Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ulushi ustuvor boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 17-oktabrdagi PQ-2635-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ulushi ustuvor boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 17-oktabrdagi PQ-2635-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2016-yil 30-dekabr,
421-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 30-dekabrdagi 421-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Davlat korxonalari toʻgʻrisidagi Nizomning 17-bandida:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi xatboshiga “(shu jumladan qurilishi tugallanmaganlarni)” soʻzlaridan keyin “shuningdek davlat korxonasiga tegishli aksiyalarni (ulushlarni)” soʻzlari qoʻshilsin;
yettinchi xatboshiga “(shu jumladan qurilishi tugallanmaganlarni)” soʻzlaridan keyin “shuningdek davlat korxonasiga tegishli aksiyalarni (ulushlarni)” soʻzlari qoʻshilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 1-son, 14-modda; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)