koʻrsatilgan va tushuntirishlar berilgan holda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vakolatlari muddatlari tugayotgan tumanlararo, tuman (shahar) sudlariga, shuningdek fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy sudlari sudyalariga, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyat va Toshkent shahar sudlariga, harbiy sudlarga nisbatan ularni yangi muddatga koʻrsatish toʻgʻrisidagi masala sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari tomonidan koʻrib chiqiladi. Sudyalar malaka hayʼatlarining ushbu shaxslarning lavozimga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi hamda ularni yangi muddatga tayinlash mumkinligi toʻgʻrisidagi xulosalari Departamentga yuboriladi. Departament taqdim etilgan materiallarni oʻrganib chiqqandan keyin ularni oʻz xulosalari bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Departament boʻsh sudyalar lavozimlari oʻz vaqtida toʻldirilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga taqdim etiladigan sudyalar kadrlari boʻyicha materiallarning toʻliqligi va sifati uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxirani shakllantirishga doir takliflar tayyorlash va sudyalar lavozimiga tavsiya etish uchun nomzodlarni tanlash ishlarini tashkil etish tartibi Departament Ish tartibi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Departament faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Departamentga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Departament direktori – Adliya vazirining oʻrinbosari rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Departament direktori Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan oʻrinbosarlarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament tarkibiga boʻlim boshliqlari, bosh, yetakchi, katta inspektorlar va mutaxassislar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentning shtat jadvali Departament direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Departament joylarda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida) hududiy boʻlimlarga ega, ular sud qarorlarini va boshqa organlar qarorlarini bajarish ishlarini tashkil etadilar, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash, shuningdek sud amaliyoti va sud statistikasini tizimli tahlil qilish ishlarini amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentning hududiy boʻlimlari yuridik shaxs hisoblanadi, bevosita Departament tomonidan shakllantiriladi va moliyalashtiriladi hamda oʻz faoliyati toʻgʻrisida Departament direktoriga hisob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Departament tarkibiy boʻlinmalarining, shuningdek hududiy boʻlimlar boshliqlari Adliya vaziri bilan kelishilgan holda Departament direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Departament direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament Ish tartibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament apparati xodimlarini, shu jumladan joylardagi boʻlimlar xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament tarkibiy boʻlinmalari va joylardagi boʻlimlar boshliqlari hisobotlarini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament direktori Departamentga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Departament direktori joyida boʻlmagan taqdirda uning vakolatlarini oʻrinbosarlardan biri amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Departament direktorining oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari, bosh, yetakchi, katta inspektorlar va mutaxassislar oʻz faoliyatini Departament direktori tomonidan tasdiqlanadigan funksional vazifalarga muvofiq amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Departament respublika mulki hisoblanadigan, tezkor boshqariladigan alohida mulkka ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Departamentni qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 10-martdagi 120-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sudlar faoliyatini tashkiliy, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 10-martdagi 120-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament hududiy boʻlimining namunaviy tuzilmasi
(shtatdagi xodimlar soni 7—10 kishi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 10-martdagi 120-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sudlar faoliyatini tashkiliy, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining shtatdagi xodimlari soni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament direktori — Adliya vazirining oʻrinbosari‎ 1
Departament direktorining oʻrinbosari 2‎
Departament kotibiyati 2‎

I.

Tashkiliy-huquqiy va kadrlar ishlari boʻlimi 9‎
Boʻlim boshligʻi‎ 1‎
Bosh inspektor‎ 3‎
Etakchi inspektor‎ 4‎
Inspektor‎ 1‎

II.

Sud amaliyotini va sud statistikasini tizimli tahlil qilish boʻlimi 4
Boʻlim boshligʻi‎ 1‎
Bosh inspektor‎ 2‎
Etakchi inspektor‎ 1‎

III.

Sud qarorlari va boshqa organlar qarorlarini ijro etish boʻlimi 4
Boʻlim boshligʻi‎ 1‎
Bosh inspektor‎ 1‎
Etakchi inspektor‎ 2‎

IV.

Sudlarni moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash boʻlimi 4
Boʻlim boshligʻi‎ 1‎
Mutaxassis‎ 3‎

V.

Kapital qurilish va asosiy fondlardan foydalanish boʻlimi 2
Boʻlim boshligʻi‎ 1‎
Mutaxassis‎ 1‎

VI.

Buxgalteriya 3
Bosh buxgalter‎ 1‎
Buxgalter‎ 1‎
Kassir‎ 1‎

Markaziy apparat boʻyicha hammasi 31
Departament hududiy boʻlimlari
Boʻlim boshligʻi‎ 14‎
Bosh inspektor‎ 14‎
Etakchi inspektor‎ 14‎
Katta inspektor‎ 11‎
Katta buxgalter‎ 14‎
Kassir‎

14‎

Katta mutaxassis‎

14‎

Ish yurituvchi‎

14‎

Departamentning hududiy boʻlimlari boʻyicha hammasi

109

Departament boʻyicha jami

140

(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 5-son, 27-modda)