25.01.2017 yildagi PQ-2744-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.01.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil Oʻzbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, oʻzbek xalqining ulugʻ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tikladi. Buyuk Yoʻlboshchimiz gʻoyat qaltis va tahlikali bir vaziyatda ogʻir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda Oʻzbekistonni jadal va barqaror surʼatlar bilan rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom Abdugʻaniyevich Karimov oʻzining serqirra siyosiy faoliyati, oliyjanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning koʻp asrlik tarixida oʻchmas iz qoldirdi. U nafaqat Oʻzbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obroʻ-eʼtiborga sazovor boʻlgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp millatli Oʻzbekiston xalqining qalbidan chuqur joy olgan Birinchi Prezidentimizning soʻnmas xotirasini abadiylashtirish boʻyicha vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, mamlakatimiz fuqarolaridan koʻplab takliflar tushmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqimizning samimiy tilaklari va xohish-irodasidan kelib chiqib, ona Vatanimiz mustaqilligi, el-yurtimiz ravnaqi yoʻlidagi buyuk tarixiy xizmatlarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, Oʻzbekiston Qahramoni Islom Abdugʻaniyevich Karimovning yorqin xotirasini abadiylashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil oktabr oyida Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tuzilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar, Yashnobod tumanining Fargʻona yoʻli koʻchasida joylashgan jome masjidga “Islom ota jome masjidi” deb nom berilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrda “Buyuk davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish boʻyicha xalqaro ijodiy tanlovni tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasi (A.Aripov) Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish chora-tadbirlari rejasini oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan quyidagi vazifalar topshirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasini barpo etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov siymosini yaratish boʻyicha xalqaro ijodiy tanlovda gʻolib deb topilgan haykallarni mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida, Islom Karimov tugʻilib oʻsgan Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar boʻlib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Toshkent shahri va Samarqand viloyati hokimliklari birgalikda: Birinchi Prezidentimiz koʻp yillar davomida faoliyat olib borgan Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida (Oʻzbekiston koʻchasi, 45) Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasini tashkil etish va Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini ham ushbu manzil boʻyicha joylashtirish; Samarqand shahrida Islom Karimov muzeyini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi muassasa va obyektlarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat texnika universitetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asaka shahridagi avtomobil zavodiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona shahridagi Sanʼat saroyiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent xalqaro aeroportiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy koʻchalarga (mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida) Islom Karimov nomini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan sana — 30-yanvar kunini keng nishonlash, 2-sentabr kunini Xotira kuni sifatida yod etish. Ushbu sanalar munosabati bilan ommaviy axborot vositalarida Islom Karimov hayoti va faoliyatini keng yoritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom Karimov siymosi aks ettirilgan maxsus pochta markalarini chiqarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish bilan bogʻliq tadbirlar keng yoritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 25-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2744-son
(“Xalq soʻzi” gazetasi, 26.01.2017-y., 19 (6713)-son; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 20-son, 354-modda)