O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining tuzilmasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3004-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida yagona geologiya xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish hamda uning faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining yangilangan tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 52 nafardan iborat tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi markaziy apparatining tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 3-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan me’yoriy- huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 10-yanvar,
PQ-2723-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi PQ-2723-sonli qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari
RO‘YXATI
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2011-yil 12-maydagi PQ-1530-sonli qarori.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 2-son, 32-modda)