21.11.2016 yildagi PQ-2659-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stomatologiya sohasida tibbiyot kadrlari tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stomatologiya sohasida yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, boʻlajak stomatolog-mutaxassislarni nazariy tayyorlash sifatini oshirish hamda ular tomonidan amaliy koʻnikmalarni egallashi maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Toshkent davlat stomatologiya institutining Andijon, Buxoro, Samarqand va Nukus filiallarini tugatish hamda ularning negizida Andijon, Buxoro, Samarqand tibbiyot institutlari va Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filialida tegishli ravishda stomatologiya fakultetlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi 2016-yilning 1-dekabrigacha boʻlgan muddatda belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat stomatologiya institutining filiallarini tugatish va ularning negizida Andijon, Buxoro, Samarqand tibbiyot institutlari va Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filialida stomatologiya fakultetlarini tashkil etish chora-tadbirlari kompleksi amalga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan Toshkent davlat stomatologiya institutining filiallarida oʻqiyotgan talabalar kontingentini tegishli ravishda Andijon, Buxoro, Samarqand tibbiyot institutlari va Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali stomatologiya fakultetlariga oʻtkazilishini hamda ular taʼlim olayotgan, davlat grantlari yoki toʻlov-shartnoma asosida oʻqish shakllari saqlab qolinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon, Buxoro, Samarqand tibbiyot institutlari va Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali stomatologiya fakultetlarini tugatilayotgan Toshkent davlat stomatologiya instituti filiallarining xodimlari hisobidan malakali pedagog va boshqa kadrlar bilan butlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan Toshkent davlat stomatologiya instituti filiallarining binolari, inshootlari, uskunalari, anjomlari, oʻquv va metodik adabiyotlari, hujjatlari, boshqa mulk va aktivlari tegishli ravishda Andijon, Buxoro, Samarqand tibbiyot institutlari va Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filialiga oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon, Buxoro, Samarqand tibbiyot institutlari va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialining 2016-yilgi shtat jadvali va xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Andijon, Buxoro, Samarqand tibbiyot institutlari va Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali tugatilayotgan Toshkent davlat stomatologiya institutining Andijon, Buxoro, Samarqand va Nukus filiallarining huquqlari, shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha tegishli ravishda huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stomatologiya fakultetlarining oʻqituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini muntazam oshirib borishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida, axborot va multimediya uskunalaridan foydalangan holda stomatologiya boʻyicha oʻquv jarayonini samarali tashkil etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stomatologiya, jagʻ-yuz jarrohligi sohasi va boshqa tegishli yoʻnalishlarda ilmiy-amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Buxoro va Samarqand viloyati hokimliklari bilan birgalikda tugatilayotgan Toshkent davlat stomatologiya instituti filiallarining ishdan ozod etilgan xodimlarini ishga joylashtirish boʻyicha belgilangan tartibda choralar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining tasdiqlangan ajratilgan xarajatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat stomatologiya institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 2014-yil 22-iyuldagi PQ-2215-sonli qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 21-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2659-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-noyabrdagi PQ-2659-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat stomatologiya institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 2014-yil 22-iyuldagi PQ-2215-sonli qaroriga kiritiladigan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2-bandning toʻrtinchi xatboshidagi, 9 va 10-bandlardan “va uning filiallari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1-ilovada “Andijon filiali”, “Buxoro filiali”, “Samarqand filiali” va “Nukus filiali” bloklari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 47-son, 539-modda)