O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-sonli Farmoniga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 13-maydagi PF-4797-sonli Farmoniga muvofiq hamda oliy o‘quv yurtlari rahbar va pedagog kadrlarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirish maqsadida:
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 30-noyabr,
PF-4860-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 30-noyabrdagi PF-4860-sonli Farmoniga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-sonli Farmoniga kiritiladigan o‘zgartishlar va qo‘shimcha
1. Farmonning 2-bandi birinchi xatboshidagi “15” raqami “16” raqamiga almashtirilsin.
2. 1-ilovadagi:
a) “Qaytadan tayyorlash yo‘nalishi” ustuni 6 pozitsiyasidagi “O‘zbek tili va adabiyoti” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) quyidagi mazmundagi 16 pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
|
“ |
16. |
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti |
O‘zbek tili filologiyasi O‘zbek tili va adabiyoti |
”. |
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 48-son, 548-modda)