11.11.2014 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab berish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki davlat oʻrtasida jinoyatchilikka barham berishda yanada samarali hamkorlikni taʼminlash va shu maqsadda ayblanuvchi va mahkumlarni ushlab berish toʻgʻrisida shartnoma tuzish istagini bildirib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ushlab berish majburiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon mazkur Shartnoma qoidalariga muvofiq soʻrayotgan Tomon hududida qidirilayotgan har qanday shaxsni ushlab berish uchun asos boʻladigan jinoyat boʻyicha tergov qilish, javobgarlikka tortish yoki hukmni ijro etish uchun boshqa Tomonga ushlab berishga rozilik bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Aloqa vositalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Shartnoma maqsadlarida Tomonlar belgilagan Markaziy organlar ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovlarga oid masalalar yuzasidan bir-birlari bilan diplomatik kanallar orqali aloqa qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi uchun Bosh prokuratura va Birlashgan Arab Amirliklari uchun Adliya vazirligi Markaziy organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlardan biri oʻz Markaziy organini oʻzgartirgan taqdirda, u bunday oʻzgarishlar haqida boshqa Tomonni diplomatik kanallar orqali yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ushlab berish uchun asos boʻladigan jinoyatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Shartnoma maqsadlarida, ushlab berish uchun asos boʻladigan jinoyatlar har ikkala Tomon qonunchiligiga muvofiq, sodir etilgani uchun bir yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki yanada ogʻirroq jazo qoʻllanilishi koʻzda tutilgan jinoyatlardir. Agar ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov shu turdagi jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish yoxud u bilan bogʻliq boshqa xildagi jazo boʻyicha hukmni ijro etish maqsadida qidirilayotgan shaxsga nisbatan qaratilgan boʻlsa, ushlab berish tayinlangan jazoning tugashiga kamida olti (6) oy muddat qolgan hollardagina amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandiga koʻra harakat yoki harakatsizlikni har ikkala Tomon qonunchiligiga muvofiq jinoiy jazolanadigan qilmish deb topishda quyidagilar ahamiyat kasb etmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Tomonlar qonunchiligiga muvofiq jinoiy qilmishning ayni turdagi jinoyatlar guruhiga mansubligi yoki bir xil atama bilan nomlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soʻrayotgan Tomon bayon etgan harakat yoki harakatsizliklar majmui inobatga olinishi lozimligi anglashilgan holda, Tomonlar qonunchiligiga muvofiq jinoyatni tashkil etuvchi belgilarning farq qilayotganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Basharti ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov har ikkala Tomon qonunchiligiga binoan jazolanadigan bir nechta alohida jinoyatlarga doir boʻlib, bunday jinoyatlarning baʼzilari mazkur moddaning 1-bandida koʻzda tutilgan boshqa shartlarga javob bermasa, shaxsni ushlab berish uchun asos boʻladigan kamida bir jinoyat mavjud boʻlgan taqdirda soʻralayotgan Tomon ushbu boshqa jinoyatlar uchun ham ushlab berishga ruxsat berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Rad qilish uchun majburiy asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab berish quyidagi hollarda rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qidirilayotgan shaxs soʻralayotgan Tomon fuqarosi boʻlsa. Mazkur asosga koʻra ushlab berish rad qilingan taqdirda, soʻralayotgan Tomon boshqa Tomonning soʻroviga binoan, jinoyati uchun ushlab berilishi talab qilingan shaxsga nisbatan tegishli chora koʻrish maqsadida jinoyat ishini oʻzining vakolatli organlariga taqdim qiladi. Soʻralayotgan Tomon soʻrovga asosan soʻrayotgan Tomonga har qanday koʻrilgan choralar va jinoyat ishi natijalari toʻgʻrisida xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushlab berish soʻralishiga sabab boʻlayotgan qilmish siyosiy xususiyatga ega jinoyat boʻlsa, bunda mazkur Shartnoma qoidalarini koʻllashda quyidagi jinoyatlar siyosiy jinoyatlar sifatida eʼtirof etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Oʻzbekiston Respublikasi uchun: Davlat Prezidentiga, Hukumat rahbariga yoki Parlament palatalari rahbarlari va ularning oila aʼzolariga tajovuz qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Arab Amirliklari uchun: Davlat Prezidentiga, uning oʻrinbosariga yoki Hukumat rahbariga yoxud ularning oila aʼzolariga, Oliy Kengash aʼzolariga yoki ularning oila aʼzolariga tajovuz qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) terrorizm jinoyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) har ikkala Tomon aʼzo boʻlgan xalqaro shartnomalarda belgilangan va ular uchun tomonlarga javobgarlikka tortish yoki ushlab berish majburiyati yuklangan har qanday jinoyat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) soʻralayotgan Tomon ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov shaxsning irqi, dini, millati yoki siyosiy qarashlari uchun taʼqib qilish yoki jazolash maqsadida yuborilgan deb yoxud ushbu sabablarning birortasi boʻyicha uning holati yomonlashishiga olib kelishi mumkin deb hisoblashi uchun yetarli asoslarga ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ushlab berish soʻralishiga sabab boʻlayotgan qilmish harbiy jinoyat boʻlib, umumiy jinoyat huquqi boʻyicha jinoyat deb hisoblanmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ushlab berish soʻralishiga sabab boʻlayotgan jinoyati uchun shaxs ustidan soʻralayotgan Tomonda yakuniy sud hukmi chiqarilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) soʻrayotgan Tomonning sud hukmi shaxsning ishtirokisiz sirtdan chiqarilgan boʻlib, mahkum sud muhokamasi haqidagi tegishli xabarnomani olmagan boʻlsa yoki oʻzini himoya qilishni taʼminlash imkoniga ega boʻlmagan boʻlsa hamda takroriy sud muhokamasida ishtirok etish uchun unda imkoniyat boʻlmasa yoki boʻlmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Tomonlardan birining qonunchiligiga muvofiq, ushlab berish uchun qidirilayotgan shaxs javobgarlikka tortish muddatining oʻtib ketganligi munosabati bilan yoki boshqa har qanday qonuniy asoslarga koʻra jinoiy javobgarlik va jazodan ozod etilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Rad qilish uchun ixtiyoriy asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab berish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushlab berish qidirilayotgan shaxsning yoshi yoki sogʻligʻi tufayli uning uchun jiddiy oqibatlarga olib keladigan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushlab berish soʻralishiga sabab boʻlayotgan jinoyat soʻralayotgan Tomon qonunchiligiga binoan toʻliq yoki qisman ushbu Tomon hududida sodir etilgan deb hisoblansa. Mazkur asosga koʻra ushlab berish rad qilingan taqdirda soʻralayotgan Tomon, basharti boshqa Tomon buni iltimos qilsa, jinoyati uchun ushlab berilishi soʻralayotgan shaxsga nisbatan tegishli choralar koʻrish maqsadida jinoyat ishini oʻzining vakolatli organlariga topshirishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) ushlab berish soʻralishiga sabab boʻlayotgan jinoyat ikkala Tomon hududidan tashqarida sodir etilgan boʻlsa hamda soʻralayotgan Tomon qonunchiligi oʻz hududidan tashqarida oʻxshash holatlarda sodir etilgan bunday jinoyatga tatbiq etilmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ushlab berish soʻralishiga sabab boʻlayotgan jinoyati uchun shaxsga nisbatan soʻralayotgan Tomonda jinoyat ishi olib borilayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ushlab berish soʻralishiga sabab boʻlayotgan jinoyati uchun shaxsga nisbatan soʻralayotgan Tomonning vakolatli organlari jinoiy ish koʻzgʻatishni rad qilish yoki uni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Oʻlim jazosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushlab berish soʻralishiga sabab boʻlayotgan jinoyat uchun soʻrayotgan Tomon qonunchiligida oʻlim jazosi belgilangan boʻlib, soʻralayotgan Tomon qonunchiligida bunday jazo nazarda tutilmagan boʻlsa, soʻralayotgan Tomon ushlab berishni rad qilishi mumkin, basharti soʻrayotgan Tomon oʻlim jazosi tayinlangan taqdirda uning ijro etilmasligini kafolatlamasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Soʻrov va zarur hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov yozma tarzda tuzilib, quyidagilar bilan birga taqdim qilinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soʻrayotgan organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soʻralayotgan organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) ushlab berish uchun qidirilayotgan shaxsning ismi, familiyasi, otasining ismi, yoshi, jinsi, fuqaroligi, faoliyat turi, yashash yoki turar joyi va uning shaxsini aniqlashda foydali boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday boshqa maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) jinoyat ishining nomi, shu jumladan sodir etilgan jinoyat holatlari va uning oqibatlari bayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) jinoiy qilmish va uning uchun tayinlanadigan jazoni hamda javobgarlikka tortish yoki hukmni ijro etish muddatlarini belgilovchi qonunchilikning tegishli qoidalari matni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) ushlab berish uchun qidirilayotgan shaxs koʻrinishining tavsifi va agar imkoni boʻlsa, uning fotosurati va barmoq izlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) basharti ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida yuborilayotgan boʻlsa, soʻrayotgan Tomonning vakolatli organi tomonidan berilgan qamoqqa olishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi hujjatning tasdiqlangan nusxasi va soʻroq qilish bayonnomasining rasmiy nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) basharti ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov hukmni ijro etish maqsadida yuborilayotgan boʻlsa, sud hukmi, uning qonuniy kuchga kirganligi va jazoning oʻtalgan qismi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov va unga ilova qilinadigan hujjatlar soʻrayotgan Tomonning vakolatli shaxsi tomonidan imzolangan va vakolatli organi rasmiy muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Qaror qabul qilish va ushlab topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻralayotgan Tomon ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovni oʻz qonunchiligiga muvofiq koʻrib chiqadi va oʻz qarori haqida soʻrayotgan Tomonga zudlik bilan maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushlab berish rad qilingan taqdirda, soʻralayotgan Tomon rad qilish sabablari haqida soʻrayotgan Tomonni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushlab berish qanoatlantirilgan taqdirda, Tomonlar ushlab berilayotgan shaxsni topshirish sanasi, joyi va vaqtini hamda ushbu soʻrovni bajarish bilan bogʻliq boshqa tegishli masalalarni kelishib oladilar. Soʻralayotgan Tomon ushlab berilayotgan shaxs topshirilguniga qadar hibsda saqlangan muddat toʻgʻrisida soʻrayotgan Tomonni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar soʻrayotgan Tomon ushlab berilayotgan shaxsni topshirish uchun belgilangan sanadan eʼtiboran oʻttiz (30) kun ichida qabul qilib olmasa, soʻralayotgan Tomon mazkur shaxsni darhol ozod qilishi lozim hamda soʻrayotgan Tomonning ayni shu jinoyat uchun ushlab berish haqidagi yangi soʻrovini rad qilishi mumkin, mazkur moddaning 5-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar Tomonlardan biri oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra ushlab berilayotgan shaxsni kelishilgan muddatda topshirish yoki qabul qilish imkoniga ega boʻlmasa, boshqa Tomon bu haqda darhol xabardor qilinishi lozim. Bunday holatda Tomonlar ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovni bajarish bilan bogʻliq tegishli masalalarni yana bir bor kelishib oladilar va bundan soʻng mazkur moddaning 4-bandi qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov qanoatlantirilgan taqdirda, soʻrayotgan Tomon soʻralayotgan Tomonning iltimosiga binoan, uni ushlab berilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishini koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida xabardor qiladi. Hukm chiqarilgan taqdirda, soʻrayotgan Tomon soʻralayotgan Tomonning iltimosiga binoan, unga qonuniy kuchga kirgan sud hukmining tasdiqlangan nusxasini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Qoʻshimcha maʼlumot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soʻralayotgan Tomon ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovda keltirilgan maʼlumot mazkur Shartnomaga binoan ushlab berishni amalga oshirish uchun yetarli emas deb hisoblasa, ushbu Tomon qoʻshimcha maʼlumotni oʻttiz (30) kun ichida taqdim etilishini talab qilishi mumkin. Uzrli sabablar mavjud boʻlganda mazkur muddat soʻrayotgan Tomonning oʻrnatilgan tartibdagi soʻroviga binoan oʻn besh (15) kunga uzaytirilishi mumkin. Soʻrayotgan Tomon koʻrsatilgan muddatda qoʻshimcha maʼlumot taqdim qilmagan taqdirda, soʻralayotgan Tomon ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov bekor qilindi deb hisoblaydi. Biroq, soʻrayotgan Tomon ayni shu jinoyat uchun ushlab berish toʻgʻrisida yangi soʻrov yuborish huquqidan mahrum boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Qidirilayotgan shaxsni qamoqqa olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovni qabul qilganidan soʻng, soʻralayotgan Tomon ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov boʻyicha qaror chiqarilguniga qadar qidirilayotgan shaxsni oʻz qonunchiligiga muvofiq qamoqqa olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Dastlabki qamoq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shoshilinch holatlarda soʻrayotgan Tomon ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovni taqdim qilguniga qadar qidirilayotgan shaxsga nisbatan dastlabki qamoq chorasini qoʻllash yuzasidan iltimos qilishi mumkin. Bunday iltimosnoma faksimil aloqa vositasida yoki Xalqaro jinoyat politsiyasi (INTERPOL) Milliy markaziy byurosi orqali yoxud Tomonlarning vakolatli organlari tarafidan kelishilgan boshqa kanallar orqali yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Iltimosnomada qidirilayotgan shaxsning tavsifi, ushlab berish soʻralishi toʻgʻrisida bayonot, shaxsni ushlab turishga ruxsat beradigan, ushbu Shartnomaning 7-moddasi 1-bandida nazarda tutilgan hujjatlardan birining mavjudligi haqida bayonot, jinoyat uchun tayinlangan yoki tayinlanishi mumkin boʻlgan jazoning tavsifi, shu jumladan oʻtalishi lozim boʻlgan jazo muddati, ish holatlarining qisqacha bayoni hamda, agar maʼlum boʻlsa, shaxs turgan joy haqidagi bayonot koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soʻralayotgan Tomon bunday iltimosnomani koʻrib chiqish natijalari haqida kechiktirmasdan soʻrayotgan Tomonni xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Basharti qamoqqa olingan kundan eʼtiboran oʻttiz (30) kun ichida soʻralayotgan Tomonning vakolatli organi ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovni olmasa, dastlabki qamoqqa olingan shaxs ozod qilinadi. Ushbu muddat, agar u oʻtguniga qadar soʻrayotgan Tomon vakolatli organining tegishli iltimosnomasi kelib tushsa, oʻn besh (15) kunga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur moddaning 4-bandida nazarda tutilgan muddatning oʻtishi, basharti soʻrov va zarur hujjatlar keyinchalik qabul qilingan boʻlsa, qidirilayotgan shaxsni takroran qamoqqa olish va ushlab berish boʻyicha protsessual harakatlarni amalga oshirishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ushlab turish muddatini inobatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov qanoatlantirilgan taqdirda, ushlab berish uchun qidirilayotgan shaxsning soʻralayotgan Tomon hududida qamoqda saqlangan muddati soʻrayotgan Tomonda uning ustidan chiqarilgan har qanday hukmda inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ushlab berish toʻgʻrisidagi bir xil soʻrovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ikki yoki undan ortiq davlatlar bir shaxsni aynan bir yoki har xil jinoyatlar uchun ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov yuborsa, soʻralayotgan Tomon barcha holatlarni, xususan jinoyat yoki jinoyatlarning ogʻirlik darajasi, ularni sodir etish joyi, soʻrovlarning tegishli sanalari, ushlab berish uchun qidirilayotgan shaxs fuqaroligi va kelgusida boshqa davlatga ushlab berish mumkinligini inobatga olgan holda, shaxsni ushbu davlatlardan qay biriga ushlab berishni hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Maxsus qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Shartnoma qoidalariga muvofiq ushlab berilgan shaxs buning uchun asos boʻlgan jinoyatidan boshqa u ushlab berilguniga qadar sodir etgan har qanday jinoyati uchun soʻrayotgan Tomon hududida jinoiy javobgarlikka tortilishi yoki jazolanishi, shuningdek uchinchi Davlatga ushlab berilishi mumkin emas, quyidagi holatlar bundan mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soʻralayotgan Tomon roziligining mavjudligi, bunday rozilik berish uchun soʻralayotgan Tomon mazkur Shartnomaning 7-moddasida koʻrsatilgan maʼlumot va hujjatlarni, shuningdek ushlab berilgan shaxs ushbu jinoyatga aloqadorligi haqidagi bayonot taqdim qilinishini soʻrashi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushlab berilgan shaxs toʻliq ozod qilinganidan soʻng oʻttiz (30) kun ichida soʻrayotgan Tomon hududini tark etmagan boʻlsa. Ushbu muddatga shaxs oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra soʻrayotgan Tomon hududini tark eta olmagan vaqt kirmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) mazkur shaxs soʻrayotgan Tomon hududini tark etganidan soʻng ixtiyoriy ravishda unga qaytib kelgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishni yuritish davomida qoʻyilgan ayblovga doir jinoyat tavsifi oʻzgargan taqdirda, ushlab berilgan shaxs, basharti yangi tavsifdagi jinoyat uni tashkil qiluvchi belgilarga koʻra mazkur Shartnomaning 3-moddasiga muvofiq ushlab berish uchun asos boʻladigan jinoyat boʻlsa, jinoiy javobgarlikka tortilishi yoki jazolanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Mol-mulkni topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar shaxsni ushlab berish qanoatlantirilsa, soʻralayotgan Tomon hududida topilgan va jinoyat natijasida egallangan yoki ashyoviy dalil sifatida talab qilinishi mumkin boʻlgan barcha mol-mulk soʻrayotgan Tomon iltimosiga koʻra, soʻralayotgan Tomon qonunchiligi yoʻl qoʻygan darajada va uchinchi tomonlar huquqlarini inobatga olgan holda, unga topshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shaxsning oʻlimi yoki qamoqdan qochishi natijasida uni ushlab berishni amalga oshirishning imkoni boʻlmagan taqdirda ham, qayd etilgan mol-mulk soʻrayotgan Tomon iltimosiga koʻra unga topshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Topshirilgan har qanday mol-mulk, basharti soʻralayotgan Tomon qonunchiligi yoki uchinchi shaxslar huquqlari buni talab qilsa, soʻralayotgan Tomonga uning iltimosiga koʻra bepul qaytarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar qayd qilingan mol-mulk soʻralayotgan Tomonda olib qoʻyilishi yoki musodara qilinishi lozim boʻlsa, soʻralayotgan Tomon bunday mol-mulkni oʻzida qoldirishi yoki vaqtinchalik soʻrayotgan Tomonga topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Soʻrayotgan Tomonga takroran ushlab berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushlab berilgan shaxs jinoyat ishini tergov qilish, sud muhokamasi yoki hukm ijrosining tugashidan oldin soʻrayotgan Tomonning roziligisiz soʻralayotgan Tomon hududiga qaytib kelsa, soʻralayotgan Tomon ushbu shaxsni soʻrayotgan Tomon soʻroviga koʻra takroran ushlab berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Ushlab berishni kechiktirish yoki shartli ushlab berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Basharti ushlab berish uchun qidirilayotgan shaxs soʻralayotgan Tomon hududida boshqa jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilayotgan yoki unga nisbatan jazo ijro etilayotgan boʻlsa, uni ushlab berish jinoyat ishi tugagunga qadar, hukm ijro etilgunga yoki shaxs jazodan ozod qilingunga qadar kechiktirilishi mumkin. Soʻralayotgan Tomon kechiktirish haqida soʻrayotgan Tomonni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan kechiktirish ushlab berishga asos boʻlayotgan jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketishiga sabab boʻlsa yoki jinoyat ishini yuritishga toʻsqinlik qilsa, soʻralayotgan Tomon oʻz qonunchiligiga binoan ushlab berish uchun qidirilayotgan shaxsni soʻrayotgan Tomonga vaqtincha topshirishi mumkin. Vaqtincha ushlab berilgan shaxs tegishli ish yurituv yakunlanganidan soʻng soʻralayotgan Tomonga qaytarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-moda
Tranzit
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Uchinchi davlatlar Tomonlarning biriga boshqa Tomon hududi orqali shaxsni ushlab berayotgan boʻlsa, shaxs ushlab berilayotgan Tomon boshqa Tomonga uning hududidan bunday shaxsni tranzit olib oʻtishga ruxsat berish yuzasidan iltimos qilishi lozim. Mazkur qoida havo transporti orqali boshqa Tomon hududiga qoʻnmasdan oʻtish holatlariga tatbiq qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tegishli maʼlumotlardan iborat boʻlgan bunday iltimosnoma qabul qilinishi bilan soʻralayotgan Tomon uni oʻz qonunchiligiga muvofiq koʻrib chiqadi. Soʻralayotgan Tomon, basharti bunday iltimosnoma uning muhim manfaatlariga ziyon yetkazmaydigan boʻlsa, uni darhol qanoatlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tranzit olib oʻtayotgan davlat tranzit vaqtida shaxsni qamoqda saqlash uchun huquqiy asoslar mavjudligini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Koʻzda tutilmagan qoʻnish holatlarida tranzit uchun ruxsat soʻralishini kutayotgan Tomon mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq tranzit olib oʻtish uchun iltimosnoma kelib tushguniga qadar, kuzatuvchi xodimning iltimosiga binoan shaxsni qirq sakkiz (48) soat davomida qamoqda saqlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushlab berish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar qaysi bir Tomonning hududida vujudga kelgan boʻlsa, shu Tomon tarafidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushlab berilayotgan shaxsni topshirish yoki qabul qilish bilan bogʻliq transport va tranzit xarajatlari soʻrayotgan Tomon tarafidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuqoridagi xarajatlar koʻzda tutilmagan xususiyatga ega boʻlgan taqdirda, Tomonlar ularni qoplash boʻyicha oʻzaro maslahatlashuvlar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Hamkorlikni amalga oshirish tili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomaga muvofiq taqdim qilingan hujjatlar soʻrayotgan Tomonning rasmiy tilida tuzilib, soʻralayotgan Tomon rasmiy tilidagi yoxud ingliz tilidagi tarjimasi bilan birga taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomani talqin qilish va qoʻllashda yuzaga keladigan barcha nizolar boʻyicha Tomonlarning Markaziy organlari oʻzaro kelishuvga erishishmasa, ular diplomatik kanallar orqali maslahatlashuvlar yoʻli bilan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Shartnomaning boshqa xalqaro shartnomalar bilan munosabati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma Tomonlar ishtirokchi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Shartnomani qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma tegishli harakat yoki harakatsizlik uning kuchga kirish sanasiga qadar sodir etilgan boʻlsa ham, u qonuniy kuchga kirganidan soʻng yuborilgan soʻrovlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
Ratifikatsiya, kuchga kirishi, oʻzgartishlar va tugatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Shartnoma ratifikatsiya qilinishi hamda ratifikatsiya yorliqlari almashinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Shartnoma ratifikatsiya yorliqlari almashingan sanadan soʻng oʻttizinchi (30) kunda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Shartnoma Tomonlarning oʻzaro kelishuviga asosan oʻzgartirilishi mumkin, bunday holatlarda mazkur modda qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har bir Tomon istalgan vaqtda diplomatik kanallar orqali yozma xabarnoma yuborish bilan Shartnomaning amal qilishini tugatishi mumkin. Shartnomaning amal qilishi bunday xabarnoma berilgan sanadan boshlab olti (6) oydan soʻng tugaydi. Biroq xabarnoma berilishidan oldin boshlangan protsessual harakatlar ular yakunlanguniga qadar ushbu Shartnoma bilan tartibga solinishda davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli tartibda oʻz davlatlari tomonidan vakolatlangan quyida imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib, ushbu Shartnomani imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abu Dabi shahrida 2014-yil 11-noyabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir. Ushbu Shartnoma matnlarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)