18.11.2016 yildagi 388-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.11.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida sportning gimnastika turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 7-noyabrdagi PQ-2654-son qaroriga muvofiq hamda gimnastikani yanada rivojlantirish va sportning gimnastika turlarini ommalashtirish sport bazalarining moddiy-texnika holatini mustahkamlash, bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida, gimnastika boʻyicha terma jamoalarda oʻquv-trenirovka jarayonining yuqori sifatini taʼminlash, gimnastikachi sportchilar, trenerlar va hakamlarning mahorat darajasi hamda malakasini doimiy oshirib borish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek respublika aholisi keng qatlamlari oʻrtasida sportning gimnastika turlarini faol targʻib qilish va ommalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sportning gimnastika turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) ilovaga muvofiq maʼqullansin, Dastur quyidagilarni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar-oʻsmirlar sport maktablari ishlari samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-trenirovka jarayonini oʻtkazishning xavfsizlik talablariga muvofiq sportning gimnastika turlari boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining faoliyat koʻrsatayotgan sport inshootlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni rekonstruksiya qilish, xalqaro standartlar talablariga javob beradigan zarur maxsus uskunalar va anjomlar bilan jihozlash, shuningdek zarur zamonaviy infratuzilma yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-trenirovka jarayoniga toʻlaqonli ilmiy-metodik rahbarlikni va uning yuqori sifatini, xalqaro maydonlarda yuqori koʻrsatkichlarga erishish uchun sportning gimnastika turlarini rivojlantirishda izchillikni taʼminlash yuklanadigan malakali trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlariga Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzurida Gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabida (keyingi oʻrinlarda Gimnastika boʻyicha BOʻIROZSM deb ataladi) sport gimnastikasi va trampolin boʻlimlarini ochish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trenirovka jarayonini oʻtkazishda qoʻyiladigan barcha xavfsizlik talablariga rioya etgan holda Gimnastika boʻyicha BOʻIROZSMda ixtisoslashtirilgan sport gimnastikasi zalini qurish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ixtisoslashtirilgan sport gimnastikasi zalini qurish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ — bosh loyihalash tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ToshIESqurilish” UK — pudrat tashkiloti etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahri hokimligi ixtisoslashtirilgan sport gimnastikasi zalini qurish uchun Gimnastika boʻyicha BOʻIROZSMga belgilangan tartibda zarur yer uchastkasi ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasiga bir oy muddatda Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi huzuridagi Sportning gimnastika turlari boʻyicha respublika trenerlar va hakamlar maktabining ustavini tasdiqlash, shuningdek belgilangan tartibda uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent shahri hokimligi hamda Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasining Gimnastika boʻyicha BOʻIROZSMning Toshkent shahri, X.Yusupov koʻchasi, 103a-uy manzilida joylashgan binosini Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasiga tekin foydalanish uchun berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga koʻrsatib oʻtilgan binoning berilishini, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi esa binoning belgilangan tartibda qabul qilib olinishini hamda undan samarali foydalanilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi bilan birgalikda — respublikada sportning gimnastika turlarini rivojlantirish va ommalashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning ommaviy axborot vositalarida muntazam va tizimli ravishda faol yoritilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 5-apreldagi 96-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-son, 20-modda) 2-ilovaning 25-bandidagi “badiiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.I. Ikramov va U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 18-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
388-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 18-noyabrdagi 388-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportning gimnastika turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddatlari

Moliyalashtirish manbai

Masʼul bajaruvchilar

I. Sportning gimnastika turlarini ommalashtiruvchi bolalar-oʻsmirlar sport maktablari ishlari samaradorligini oshirish

1.

Gimnastikachilar tayyorlashning ilmiy-metodik va tibbiy taʼminotining zamonaviy tizimini ishlab chiqish va joriy etish, ularni butun trenirovka va musobaqalar davri davomida qoʻshimcha kompleks guruhlar (xoreograf, akrobat, postanovkachi trener, massajchi, vrach) bilan taʼminlash.

2017-yil

-

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Gimnastika federatsiyasi

2.

Ilgʻor ilmiy, konstruktorlik, ilmiy-metodik, tibbiy-biologik ishlanmalarni ishlab chiqish va sportning gimnastika turlarini ommalashtiruvchi sport maktablarining ishlash amaliyotiga joriy etish.

2017-yil

-

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, Sogʻliqni saqlash vazirligi

3.

Istiqbolli sport rezervini izlash va tanlab olish, sport ilm-fani va sport tibbiyoti yutuqlarini hisobga olgan holda yuqori klassli sportchilarni tayyorlash.

Doimiy ravishda

-

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, Xalq taʼlimi vazirligi, Gimnastika federatsiyasi

4.

Respublikaning gimnastika boʻyicha sportchilarini tizimlashtirish va hisobga olish uchun yagona axborot-tahlil bazasini yaratish.

2017-yil

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

5.

Sportning gimnastika turlarini ommalashtiruvchi bolalar-oʻsmirlar sport maktablari trenerlari va mutaxassislarining kasb darajasini oshirish.

Doimiy ravishda

-

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, Gimnastika federatsiyasi

6.

Sportchilarni — bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining sport mahoratini takomillashtirish va oliy sport mahorati guruhlarida shugʻullanayotgan oʻquvchilarini Xalqaro gimnastika federatsiyasi tomonidan sertifikatlangan sport kiyim-boshi, sport asbob-uskunalari va anjomlari bilan taʼminlash.

Doimiy ravishda

Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi

7.

Bolalar va yoshlarni sportning gimnastika turlari bilan shugʻullanishga keng jalb etish uchun respublika aholisining keng qatlamlari oʻrtasida sportning gimnastika turlarini doimiy ravishda faol targʻib qilish va ommalashtirish.

Doimiy ravishda

-

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

II. Sportning gimnastika turlari boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mavjud sport inshootlarini rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish hamda ularni jihozlash

1.

Idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, respublika sport-taʼlim muassasalarida sportning gimnastika turlari boʻyicha boʻlimlarni xatlovdan oʻtkazish.

2016-yil dekabr

-

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

2.

Gimnastika boʻyicha BOʻIROZSM uchun trenirovka jarayonini oʻtkazishda barcha xavfsizlik talablariga rioya etgan holda sport gimnastikasi ixtisoslashtirilgan zalini qurish va jihozlash.

2017-yil

Toshkent shahri hokimligi, homiylar va Gimnastika federatsiyasi mablagʻlari

Toshkent shahri hokimligi,

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Gimnastika federatsiyasi

3.

Andijon shahrida gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan sport maktabida:

trenirovka jarayonini oʻtkazishda qoʻyiladigan barcha xavfsizlik talablariga rioya etgan holda trampolin uchun ixtisoslashtirilgan zalni qurish va jihozlash;

sport gimnastikasi boʻyicha mavjud zallarni va xoreografiya zalini sport inshootlaridagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativ maishiy sharoitlariga, shuningdek trenirovka jarayoni xavfsizligi boʻyicha talablarga muvofiqlashtirish.

2017-yil dekabr

Andijon viloyati hokimligi, Gimnastika federatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Andijon viloyati hokimligi,

Madaniyat va sport ishlari vazirligi

4.

Respublika olimpiya zaxirasi kollejining;

Namangan va Fargʻona olimpiya zaxirasi kollejlarining;

Buxoro shahridagi 1-bolalar-oʻsmirlar sport maktabining;

Toshkent shahridagi gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan sport maktabining sport zallarini tegishli xalqaro standartlar talablariga muvofiq boʻlgan zamonaviy gimnastika uskunalari bilan jihozlash va qoʻshimcha jihozlash.

2016 — 2019-yillar

Toshkent shahri, Namangan, Fargʻona, Buxoro viloyatlari hokimliklari, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi va Gimnastika federatsiyasi mablagʻlari

Namangan, Fargʻona, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi

5.

Namangan shahridagi gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan sport maktabini mukammal taʼmirlash va qoʻshimcha jihozlash.

2017-yil

Namangan viloyati hokimligi mablagʻlari

Namangan viloyati hokimligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi

6.

Namangan va Fargʻona olimpiya zaxirasi kollejlarining sport zallarini isitish va shamollatishning energiyadan samarali foydalaniladigan tizimi bilan jihozlash.

2016-2017-yillar

Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari hamda homiylar mablagʻlari

Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari , Madaniyat va sport ishlari vazirligi

7.

Fargʻona shahridagi gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan sport maktabini rekonstruksiya qilish va jihozlash.

2018-yil

Fargʻona viloyati hokimligi mablagʻlari

Fargʻona viloyati hokimligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Gimnastika federatsiyasi

8.

Respublika olimpiya zaxirasi kollejining sport gimnastika zalini mukammal taʼmirlash.

2017-yil iyun

Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat va sport ishlari vazirligi,

Toshkent shahri hokimligi,

Gimnastika federatsiyasi

III. Malakali kadrlar — trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislar tayyorlash

1.

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi huzurida Sportning gimnastika turlari boʻyicha respublika trenerlar va hakamlar maktabini tashkil etish.

2017-yil mart

Gimnastika federatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Gimnastika federatsiyasi

2.

Osiyo gimnastika uyushmasi (AGU), Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIG), Xalqaro gimnastika akademiyasi tomonidan tashkil etiladigan kurslar, seminarlar va mahorat saboqlarida sportning gimnastika turlari boʻyicha trenerlar va hakamlar va boshqa mutaxassislar malakasini oshirish.

doimiy ravishda

Sportning gimnastika turlari boʻyicha respublika trenerlar va hakamlar maktabi, Gimnastika federatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Gimnastika federatsiyasi

3.

Sportning gimnastika turlari boʻyicha trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislar uchun, shuningdek sportning olimpiya turlari boʻyicha terma komandalarni tayyorlashda bevosita qatnashish uchun seminarlar, leksiyalar, konsultatsiyalar oʻtkazishga yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etish.

doimiy ravishda

Sportning gimnastika turlari boʻyicha respublika trenerlar va hakamlar maktabi, Gimnastika federatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Gimnastika federatsiyasi

Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 46-son, 532-modda; 2017-y., 20-son, 367-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son)