Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2006 22.06.1999 yildagi 309-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2006
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT MULKINI XORIJIY INVESTORLARGA SOTISh BO‘YIChA TENDER SAVDOLARI O‘TKAZUVChI DAVLAT KOMISSIYASI TO‘G‘RISIDAGI YaNGI TAHRIRDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-iyuldagi PQ-423-sonli “Ba’zi Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblari hamda ularning faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish masalalarini tezlikda hal etishda tender savdolari o‘tkazuvchi Davlat Komissiyasining rolini oshirish, xususiylashtirish jarayonlariga xorijiy sarmoya jalb qilinishini faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazuvchi Davlat komissiyasi to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi Nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Birlamchi tender hujjatlarini bevosita ishlab chiquvchi hamda potensial xorijiy investorlarning investitsiya takliflarini ekspert baholovchi idoralararo ishchi guruhlarga rahbarlik qilish va ular faoliyati uchun javobgarlik Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qaroriga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 22-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
309-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
22-iyundagi 309-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazuvchi Davlat komissiyasi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xususiylashtirishda xorijiy sarmoyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son, “1999-2000-yillarda xususiylashtirishni chuqurlashtirish va davlat mulkini sotishdan davlat budjetiga mablag‘lar tushishini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son va 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qarorlarini bajarish yuzasidan javobgarlikni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 20-maydagi 258-son qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriladigan davlat korxonalari (mulk)ni, shuningdek, davlatga tegishli aksiyalar paketlarini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazuvchi Davlat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruv organlari hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining mahalliy organlari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning birlashmalari (xo‘jalik uyushmalari), mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Savdolar Komissiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. KOMISSIYANING VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organlari, xususiylashtiriladigan korxonalar, yuridik shaxslar birlashmalari, hokimiyat va boshqaruv mahalliy organlari, shuningdek, jalb qilingan xorijiy ekspert kompaniyalar va vositachilarning sotishdan oldingi tayyorgarlik va tender obyektlarini xorijiy investorlarga sotish masalalari bo‘yicha birgalikdagi faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotishdan oldingi tayyorgarlik va xususiylashtirish obyektlarini sotish uchun xorijiy texnik, moliyaviy va boshqa maslahatchilar hamda ekspertlarni jalb qilish shartlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy talabgorlarning korxonalar va aksiyalarning davlat paketlarini sotib olish to‘g‘risidagi eng foydali takliflarini ekspertiza qilish va tanlab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oshkoralik, baholashning xolisligi va talablarning yagonaligi asosida tender qatnashchilari uchun teng raqobat shart-sharoitlari yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. KOMISSIYANING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z ishlari tartibini mustaqil ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender qatnashchilarini malakali tanlash va tender takliflarini baholash maqsadida aksiyalarni xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha xalqaro tendyerlar o‘tkazish uchun idoralararo ishchi guruhlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender hujjatlarini va tender obyektlarining sotilish bahosini, tender obyektlarini sotishga jalb qilinadigan xorijiy ekspert kompaniyalar va vositachilarni tanlash shartlari va mezonlarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtiriladigan obyektga (aksiyalar paketiga) talab konyunkturasiga ko‘ra hamda tegishli investitsiya majburiyatlari bo‘lgan aniq strategik investorlar mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq tender obyektlarining boshlang‘ich narxini o‘zgartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlar va aksiyalarni ham erkin muomaladagi valyutada, ham milliy valyutada haq to‘lashning aralash shakllarida va xorijiy investor tomonidan erkin muomaladagi valyutada aniq investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan zamonaviy texnologiya asbob-uskunalari yetkazib berish hisobiga sotish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tenderga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun xorijiy texnik, moliyaviy, yuridik ekspertlar va vositachilarni, ular faoliyatiga institutsional o‘zgartirishlarni amalga oshirishga Jahon banki qarzi mablag‘laridan, shuningdek, davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan umumiy mablag‘lardan haq to‘lagan holda, keyinchalik xarajatlarni tender bo‘yicha obyektlar (aksiyalar)ni sotishdan olingan tushumdan qoplagan holda, tanlov asosida taklif etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruv organlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlari, yuridik shaxslar birlashmalari va xususiylashtiriladigan korxonalardan Komissiyaga yuklangan vazifalarni ta’minlash uchun zarur axborotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarni xususiylashtirish bilan bog‘liq masalalarni hal etishdagi sansalorlik, to‘rachilik, muddatlarni cho‘zish hollari hamda korxonalar va aksiyalarni xorijiy investorlarga sotishni jadallashtirish bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tender obyektlarini sotishni tashkil etish bo‘yicha qarorlarini bajarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlislarida qabul qilingan qarorlarning o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender savdolarini o‘tkazish natijalari bo‘yicha Komissiya qarorlari bajarilishi ustidan monitoringni amalga oshirishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. KOMISSIYA IShINI TAShKIL ETISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Tender savdolarini, shu jumladan, investitsiya savdolarini tashkil etish va ularni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aksiyalar paketlarini joylashtirishni takomillashtirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qaroriga 3-ilovada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Komissiya majlislari uning a’zolarining kamida to‘rtdan uch qismi qatnashgan holda zaruratga qarab vaqti-vaqti bilan o‘tkazib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarorlari majlisda qatnashayotgan Komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan hollarda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarorlari majlisda qatnashgan Komissiya a’zolari tomonidan imzolanadigan va Komissiya raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma imzolanayotganda Komissiya a’zolari o‘zlarining alohida fikrlarini bildirishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Tender obyektlarini uning g‘oliblariga berish Komissiyaning tegishli qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Tender takliflarini ko‘rib chiqish va baholash to‘g‘risidagi axborot baholash tartibotiga rasmiy ravishda aloqasi bo‘lmagan shaxslarga bildirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya a’zolari ko‘rsatib o‘tilgan axborotni oshkor qilganliklari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. Komissiyaning tendyerlarni tashkil etish va ularni o‘tkazish, shuningdek, xorijiy ekspert kompaniyalarni va vositachilarni tender asosida tanlash xarajatlari hamda ularga to‘lanadigan pul mukofotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
institutsional o‘zgartirishlarni amalga oshirish uchun Jahon banki qarzi bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender obyektini sotishdan tushadigan mablag‘lar hisobidan to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6. Tenderga tayyorgarlik ko‘rishga xorijiy ekspert kompaniyalar va vositachilar tender asosida taklif qilingan hollarda Komissiya Yakka tartibda xususiylashtirish byurosi bilan tuziladigan shartnomani ko‘rib chiqadi, uning asosiy mazmuni quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik topshiriq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mukofot miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning majburiyatlari va shartnomaning amal qilishini to‘xtatish shartlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma Komissiya raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan ma’qullangandan so‘ng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. IDORALARARO IShChI GURUHLARNING VAKOLATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Idoralararo ishchi guruhlar (keyingi o‘rinlarda ishchi guruhlar deb ataladi) korxonalarning qaysi tarmoqqa qarashliligiga qarab Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimlari hamda tegishli tarmoqlar va korxonalar vakillaridan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruhlarga Bosh vazir o‘rinbosarlari — Vazirlar Mahkamasining tegishli tarmoqlar komplekslari rahbarlari boshchilik qiladilar. Ishchi guruhlar a’zolarining shaxsiy tarkibi Komissiya raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Ishchi guruhlarning ish rejasi Bosh vazir o‘rinbosari — ishchi guruh raisi tomonidan tasdiqlanadi.
(5.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8noyabrdagi 206-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Ishchi guruhning asosiy funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-noyabrdagi 477-son qaroriga 1, 2 va 3-ilovalarga muvofiq obyektlar texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlari, ularni rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risidagi barcha birlamchi axborotlarni Komissiya ishchi organiga taqdim etish uchun tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tendyerlarni tashkil etishga jalb qilinadigan vositachilar uchun texnik topshiriqlarni tuzishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirish obyektlarini, aksiyalar paketlarini sotuvga qo‘yish shartlari, ularni sotish qiymati, investitsiya takliflarini baholash tartibi, g‘olibni tanlash mezonlari, to‘lovlar tartibi va shartlari bo‘yicha Komissiya ishchi organiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
potensial xorijiy investorlarni xususiylashtiriladigan korxonalar bilan tanishtirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert baholashni amalga oshirish va xorijiy investorlardan tushayotgan investitsiya takliflari bo‘yicha xulosalar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3. Ishchi guruh raisi tasarrufidagi tarmoqlarning sotiladigan obyektlari bo‘yicha xorijiy investorlarning takliflari ko‘rib chiqilayotganda Tender komissiyasi majlislarida, shuningdek, xususiylashtirishni o‘tkazish uchun jalb qilinayotgan xorijiy texnik, moliyaviy va boshqa maslahatchilar hamda ekspertlarni tanlashda qatnashishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.4. Ishchi guruh majlisi uning a’zolarining to‘rtdan uch qismi qatnashganda haqiqiy deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh majlislari qarorlari majlisda qatnashgan ishchi guruhining barcha a’zolari tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va rais tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorlar majlisda qatnashayotgan komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda raisning ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. KOMISSIYANING IShChI ORGANI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Komissiyaning tender savdolarini tayyorlash va o‘tkazishni amalda tashkil qilishni amalga oshiruvchi (tushayotgan takliflarni ekspert baholash, tender hujjatlarini va Komissiya hujjatlarini rasmiylashtirish, reklama ishlari, Komissiyada ish yuritish) ishchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Komissiyaning ishchi organi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Komissiyaga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik xorijiy texnik, moliyaviy, yuridik ekspertlarni va vositachilarni taklif qilish hamda tender savdolarini tayyorlash va o‘tkazish jarayonida ularning qatnashish shartlari bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender savdolarini tayyorlash va o‘tkazishning moliyaviy va texnik shartlari, investitsiya takliflarini baholash tartibi, g‘olibni tanlash mezonlari, to‘lovlar tartibi va shartlari bo‘yicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat boshqaruvi organlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlari, yuridik shaxslar birlashmalari va xususiylashtiriladigan korxonalardan unga yuklangan vazifalarni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan axborotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) idoralararo ishchi guruhlar ishlari to‘g‘risidagi hisobotlarni so‘rab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Komissiya bilan kelishgan holda tender savdolarini o‘tkazish va ularning yakunlari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida o‘z nomidan e’lonlar chiqarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.3. Komissiyaning ishchi organi quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir xususiylashtirish obyekti to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, tartibga solish va ishlashni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
potensial investorlarga obyektlar haqidagi umumiy majburiy axborotlar va ularning so‘rovlari bo‘yicha qo‘shimcha axborot o‘z vaqtida jo‘natilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita yoxud sotish bo‘yicha boshqa agentlar bilan birgalikda texnik topshiriq, kontrakt loyihalarini va Komissiya tasdig‘iga kiritiladigan boshqa tender hujjatlarini ishlab chiqish va rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo guruhlarning loyihalarni ishlab chiqish va sotiladigan obyektlar bo‘yicha tushayotgan takliflarni ekspert baholash yuzasidan ishlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tendyerlarni o‘tkazish bo‘yicha reklama-ma’rifiy ishlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlislarini chaqirishning barcha tashkiliy masalalarini hal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyada aniq va to‘liq ish yuritish, Komissiya xat-xabarlarini hisobga olish va turkumlash, Komissiya va idoralararo guruhlar barcha majlislarining bayonnomalarini o‘z vaqtida va to‘liq rasmiylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qo‘mitasi aksiyalar paketlari va korxonalarni xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlarning so‘zsiz bajarilishi, xususiylashtirishdan valyuta resurslarining qo‘shimcha to‘ldirilishi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-maydagi 258-son qarori talablariga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarishdan tushumlarni taqsimlash yuzasidan talablarga qat’iy rioya qilinishi uchun to‘liq javob beradi.
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 6-son, 32-modda)