11.11.2014 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumlarni topshirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari, keyingi oʻrinlarda “Davlatlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarga jazoni oʻz davlatida oʻtash imkoniyatini berish orqali ularning jamiyatda moslashishlariga koʻmaklashishni istab, quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma maqsadlarida atamalar quyidagi maʼnoni bildiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Hukm” — sodir etilgan jinoyat uchun cheklangan yoki cheklanmagan muddatga ozodlikdan mahrum etish haqidagi sud qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Mahkum” — hukm chiqarish Davlati hududida unga nisbatan ozodlikdan mahrum etish hukmi chiqarilgan shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Hukm chiqarish Davlati” — topshirilishi mumkin boʻlgan yoki topshirilgan shaxsga nisbatan hududida hukm chiqarilgan davlat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Hukmni ijro etish Davlati” — mahkum jazo muddatini yoki uning qolgan qismini oʻtashi uchun topshirilishi mumkin boʻlgan davlat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Qarindoshlar” — Oʻzbekiston Respublikasi uchun milliy qonunchilikka muvofiq yaqin qarindoshlar; Birlashgan Arab Amirliklari uchun milliy qonunchilikka muvofiq toʻrtinchi darajagacha boʻlgan qarindoshlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlatlar ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq mahkumni topshirish sohasida hamkorlikni amalga oshirish uchun barcha zarur choralar koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq, mahkum hukm chiqarish Davlati hududidan hukmni ijro etish Davlati hududiga jazoni yoki uning qolgan qismini oʻtash uchun topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Shartnomaning 8-moddasi qoidalariga muvofiq, topshirish toʻgʻrisidagi soʻrov hukm chiqarish Davlati yoki hukmni ijro etish Davlati tomonidan taqdim qilinishi mumkin. Mahkum yoki uning qarindoshlaridan biri yoxud qonuniy vakili uning bunday topshirishdan manfaatdor ekanligini hukm chiqarish Davlati yoki hukmni ijro etish Davlatiga bildirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Markaziy organ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Shartnoma maqsadlarida Davlatlar tomonidan tayinlangan Markaziy organlar topshirish toʻgʻrisidagi soʻrovlar bilan bogʻliq masalalarda bir-birlari bilan diplomatik kanallar orqali aloqa qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi uchun Bosh prokuratura va Birlashgan Arab Amirliklari uchun Adliya vazirligi Markaziy organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlatlardan biri oʻzining Markaziy organini oʻzgartirgan hollarda u boshqa Davlatni bunday oʻzgarishlar toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Topshirish toʻgʻrisidagi soʻrovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Topshirish toʻgʻrisidagi soʻrovlar va zarur hujjatlar yozma shaklda tuzilgan boʻlishi va diplomatik kanallar orqali soʻralayotgan Davlatning Markaziy organiga yuborilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Topshirish toʻgʻrisidagi soʻrovlar va unga ilova qilingan hujjatlar soʻrayotgan Davlatning rasmiy tilida tuzilishi hamda soʻralayotgan Davlatning rasmiy tiliga yoki ingliz tiliga tarjimasi bilan birga taqdim qilinishi, soʻrayotgan vakolatli organ tomonidan imzolangan, muhrlangan va tasdiqlangan boʻlishi lozim, bunda ularning haqiqiyligini boshqacha tarzda tasdiqlash talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Soʻrovlarning shakli va mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hukm chiqarish Davlati tomonidan ushbu Shartnomaga muvofiq taqdim qilingan soʻrov boʻyicha qaror qabul qilish maqsadida, hukm chiqarish Davlati hukmni ijro etish Davlatini quyidagi maʼlumot va hujjatlar bilan taʼminlashi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mahkumning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) hukmning xususiyati, muddati va ijro sanasi, jazo muddatining oʻtalmagan qismini tasdiqlovchi bayonot hamda dastlabki qamoqda saqlash yoki jazodan ozod qilish toʻgʻrisida yoxud hukmni ijro etishga oid boshqa har qanday maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) hukmning tasdiqlangan nusxasi va qoʻllanilgan jinoyat qonunchiligi matnining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo) mahkumga oid tibbiy, ijtimoiy va boshqa har qanday hisobot, zarur hollarda, uning hukm chiqarish Davlatida davolanganligi toʻgʻrisida har qanday maʼlumot hamda hukmni ijro etish Davlatida davolanishni davom ettirish boʻyicha tavsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 6-moddaning “e” bandida nazarda tutilgan hollarda, topshirishga rozilikni tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hukmni ijro etish Davlati tomonidan ushbu Shartnomaga muvofiq taqdim qilingan soʻrov boʻyicha qaror qabul qilish maqsadida, hukmni ijro etish Davlati hukm chiqarish Davlatiga quyidagi maʼlumot va hujjatlarni yuborishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mahkumning hukmni ijro etish Davlati fuqarosi ekanligini tasdiqlovchi bayonot yoki hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) hukm chiqarishga asos boʻlgan harakat yoki harakatsizlik hukmni ijro etish Davlati hududida sodir etilgan taqdirda, jinoiy qilmishni tashkil qilishi toʻgʻrisidagi tegishli qonunchilik normalarining koʻchirmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) topshirilayotgan shaxs hukmni ijro etish Davlatida boshqa ishlar boʻyicha soʻralayotganligi yoki ayblanayotganligi yoxud hukm qilinayotganligi toʻgʻrisida bayonot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) hukm chiqarish Davlatining roziligisiz topshirilishi soʻralayotgan shaxsni afv etmaslik toʻgʻrisida majburiyat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hukm chiqarish Davlati hukmni ijro etish Davlatining soʻrovi boʻyicha shaxsni topshirishga rozilik bergan taqdirda, hukm chiqarish Davlati ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan maʼlumot va hujjatlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Topshirish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Shartnomaga muvofiq mahkum quyidagi shartlar asosida topshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar mahkum hukmni ijro etish Davlati fuqarosi boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar sud qarori yakuniy va ijro etilishi mumkin boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) agar oʻzgacha tarzda axdlashilmagan boʻlsa, topshirish toʻgʻrisida soʻrov kelib tushgan paytda jazo muddatining oʻtalmay qolgan qismi olti (6) oydan kam boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) agar hukm chiqarishga asos boʻlgan harakat yoki harakatsizlik hukmni ijro etish Davlati hududida sodir etilgan taqdirda, uning qonunchiligiga muvofiq jinoyat hisoblansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) agar mahkum topshirishga yozma ravishda rozilik bildirsa, Mahkumning yoshi yoki jismoniy yoxud ruhiy holatini eʼtiborga olgan holda, quyidagilar tomonidan topshirishga rozilik berilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — mahkumning qonuniy vakili tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun — mahkumning qonuniy vakili yoki uning qarindoshlaridan biri tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) agar topshirishga har ikkala hukm chiqarish Davlati va hukmni ijro etish Davlati rozilik bildirsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Topshirish toʻgʻrisidagi soʻrovni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagi hollarda topshirish toʻgʻrisidagi soʻrov rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar topshirish hukm chiqarish Davlatining suvereniteti, xavfsizligi, jamoat tartibi yoki boshqa har qanday muhim manfaatlariga daxl qilishi mumkin boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar mahkumni topshirishni soʻrash uchun asos boʻlgan qilmish harbiy jinoyat boʻlib, umumiy jinoyat huquqi boʻyicha jinoyat deb hisoblanmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) agar hukmni ijro etish ikkala davlatda ijro etishga taʼsir qiladigan darajada bir-biridan farq qilsa, basharti soʻrov bajarilishi mumkin boʻlgan boshqacha tartib va shartlar kelishib olinmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) agar hukmni ijro etish Davlati topshirish koʻzda tutilayotgan mahkumni 5-modda 2-bandining “d” kichik bandiga muvofiq afv etmaslik toʻgʻrisida majburiyatni oʻz zimmasiga olmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi hollarda topshirish toʻgʻrisidagi soʻrov rad qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar mahkum hukm chiqarish Davlatida sud qarorlari boʻyicha jarimalar, sud xarajatlari, badallar va boshqa moliyaviy toʻlovlarni amalga oshirmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar hukm chiqarish Davlatining sudlarida pul kompensatsiyasi bilan bogʻliq har qanday boshqa huquqlarni talab qilish boʻyicha mahkumga qarshi daʼvo qoʻzgʻatilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Rozilik va uni tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm chiqarish Davlati 6-moddaning “e” bandiga binoan topshirish uchun shaxsning berayotgan roziligi ixtiyoriy ekanligini hamda u bunday rozilikning huquqiy oqibatlarini toʻla tushunayotganligini oʻz milliy qonunchiligiga muvofiq tekshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Mahkumni topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Topshirish toʻgʻrisidagi soʻrov qanoatlantirilgan taqdirda, Davlatlarning markaziy organlari mahkumni topshirish joyi, vaqti va tartibi toʻgʻrisida oʻzaro kelishib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Hukm ijrosining davom etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hukmni ijro etish Davlati hukmning huquqiy xususiyati va muddati bilan cheklangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hukmni ijro etish Davlatining qonunchiligiga muvofiq hukm ijro etiladi va faqat mazkur Davlat ushbu Shartnomaning 13 va 14-moddalari qoidalarini hisobga olgan holda, tegishli qarorlar qabul qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hukmni ijro etish Davlatining vakolatli organlari ushbu Shartnomaning 12-moddasini hisobga olgan holda, oʻz qonunchiligiga muvofiq hukmning ijro etilishini davom ettiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Sudlarning vakolati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Faqat hukm chiqarish Davlatining sudi topshirilgan mahkumga nisbatan chiqarilgan hukmning qonuniyligi va asosliligini qayta koʻrib chiqishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hukm qayta koʻrib chiqilgan taqdirda, hukm chiqarish Davlatining Markaziy organi hukmni ijro etish Davlatiga hukmning bekor qilingani yoki oʻzgartirilgani toʻgʻrisidagi sud qarorining tasdiqlangan nusxasini zudlik bilan yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Amnistiya va afv etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mahkumga nisbatan hukm chiqarish Davlatida yoki hukmni ijro etish Davlatida eʼlon qilingan amnistiya tatbiq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahkumga nisbatan hukm chiqarish Davlati tomonidan eʼlon qilingan afv etish tatbiq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahkum hukm chiqarish Davlatining roziligisiz hukmni ijro etish Davlati tomonidan afv etilishi yoki shartli ravishda yoxud sogʻligʻi tufayli ozod etilishi yoki boshqacha tarzda afv etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Hukmni ijro etishning tugatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmni ijro etish Davlati hukm chiqarish Davlati tomonidan hukm ijrosini bekor qiladigan har qanday qaror va choralar toʻgʻrisida xabardor qilinishi bilan darhol hukmning ijro etilishini tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Hukmni ijro etish toʻgʻrisida axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hukmni ijro etish Davlati quyidagilar toʻgʻrisida hukm chiqarish Davlatini xabardor qilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hukm muddatining tugashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mahkumning hukm muddati tugashidan avval qochib ketishi. Mazkur holatda hukmni ijro etish Davlati oʻz qonunchiligiga muvofiq uni qamoqqa olish va sud muhokamasiga topshirish uchun tegishli choralar koʻrishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hukm chiqarish Davlatining soʻroviga muvofiq, hukmni ijro etish Davlati har bir alohida holatda hukmning qolgan qismini hisobga olgan holda uning ijro etilishi haqida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Tranzit olib oʻtish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Davlat soʻrov asosida boshqa Davlatga uchinchi davlat tomonidan topshirilayotgan mahkumni oʻz hududi orqali tranzit olib oʻtishga ruxsat beradi, bunda hukm qilingan shaxsni qamoqda saqlash uchun zarur qonuniy shart-sharoitlar yaratilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Havo transportidan foydalanish va boshqa Davlat hududiga qoʻnmaslik rejalashtirilgan taqdirda, mazkur qoida qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Aynan bitta jinoyat uchun ikki marotaba javobgarlikka tortmaslik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq hukmni ijro etish uchun topshirilgan mahkum hukm chiqarish Davlatida sudlangan aynan bitta jinoyati uchun hukmni ijro etish Davlatida qamoqqa olinishi, sudga berilishi yoki hukm qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hukmni ijro etish Davlati mahkumni topshirish oqibatida yuzaga keladigan xarajatlarni qoplaydi, hukm chiqarish Davlati hududida yuzaga keladigan xarajatlar bundan mustasno boʻlib, ular ushbu Davlat tomonidan qoplanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar soʻrovni bajarish koʻzda tutilmagan xarajatlarni talab qilsa, Davlatlar soʻrov bajarilishi mumkin boʻlgan muddatlar va shartlarni belgilash boʻyicha oʻzaro maslahatlashishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Maslahatlashuvlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomaning samaradorligini oshirish maqsadida Davlatlarning Markaziy organlari oʻzaro maslahatlashuvlar oʻtkazishlari mumkin. Markaziy organlar ushbu Shartnomaning tatbiq etilishini yengillashtirish uchun zarur boʻlgan amaliy choralar koʻrishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Shartnomani qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma qoidalari uning kuchga kirguniga qadar yoki undan keyin chiqarilgan hukmlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomani talqin qilish va qoʻllashda yuzaga keladigan barcha nizolar boʻyicha Davlatlarning Markaziy organlari tomonidan oʻzaro kelishuvga erishilmasa, ular diplomatik kanallar orqali maslahatlashuvlar yoʻli bilan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Shartnomaning boshqa xalqaro shartnomalar bilan munosabati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma Davlatlar ishtirokchi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Ratifikatsiya, kuchga kirishi, oʻzgartishlar va tugatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Shartnoma ratifikatsiya qilinishi hamda ratifikatsiya yorliqlari almashinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Shartnoma ratifikatsiya yorliqlari almashingan sanadan soʻng oʻttizinchi (30) kunda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Shartnoma Davlatlarning oʻzaro kelishuviga asosan oʻzgartirilishi mumkin, bunday holatlarda mazkur modda qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har bir Davlat istalgan vaqtda diplomatik kanallar orqali yozma xabarnoma yuborish bilan Shartnomaning amal qilishini tugatishi mumkin. Shartnomaning amal qilishi bunday xabarnoma berilgan sanadan boshlab olti (6) oydan soʻng tugaydi. Biroq xabarnoma berilishidan oldin boshlangan protsessual harakatlar ular yakunlanguniga qadar ushbu Shartnoma bilan tartibga solinishda davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli tartibda oʻz davlatlari tomonidan vakolatlangan quyida imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib, ushbu Shartnomani imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abu Dabi shahrida 2014-yil 11-noyabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir. Ushbu Shartnoma matnlarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.

(imzolar)