ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish muddatlari |
Moliyalashtirish manbai |
Masʼul bajaruvchilar |
|
I. Sportning gimnastika turlarini ommalashtiruvchi bolalar-oʻsmirlar sport maktablari ishlari samaradorligini oshirish | ||||
|
1. |
Gimnastikachilar tayyorlashning ilmiy-metodik va tibbiy taʼminotining zamonaviy tizimini ishlab chiqish va joriy etish, ularni butun trenirovka va musobaqalar davri davomida qoʻshimcha kompleks guruhlar (xoreograf, akrobat, postanovkachi trener, massajchi, vrach) bilan taʼminlash. |
2017-yil |
- |
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Gimnastika federatsiyasi |
|
2. |
Ilgʻor ilmiy, konstruktorlik, ilmiy-metodik, tibbiy-biologik ishlanmalarni ishlab chiqish va sportning gimnastika turlarini ommalashtiruvchi sport maktablarining ishlash amaliyotiga joriy etish. |
2017-yil |
- |
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
3. |
Istiqbolli sport rezervini izlash va tanlab olish, sport ilm-fani va sport tibbiyoti yutuqlarini hisobga olgan holda yuqori klassli sportchilarni tayyorlash. |
Doimiy ravishda |
- |
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, Xalq taʼlimi vazirligi, Gimnastika federatsiyasi |
|
4. |
Respublikaning gimnastika boʻyicha sportchilarini tizimlashtirish va hisobga olish uchun yagona axborot-tahlil bazasini yaratish. |
2017-yil |
Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi |
Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi |
|
5. |
Sportning gimnastika turlarini ommalashtiruvchi bolalar-oʻsmirlar sport maktablari trenerlari va mutaxassislarining kasb darajasini oshirish. |
Doimiy ravishda |
- |
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, Gimnastika federatsiyasi |
|
6. |
Sportchilarni — bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining sport mahoratini takomillashtirish va oliy sport mahorati guruhlarida shugʻullanayotgan oʻquvchilarini Xalqaro gimnastika federatsiyasi tomonidan sertifikatlangan sport kiyim-boshi, sport asbob-uskunalari va anjomlari bilan taʼminlash. |
Doimiy ravishda |
Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi |
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi |
|
7. |
Bolalar va yoshlarni sportning gimnastika turlari bilan shugʻullanishga keng jalb etish uchun respublika aholisining keng qatlamlari oʻrtasida sportning gimnastika turlarini doimiy ravishda faol targʻib qilish va ommalashtirish. |
Doimiy ravishda |
- |
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi |
|
II. Sportning gimnastika turlari boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mavjud sport inshootlarini rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish hamda ularni jihozlash | ||||
|
1. |
Idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, respublika sport-taʼlim muassasalarida sportning gimnastika turlari boʻyicha boʻlimlarni xatlovdan oʻtkazish. |
2016-yil dekabr |
- |
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi |
|
2. |
Gimnastika boʻyicha BOʻIROZSM uchun trenirovka jarayonini oʻtkazishda barcha xavfsizlik talablariga rioya etgan holda sport gimnastikasi ixtisoslashtirilgan zalini qurish va jihozlash. |
2017-yil |
Toshkent shahri hokimligi, homiylar va Gimnastika federatsiyasi mablagʻlari |
Toshkent shahri hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Gimnastika federatsiyasi |
|
3. |
Andijon shahrida gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan sport maktabida: trenirovka jarayonini oʻtkazishda qoʻyiladigan barcha xavfsizlik talablariga rioya etgan holda trampolin uchun ixtisoslashtirilgan zalni qurish va jihozlash; sport gimnastikasi boʻyicha mavjud zallarni va xoreografiya zalini sport inshootlaridagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativ maishiy sharoitlariga, shuningdek trenirovka jarayoni xavfsizligi boʻyicha talablarga muvofiqlashtirish. |
2017-yil dekabr |
Andijon viloyati hokimligi, Gimnastika federatsiyasi va homiylar mablagʻlari |
Andijon viloyati hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi |
|
4. |
Respublika olimpiya zaxirasi kollejining; Namangan va Fargʻona olimpiya zaxirasi kollejlarining; Buxoro shahridagi 1-bolalar-oʻsmirlar sport maktabining; Toshkent shahridagi gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan sport maktabining sport zallarini tegishli xalqaro standartlar talablariga muvofiq boʻlgan zamonaviy gimnastika uskunalari bilan jihozlash va qoʻshimcha jihozlash. |
2016 — 2019-yillar |
Toshkent shahri, Namangan, Fargʻona, Buxoro viloyatlari hokimliklari, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi va Gimnastika federatsiyasi mablagʻlari |
Namangan, Fargʻona, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi |
|
5. |
Namangan shahridagi gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan sport maktabini mukammal taʼmirlash va qoʻshimcha jihozlash. |
2017-yil |
Namangan viloyati hokimligi mablagʻlari |
Namangan viloyati hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi |
|
6. |
Namangan va Fargʻona olimpiya zaxirasi kollejlarining sport zallarini isitish va shamollatishning energiyadan samarali foydalaniladigan tizimi bilan jihozlash. |
2016-2017-yillar |
Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari hamda homiylar mablagʻlari |
Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari , Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi |
|
7. |
Fargʻona shahridagi gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan sport maktabini rekonstruksiya qilish va jihozlash. |
2018-yil |
Fargʻona viloyati hokimligi mablagʻlari |
Fargʻona viloyati hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Gimnastika federatsiyasi |
|
8. |
Respublika olimpiya zaxirasi kollejining sport gimnastika zalini mukammal taʼmirlash. |
2017-yil iyun |
Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Toshkent shahri hokimligi, Gimnastika federatsiyasi |
|
III. Malakali kadrlar — trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislar tayyorlash | ||||
|
1. |
Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi huzurida Sportning gimnastika turlari boʻyicha respublika trenerlar va hakamlar maktabini tashkil etish. |
2017-yil mart |
Gimnastika federatsiyasi va homiylar mablagʻlari |
Gimnastika federatsiyasi |
|
2. |
Osiyo gimnastika uyushmasi (AGU), Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIG), Xalqaro gimnastika akademiyasi tomonidan tashkil etiladigan kurslar, seminarlar va mahorat saboqlarida sportning gimnastika turlari boʻyicha trenerlar va hakamlar va boshqa mutaxassislar malakasini oshirish. |
doimiy ravishda |
Sportning gimnastika turlari boʻyicha respublika trenerlar va hakamlar maktabi, Gimnastika federatsiyasi va homiylar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Gimnastika federatsiyasi |
|
3. |
Sportning gimnastika turlari boʻyicha trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislar uchun, shuningdek sportning olimpiya turlari boʻyicha terma komandalarni tayyorlashda bevosita qatnashish uchun seminarlar, leksiyalar, konsultatsiyalar oʻtkazishga yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etish. |
doimiy ravishda |
Sportning gimnastika turlari boʻyicha respublika trenerlar va hakamlar maktabi, Gimnastika federatsiyasi va homiylar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Gimnastika federatsiyasi |