Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”) koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-son Qonunini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 27-oktabr,
364-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-oktabrdagi 364-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”) koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. 3-banddagi “va unga guvohnoma” soʻzlari “,unga guvohnoma va pul mukofoti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Quyidagi mazmundagi 31-band qoʻshilsin:
“31. Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”) koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida bir yoʻla pul mukofoti oladilar”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 43-son, 505-modda)