19.09.2016 yildagi 12-1605/5322-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli tartibda sud muhokamasining vaqti va joyi haqida xabardor qilinmagan shaxslarning ishtirokisiz ishni koʻrishga yoʻl qoʻyilmaydi va u hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos boʻladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OZOD-FURQAT AVZALBEK” fermer xoʻjaligi (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, MChJ shaklidagi “Markaziy Osiyo urugʻlik kompaniyasi” qoʻshma korxonasidan (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi) 47 980 808 soʻm asosiy qarz, 7 197 121 soʻm penya, jami 55 177 929 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrish jarayonida daʼvogar Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) 40-moddasi talabi asosida sudga ariza taqdim qilib, daʼvo talablari miqdorini kamaytirgan holda javobgardan 44 312 455 soʻm asosiy qarz, 6 646 868 soʻm penya, jami 50 959 323 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvogarning daʼvo talablari miqdorini kamaytirish haqidagi arizasi ish yuritishga qabul qilingan, daʼvo qisman qanoatlantirilib, javobgardan daʼvogar foydasiga 19 397 069 soʻm asosiy qarz, 2 000 000 soʻm penya undirilgan. Daʼvoning qolgan qismini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgarning kassatsiya shikoyatida birinchi instansiya sudi ish uchun ahamiyatli holatlarini toʻliq aniqlamasdan, moddiy va protsessual huquq normalarini notoʻgʻri qoʻllab, daʼvoni asossiz ravishda qanoatlantirganligi, sud javobgarga nizo yuzasidan oʻz eʼtirozlarini asoslovchi hujjatlarni taqdim qilish uchun imkon bermasdan, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish imkoni boʻlmaganligini vaj qilib, nizoni uning ishtirokisiz oddiy rejimda koʻrib hal etganligi, hal qiluv qaroridagi xulosa ishning haqiqiy holatlariga muvofiq emasligi bayon qilinib, hal qiluv qarorini bekor qilish va daʼvoni toʻliq rad etish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarning ish boʻyicha taqdim qilgan yozma fikrida birinchi instansiya sudi tomonidan daʼvo arizasida hamda sud majlisida daʼvogar vakili tomonidan keltirilgan vajlar inobatga olinmasdan, ularga huquqiy baho berilmasdan javobgarning tizimida 2011-yilda tashkil etilgan va 2012-yilda tugatilgan “Sayxun Rabot Gulshani” fermer xoʻjaligining hisob raqamiga uy-joy qurilishi uchun javobgar tomonidan oʻtkazib berilgan jami 24 915 386 soʻm pul mablagʻi daʼvogar hisobidan chegirib tashlanganligiga eʼtibor qaratilmasdan, daʼvo qisman qanoatlantirilganligi bayon qilinib, hal qiluv qarorini bekor qilish va daʼvoni toʻliq qanoatlantirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan javobgar vakili kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni quvvatlab, taraflar oʻrtasidagi nizo 2011-2013-yillarda tuzilgan kontraktatsiya shartnomalaridan kelib chiqqanligi, 2012-yil 1-avgustdagi 36-sonli kontraktatsiya shartnomasiga koʻra, javobgar daʼvogar oldida 25 652 972 soʻm qarzdor boʻlib qolganligi, 2013-yil hosili uchun ortiqcha toʻlangan 5 518 307 soʻmni chegirib tashlansa, javobgarning daʼvogar oldidagi qarzi 20 134 665 soʻmni tashkil qilishi, Sirdaryo viloyat xoʻjalik sudining 12-0603/40-sonli xoʻjalik ishi yuzasidan 2016-yil 8-fevralda qabul qilingan hal qiluv qaroriga koʻra, daʼvogar javobgardan 70 348 474 soʻm qarzdorligini, shu bois javobgar daʼvogarga Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 343-moddasiga asosan oʻzaro qarzdorlikni hisobga olish toʻgʻrisida ariza berganligi, biroq sud tomonidan ushbu holatlarga huquqiy baho berilmaganligini taʼkidlab, shikoyatni qanoatlantirib berishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar vakili esa eʼtiroznomada keltirilgan vajlarni quvvatlab, hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni toʻliq qanoatlantirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati ishda ishtirok etuvchi shaxslar vakillarining tushuntirishlarini, prokurorning hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirish haqidagi fikrini eshitib, kassatsiya shikoyatida hamda yozma fikrda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra, hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlarga koʻra, daʼvogar va javobgar oʻrtasida 2013-yil 22-aprelda “Paxta xomashyosini sotib olish haqida” 57-B-sonli shartnoma tuzilgan boʻlib, unga muvofiq, daʼvogar (yetkazib beruvchi) 2013-yil paxta hosilidan jami 106,0 tonna paxta xomashyosini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan xarid narxi asosida mazkur shartnomada shartlashilgan muddatda daʼvogar (xaridor)ga topshirish, oʻz navbatida daʼvogar mahsulotni qabul qilish va shartnomada belgilangan tartibda va muddatda mahsulot haqini toʻlash majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning 4.4-bandida daʼvogar mahsulot qiymatining 10 foizi boʻyicha yakuniy hisob-kitoblarni 2013-yilning 31-avgustidan kechiktirmay, paxta tolasi sotilgach amalga oshirishi, ushbu muddatlarda javobgar tomonidan toʻlab beriladigan qoʻshimcha 5 foizlik haq va texnik chigit qiymatining 50 foizini toʻlab berishi lozimligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar shartnomaviy majburiyatini lozim darajada bajarganligi, yaʼni 106,0 tonna paxta xom-ashyosini javobgarga topshirganligi, javobgarning 2013-yil hosilidan toʻlanmay qolgan qarzdorligi 35 131 175,92 soʻmni tashkil qilishi, shuningdek daʼvogar Sirdaryo viloyat “Paxta urugʻchiligi” birlashmasining 2016-yil 22-fevraldagi 24-sonli maʼlumotnomasiga koʻra, javobgarga 147,1 tonna urugʻlik paxta topshirganligi, ammo mahsulot qiymatining 40 foizlik qismi boʻyicha javobgar 12 849 632 soʻm toʻlovni amalga oshirmaganligi vaji bilan sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgardan 47 980 808 soʻm asosiy qarz bilan birga shartnomaning 7.3-bandiga asosan 7 197 121 soʻm penya undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi protsessual huquq normalari talablarini buzib, javobgarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish huquqini amalga oshirishga imkon bermasdan, videokonferensaloqa oʻrnatishning imkoni boʻlmaganligini vaj qilib, nizoni oddiy rejimda javobgar vakilining ishtirokisiz mazmunan hal qilib, daʼvoni qisman qanoatlantirish haqida barvaqt xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 1261-moddasining birinchi qismiga koʻra, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2016-yil 28-iyundagi majlisida sud taraflarga nizoni tinch yoʻl bilan hal etish choralarini koʻrish, oʻzaro hisob-kitoblarga solishtirma dalolatnomasi tuzish orqali oydinlik kiritish, shu bilan birga daʼvogarga daʼvo talabiga, javobgarga esa eʼtiroziga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlovchi hujjatlarni taqdim qilish vazifasini yuklab, ish koʻrishda 2016-yil 1-iyul kuni soat 14:30 ga qadar tanaffus eʼlon qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar vakili 2016-yil 1-iyul kuni soat 14:30 da videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan sud majlisida ishtirok etib, oʻz eʼtirozlarini asoslovchi hujjatlarni taqdim qilish orqali javobgar manfaatlarini himoya qilish maqsadida Toshkent shahar xoʻjalik sudiga kelgan, bu holat sudning 2016-yil 1-iyuldagi majlis bayonnomasida ham aks ettirilgan, biroq sud shu kuni soat 1412dan 1632ga qadar Sirdaryo viloyat xoʻjalik sudida elektr taʼminotida uzilish boʻlganligi sababli Toshkent shahar xoʻjalik sudi bilan videokonferensaloqa oʻrnatishning imkoni boʻlmaganligi sababli nizoni javobgar vakili ishtirokisiz, oddiy rejimda hal etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Xoʻjalik sudlari tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli qarorining 11-bandida ishda ishtirok etuvchi taraflardan biri sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga koʻmaklashadigan sudga kelgan boʻlib, lekin ishni koʻrayotgan sud nizoni videokonferensaloqa oʻrnatishning imkoni boʻlmaganligi sababli oddiy rejimda mazmunan hal qilgan boʻlsa, bu holat ishni taraflardan birining ishtirokisiz koʻrishda ifodalangan protsessual huquq normalarining buzilishi sifatida baholanishi va sud hujjatini bekor qilishga asos boʻlishi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli tartibda sud muhokamasining vaqti va joyi xaqida xabardor qilinmagan shaxslarning ishtirokisiz ishni koʻrishga yoʻl qoʻyilmaydi va u hal qiluv qarorini bekor qilish uchun shubhasiz asos boʻladi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi toʻgʻrisida” 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli qarori 29-bandining toʻrtinchi xatboshisida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudi XPK 188-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan hollarda hal qiluv qarori (qaror)ni bekor qilish hamda ishni yangidan koʻrish uchun birinchi yoki apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishga haqli. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida” 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli qarorining 15.2-bandida taʼkidlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 188-moddasi uchinchi qismining 2-bandida ish xoʻjalik sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi, majlis vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilinmagan shaxslardan birortasining yoʻqligida koʻrilgan boʻlsa, bu holat hal qiluv qarorini yoki qarorni bekor qilish uchun asos boʻlishi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni yangidan koʻrishda, birinchi instansiya sudi yuqorida qayd etilgan holatlarga toʻliq huquqiy baho berib, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud majlisi vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabardor qilib, ularning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish huquqini amalga oshirishini taʼminlab, moddiy va protsessual huquq normalariga rioya qilgan holda asoslantirilgan sud hujjati qabul qilishi hamda ishni kassatsiya instansiyasi sudida videokonferensaloqa rejimida koʻrish bilan bogʻliq 30 000 soʻm sud xarajatini undirish masalasini ham hal etishi lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 19-sentabr.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-1605/5322-son