Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 26-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1545-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 17-yanvardagi 1/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545, 2006-yil 14-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 6-7-son, 48-modda) bilan tasdiqlangan Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2016-yil 24-sentabr,
29/2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 24-sentabrdagi 29/2-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning “5” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5) elektron toʻlov hujjati (keyingi oʻrinlarda — ETH) — toʻlov tizimining qoidalari bilan belgilangan tarkib va formatdagi rekvizitlariga ega boʻlgan hamda elektron toʻlovni amalga oshirish uchun zarur axborotni oʻz ichiga olgan elektron hujjatdir. Elektron toʻlov hujjati pul-hisob-kitobga doir qogʻoz hujjat asosida yoki elektron toʻlov vositasidan foydalangan holda tuziladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. Elektron toʻlov hujjati bilan ishlashda uni elektron toʻlovni amalga oshirish uchun zarur rekvizitlarni saqlagan holda qogʻozda takrorlash imkoniyati taʼminlanishi kerak;”.
2. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Bankning Toʻlov (Hisob-kitob) markazini banklararo toʻlov tizimiga ulanishi uchun bank Toʻlov (Hisob-kitob) markazining nomi va manzilini koʻrsatgan holda xat bilan Markaziy bankning Toʻlov tizimi va axborot texnologiyalari departamentiga (keyingi oʻrinlarda — MB TTATD) murojaat qiladi. Mazkur xatga asosan MB TTATD bankning Toʻlov (Hisob-kitob) markazini banklararo toʻlov tizimiga ulash hamda uning filiallarining vakillik hisobvaraqlaridagi qoldiqlarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.”.
3. 15-bandda:
“1” kichik bandidagi “Tijorat banklariga litsenziya berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti MB TTADga” degan soʻzlar “Kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamenti MB TTATDga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“2” kichik bandidagi “MB TTADning” va “MB TTADga” degan soʻzlar tegishincha “MB TTATDning” va “MB TTATDga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“5” kichik bandidagi “Tijorat banklariga litsenziya berish va ular faoliyatini tartibga solish departamentining” va “MB TTAD” degan soʻzlar tegishincha “Kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamentining” va “MB TTATD” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 16-bandda:
toʻrtinchi xatboshidagi “MB TTADga” degan soʻzlar “MB TTATDga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “MB TTAD” degan soʻzlar “MB TTATD” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 21-banddagi “Soat 8-00 dan 16-00 gacha” degan soʻzlar “Soat 8-00 dan 17-00 gacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 22-banddagi “Soat 9-00 dan 16-00 gacha” degan soʻzlar “Soat 9-00 dan 17-00 gacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 23-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. 26-banddagi “disketalarda” degan soʻz “elektron axborot tashuvchi jismlarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 43-son, 509-modda)