Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2023 26.10.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2835
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2023
Hujjat 18.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan chegirma qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 26-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2835]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 13-maydagi 12-sonli ““Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan chegirma qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2835-4, 24.05.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan chegirma qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 5-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 5-oktabrdagi 77-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan chegirma qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 65-moddasi va Fuqarolik kodeksining 1030-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari (bundan buyon matnda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi deb yuritiladi) tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan chegirmalarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan chegirmalar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari (mulkiy undirishlar borasida), notarial idoralarning ijro varaqalari hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijrosi sud hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladigan boshqa hal qiluv qarorlari va qarorlar asosida;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining qaroriga binoan — pensioner yoki nafaqa oluvchiga uning tomonidan qilingan suiisteʼmolliklar oqibatida (qasddan notoʻgʻri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan oila aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar taqdim etmaslik natijasida) yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar miqdoridan ortiqcha pullar toʻlangan taqdirda qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan mazkur Yoʻriqnomaning 1-bandida koʻrsatib oʻtilganidan tashqari boshqa hech qanday chegirmalar qilish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Yoʻriqnomaning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan asoslar boʻyicha chegirmalar pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar (bundan buyon matnda pensiya va nafaqalar deb yuritiladi) toʻlanishi lozim boʻlgan pulning 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensioner yoki nafaqa oluvchi qarzdorlikni qoplash uchun uning yozma arizasiga muvofiq pensiya va nafaqalar summalarini koʻproq miqdorda, shu jumladan toʻliq miqdorda yoʻnaltirish huquqiga ega. Pensioner yoki nafaqa oluvchining yozma arizasida u tomonidan belgilangan foiz koʻrinishidagi miqdor yoki qatʼiy summa koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensioner yoki nafaqa oluvchi yangi yozma ariza taqdim etish orqali qarzdorlikni qoplashga yoʻnaltirilayotgan summalar miqdorini oʻzgartirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Pensiya va nafaqalardan chegirmalar pensiya va nafaqa toʻlash uchun qaydnomalarni shakllantirishda oʻtgan oyning 25-sanasiga qadar kelib tushgan (qabul qilingan) ijro hujjatlari yoki Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan qabul qilingan qaror boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bir nafar pensioner yoki nafaqa oluvchiga nisbatan bir nechta ijro hujjatlari kelib tushganda pensiya va nafaqalardan chegirmalar Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 80-moddasiga muvofiq navbat tartibida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur Yoʻriqnomaning 1-bandi uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha pensiya va nafaqalardan chegirmalar Pensiya jamgʻarmasiga toʻlanadigan talablar hisoblanib, birinchi navbatda qanoatlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 79-moddasi ikkinchi qismiga asosan har bir keyingi navbatdagi talablar oʻzidan oldingi navbatdagi talablar toʻliq qondirilgandan keyin qanoatlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undirilgan summa bir navbatdagi barcha talablarni toʻla qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmasa, ular har bir undiruvchiga tegishli summaga mutanosib ravishda qanoatlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-misol.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga pensionerning kommunal toʻlovlar boʻyicha qarzdorligini qoplashga doir ijro hujjati kelib tushdi. Shu bilan birga Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan uning qaroriga muvofiq pensiyadan pensioner tomonidan qasddan notoʻgʻri hujjatlarni taqdim etish oqibatida ortiqcha toʻlangan summalar boʻyicha yuzaga kelgan qarzdorlikni qoplash uchun pensiya summasining 30 foiz miqdorida chegirma amalga oshirilib kelinmoqda. Bu holatda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining qarori asosida Pensiya jamgʻarmasiga toʻlanadigan talablar birinchi navbat talabi, kommunal toʻlovlardan qarzdorlik esa beshinchi navbat talabi ekanligini hisobga olgan holda, tegishlicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi qarori asosida chegirmalar pensiya summasining 30 foiz miqdorida, ijro hujjati boʻyicha esa 20 foiz miqdorida amalga oshiriladi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 7-oktabrdagi 102-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2835-2, 16.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 10/19/2835-2/3921-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-misol.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga birinchi navbat talabi hisoblangan ikki farzand uchun alimentlar undirish boʻyicha pensiyadan chegirma qilish yuzasidan ijro hujjati kelib tushdi. Mazkur holatda pensiyadan chegirma quyidagi tartibda taqsimlanadi: ijro hujjati boʻyicha chegirma pensiya summasining 33 foiz miqdorida, Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi qarori asosida esa 17 foiz miqdorida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari (mulkiy undirishlar borasida), notarial idoralarning ijro varaqalari va boshqa hal qiluv qarorlari va qarorlari asosida pensiyalardan chegirmalar qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Yoʻriqnomaning 1-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan asos boʻyicha pensiya va nafaqalardan chegirmalar qilish toʻgʻrisida hujjatlar vakolatli organlar tomonidan bevosita pensioner yoki nafaqa oluvchi hisobda turgan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga chegirma qilish va chegirib qolingan summalarni qarzdor hisobidan undiruvchiga koʻchirib berish qarori ilova qilingan xat bilan yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ham yuborilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Pensiya va nafaqalardan chegirma qilish toʻgʻrisida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga kelib tushgan hujjatlar Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlarni tayinlash (qayta hisoblash) va boshqa toʻlovlarni tashkil qilish shuʼbasi (bundan buyon matnda shuʼba deb yuritiladi) masʼul xodimi tomonidan koʻrib chiqiladi va ijroga qabul qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 30-martdagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2835-3, 18.04.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2022-y., 10/22/2835-3/0317-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Masʼul xodim bir ish kuni davomida ijro hujjatida koʻrsatilgan pensioner yoki nafaqa oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismini, shuningdek ijro hujjati va talabnomadagi yashash manzili va summani oʻzaro solishtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro hujjatini ijro uchun qabul qilish imkoniyati boʻlmagan holatda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi ijro hujjatini rasmiylashtirgan vakolatli organga sababini (ijro hujjatini rasmiylashtirganda xatolikni aniqlaganda, chegirmalarni koʻchirib oʻtkazish uchun undiruvchi haqida toʻliqsiz maʼlumot mavjud boʻlganda, ijro qilish joyi boʻyicha ijro hujjati taqdim etilmaganda) koʻrsatgan holda hujjatlarni uch ish kuni davomida qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Chegirmalarni koʻchirib berish ijro hujjatiga talabnomada koʻrsatilgan manzil asosida amalga oshiriladi. Chegirib qolingan summalar undiruvchiga koʻchirib berish xarajatlarini hisobga olgan holda qarzdor hisobidan amalga oshiriladi. Pul oʻtkazmalarini koʻchirib oʻtish uchun haq pensiya, nafaqa, kompensatsiya va boshqa toʻlovlarni toʻlash xizmatlari uchun Pensiya jamgʻarmasi Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tarif boʻyicha undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi qarorlari asosida pensiya va nafaqalardan chegirmalar qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Pensiya va nafaqalardan chegirmalar pensioner yoki nafaqa oluvchiga uning tomonidan qilingan suiisteʼmolliklar oqibatida (qasddan notoʻgʻri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan oila aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar taqdim etmaslik natijasida) yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida ortiqcha toʻlangan summalar boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya tayinlash komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) qarori asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarori loyihasi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi shuʼbasi tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha tayyorlanadi va rasmiylashtiriladi, unda summalarni toʻlovchi (pensioner yoki nafaqa oluvchi), ortiqcha toʻlashning sababi va davri, chegirmaning har oylik summasi yoki foizi koʻrsatiladi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 30-martdagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2835-3, 18.04.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2022-y., 10/22/2835-3/0317-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Suiisteʼmollik deganda pensioner yoki nafaqa oluvchining pensiya va nafaqalar summalarini ortiqcha olishga qaratilgan harakatlari tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisoblashdagi xato deb pensiya va nafaqalarni hisoblashdagi arifmetik harakatlar (qoʻshish, ayrish, boʻlish, koʻpaytirish) bilan bogʻliq xato, Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritishdagi mexanik xato, shuningdek, Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimidagi buzilish oqibatidagi xato tushuniladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 30-martdagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2835-3, 18.04.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2022-y., 10/22/2835-3/0317-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik xato deb Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimiga maʼlumotlarni notoʻgʻri kiritish bilan bogʻliq xato eʼtirof etiladi. Bunday xato deb, shuningdek pensiya taʼminotiga oid imtiyozlarni qoʻllashda notoʻgʻri sharhlash (uslubiy kitob, qoʻllanma va koʻrsatma xatlar foydalangan holda), pensiya hisoblash uchun qoʻllaniladigan ish haqini qayta hisoblashda koeffitsiyentlarni notoʻgʻri tanlash, pensiya va nafaqalarni hisoblash uchun boshlangʻich maʼlumotlarni notoʻgʻri koʻrsatish, pensiya va nafaqalarni ikki marotaba oʻtkazib yuborish, bir davr uchun bir nechta asoslarga koʻra toʻlashni amalga oshirish va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hisob-kitob qoidalariga rioya etmaslik ham tushuniladi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 30-martdagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2835-3, 18.04.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2022-y., 10/22/2835-3/0317-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Komissiya qarori asosida chegirmalar quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida — 10 foiz;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qasddan notoʻgʻri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi yoki nafaqasi tayinlangan oila aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar taqdim etmaslik natijasida — 30 foiz;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 7-oktabrdagi 102-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2835-2, 16.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 10/19/2835-2/3921-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining ikki barobaridan kam miqdorda pensiya yoki nafaqa oluvchi shaxslar boʻyicha — 5 foiz (mazkur bandning uchinchi xatboshisida koʻrsatib oʻtilgan holatlardan tashqari).
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 7-oktabrdagi 102-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2835-2, 16.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 10/19/2835-2/3921-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chegirma miqdori sud qarori bilan belgilangan holatlarda, chegirma sud qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Pensioner yoki nafaqa oluvchi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining ortiqcha toʻlangan pensiya yoki nafaqa summasini ushlab qolish toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, sudga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayinlanganiga va qayta hisoblanganiga (pensioner yoki nafaqa oluvchi tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha hujjatlarga asosan) uch yil va undan ortiq vaqt oʻtgan pensiya va nafaqa ishlariga Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan ortiqcha toʻlangan pensiya yoki nafaqa summasini ushlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudga murojaat qilinganda, chegirma qilish toʻgʻrisidagi komissiya qarori toʻxtatib turiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 30-martdagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2835-3, 18.04.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2022-y., 10/22/2835-3/0317-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Pensiya (nafaqa)dan ortiqcha toʻlangan summalar boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlganda pensiya va nafaqalardan chegirmalar pensioner (nafaqa oluvchi) vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya va nafaqalar summalari, shuningdek ijtimoiy (pensiya) taʼminoti toʻgʻrisida xalqaro shartnomalar tuzilmagan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisidagi davlatga doimiy yashash uchun joʻnab ketishgacha olti oy avval beriladigan pensiya summalaridan ham amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda pensiya va nafaqalar toʻlash toʻxtatilganda qolgan qarz sud tartibida undiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Pensiya va nafaqalardan chegirmalar qilish toʻgʻrisida hujjatlarning hisobini yuritish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi shuʼbasi mazkur Yoʻriqnomaning 1-bandida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha amalga oshirilayotgan pensiya va nafaqalardan chegirmalarni pensiya va nafaqalardan chegirma qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan vakolatli organning koʻrsatmasi boʻlmasa kamaytirish yoki koʻpaytirish, shuningdek toʻxtatib turish huquqiga ega emas.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 30-martdagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2835-3, 18.04.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2022-y., 10/22/2835-3/0317-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Barcha chegirmalarni hisoblab chiqarishda qayta hisoblashlarda aniqlangan pensiya va nafaqalar qoʻshimchalari summalari ham kiritilishi lozim. Agar, pensiya yoki nafaqa miqdori kamaytirilsa, toʻlangan summalar joriy oyda chegirma qilinishida hisobga olinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-misol.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy oyda pensionerga toʻlanishi lozim boʻlgan pensiya va nafaqa summasi 500 000 soʻmni tashkil etadi. Ushbu pensiya yigʻmajildi boʻyicha 25 foiz miqdorida aliment chegirib qolinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya miqdorini qayta hisoblash natijasida oʻtgan oylar uchun 1 200 000 soʻm miqdorida toʻlanmay qolgan pensiya aniqlandi. Ushbu holatda alimentlarni olinmay qolgan summalarni hisobga olgan holda yaʼni 1 700 000 (500 000 + 1 200 000) soʻmdan aniqlash lozim boʻladi. Shunday qilib, chegirib qolinadigan alimentlar summasi 425 000 soʻmni, pensionerga toʻlangan summa esa 1 275 000 soʻmni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-misol.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy oyda pensionerga toʻlanishi lozim boʻlgan pensiya va nafaqa summasi 500 000 soʻmni tashkil etadi. Ushbu pensiya yigʻmajildi boʻyicha 25 foizi miqdorida aliment chegirib qelinmoqda. Pensiya (nafaqa)ni qayta hisoblash asosida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi komissiyasi qaroriga asosan 100 000 soʻm miqdorida ortiqcha toʻlangan summa aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatda chegirma qilingan aliment summasi 500 000 soʻmdan 25 foizni yaʼni 125 000 soʻmni tashkil etadi. Qolgan 375 000 (500 000 — 125 000) soʻmdan ortiqcha toʻlangan summa 100 000 soʻm chegirib qolinadi. Shunday qilib pensionerga 275 000 soʻm toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ijro hujjatlari qatʼiy hisobda turuvchi hujjatlar hisoblanadi va Pensiya (ijtimoiy nafaqa)dan chegirmalar toʻgʻrisida ijro hujjatlarini roʻyxatga olish kitobida roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Pensionerning yoki nafaqa oluvchining yashash joyi Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida oʻzgarganligi toʻgʻrisida maʼlumot olinganda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi shuʼbasi pensiya yigʻmajildini unda ortiqcha toʻlangan pensiya va nafaqalarning qoldiq summasini koʻrsatgan holda pensionerning yoki nafaqa oluvchining yangi yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga yuboradi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 30-martdagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2835-3, 18.04.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2022-y., 10/22/2835-3/0317-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro hujjati nusxasi pensionerning yoki nafaqa oluvchining avvalgi yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimida qoladi, asl nusxasi esa pensionerning yoki nafaqa oluvchining yangi yashash joyini koʻrsatgan holda ijro hujjatini yuborgan tegishli organga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agar pensioner yoki nafaqa oluvchi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarisiga doimiy yashash uchun ketganda ijro hujjati hujjatni qaytarish sababini koʻrsatgan holda ilova qilingan xat bilan sudning topshirigʻiga asosan ijro hujjati hisobga olingan joy boʻyicha uni yuborgan tegishli organga, u mavjud boʻlmaganda esa ijro hujjatini yozib bergan sudga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi shuʼbasi tomonidan pensiya va nafaqalardan chegirmalar qilish masalalari boʻyicha yuqorida koʻrsatilgan manzillarga yuboriladigan xatlar nusxalari sud organlari bilan yozishmalar yigʻmajildiga tikib boriladi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 30-martdagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2835-3, 18.04.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2022-y., 10/22/2835-3/0317-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensionerning davlat oldida u tomonidan sodir etilgan suiisteʼmolliklar (qasddan notoʻgʻri maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjatlar taqdim etilishi, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan oila aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etilmasligi) natijasida pensiyalar summasining ortiqcha toʻlanishi boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlganda pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildi yetkazilgan zarar toʻliq qoplangandan soʻng beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ijro hujjati boʻyicha undirilishni tamomlanishi (koʻrsatilgan summaning toʻliq undirilishi, ijro hujjatini yuborgan organ tomonidan qaytarib olinishi yoki sud tomonidan belgilangan muddat boʻyicha alimentlarning undirilishi) yuzasidan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi shuʼbasi masʼul xodimi pensionerning yoki nafaqa oluvchining Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimi orqali amalga oshirilgan chegirmalarning toʻgʻriligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi shuʼbasi masʼul xodimi Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimidagi maʼlumotlar asosida pensioner yoki nafaqa oluvchidan chegirma qilingan summa va amalga oshirilgan undirishlar toʻgʻrisida ijro hujjatini yuborgan sud yoki boshqa organga maʼlumot xatini tayyorlaydi va Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi shuʼba mudiriga tekshirish uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi shuʼba mudiri chegirmalar yopilishining asosliligini va hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilganligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro hujjati Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi imzosi va Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi muhri bilan tasdiqlanadi hamda masʼul xodimga qaytariladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 30-martdagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2835-3, 18.04.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2022-y., 10/22/2835-3/0317-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Undirish toʻliq amalga oshirilgan ijro hujjatlari ijro hujjatini yuborgan tegishli organga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan ijro hujjatlarini qaytarish boʻyicha boshqacha tartib belgilangan boʻlsa, qaytarish sud koʻrsatmasiga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro hujjati qaytarib olingan holatda esa uni qaytarib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan vakolatli organga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Pensiya va nafaqalarni toʻlash quyidagi sabablarga koʻra toʻxtatib turilganda (toʻxtatilganda):
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiya (nafaqa) tayinlash shartlari qayta koʻrilganda — ijro hujjati (ariza) Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi shuʼbasida toʻlov uchun yangi hujjat kelib tushgunga qadar saqlanadi;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 30-martdagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2835-3, 18.04.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2022-y., 10/22/2835-3/0317-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiya va nafaqa toʻlash toʻxtatilganda (pensioner yoki nafaqa oluvchi vafoti, tayinlangan pensiya (nafaqa)ga huquqi yoʻqolganda, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga doimiy yashash uchun ketganda) — Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi shuʼbasi ijro hujjatini uni yuborgan organga qaytaradi;
(23-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 30-martdagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2835-3, 18.04.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2022-y., 10/22/2835-3/0317-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 7-oktabrdagi 102-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2835-2, 16.10.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 10/19/2835-2/3921-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlik pensiyasi va nafaqasini toʻlash muddati tugaganda — ijro hujjati (agar uning amal qilish muddati tugamagan boʻlsa) Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi shuʼbasida pensiya (nafaqa) toʻlash uchun yangi hujjat kelgunga qadar saqlanadi.
(23-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 30-martdagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2835-3, 18.04.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2022-y., 10/22/2835-3/0317-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nogironlik pensiyasi va nafaqasini toʻlash muddati tugagan kundan boshlab ikki oy ichida yangi hujjat qabul qilinmasa, Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi shuʼbasi ijro hujjatini uni yuborgan organga qaytaradi.
(23-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 30-martdagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2835-3, 18.04.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2022-y., 10/22/2835-3/0317-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Yoʻriqnoma talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan chegirma qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya
‎jamgʻarmasi ______________________ boʻlimi komissiyasining pensiya (nafaqa)
‎miqdoridan chegirma qilish haqidagi
‎QARORI

“_____” _______________ 20 ___ y.‎

______________-son

Pensiya yigʻmajildi raqami:
‎Pensiya (nafaqa) turi:
‎Shaxsning yashash joyi:
‎Shaxs
_______________________________________________________
‎_______________________________________________________
‎_______________________________________________________
‎______________________________________________________________ ga

(F.I.O.)

“___” ________ 20 __ yildan, “__” ________ 20__ yilgacha boʻlgan davr uchun _________________________
‎________________________________________________________________________________

________________________________ sababli _____________________ soʻm ______ tiyin miqdorida ortiqcha toʻlov hisoblandi.

Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 65-moddasiga muvofiq 20____ yil __________ oyidan ortiqcha toʻlov boʻyicha qarzdorligi tugagunga qadar oylik toʻloviga _____% miqdorida chegirma qoʻyilsin.

Komissiya raisi:

____________________________________

‎‎Komissiya aʼzolari

____________________________________
‎____________________________________
‎____________________________________
‎____________________________________
‎____________________________________

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 30-martdagi 10-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2835-3, 18.04.2022-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2022-y., 10/22/2835-3/0317-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 43-son, 510-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2018-y., 10/18/2835-1/0796-son; 16.10.2019-y., 10/19/2835-2/3921-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son, 18.04.2022-y., 10/22/2835-3/0317-son)