Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Bir necha kasbda va lavozimda oʻrindoshlik asosida ishlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, moliya vaziri R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 26-oktabr,
362-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qarorda:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “ishlaydigan” soʻzidan keyin “yoki bir necha kasbda va lavozimda oʻrindoshlik asosida ishlash qoʻllanadigan” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 3-bandning birinchi va uchinchi xatboshilardagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2. Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasb va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 4-bandda:
uchinchi xatboshidagi “shaxsning” soʻzi “oʻrindoshlik asosida ishlovchining” soʻzlari bilan almashtirilsin:
toʻrtinchi xatboshidagi “xodimlari” soʻzidan keyin “(texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari)” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 6-bandda:
uchinchi xatboshidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi tahrirdagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻrindoshlik asosida ishlashga qabul qilishda ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi”;
v) 7-bandda:
birinchi xatboshidagi “Oʻrindoshlik” soʻzidan oldin “Oʻrindoshlik asosida ishlashda” soʻzlari qoʻshilsin;
“jamlab” soʻzi “jamlangan holda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“ishning” soʻzi “ishning (smenaning)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Ichki oʻrindoshlik asosida ishlashda ish vaqtini hisobga olish asosiy ish boʻyicha va oʻrindoshlik asosidagi ish boʻyicha alohida-alohida yuritiladi”;
g) 9-bandning birinchi xatboshidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
d) 15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Agar jamoaviy shartnomada yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda qabul qilingan boshqa mahalliy hujjatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻrindoshlik asosida ishlovchilarga mehnat haqi, mukofot, qoʻshimcha haq, ustama, ragʻbatlantirish toʻlovlari shakli va tizimi tashkilotning barcha xodimlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
e) 20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“20. Xodim tomonidan mehnat shartnomasida belgilangan oʻzining asosiy ishi bilan bir qatorda aynan shu tashkilotda asosiy kasb va lavozim boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan ish vaqti davomida boshqa kasb va lavozimdagi qoʻshimcha ishlarni bajarish kasb va lavozimda oʻrindoshlik asosida ishlash hisoblanadi.
Xodim tomonidan mehnat shartnomasida koʻrsatilgan oʻzining asosiy ishi bilan bir qatorda aynan shu tashkilotda qonun hujjatlarida belgilangan asosiy kasb va lavozim boʻyicha ish vaqti davomida qoʻshimcha ishlarni bajarish xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirish, ishlar hajmini koʻpaytirish hisoblanadi.
Kasb va lavozimda oʻrindoshlik asosida ishlashga, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirishga, ishlar hajmini koʻpaytirishga kasb va lavozimda oʻrindoshlik boʻyicha boʻsh ish oʻrni mavjud boʻlganda yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda xodim tomonidan vaqtinchalik yoʻq boʻlgan xodimning ishlarini bajarishda yoʻl qoʻyiladi.”;
j) 21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“21. Kasblar va lavozimlarda oʻrindoshlik asosida ishlashga, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirishga, ishlar hajmini koʻpaytirishga, qoidaga koʻra, jumlasiga ushbu xodim kiradigan xodimlarning ana shu toifasi doirasida ruxsat etiladi.
Kasblar va lavozimlarda oʻrindoshlik asosida ishlash, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirish, budjet tashkiloti xodimlarining ish hajmini koʻpaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi bilan kelishgan holda vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlangan kasblar va lavozimlarda oʻrindoshlik asosida ishlaganlik, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini koʻpaytirganlik uchun qoʻshimcha haq belgilanishi mumkin boʻlgan kasblar va lavozimlar roʻyxatiga muvofiq amalga oshiriladi”;
z) 22-banddagi “qoʻshimcha ishni” soʻzlaridan oldin “ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan” soʻzlari qoʻshilsin;
i) 23-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“23. Kasblar va lavozimlarda oʻrindoshlik asosida ishlaganlik, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini koʻpaytirganlik uchun qoʻshimcha haq toʻlanadi”;
k) 24-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Kasblar va lavozimlarda oʻrindoshlik asosida ishlaganlik, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini koʻpaytirganlik uchun xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash miqdori, agar jamoaviy shartnomada yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda qabul qilingan boshqa ichki hujjatda oʻzgacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tomonlarning kelishuvi boʻyicha belgilanadi”;
l) 25-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“25. Budjet tashkilotlarida kasblar va lavozimlarda oʻrindoshlik asosida ishlaganlik, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini koʻpaytirganlik uchun qoʻshimcha haq toʻlash miqdori oʻrindoshlik boʻyicha ishlanayotgan lavozim boʻyicha maoshning (tarif stavkasining) 30 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan holatlar bundan mustasno.
Budjet tashkilotlarida kasblar va lavozimlarda oʻrindoshlik asosida ishlayotganlik uchun qoʻshimcha haq oʻrindoshlik asosidagi ish asosiy ish boʻyicha mehnat majburiyatlariga kiradigan holatlarda belgilanmaydi.
Kasb (lavozim) boʻyicha oʻrindoshlik asosida bajariladigan ishlarni bir necha xodim oʻrtasida taqsimlashga yoʻl qoʻyiladi”;
m) 26-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“26. Quyidagi xodimlar toifalari uchun kasblar va lavozimlarda oʻrindoshlik asosida ishlashga, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirishga, ishlar hajmini koʻpaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi:
davlat boshqaruvi organlari xodimlari (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari);
davlat boshqaruvi organlari hisoblanmaydigan budjet tashkilotlarining rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari, shuningdek ushbu tashkilotlar tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno”;
n) 29-banddagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
o) Nizomga ilovada:
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Ular uchun mualliflik gonorari sifatida haq toʻlanadigan fan, adabiyot va sanʼat asarlari yaratish”;
6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Quyidagilarning:
umumtaʼlim maktablari, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari, maktabdan tashqari taʼlim muassasalari oʻqituvchilari va boshqa pedagog xodimlari (rahbarlaridan tashqari) oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari hamda mehnat haqi toʻlash boʻyicha ularga tenglashtirilgan boshqa taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari va masterlari, taʼlim muassasalaridagi konsertmeysterlar va akkompaniatorlar, maktabgacha taʼlim muassasalari va Mehribonlik uylari pedagog xodimlarining (rahbarlaridan tashqari) aynan shu muassasada belgilangan mehnat normasidan ortiq boʻlgan, lekin ushbu ish turi boʻyicha ish vaqti normal davomiyligining 50 foizidan koʻp boʻlmagan ishi;
tibbiyot va farmatsevtika xodimlari, tibbiyot muassasalarining tibbiyot asbob-uskunalariga (apparaturalariga) xizmat koʻrsatuvchi mutaxassislarining ish vaqti normasidan ortiqcha belgilangan lekin, ushbu ish turi boʻyicha ish vaqti normal davomiyligining 50 foizidan koʻp boʻlmagan ishi”;
p) izoh quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Izoh: 2-bandda, 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarda, 4-5-bandlarda, 6-bandning uchinchi xatboshida, 7, 9 va 10-bandlarda koʻrsatilgan ishlarni asosiy ish vaqtida bajarishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ishlarning boshqa turlari, ishning xarakteriga koʻra, asosiy ish vaqtida ham, undan tashqari vaqtda ham amalga oshiriladi;
1 va 8-bandlarda koʻrsatilgan ishlarni amalga oshirish joyi va rejimi, ilmiy va oʻqituvchilik faoliyati xarakterini hisobga olgan holda, shu jumladan masofadan ish olib borish shaklida, xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha mehnat shartnomasiga muvofiq belgilanadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 43-son, 504-modda)