01.02.2017 yildagi PQ-2750-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 31.12.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda mamlakatimizda xususiy mulkni ishonchli himoya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni taʼminlash borasida qulay shart-sharoitlar yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik tuzilmalariga davlat xizmatlari koʻrsatish sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlarini tubdan oshirishga doir kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar koʻrildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman va shaharlarda tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari (bundan buyon — “yagona darcha” markazlari) tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etgan holda roʻyxatdan oʻtkazish, ruxsat berish va litsenziyalash tartib-taomillaridan oʻtishning oshkoraligini taʼminlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mazkur sohada amalga oshirilgan ishlarning tahlili tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, “yagona darcha” markazlarini samarali boshqarish, ular faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirishda tizimli yondashuvni hamda ularning boshqa davlat tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorligini belgilash zarurligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatishning sifati va oshkoraligini, ulardan foydalanish imkoniyatlarini yanada oshirish, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish hamda joylarda xalq bilan bevosita muloqotning samaradorligini taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, banklar va kredit byurolari, ularning filial va vakolatxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2 — 5-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan qoʻshimcha davlat xizmatlarini joriy etish jadvali 2-ilovaga muvofiq;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018 — 2020-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda 2017-yilda faqat “yagona darcha” markazlari orqali koʻrsatiladigan qoʻshimcha davlat xizmatlarini joriy etish jadvalini amalga oshirish boʻyicha tadbirlar rejasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda 2018 — 2020-yillarda faqat “yagona darcha” markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish jadvalini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-sentabrga qadar 2018 — 2020-yillarda faqat “yagona darcha” markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish jadvalini amalga oshirish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 va 3-ilovalarda belgilangan, faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini joriy etishga doir tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(7-bandning beshnchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Berilgan, toʻxtatib qoʻyilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, shuningdek amal qilishi tugatilgan ruxsatnoma va litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi doirasida olish imkoniyatini yaratish yoʻli bilan Davlat xizmatlari markazlari orqali qogʻoz shaklida beriladigan maxsus blankalardagi ruxsatnoma va litsenziyalarni majburiy rasmiylashtirish talabi 2018-yil 1-yanvardan boshlab bekor qilinsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Adliya vazirligining 2017-yilning I choragida quyidagilarni taʼminlaydigan “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksini ishga tushirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yagona darcha” markazlari orqali davlat xizmatlari koʻrsatadigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat beruvchi hujjatlar va litsenziyalar (bundan buyon — ruxsatnoma va litsenziyalar) olish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shaklda ruxsatnoma va litsenziyalar olish tartibi va muddatlari haqidagi maʼlumotlardan masofadan turib foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari tomonidan ruxsatnoma va litsenziyalar olish toʻgʻrisida elektron shaklda ariza berish imkoniyatini yaratgan holda tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish va litsenziyalash tartib-taomillarini avtomatlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari “yagona darcha” markazlari orqali koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari boʻyicha qayerda va qay tarzda murojaat qilganidan qatʼi nazar, ruxsatnoma va litsenziyalar olish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqishning borishi va natijasini kuzatish imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma va litsenziyalar reyestrlaridan maʼlumot olish imkoniyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 2-ilovada koʻrsatilgan, Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat xizmatlarini koʻrsatayotgan vakolatli organlar:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda idoralararo elektron hamkorlik qilish orqali taqdim etiladigan maʼlumotlarning toʻliq roʻyxatini belgilasin hamda eskirgan va zamon talablariga javob bermaydigan hujjatlar va maʼlumotlarni tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etish toʻgʻrisidagi talablarni bekor qilishga doir takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan muddatlardan boshlab Jadvalga kiritilgan davlat xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizalarni toʻgʻridan toʻgʻri tadbirkorlik subyektlaridan qabul qilish amaliyotini bekor qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga doir tizimli chora-tadbirlar koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2020-y., 06/20/5930/0105-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda “yagona darcha” markazlarining davlat mulki boʻlgan barcha bino va inshootlarini, ularga tegishli asbob-uskunalar, hujjatlar va boshqa mulk Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga belgilangan tartibda tekin taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bosh prokuratura, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2750-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda faqat tadbirkorlik subyektlariga Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan qoʻshimcha davlat xizmatlarini joriy etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
(2-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻrsatiladigan xizmat, beriladigan hujjat nomi

Harakat va (yoki) muayyan faoliyat

Tadbirkorlik subyektiga hujjat beruvchi vakolatli organ

Joriy etish muddati

1.

Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya

Farmatsevtika faoliyati

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev A.M.)

2017-yil

1-iyul

2.

Tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya

Tibbiy faoliyat

3.

Voyaga yetmaganlarga moʻljallangan dori vositalari reklamasini joylashtirishga ruxsatnoma

Voyaga yetmaganlarga moʻljallangan dori vositalari reklamasini joylashtirish

4.

Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchlarni jalb qilishga ruxsatnoma

Xorijiy ishchi kuchlarni jalb qilish

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi
(Nazarov U.B.)

2017-yil

1-iyul

5.

Oʻz tarmogʻini yaratish huquqisiz maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari orqali provayder xizmatlari koʻrsatishga litsenziya

Oʻz tarmogʻini yaratish huquqisiz maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari orqali provayder xizmatlarini taqdim etish

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Mirzaxidov X.M.)

2017-yil

1-iyul

6.

Nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarini oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasida faoliyat koʻrsatishi huquqiga litsenziya

Nodavlat taʼlim muassasalarida chet tillarini oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2017-yil

1-oktabr

7.

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

(Abdusamatov B.X.)

2017-yil

1-oktabr

9.

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, oʻljalar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, oʻljalar, tulumlarni olib kirish va olib chiqish

10.

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar saqlanadigan va urchitiladigan pitomniklarni, shuningdek zoologiya kolleksiyalarini hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnoma

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar saqlanadigan

va urchitiladigan pitomniklarni, shuningdek zoologiya kolleksiyalarini hisobga qoʻyish

14.

Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya

Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish

Davlat arxitektura
va qurilish qoʻmitasi

(Zakirov B.I.)

2017-yil

1-oktabr

17.

Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarining pasporti

Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarini ekspluatatsiya qilish

Madaniyat va sport ishlari vazirligi (Axmedov B.M.)

2017-yil
31-dekabr

18.

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga oid faoliyatni amalga oshirish

Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi

(Sabirov B.B.)

2017-yil
31-dekabr

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018 — 2020-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, faqat tadbirkorlik subyektlariga Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
(3-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

T/r

Beriladigan hujjat, koʻrsatiladigan xizmat nomi

Joriy qilish muddati

Masʼul organlar

I. Ruxsat berish tartib-taomillari

1.

1.

Suv resurslaridan foydalanish va drenaj-oqova suvlarini oqizib yuborish bilan bogʻliq yangi korxonalar qurish va faoliyat yuritayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish loyihasini kelishish

2019-y.

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Vaxabov A.J.)

3.

3.

Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma

2019-y.

Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Hamroyev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev A.M.), Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (Turamuratov I.B.), “Sanoatgeokontexnazorat” DI (Gulyamov B.V.)

4.

4.

Yoʻllar, yoʻl inshootlari, temir yoʻl oʻtkazgichlari, yoʻllar va koʻchalar boʻylab joylashgan servis shoxobchalari, AYQSh, AGTQS va AGQS, bino va inshootlar qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash hamda transport vositalari konstruksiyalari loyihalarini kelishish

2019-y.

Ichki ishlar vazirligi(Azizov A.A.)

5.

5.

Past va oʻrta faollikdagi radioaktiv chiqindilardan tashqari ogʻir vaznli, yirik gabaritli yoki xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish yoʻnalishi sxemalarini kelishish

2020-y.

6.

6.

Bino va inshootlarni, suv taʼminoti, kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash tizimlarini, gidrotexnika inshootlarini, boshqa obyektlarni sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena meʼyorlariga rioya etgan holda loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilishni kelishish

2018-y.

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev A.M.)

8.

8.

Maxsus qoʻllaniladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, ozuqaviy qoʻshimchalar, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini chetdan keltirish va ishlab chiqarishga ruxsatnoma

2019-y.

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev A.M.)

10.

10.

Dori vositasi va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma

2019-y.

12.

12.

Loyihaviy hujjatlarning meʼmoriy-rejalashtirish topshirigʻiga muvofiqligi nuqtai nazaridan Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi meʼmoriy-shaharsozlik kengashi bilan kelishish

2018-y.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (Toʻxtayev A.X.)

13.

13.

Meʼmoriy-rejalashtirish topshirigʻi

2019-y.

15.

15.

Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

2018-y.

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Abdusamatov B.X.)

16.

16.

Yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsatnoma

2018-y.

17.

17.

Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya ko�leksiyalari, trofeylar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

2018-y.

18.

18.

Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini, shu jumladan ularning Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan turlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

2018-y.

21.

21.

Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birlashmalarini tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga oldindan rozilik

2018-y.

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Xidoyatov D.A.)

22.

22.

Qonunchilikda belgilangan hollarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga oldindan rozilik

2018-y.

30.

30.

Bojxona omborini taʼsis etish

2019-y.

31.

31.

Bojsiz savdo doʻkonini taʼsis etish

2019-y.

32.

32.

“Erkin omborxona” bojxona rejimida omborxona taʼsis etish

2019-y.

35.

35.

Ommaviy axborot vositasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma

2019-y.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov K.I.)

36.

36.

Sugʻurtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma

2019-y.

Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi (Rizayev D.X.)

37.

37.

Sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini kelishish

2019-y.

38.

38.

Sugʻurtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish

2019-y.

40.

40.

“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi nazorati ostidagi obyektlarda elektr qurilmalarni sozlash ishlarini bajarishga ruxsatnoma

2020-y.

“Sanoatgeokontexnazorat” DI (Gulyamov B.V.)

41.

41.

Uskunalar, quvurlar, sisterna va boshqa sigʻimlarni kimyoviy himoya qilish ishlarini bajarishga ruxsatnoma

2020-y.

“Sanoatgeokontexnazorat” DI (Gulyamov B.V.)

42.

42.

Lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanishni kelishish

2020-y.

“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” DI (Axmedov D.B.), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Dexkanov D.T.)

44.

44.

Sanoat xavfsizligi boʻyicha ekspertiza xulosasi

2019-y.

Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari

45.

45.

Obyektning yongʻinga qarshi xavfsizligi va seysmik barqarorligi toʻgʻrisida davlat ekspertizasi xulosasi

2019-y.

Davlat ekspertiza organlari

47.

47.

Mol soʻyishni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasi

2018-y.

Tuman (shahar) hokimliklari

48.

48.

Yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida qa?or (Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqari)

2018-y.

49.

49.

Muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish uchun texnik shart

2018-y.

Foydalanish tashkilotlari

II. Litsenziyalanadigan faoliyat turlari

50.

1.

“Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari tomonidan amalga oshiriladigan isteʼmol tovarlari ulgurji savdosi

2018-y.

Adliya vazirligi (Ikramov M.M.)

51.

2.

Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokyerlarining sugʻurta faoliyati

2019-y.

Moliya vazirligi (Xodjayev B.A.)

53.

4.

Lotereyalar tashkil etish

2019-y.

54.

5.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish

2018-y.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.M. Sadikov)

58.

9.

Qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish

2019-y.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (Toʻxtayev A.X.)

59.

10.

Baholash faoliyati

2019-y.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

60.

11.

Tovar-xomashyo birjalarining birja faoliyati

2019-y.

61.

12.

Rieltorlik faoliyati

2019-y.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

62.

13.

Turizm faoliyati

2020-y.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Sharapov A.K.)

63.

14.

Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni koʻpaytirish

2020-y.

Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi (Fayzullayev A.N.)

64.

15.

Fonogrammalarni tayyorlash

2020-y.

65.

16.

Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish

2020-y.

Transport vazirligi (Dehqonov D.T.)

66.

17.

Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat bilan shugʻullanish

2019-y.

Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish markazi (Shakirov B.A.)

68.

19.

Ulgurji savdo, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari faoliyati bundan mustasno

2020-y.

Tuman (shahar) hokimliklari

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ShARH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xalq bilan oʻtkazilayotgan ochiq muloqotlar, tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar litsenziya va ruxsatnoma berish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish jarayonlarida davlat xizmatlarini “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatishni samarali tashkil etishga toʻsqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar saqlanib kelayotganini koʻrsatmoqda.

Taʼkidlash joizki, tadbirkorlik subyektlari oʻz faoliyatini boshlashi uchun hanuzgacha turli davlat organlariga murojaat etishga majbur boʻlmoqda, litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish jarayonlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan zarur darajada foydalanilmayapti, koʻpchilik davlat xizmatlari, afsuski, hali ham anʼanaviy usullarda, qogʻoz shaklida koʻrsatilmoqda.

Xorijiy tajriba shuni koʻrsatmoqdaki, “yagona darcha” markazi kabi institutlar davlat xizmatlarining ochiqligi va shaffofligini taʼminlashda hamda davlat organlarining tadbirkorlik tuzilmalariga oʻz vaqtida koʻmaklashishga doir faoliyati samaradorligini oshirishda muhim oʻrin tutadi.

Mazkur sohada tadbirkorlik subyektlari koʻtargan dolzarb muammo va takliflar, oʻtkazilgan oʻrganishlar natijalaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida sansalorlik, byurokratik toʻsiqlar va rasmiyatchilik holatlari vujudga kelishiga yoʻl qoʻymaslikka, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash orqali ularning sifati va samaradorligini tubdan oshirishga qaratilgan.

Qarorga muvofiq tuman va shaharlarda faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlarini koʻrsatish markazlari tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqaruviga oʻtkazilmoqda. Bu esa �yagona darcha” markazlarini samarali boshqarish, ularning faoliyatini va boshqa davlat organlari bilan oʻzaro hamkorligini tashkil etishga nisbatan tizimli yondashuvni belgilash imkoniyatini beradi.

Banklar va kredit byurolari, ularning filiallari va vakolatxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish “yagona darcha” markazlari zimmasiga yuklatilmoqda. Bunday chora tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning mavjud tarqoq tizimi oʻrniga yangi, yaxlit tizimni yaratishga qaratilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “yagona darcha” markazlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni hamda tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli organ etib belgilandi.

Mazkur vazifalarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Davlat xizmatlarini koʻrsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi, joylarda esa uning hududiy boʻlimlari tashkil etiladi.

“Yagona darcha” markazlari orqali davlat xizmatlarini sifatli va samarali koʻrsatishga toʻsqinlik qiladigan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal etish uchun tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika va hududiy komissiyalar tashkil etilmoqda.

Mazkur komissiyalar tizimli ravishda, shu jumladan joylarda xalq bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqot qilish orqali muammolarni aniqlash va davlat xizmatlarining sifati, ochiqligi va shaffofligini oshirishga qaratilgan zarur choralarni koʻrish bilan shugʻullanadi.

“Yagona darcha” markazlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 16 turdagi ruxsatnomalarni boshqa idoralarga bormasdan rasmiylashtirish amaliyoti sansalorliklarning oldini olishga, tadbirkorlik subyektlarining vaqti va moddiy sarf-xarajatlarini tejashga koʻmaklashdi.

Ana shunday ijobiy amaliyotni yanada kengaytirish maqsadida qarorda talab eng yuqori boʻlgan qoʻshimcha 86 turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni “yagona darcha” markazlari orqali rasmiylashtirish mexanizmini bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutilmoqda.

Endilikda tadbirkorlik subyektlari yuqoridagi litsenziya va ruxsatnomalarni olish uchun boshqa idoralarga bormasdan, ularni aniq muddatlarda beradigan “yagona darcha” markazlariga toʻgʻridan toʻgʻri murojaat qilish imkoniyatiga ega boʻladi. “Yagona darcha” markazlari barcha zarur kelishish tartib-taomillarini tadbirkorlik subyekti ishtirokisiz mustaqil amalga oshiradi.

Bundan tashqari, 2018-yil 1-yanvardan boshlab “yagona darcha” markazlari orqali taqdim etiladigan litsenziya va ruxsatnomalarni qogʻoz shaklidagi maxsus blankalarda majburiy rasmiylashtirish talabi bekor qilinadi. Bunda berilgan, toʻxtatib qoʻyilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, shuningdek amal qilishi tugatilgan ruxsatnoma va litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Litsenziya” axborot tizimlari majmuasi orqali olish imkoniyati yaratiladi.

2017-yilning I choragidan ishga tushiriladigan “Litsenziya” axborot tizimlari majmuasi:

tegishli davlat organiga bormasdan turib, “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlarini elektron shaklda olishga;

ruxsatnoma va litsenziyalar olish tartibi va muddatlari haqidagi, shuningdek ruxsatnoma va litsenziyalar reyestridagi maʼlumotlardan masofadan turib foydalanishga;

“yagona darcha” markazlari orqali koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari boʻyicha ruxsatnoma va litsenziya berish haqidagi arizalarni koʻrib chiqish jarayoni va natijasini, qayerda va qay tarzda murojaat etganidan qatʼi nazar, kuzatishga imkoniyatlar yaratadi.

Qarorni amalga oshirish, shubhasiz, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatishni yangi sifat bosqichiga koʻtarishga, aholining davlatga nisbatan ishonchini oshirishga, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu gʻoyani hayotga joriy etishga koʻmaklashadi.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 5-son, 61-modda, 20-son, 354-modda, 27-son, 608-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son; 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son; 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son; 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 01.02.2020-y., 06/20/5930/0105-son; 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son)