Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2021 03.03.2016 yildagi 78 -q-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi bozorlarda bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining miqdorini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining 2021-yil 3-maydagi 116/24-6-sonli “Andijon viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 28-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1326 sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 24-dekabrdagi “Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorini belgilash toʻgʻrisida”gi № MM/15-02-32-21/20 va № 26/1-1048-sonli qoʻshma qarori talablari asosida viloyat bozorlarida joriy yil uchun bir martalik joy haqi, ijara va boshqa pullik xizmatlar uchun toʻlovlarning minimal miqdorlarini joriy etish hamda Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisidagi Qonunning 6-25-moddalariga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Viloyat moliya boshqarmasi (№ 05-0180; 25.01.16 y.), Davlat soliq boshqarmasi (№ 01-632; 25.01.16 y.) va “Andijon viloyat bozorlari va savdo komplekslari” uyushmasining (№ 1/1-36; 21.01.16 y.) “Viloyat bozorlarida bir martalik joy haqi va pullik xizmatlar koʻrsatish badallariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat bozorlarida yer maydonlari, binolar, inshootlar, boshqa mol-mulk va jihozlarning ijarasi, pullik xizmat toʻlovlari hamda bir martalik joy haqi miqdorlari ilovaga muvofiq belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyat moliya boshqarmasi (M. Sidiqov) viloyat Davlat soliq boshqarmasi (T. Qutiboyev) va “Andijon viloyat bozorlari va savdo komplekslari” uyushmasi (X. Mamarasulov) bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi joriy etilayotgan joy haqi va koʻrsatilgan pullik xizmatlar uchun toʻlovlar miqdorlaridan kelib chiqqan holda bozorlarga oylik va choraklik tushum rejalarini belgilab, ularning bajarilishini hamda 50 foizini mahalliy budjetga yoʻnaltirilishini qatʼiy nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlar va savdo komplekslari tomonidan joy haqi va majburiy xizmatlar toʻlovlarini toʻliq undirilayotganligi ustidan har oyda monitoring kuzatuvi olib borish hamda natijalari yuzasidan viloyat hokimiga axborot kiritib borish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyat teleradiokompaniyasi (I. Zufarov)ga hamda “Andijonnoma” va “Andijanskaya pravda” gazetalari muharririyati (A. Abdullayev)ga viloyat bozorlari va savdo komplekslarida bir martalik joy haqi va pullik xizmat toʻlovlarini yangi joriy etilayotgan miqdorlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Andijon viloyat bozorlari va savdo komplekslari” uyushmasi (X. Mamarasulov)ga barcha turdagi bozorlar va savdo komplekslarining rahbarlari bilan birgalikda yangi tasdiqlangan “Viloyatdagi bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlari toʻgʻrisida”gi maʼlumotlarni bozorlar va savdo komplekslarining barcha kirish joylariga ilib qoʻyish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan viloyat hokimining 2015-yil 28-fevraldagi “Viloyatdagi bozorlarda bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorini belgilash toʻgʻrisida”gi 55-Q sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror loyihasi viloyat hokimligining Veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari A. Egamberdiyev va viloyat hokimligining axborot-tahlil guruhi rahbari B. Yuldashev zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim Sh. ABDURAXMONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 3-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78-q-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyat hokimining 2016-yil 3-martdagi 78-q-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi bozorlarda bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining miqdorini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Sh. Sheraliyev

—

viloyat hokimligining umumiy boʻlimiga — 2 nusxa

A. Egamberdiyev

—

viloyat hokimligining iqtisodiyot va ijtimoiy masalalari boʻyicha kotibiyatiga — 1 nusxa

Sh. Nishanov

—

viloyat hokimligining axborot-tahlil guruhiga — 1 nusxa

B. Yuldashev

—

viloyat adliya boshqarmasi — 1 nusxa

M. Mamadaliyev

—

viloyat moliya boshqarmasiga — 1 nusxa

A. Abdullayev

—

viloyat soliq boshqarmasiga — 1 nusxa

B. Muxtorov

—

“Andijon viloyat bozorlari va savdo komplekslari” uyushmasiga — 1 nusxa

B. Ibrohimjonov

—

Viloyat teleradiokompaniyasiga — 1 nusxa

—

“Andijonnoma” va “Andijanskaya pravda” gazetalari muharririyatiga — 1 nusxa

—

shaharlar va tumanlar hokimliklariga — 16 nusxa

—

Jami 26 nusxa