09.11.2016 yildagi 382-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida dehqon xoʻjaliklarining imkoniyatlaridan samarali foydalanishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish hajmlari koʻpaytirilishini taʼminlash, ularni tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish, ichki bozorda narxlarni barqaror saqlash, dehqon xoʻjaliklarining salohiyatidan yanada samarali foydalanish va ular faoliyatining bozor mexanizmlarini rivojlantirish, qishloq aholisining daromadlarini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 2016-yil 10-dekabrgacha Surxondaryo viloyatining har bir tumanida Kichik biznes subyektlari, xususiy tadbirkorlik va fermer xoʻjaliklari eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) va “Oʻzagroeksport” aksiyadorlik jamiyati ishtirokida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi agrofirmalar tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar yangidan tashkil etiladigan agrofirmalarning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaliklarining yer va mehnat resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida ular bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil etish, eksport salohiyatini koʻpaytirish va qishloq aholisi bandligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishga buyurtmalarni joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaliklarini urugʻlik fondi, ekish materiallari, mineral oʻgʻitlar va boshqa moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, saralash, kalibrlash, oʻrab-joylash, shuningdek eksportdan oldin tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaliklari bilan birgalikda issiqxonalar va sovutish kameralari, shuningdek qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi quvvatlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda respublika shaharlarida va tashqi sotish bozorlarida meva-sabzavot mahsulotlarini sotish tizimini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma va “Oʻzagroeksport” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda agrofirmalar tuzilmasida meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, oʻrab-joylash, yengil konstruksiyali issiqxonalarda ekish materiallari va urugʻlik tayyorlash boʻyicha quvvatlar tashkil etilishini nazarda tutgan holda Agrofirmalar faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir hafta muddatda ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrofirmalarga ular tashkil etilgandan keyin bir oy muddatda ularning samarali faoliyat koʻrsatishi, shu jumladan aylanma mablagʻlar shakllantirilishi uchun ularning har biriga kamida ikki mlrd soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda imtiyozli kreditlar ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import boʻyicha asbob-uskunalar, texnologiyalar xarid qilish va qoʻshimcha xizmatlar uchun haq toʻlashga kreditlar berish uchun hukumatlararo shartnomalar va davlat dasturlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlari berilmasdan jalb etilgan xorijiy kredit liniyalari mablagʻlarini yoʻnaltirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Jamgʻarma bilan birgalikda dehqon xoʻjaliklarida 2 sotixdan 10 sotixgacha maydonda yengil konstruksiyalardan foydalanib issiqxonalar tashkil etish boʻyicha namunaviy biznes-rejani ikki oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, ularda Surxondaryo viloyatining tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda eksportga yoʻnaltirilgan meva-sabzavot ekinlarini ustuvor joylashtirishni, navlarni sifatli tanlashni, urugʻlik va ekish materiali yetishtirishning prognoz hajmlarini belgilashni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrofirmalarni tashkil etish va ularning keyingi faoliyatini ragʻbatlantirish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Toshkent shahri tuman filiallari va boʻlimini ilovaga* muvofiq Surxondaryo viloyatining har bir tumaniga biriktirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarma va “Oʻzagroeksport” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etiladigan agrofirmalarga ularning ustav fondi miqdoridan qatʼi nazar, meva-sabzavot mahsulotlari, poliz mahsulotlari va uzum bilan ulgurji savdo qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi seleksiya navlarini tanlash hamda sabzavot, poliz ekinlari va boshqa ekinlarni ekish, shuningdek har bir tumanning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalarni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va dehqon xoʻjaliklariga yetkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Surxondaryo viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda joriy yilning oxirigacha agrofirmalarni va ularning ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun har bir tumanda bepul foydalanish huquqi bilan binolar va yer uchastkalari ajratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda agrofirmalar tashkil etilgandan keyin oʻn kun muddatda agrofirmalar faoliyatiga samarali rahbarlik qilish uchun malakali boshqaruv kadrlari tanlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agrofirmalarning samarali ishlashini taʼminlash uchun ular faoliyatini umumiy muvofiqlashtirish Jamgʻarmaga va “Oʻzagroeksport” aksiyadorlik jamiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi B.S. Rahimov va Surxondaryo viloyati hokimi T.M. Mamaraimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 9-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
382-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 45-son, 524-modda)