01.02.2017 yildagi PQ-2750-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.05.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda mamlakatimizda xususiy mulkni ishonchli himoya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni taʼminlash borasida qulay shart-sharoitlar yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik tuzilmalariga davlat xizmatlari koʻrsatish sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlarini tubdan oshirishga doir kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar koʻrildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman va shaharlarda tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari (bundan buyon — “yagona darcha” markazlari) tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etgan holda roʻyxatdan oʻtkazish, ruxsat berish va litsenziyalash tartib-taomillaridan oʻtishning oshkoraligini taʼminlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mazkur sohada amalga oshirilgan ishlarning tahlili tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, “yagona darcha” markazlarini samarali boshqarish, ular faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirishda tizimli yondashuvni hamda ularning boshqa davlat tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorligini belgilash zarurligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatishning sifati va oshkoraligini, ulardan foydalanish imkoniyatlarini yanada oshirish, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish hamda joylarda xalq bilan bevosita muloqotning samaradorligini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasining “yagona darcha” markazlarini tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasarrufiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar va kredit byurolari, ularning filial va vakolatxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish “yagona darcha” markazlari tomonidan amalga oshirilishi belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yagona darcha” markazlarining faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshirish, shu jumladan ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, “yagona darcha” markazlari xodimlarining malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yagona darcha” markazlari orqali davlat xizmatlari koʻrsatishda vakolatli organlar tomonidan qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlash, ularning rahbarlariga aniqlangan qonunbuzarliklar, bunday holatlarga olib kelayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yagona darcha” markazlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha faoliyati samaradorligini, ushbu jarayonga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishini tizimli tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda, “yagona darcha” markazlari orqali davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi (bundan buyon — Respublika komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari, shu jumladan “yagona darcha” markazlari orqali koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va oshkoraligini, ulardan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan tashkiliy, huquqiy va boshqa chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi ishlar holatini tizimli tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohadagi muammolarni aniqlash, davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga doir takliflar ishlab chiqish va amaliy chora-tadbirlar koʻrish, shu jumladan bunday chora-tadbirlarni joylarda xalq bilan bevosita muloqot oʻrnatish orqali koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika komissiyasi ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi faoliyatining tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlarda tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy komissiyalarni (bundan buyon — hududiy komissiyalar) tuzsin va ularning faoliyatini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy komissiyalarga tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlarprokurorlari rahbarlik qilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tarkibida shtat birliklari umumiy soni doirasida Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi negizida Davlat xizmatlari koʻrsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida esa tegishincha uning boʻlimlari tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlari koʻrsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi va uning joylardagi boʻlimlari Respublika komissiyasi va hududiy komissiyalarning ishchi organi etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda faqat “yagona darcha” markazlari orqali koʻrsatiladigan qoʻshimcha davlat xizmatlarini joriy etish jadvali 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018 — 2020-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, faqat “yagona darcha” markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda 2017-yilda faqat “yagona darcha” markazlari orqali koʻrsatiladigan qoʻshimcha davlat xizmatlarini joriy etish jadvalini amalga oshirish boʻyicha tadbirlar rejasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda 2018 — 2020-yillarda faqat “yagona darcha” markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish jadvalini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-sentabrga qadar 2018 — 2020-yillarda faqat “yagona darcha” markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish jadvalini amalga oshirish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 va 3-ilovalarda belgilangan, faqat “yagona darcha” markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini joriy etishga doir tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Berilgan, toʻxtatib qoʻyilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, shuningdek amal qilishi tugatilgan ruxsatnoma va litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi doirasida olish imkoniyatini yaratish yoʻli bilan “yagona darcha” markazlari orqali qogʻoz shaklida beriladigan maxsus blankalardagi ruxsatnoma va litsenziyalarni majburiy rasmiylashtirish talabi 2018-yil 1-yanvardan boshlab bekor qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Adliya vazirligining 2017-yilning I choragida quyidagilarni taʼminlaydigan “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksini ishga tushirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yagona darcha” markazlari orqali davlat xizmatlari koʻrsatadigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat beruvchi hujjatlar va litsenziyalar (bundan buyon — ruxsatnoma va litsenziyalar) olish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shaklda ruxsatnoma va litsenziyalar olish tartibi va muddatlari haqidagi maʼlumotlardan masofadan turib foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari tomonidan ruxsatnoma va litsenziyalar olish toʻgʻrisida elektron shaklda ariza berish imkoniyatini yaratgan holda tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish va litsenziyalash tartib-taomillarini avtomatlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari “yagona darcha” markazlari orqali koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari boʻyicha qayerda va qay tarzda murojaat qilganidan qatʼi nazar, ruxsatnoma va litsenziyalar olish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqishning borishi va natijasini kuzatish imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma va litsenziyalar reyestrlaridan maʼlumot olish imkoniyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 2-ilovada koʻrsatilgan, “yagona darcha” markazlari orqali davlat xizmatlarini koʻrsatayotgan vakolatli organlar:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda idoralararo elektron hamkorlik qilish orqali taqdim etiladigan maʼlumotlarning toʻliq roʻyxatini belgilasin hamda eskirgan va zamon talablariga javob bermaydigan hujjatlar va maʼlumotlarni tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etish toʻgʻrisidagi talablarni bekor qilishga doir takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan muddatlardan boshlab Jadvalga kiritilgan davlat xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizalarni toʻgʻridan toʻgʻri tadbirkorlik subyektlaridan qabul qilish amaliyotini bekor qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga doir tizimli chora-tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun davlat boji sifatida olinadigan barcha mablagʻlar hamda “yagona darcha” markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlanadigan davlat bojlari va yigʻimlar hajmining 10 foizi miqdoridagi mablagʻlar “yagona darcha” markazi faoliyatini moliyalashtirish manbai sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nomiga ochilgan maxsus shaxsiy hisob raqamga oʻtkazilishi hamda kelib tushayotgan mablagʻlar “yagona darcha” markazlarini saqlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilishi belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda “yagona darcha” markazlarining davlat mulki boʻlgan barcha bino va inshootlarini, ularga tegishli asbob-uskunalar, hujjatlar va boshqa mulk Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga belgilangan tartibda tekin taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bosh prokuratura, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2750-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Abdullayev I.B.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, komissiya raisi

2.

Ikramov M.M.

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri, komissiya raisi oʻrinbosari

3.

Saidova G.K.

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri

4.

Xodjayev B.A.

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri

5.

Mirzaxidov X.M.

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

6.

Azizov A.A.

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

7.

Gʻaniyev E.M.

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri

8.

Muratov M.M.

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

9.

Parpiyev B.R.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi

10.

Toxiriy M.V.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

11.

Xidoyatov D.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

12.

Abdusamatov B.X.

Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi

13.

Zakirov B.I.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi

14.

Arabov S.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi

15.

Turamuratov I.B.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi

16.

Gulyamov B.V.

“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi

17.

Ismailov V.V.

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi

18.

Xadjibayev A.M.

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari

19.

Vaxabov A.J.

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari

20.

Mullajonov F.M.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi

21.

Shayxov A.E.

Savdo-sanoat palatasi raisi

22.

Salomov F.I.

“Oʻzbekenergo” AJ raisi

23.

Shaismatov E.R.

“Oʻztransgaz” AK bosh direktori

24.

Maxmudov M.M.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarmasi boshligʻi, komissiya kotibi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-maydagi PF–5043-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 354-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda faqat tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari orqali koʻrsatiladigan qoʻshimcha davlat xizmatlarini joriy etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻrsatiladigan xizmat, beriladigan hujjat nomi

Harakat va (yoki) muayyan faoliyat

Tadbirkorlik subyektiga hujjat beruvchi vakolatli organ

Joriy etish muddati

1.

Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya

Farmatsevtika faoliyati

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xadjibayev A.M.)

2017-yil

1-iyul

2.

Tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya

Tibbiy faoliyat

3.

Voyaga yetmaganlarga moʻljallangan dori vositalari reklamasini joylashtirishga ruxsatnoma

Voyaga yetmaganlarga moʻljallangan dori vositalari reklamasini joylashtirish

4.

Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchlarni jalb qilishga ruxsatnoma

Xorijiy ishchi kuchlarni jalb qilish

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi
(Nazarov U.B.)

2017-yil

1-iyul

5.

Oʻz tarmogʻini yaratish huquqisiz maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari orqali provayder xizmatlari koʻrsatishga litsenziya

Oʻz tarmogʻini yaratish huquqisiz maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari orqali provayder xizmatlarini taqdim etish

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Mirzaxidov X.M.)

2017-yil

1-iyul

6.

Nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarini oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasida faoliyat koʻrsatishi huquqiga litsenziya

Nodavlat taʼlim muassasalarida chet tillarini oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2017-yil

1-oktabr

7.

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

(Abdusamatov B.X.)

2017-yil

1-oktabr

8.

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlarni tutqinlikda saqlashga ruxsatnoma

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi �ayvonlarni tutqinlikda saqlash

9.

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, oʻljalar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, oʻljalar, tulumlarni olib kirish va olib chiqish

10.

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar saqlanadigan va urchitiladigan pitomniklarni, shuningdek zoologiya kolleksiyalarini hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnoma

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar saqlanadigan

va urchitiladigan pitomniklarni, shuningdek zoologiya kolleksiyalarini hisobga qoʻyish

11.

Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korxonalar tomonidan tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslarini kelishish boʻyicha xulosa

Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida tovarlarni qayta ishlashga ruxsat olish

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi (Gʻaniyev E.M.)

2017-yil

1-oktabr

12.

Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korxonalar tomonidan tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslarini kelishish boʻyicha va tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlanishining Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy manfaatlariga mos kelishi boʻyicha xulosa

Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqarida tovarlarni qayta ishlashga ruxsat olish

13.

Import kontrakti boʻyicha xulosa

TIAISVda ekspertizadan oʻtkaziladigan kontraktlar asosida mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilish

14.

Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya

Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish

Davlat arxitektura
va qurilish qoʻmitasi

(Zakirov B.I.)

2017-yil

1-oktabr

15.

Eksport shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish sertifikati

TIAISVda roʻyxatdan oʻtkaziladigan kontraktlar asosida mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilish

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi (Gʻaniyev E.M.)

2017-yil
31-dekabr

16.

Eksport nazorati obyektlarini olib chiqish uchun ruxsatnoma

Eksport nazorati obyektlarini olib chiqish

17.

Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarining pasporti

Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarini ekspluatatsiya qilish

Madaniyat va sport ishlari vazirligi (Axmedov B.M.)

2017-yil
31-dekabr

18.

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga oid faoliyatni amalga oshirish

Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi

(Sabirov B.B.)

2017-yil
31-dekabr

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018 — 2020-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, faqat tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

T/r

Beriladigan hujjat, koʻrsatiladigan xizmat nomi

Joriy qilish muddati

Masʼul organlar

I. Ruxsat berish tartib-taomillari

1.

1.

Suv resurslaridan foydalanish va drenaj-oqova suvlarini oqizib yuborish bilan bogʻliq yangi korxonalar qurish va faoliyat yuritayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish loyihasini kelishish

2019-y.

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Vaxabov A.J.)

2.

2.

Asalari uyalari va qutilarini joylashtirish uchun davlat oʻrmon fondidan uchastkalar ajratishga ruxsatnoma

2020-y.

3.

3.

Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma

2019-y.

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Vaxabov A.J.), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev A.M.), Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (Turamuratov I.B.), “Sanoatgeokontexnazorat” DI (Gulyamov B.V.)

4.

4.

Yoʻllar, yoʻl inshootlari, temir yoʻl oʻtkazgichlari, yoʻllar va koʻchalar boʻylab joylashgan servis shoxobchalari, AYQSh, AGTQS va AGQS, bino va inshootlar qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash hamda transport vositalari konstruksiyalari loyihalarini kelishish

2019-y.

Ichki ishlar vazirligi

(Azizov A.A.)

5.

5.

Past va oʻrta faollikdagi radioaktiv chiqindilardan tashqari ogʻir vaznli, yirik gabaritli yoki xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish yoʻnalishi sxemalarini kelishish

2020-y.

6.

6.

Bino va inshootlarni, suv taʼminoti, kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash tizimlarini, gidrotexnika inshootlarini, boshqa obyektlarni sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena meʼyorlariga rioya etgan holda loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilishni kelishish

2018-y.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
(Xadjibayev A.M.)

7.

7.

Maxsus qoʻllaniladigan biologik aktiv moddalarni chetdan keltirish va ishlab chiqarishga ruxsatnoma

2018-y.

8.

8.

Yangi ozuqaviy qoʻshimchalarni chetdan keltirish va ishlab chiqarishga ruxsatnoma

2019-y.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
(Xadjibayev A.M.)

9.

9.

Yangi kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini chetdan keltirish va ishlab chiqarishga ruxsatnoma

2019-y.

10.

10.

Dori vositasi va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma

2019-y.

11.

11.

Turgʻun savdo shoxobchasi sanitar talablarga muvofiqligi toʻgʻrisida sanitariya xulosasi

2020-y.

12.

12.

Loyihaviy hujjatlarning meʼmoriy-rejalashtirish topshirigʻiga muvofiqligi nuqtai nazaridan Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi meʼmoriy-shaharsozlik kengashi bilan kelishish

2018-y.

Davlat arxitektura qoʻmitasi
(Zakirov B.I.)

13.

13.

Meʼmoriy-rejalashtirish topshirigʻi

2019-y.

14.

14.

Avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari obyektlarini qurish uchun yer uchastkalarini ajratishni kelishish

2020-y.

Davlat arxitektura qoʻmitasi
(Zakirov B.I.), Oʻzbekiston avtomobil
va daryo transporti agentligi
(Ismailov V.V.), IIV (Azizov A.A.)

15.

15.

Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

2018-y.

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

(Abdusamatov B.X.)

16.

16.

Yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsatnoma

2018-y.

17.

17.

Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, trofeylar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

2018-y.

18.

18.

Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

2018-y.

19.

19.

Oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtzor va butazorlarni kesishni kelishish

2018-y.

20.

20.

Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini tajribaviy qoʻllashga ruxsatnomani kelishish

2019-y.

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Abdusamatov B.X.),
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(Xadjibayev A.M.)

21.

21.

Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birlashmalarini tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga oldindan rozilik

2018-y.

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Xidoyatov D.A.)

22.

22.

Qonunchilikda belgilangan hollarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga oldindan rozilik

2018-y.

23.

23.

Tovarni vaqtincha olib kirish (olib chiqishga) ruxsatnoma

2018-y.

Davlat bojxona qoʻmitasi
(Toxiriy M.V.)

Davlat bojxona qoʻmitasi
(Toxiriy M.V.)

24.

24.

Tovarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirishga ruxsatnoma

2018-y.

25.

25.

Tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirishga ruxsatnoma

2018-y.

26.

26.

Bojxona brokeri sifatida faoliyatni amalga oshirish uch�n ruxsatnoma

2018-y.

27.

27.

Davlat foydasiga voz kechish uchun tovarni bojxona rejimiga joylashtirishga ruxsatnoma

2019-y.

Davlat bojxona qoʻmitasi
(Toxiriy M.V.)

28.

28.

Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish yoʻnalishlarini oʻzgartirishga ruxsatnoma

2019-y.

29.

29.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarni bojxona hududida yoki hududidan tashqarida qayta ishlashga ruxsatnoma

2019-y.

30.

30.

Bojxona omborini taʼsis etish

2019-y.

31.

31.

Bojsiz savdo doʻkonini taʼsis etish

2019-y.

32.

32.

“Erkin omborxona” bojxona rejimida omborxona taʼsis etish

2019-y.

33.

33.

Bosh agentni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida guvohnoma

2019-y.

Markaziy bank

(Mullajonov F.M.)

34.

34.

Yuridik shaxslar — rezidentlar tomonidan chet elda hisob raqamlarini ochishga ruxsatnoma

2020-y.

35.

35.

Ommaviy axborot vositasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma

2019-y.

Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi

(Yunusov A.X.)

36.

36.

Sugʻurtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma

2019-y.

Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi
(Rizayev D.X.)

37.

37.

Sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini kelishish

2019-y.

38.

38.

Sugʻurtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari roʻyxatini kelishish

2019-y.

39.

39.

Sugʻurta zaxiralarini chet el davlatlari davlat qimmatli qogʻozlariga joylashtirishni kelishish

2020-y.

40.

40.

“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi nazorati ostidagi obyektlarda elektr qurilmalarni sozlash ishlarini bajarishga ruxsatnoma

2020-y.

“Sanoatgeokontexnazorat” DI
(Gulyamov B.V.)

41.

41.

Uskunalar, quvurlar, sisterna va boshqa sigʻimlarni kimyoviy himoya qilish ishlarini bajarishga ruxsatnoma

2020-y.

“Sanoatgeokontexnazorat” DI
(Gulyamov B.V.)

42.

42.

Lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanishni kelishish

2020-y.

“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” DI
(Axmedov D.B.), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Dexkanov D.T.)

43.

43.

Yer uchastkasi tanlash toʻgʻrisidagi xulosa

2018-y.

“Oʻzshaharsozlik LITI” DUK, “Toshkentboshplan LITI” DUK, “Qishloqqurilishloyiha” MChJ

44.

44.

Sanoat xavfsizligi boʻyicha ekspertiza xulosasi

2019-y.

Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari

45.

45.

Obyektning yongʻinga qarshi xavfsizligi va seysmik barqarorligi toʻgʻrisida davlat ekspertizasi xulosasi

2019-y.

Davlat ekspertiza organlari

46.

46.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun belgilangan eng kam miqdorga muvofiq yaratilgan (zaxira qilib qoʻyilgan yoki ajratilgan) ish oʻrinlarini qisqartirish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror

2018-y.

Tuman (shahar) hokimliklari

47.

47.

Mol soʻyishni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasi

2018-y.

48.

48.

Yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida qaror (Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqari)

2018-y.

49.

49.

Muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish uchun texnik shart

2018-y.

Foydalanish tashkilotlari

II. Litsenziyalanadigan faoliyat turlari

50.

1.

“Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari tomonidan amalga oshiriladigan isteʼmol tovarlari ulgurji savdosi

2018-y.

Adliya vazirligi

(Ikramov M.M.)

51.

2.

Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokyerlarining sugʻurta faoliyati

2019-y.

Moliya vazirligi

(Xodjayev B.A.)

52.

3.

Auditorlik faoliyati

2019-y.

53.

4.

Lotereyalar tashkil etish

2019-y.

54.

5.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalash

2018-y.

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Mirzaxidov X.M.)

55.

6.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini qurish

2018-y.

56.

7.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish

2018-y.

57.

8.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlariga xizmatlar koʻrsatish

2018-y.

58.

9.

Qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish

2019-y.

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi

(Zakirov B.I.)

59.

10.

Baholash faoliyati

2019-y.

Davlat raqobat qoʻmitasi
(Xidoyatov D.A.)

60.

11.

Birja faoliyati (valyuta birjasi faoliyatidan tashqari)

2019-y.

61.

12.

Rieltorlik faoliyati

2019-y.

62.

13.

Turizm faoliyati

2020-y.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Sharapov A.K.)

63.

14.

Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va �HM uchun yaratilgan dasturlarni koʻpaytirish, sotish, ijaraga berish

2020-y.

Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi (Fayzullayev A.N.)

64.

15.

Fonogrammalarni tayyorlash

2020-y.

65.

16.

Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish

2020-y.

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (Ismailov V.V.)

66.

17.

Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat bilan shugʻullanish

2019-y.

Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish markazi (Shakirov B.A.)

67.

18.

Neft mahsulotlarini AYQSh va moy almashtirish punktlari orqali sotish

2020-y.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

68.

19.

Ulgurji savdo, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan mev�-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari faoliyati bundan mustasno

2020-y.

Tuman (shahar) hokimliklari

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ShARH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xalq bilan oʻtkazilayotgan ochiq muloqotlar, tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar litsenziya va ruxsatnoma berish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish jarayonlarida davlat xizmatlarini “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatishni samarali tashkil etishga toʻsqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar saqlanib kelayotganini koʻrsatmoqda.

Taʼkidlash joizki, tadbirkorlik subyektlari oʻz faoliyatini boshlashi uchun hanuzgacha turli davlat organlariga murojaat etishga majbur boʻlmoqda, litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish jarayonlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan zarur darajada foydalanilmayapti, koʻpchilik davlat xizmatlari, afsuski, hali ham anʼanaviy usullarda, qogʻoz shaklida koʻrsatilmoqda.

Xorijiy tajriba shuni koʻrsatmoqdaki, “yagona darcha” markazi kabi institutlar davlat xizmatlarining ochiqligi va shaffofligini taʼminlashda hamda davlat organlarining tadbirkorlik tuzilmalariga oʻz vaqtida koʻmaklashishga doir faoliyati samaradorligini oshirishda muhim oʻrin tutadi.

Mazkur sohada tadbirkorlik subyektlari koʻtargan dolzarb muammo va takliflar, oʻtkazilgan oʻrganishlar natijalaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida sansalorlik, byurokratik toʻsiqlar va rasmiyatchilik holatlari vujudga kelishiga yoʻl qoʻymaslikka, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash orqali ularning sifati va samaradorligini tubdan oshirishga qaratilgan.

Qarorga muvofiq tuman va shaharlarda faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlarini koʻrsatish markazlari tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqaruviga oʻtkazilmoqda. Bu esa �yagona darcha” markazlarini samarali boshqarish, ularning faoliyatini va boshqa davlat organlari bilan oʻzaro hamkorligini tashkil etishga nisbatan tizimli yondashuvni belgilash imkoniyatini beradi.

Banklar va kredit byurolari, ularning filiallari va vakolatxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish “yagona darcha” markazlari zimmasiga yuklatilmoqda. Bunday chora tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning mavjud tarqoq tizimi oʻrniga yangi, yaxlit tizimni yaratishga qaratilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “yagona darcha” markazlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni hamda tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli organ etib belgilandi.

Mazkur vazifalarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Davlat xizmatlarini koʻrsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi, joylarda esa uning hududiy boʻlimlari tashkil etiladi.

“Yagona darcha” markazlari orqali davlat xizmatlarini sifatli va samarali koʻrsatishga toʻsqinlik qiladigan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal etish uchun tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika va hududiy komissiyalar tashkil etilmoqda.

Mazkur komissiyalar tizimli ravishda, shu jumladan joylarda xalq bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqot qilish orqali muammolarni aniqlash va davlat xizmatlarining sifati, ochiqligi va shaffofligini oshirishga qaratilgan zarur choralarni koʻrish bilan shugʻullanadi.

“Yagona darcha” markazlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 16 turdagi ruxsatnomalarni boshqa idoralarga bormasdan rasmiylashtirish amaliyoti sansalorliklarning oldini olishga, tadbirkorlik subyektlarining vaqti va moddiy sarf-xarajatlarini tejashga koʻmaklashdi.

Ana shunday ijobiy amaliyotni yanada kengaytirish maqsadida qarorda talab eng yuqori boʻlgan qoʻshimcha 86 turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni “yagona darcha” markazlari orqali rasmiylashtirish mexanizmini bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutilmoqda.

Endilikda tadbirkorlik subyektlari yuqoridagi litsenziya va ruxsatnomalarni olish uchun boshqa idoralarga bormasdan, ularni aniq muddatlarda beradigan “yagona darcha” markazlariga toʻgʻridan toʻgʻri murojaat qilish imkoniyatiga ega boʻladi. “Yagona darcha” markazlari barcha zarur kelishish tartib-taomillarini tadbirkorlik subyekti ishtirokisiz mustaqil amalga oshiradi.

Bundan tashqari, 2018-yil 1-yanvardan boshlab “yagona darcha” markazlari orqali taqdim etiladigan litsenziya va ruxsatnomalarni qogʻoz shaklidagi maxsus blankalarda majburiy rasmiylashtirish talabi bekor qilinadi. Bunda berilgan, toʻxtatib qoʻyilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, shuningdek amal qilishi tugatilgan ruxsatnoma va litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Litsenziya” axborot tizimlari majmuasi orqali olish imkoniyati yaratiladi.

2017-yilning I choragidan ishga tushiriladigan “Litsenziya” axborot tizimlari majmuasi:

tegishli davlat organiga bormasdan turib, “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlarini elektron shaklda olishga;

ruxsatnoma va litsenziyalar olish tartibi va muddatlari haqidagi, shuningdek ruxsatnoma va litsenziyalar reyestridagi maʼlumotlardan masofadan turib foydalanishga;

“yagona darcha” markazlari orqali koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari boʻyicha ruxsatnoma va litsenziya berish haqidagi arizalarni koʻrib chiqish jarayoni va natijasini, qayerda va qay tarzda murojaat etganidan qatʼi nazar, kuzatishga imkoniyatlar yaratadi.

Qarorni amalga oshirish, shubhasiz, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatishni yangi sifat bosqichiga koʻtarishga, aholining davlatga nisbatan ishonchini oshirishga, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu gʻoyani hayotga joriy etishga koʻmaklashadi.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 5-son, 61-modda, 20-son, 354-modda, 27-son, 608-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son; 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son; 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son; 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 01.02.2020-y., 06/20/5930/0105-son; 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son)