Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida” yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1999-yil 25-iyun,
315-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1992-yil 17-oktabrdagi 480-son qarorida:
1-bandning uchinchi xatboshida “shahar, nohiya va mahalliy mahalla qoʻmitalari” soʻzlari “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va uni saqlash uchun hisob-kitoblarning kontrakt (shartnoma) tizimiga oʻtish toʻgʻrisida” 1993-yil 17-iyuldagi 363-son qarori 8-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida “mahalla va uy-joy komitetlarini”, “mahalla va uy-joy komitetlarining” soʻzlari tegishlicha “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini”, “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat uy-joy fondi xususiylashtirilishi munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1994-yil 28-iyundagi 325-son qarori bilan tasdiqlangan Turar joylardan va uy atrofidagi yerlardan foydalanish Qoidalarining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 6-son, 34-modda):
37-bandidagi “uy va mahalla qoʻmitalari” soʻzlari “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari” soʻzlari bilan;
41-bandidagi “mahalla qoʻmitalari” soʻzlari “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari” soʻzlari bilan;
44-bandidagi “mahalla qoʻmitalari” soʻzlari “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) 4-bandi birinchi xatboshida “shahar, tuman va qishloq boshqaruv organlarining” soʻzlari “posyolkalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari)ning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 393-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2002-y., 21-son, 172-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari, 1999-y., 6-son, 34-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 21-son, 172-modda;2005-y., 19-20-son, 143-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)