Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.02.2018 24.11.2016 yildagi 393-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.02.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi — uy quruvchining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tavsiyalari asosida 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi 103-sonli “Ariza beruvchi-uy quruvchining 2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish koʻlamlarini kengaytirish hisobiga qishloq aholisining turmush darajasi va sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ariza beruvchi — uy quruvchining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tavsiyalari asosida 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, moliya vaziri R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 24-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
393-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-noyabrdagi 393-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi — uy quruvchining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tavsiyalari asosida 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish uchun fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari tomonidan aniqlanadigan potensial uy quruvchilarning Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylarga boʻlgan ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqib, uy quruvchilarni tanlab olish va ularning ishtirok etishi tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish uchun jalb etilgan xorijiy kreditlar va grantlarni berish shartlarida ushbu Nizomda nazarda tutilgan qoidalardan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro va xorijiy moliyaviy tashkilotlarning tegishli amal qiluvchi hujjatlarida belgilangan qoidalar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oila — boshqa oila yoxud boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) birgalikda yashovchi oila; koʻp bolali oilalar; toʻliq boʻlmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotgan onalar (otalar); tarkibida birinchi guruh nogironi boʻlgan yoxud surunkali kasallikning ogʻir turlaridan azob chekuvchi va qonun hujjatlariga muvofiq alohida xonada yashashga ehtiyoj sezuvchi shaxs boʻlgan oila; kam taʼminlangan oilalar, shuningdek uy-joy maydoni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq boʻlmagan oilalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — qishloq joylarda doimiy yashovchi va uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Dasturda ishtirok etish uchun yozma tavsiya olish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga ariza bergan uy-joyga muhtoj boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan fuqarosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Dasturda ishtirok etish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining yozma tavsiyasini olgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy quruvchi — qishloq joylarda doimiy yashovchi, Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish uchun belgilangan tartibda buyurtmani rasmiylashtirgan, unga nisbatan ishtirok etuvchi tijorat bankining Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joy qurish uchun ipoteka krediti berish toʻgʻrisida ijobiy qarori qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
injiniring kompaniyasi — Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joy qurish uchun uy quruvchi bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha buyurtmachi funksiyasini bajaruvchi “Qishloq qurilish invest” IK MChJ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirok etuvchi tijorat banklari — Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurishni moliyalashtirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er massivi — tegishli aholi punkti uchun ishlab chiqilgan bosh reja asosida Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar hamda ijtimoiy, muhandislik va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari qurish uchun injiniring kompaniyasiga beriladigan yer uchastkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar — hovlidagi imoratlar va obod hovlilar bilan birgalikda ikki, uch qavatli koʻp kvartirali (2-3 xonali) uylar va 0,02 ga oʻlchamli yer uchastkalarida aholi zich tumanlarda joylashtiriladigan hovlisida imoratlari boʻlgan bir qavatli 2 va 3 xonali uylar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozma tavsiya — uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Dasturda ishtirok etish uchun ariza beruvchiga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan yozma tavsiya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining tavsiyalari asosida uy-joy quruvchilarning Dasturdagi ishtiroki ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Talabgorlarni tanlab olish va ijtimoiy ustuvorlik asosida ularga yozma tavsiyalar berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurishda talabgorlarni tanlab olish fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilalarni dastlabki tanlash boʻyicha tizimning shaffofligi va ishonchliligi tamoyilidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ariza beruvchi yozma tavsiyani olish uchun doimiy yashash joyi boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga raisning (oqsoqolning) nomiga ariza beruvchining ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilingan arizani taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga taqdim etiladigan hujjatlarning ishonchliligi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hujjatlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining vakolatli shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda tilxat bilan ariza beruvchiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Arizalar hisobi alohida roʻyxatdan oʻtkazish jurnalida (keyingi oʻrinlarda jurnal deb ataladi) yuritiladi. Jurnal raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining muhri bilan muhrlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir arizaga jurnalda takrorlanmaydigan roʻyxatdan oʻtkazish raqami beriladi. Arizalar jurnalga ketma-ketlikda, ular olinishiga qarab kiritilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani jurnalda dastlab roʻyxatdan oʻtkazmasdan koʻrib chiqish taqiqlanadi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi arizalarni ularning tushishi va jurnalda roʻyxatdan oʻtkazilishi (qayd etilishi) navbatliligiga koʻra koʻrib chiqishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan ariza qabul qilingan va jurnalda roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab ikki ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Arizani koʻrib chiqishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan quyidagi ijtimoiy mezonlar hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ariza beruvchida mulk huquqi bilan turar joyning yoʻqligi va turar joyda ijara shartlarida yoki yashash uchun yaroqsiz turar joyda yashashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqa oila yoki boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) yashashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) koʻp bolali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oilaning kam taʼminlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) bir yoki undan koʻp bola ota-onalardan biri (toʻliq boʻlmagan oila) tomonidan tarbiyalanishi va boqilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ariza beruvchining oila aʼzolari orasida surunkali kasallikning ogʻir turlaridan azob chekuvchi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj boʻlgan shaxslarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ariza beruvchining oila aʼzolari orasida birinchi guruh nogironi mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) uy-joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini, shu jumladan ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi yuzasidan oʻrganadi, oʻrganish yakunlari boʻyicha ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoj amalda mavjudligi yoki yoʻqligi toʻgʻrisida tekshirish dalolatnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tekshirish dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi, uning bir nusxasi imzo qoʻyadigan holda ariza beruvchiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Arizani koʻrib chiqish va uy-joy sharoitlarini oʻrganish natijalari boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi bir ish kuni mobaynida ariza beruvchiga keyinchalik injiniring kompaniyasining va ishtirok etuvchi tijorat bankining filiallariga taqdim etish uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha yozma tavsiya beradi yoki ariza beruvchini rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda yozma tavsiya berilishi rad etilishidan yozma shaklda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yozma tavsiya fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan ariza beruvchiga ikki nusxada beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir nusxasi talabgor tomonidan uning dastlabki shartnomani tuzish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish uchun injiniring kompaniyasining filialiga taqdim etiladi, ikkinchi nusxa esa talabgor tomonidan doimiy yashash joyi boʻyicha ishtirok etuvchi tijorat bankining tegishli filialiga beriladigan ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi arizaga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yozma tavsiyaning toʻgʻriligi va oʻz vaqtida berilishi, shuningdek uni berishning asossiz ravishda rad etilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagi hollarda yozma tavsiya berish ariza beruvchiga rad etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan maʼlumotlar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini, shu jumladan uning ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi yuzasidan oʻrganish yakunlari boʻyicha tuzilgan tekshirish dalolatnomasida ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoj yoʻqligi holatining asosli koʻrsatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Dastur va qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish dasturlari doirasida ilgari qishloq joylarda arzon uy yoki yakka tartibdagi uy olgan uy quruvchining takroriy murojaati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilmagan boshqa asoslar boʻyicha yozma tavsiya berish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yozma tavsiya berish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi rad etishning aniq sabablarini va ariza beruvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda ariza beruvchiga yozma bildirishnoma yuboradi (topshiradi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi yozma tavsiya berish rad etilishining sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat yozma tavsiya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi yozma bildirishnoma olingan kundan boshlab besh ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yozma tavsiya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi yozma bildirishnomada koʻrsatilgan muddat tamom boʻlgandan keyin ariza beruvchi tomonidan berilgan ariza koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yozma tavsiya berish rad etilgan va arizalari ushbu Nizomning 20-bandi asosida koʻrib chiqilmagan ariza beruvchilar ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq yozma tavsiya berish toʻgʻrisidagi takroriy arizani keyingi yilda berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Talabgorlarning arizalarini koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tuman (shahar) hokimining Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish uchun yer uchastkasini injiniring kompaniyasiga berish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan keyin tanlab olingan yer massivlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar injiniring kompaniyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari orqali mahalliy aholi eʼtiboriga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Injiniring kompaniyasining filiali Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish xohishini bildirgan talabgorlarning arizalarini qabul qiladi va koʻrib chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan talablar va muddatlar asosida ular bilan dastlabki shartnomalarni tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Injiniring kompaniyasining filiali bilan dastlabki shartnomalarni tuzgan talabgorlar ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi ariza bilan doimiy yashash joyi boʻyicha ishtirok etuvchi tijorat bankining tegishli filialiga murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi arizada talabgor qurilish uchun ipoteka krediti olishni moʻljallayotgan Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylarning turi koʻrsatilishi kerak. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yozma tavsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kredit olishning maqsadi, taʼminlanganligi, kredit muddati va summasi koʻrsatilgan holda ipoteka krediti olishga buyurtmanoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) talabgor (birgalikda qarz oluvchi)ning pasporti nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yashash joyidan oila tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) talabgor (birgalikda qarz oluvchi)ning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) dastlabki badal jamgʻarma omonat hisob raqamiga joylashtirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va injiniring kompaniyasining filiali bilan tuzilgan dastlabki shartnomaning nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ishtirok etuvchi tijorat bankining filiallari Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 25-maydagi 148-son qarori bilan tasdiqlangan Tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda va Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan talablarga va muddatlarga muvofiq talabgorlarning ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi arizalarini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Talabgorlarni tanlashda ishtirok etuvchi tijorat bankining filiali yozma tavsiyani eʼtiborga olgan holda talabgorlarning kreditga layoqatini baholaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Talabgorlarning kreditga layoqatini baholash natijalari asosida ishtirok etuvchi tijorat bankining filiali bankning unga ipoteka krediti berishni maʼqullashi yoki rad etishi toʻgʻrisidagi qarori haqida talabgorga yozma ravishda xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Talabgor (birgalikda qarz oluvchi)ning kreditga layoqati yetarli boʻlmaganda ipoteka kreditini olish huquqiga navbat tartibida ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi arizani bergan talabgor ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ipoteka krediti berish rad etilgan talabgorlar keyingi yilda ipoteka krediti berish toʻgʻrisida takroran ariza berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi — uy quruvchining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tavsiyalari asosida 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy quruvchilarning fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tavsiyalari asosida 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi — uy quruvchining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tavsiyalari asosida 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq qurilish invest” IK MChJ va ishtirok etuvchi tijorat bankining filiallariga taqdim etish uchun ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoj mavjudligi toʻgʻrisida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YoZMA TAVSIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎№ _______________

‎‎Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joy qurish uchun “Qishloq qurilish invest” IK MChJ filiali bilan dastlabki shartnomani tuzish va ishtirok etuvchi tijorat bankining filialida ipoteka krediti olish uchun
‎‎____________________________________________________________________________________________

‎‎(doimiy yashash joyining manzili koʻrsatiladi)

‎‎manzilida doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi (talabgor) _____________________________
‎‎__________________________________________________________________________________________ga

‎‎(F.I.O.)

berildi.‎
‎‎Ushbu tavsiya _________________________________________________________________________________

‎‎(fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi koʻrsatiladi)

‎‎tomonidan tuzilgan 20____ yil “___”__________ dagi _____-son Ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoj amalda mavjudligi yoki yoʻqligi toʻgʻrisida uy-joy sharoitlarini tekshirish dalolatnomasiga muvofiq berildi. Bunda, ______________________________________________________________________

‎‎(talabgorning F.I.O.)

‎‎quyidagi ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi inobatga olingan:
‎‎1) _________________________________________________________________________________________;
‎‎2) _________________________________________________________________________________________;
‎‎3) _________________________________________________________________________________________.

‎‎(Ariza beruvchi — uy quruvchining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining tavsiyalari asosida 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan ijtimoiy mezonlar koʻrsatiladi)

‎‎Ushbu yozma tavsiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida” PQ-2639-son qaroriga va Ariza beruvchi — uy quruvchining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tavsiyalari asosida 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq berildi.
‎‎Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqol)
‎‎_____________________________________________ __________‎
‎‎Fuqarolar yigʻinining masʼul kotibi
‎‎_____________________________________________ __________‎

M.Oʻ.‎ ‎ ‎

‎‎20___ yil “____”____________________

‎‎(berilgan sana)

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 47-son, 542-modda)