Andijon viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-fevraldagi PQ-2487-sonli qarori haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-fevraldagi PQ-2487-sonli qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib hamda 2016-yilni “Sogʻlom ona va bola yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
* Ilova berilmaydi.
2. Viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Sh. Sheraliyev, oʻrinbosarlari A. Egamberdiyev, Sh. Tursunov, M. Yunusovalarga hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha yordamchisi A. Nurmatov bilan birgalikda viloyat dasturining barcha yoʻnalishlarida belgilangan chora-tadbirlarni oʻz muddatida, toʻliq va sifatli bajarilishini taʼminlash topshirilsin.
3. Viloyat hokimining 2016-yil 15-fevraldagi 47-q sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sogʻlom ona va bola yili” viloyat dasturini ishlab chiqish, bajarilishini tashkil etish va monitoringini amalga oshirish boʻyicha viloyat komissiyasi (M. Yunusova)ga:
viloyat dasturini har bir bandini bajarilishini tizimli nazorat qilish va muvofiqlashtirib borish;
viloyat dasturini amalga oshirish davomida mavjud muammolar va ularning yechimi toʻgʻrisida viloyat komissiyasiga axborot hamda takliflar kiritib borish;
har chorak yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga Davlat dasturida koʻzda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi boʻyicha maʼlumot kiritib borilishini taʼminlash vazifalari yuklatilsin.
4. Shaharlar, tumanlar hokimlariga:
bir hafta muddatda “Sogʻlom ona va bola yili” hududiy dasturlarini ishlab chiqish va viloyat komissiyasiga taqdim etish;
hududiy dasturlarni bajarilishini taʼminlashda va monitoringini olib borishda shaharlar, tumanlar komissiyalari tomonidan tizimli monitoring olib borilishini alohida nazorat qilib borish;
har chorak yakunlari boʻyicha hududiy dasturning ijrosi yuzasidan viloyat komissiyasiga maʼlumot taqdim etib borish vazifalari topshirilsin.
5. Viloyat hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha yordamchisi A. Nurmatovga viloyatdagi ommaviy axborot vositalari tomonidan “Sogʻlom ona va bola yili” davlat dasturining mazmun-mohiyatini va unda belgilangan vazifalarni yoritib borish topshirilsin.
6. Mazkur qaror viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin hamda rasmiy nashrlarda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiritilsin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Sh. Sheraliyev, oʻrinbosarlari A. Egamberdiyev, M. Yunusova (yigʻin), Sh. Tursunov zimmalariga yuklatilsin.
Xokim Sh.ABDURAXMONOV
Andijon sh.,
2016-yil 23-fevral,
53-q-son