08.07.2016 yildagi 48/145-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati xalq deputatlari Gʻallaorol tumani kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Madaniyat” qishloq fuqarolar yigʻini tarkibidan chiqarilib, yangi “Koʻkgumbaz” mahalla fuqarolar yigʻini tuzish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 1996-y., 9-son, 139-modda, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2011-y., 41-son, 449-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 48-sonli bilan tasdiqlangan “Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 107-modda) ijrosini taʼminlash hamda Gʻallaorol tumani Madaniyat qishloq fuqarolar yigʻini Kengashining 2016-yil 15-fevraldagi 02/01-sonli bayonini, hududdagi aholi punktlarida yashayotgan aholining talab va istaklarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-moddasiga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Madaniyat qishloq fuqarolar yigʻini tarkibidan chiqarilib — markazi Koʻkgumbaz aholi punkti boʻlgan Koʻkgumbaz mahalla fuqarolar yigʻini tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat qishloq fuqarolar yigʻini markazi — Qangliobod shaharchasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkgumbaz mahalla fuqarolar yigʻini markazi — Koʻkgumbaz aholi punkti hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yangi tuzilayotgan Koʻkgumbaz mahalla fuqarolar yigʻini tarkibiga Koʻkgumbaz, Zargar, Qorongʻul va Baxmalsoy aholi punktlari berilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat qishloq fuqarolar yigʻini tarkibida Madaniyat, Tutli, Qangli qishloqlari va Qangliobod shaharchasi aholi punktlari qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman moliya boʻlimi (M. Turdimuratov) Koʻkgumbaz mahalla fuqarolar yigʻinini belgilangan tartibda shtat birliklari bilan taʼminlash boʻyicha tegishli takliflar ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Madaniyat qishloq va Koʻkgumbaz mahalla fuqarolar yigʻinlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda aholi punktlari toifalarining oʻzgartirilishi bilan bogʻliq ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla toifasiga kiritilgan aholi punktlari nomlarini “Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiqlashtirish boʻyicha bir oy muddatda chora-tadbirlar belgilasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman statistika boʻlimi (O. Oʻrolov) ushbu qarorga muvofiq aholi punktlarining statistik koʻrsatkichlariga ikki hafta muddatda zarur oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman hokimligi “Yagona darcha” markaziga (I. Qarshiboyev) yangi tashkil etilayotgan Koʻkgumbaz mahalla fuqarolar yigʻinini belgilangan tartibda hisobga olish hamda mahallaning muhr va shtamp eskizlarini tasdiqlash vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarordan nusxa geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalari boʻyicha viloyat komissiyasiga maʼlumot uchun yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalari boʻyicha tuman komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman Kengashining raisi A. TILABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻallaorol t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 8-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48/145-son