09.08.2016 yildagi 22-1502/267-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan davlat organi va boshqa organ tomonidan berilgan daʼvoni qanoatlantirish rad etilganda davlat boji undirilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi “Shovot humo servis” xususiy korxonasi (bundan buyon matnda korxona deb yuritiladi) manfaatini koʻzlab Xorazm viloyat xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Shovot tuman hokimligining (bundan buyon matnda hokimlik deb yuritiladi) 2014-yil 31-maydagi 611-sonli qarorining 3-bandini hamda shu kuni korxona bilan tuzilgan 56-sonli litsenziya bitimining 2.7-bandini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvoni qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya protestida hokimlik tomonidan nizo bartaraf etilgan boʻlsa-da, viloyat adliya boshqarmasi asossiz ravishda mavjud boʻlmagan nizo boʻyicha xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilganligi va javobgardan asossiz ravishda davlat boji undirilganligi sababli hal qiluv qarorini bekor qilib, yangi qaror qabul qilib, qonunga muvofiqlashtirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya protestida keltirilgan vajlarni muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagi asoslarga koʻra, sudning hal qiluv qarorini oʻzgartirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlarga koʻra, Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan hokimlikning 2013-yil va 2014-yilning 9 oyi mobaynidagi faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillariga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi ahvoli oʻrganilganda, hokimlik tomonidan tadbirkorlik subyektlariga ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish, ularni qayta rasmiylashtirish yuzasidan qarorlar qabul qilishda hamda litsenziya bitimlarini tuzishda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilmaganligi aniqlangan va bu haqda 2014-yil 18-noyabrda maʼlumotnoma tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokimlikning 2014-yil 31-maydagi 611-sonli qarorining 3-bandida korxona qayta tashkil etilgan, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda bir hafta muddatda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun litsenziyalovchi organga murojaat qilish shartligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, hokimlik va korxona oʻrtasida 2014-yil 31-mayda tuzilgan 56-sonli litsenziya bitimining 2.7-bandida litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish (tugatish) yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida litsenziyani litsenziyalovchi organga qaytarishi shartligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 20-moddasining birinchi qismida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-noyabrdagi 242-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizomning 23-bandida yuridik shaxs boʻlmish litsenziat qayta tuzilgan, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtganidan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga, koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shartligi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan oʻrganish natijalari boʻyicha aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan hokimlikka 2014-yil 20-noyabrda 1-7-171/8-sonli taqdimnoma yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokimlikning 2014-yil 29-noyabrdagi 103-sonli yigʻilish bayoniga koʻra, taqdimnomada qayd etilgan tadbirkorlik subyektlariga ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish hamda ularni qayta rasmiylashtirish yuzasidan chiqarilgan qarorlar hamda litsenziya bitimlari belgilangan 2014-yil 1-dekabrga qadar qonunchilikka muvofiqlashtirilma-ganligi sababli Xorazm viloyat adliya boshqarmasi jamiyat manfaatini koʻzlab xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi nizo bartaraf etilganligini inobatga olgan boʻlsa-da, biroq hokimlikdan davlat boji undirish haqida asossiz xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokimlikning 2014-yil 22-dekabrdagi 1419-sonli qaroriga asosan 2014-yil 31-maydagi 611-sonli qarorining 3-bandiga oʻzgartirish kiritilib, unga koʻra jamiyat qayta tashkil etilgan, nomi yoki joylashagan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda “bir hafta muddatda” degan soʻzlar “bir oy muddatda” degan soʻzlar bilan oʻzgartirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, hokimlik va korxona oʻrtasida 2014-yil 22-dekabrdagi 56/1-sonli kelishuv bitimi tuzilib, 2014-yil 31-maydagi 56-sonli litsenziya bitimi 2.4-bandining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan muddat bir oy deb oʻzgartirilgan, 2.7-band esa bekor qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lekin, hokimlik tomonidan bu haqda Xorazm viloyat adliya boshqarmasiga 2015-yil 21-yanvardagi 3-93-sonli xat orqali xabar berilgan. Koʻrinib turibdiki, hokimlik tomonidan taqdimnomada belgilangan 2014-yil 1-dekabrga qadar emas, balki sudning daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisida 2015-yil 16-yanvardagi ajrimi chiqarilganidan keyin Xorazm viloyat adliya boshqarmasiga tegishli xabar berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli qarori 29-bandining ikkinchi xatboshisida taʼkidlanganidek, davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan davlat organi va boshqa organ tomonidan berilgan daʼvoni qanoatlantirish rad etilganda davlat boji undirilmaydi. Shunday ekan, bunday vaziyatda davlat boji undirilmasligi lozim edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlarga asosan sudlov hayʼati sudning hal qiluv qarorini oʻzgartirishni, hal qiluv qarorining hokimlikdan respublika budjetiga hamda sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga 2 368 000 soʻm davlat boji undirish qismini bekor qilishni, hal qiluv qarorining qolgan qismini oʻzgarishsiz qoldirishni, taqdimnomani belgilangan muddatda koʻrib chiqmasdan, nizoni sudgacha yetkazganligini inobatga olib, ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq 7 000 soʻm pochta xarajatlarini va sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq 30 000 soʻm sud xarajatlarini hokimlikdan Oliy xoʻjalik sudiga undirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 9-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-1502/267-son