Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
“Dori vositalari haqida axborot berish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 21-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2129-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2010-yil 11-iyundagi 180-son “Dori vositalari haqida axborot berish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2129, 2010-yil 4-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 31-son, 267-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 13-dekabr,
73-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 51-son, 591-modda)