17.10.2016 yildagi 346-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxslarni majburiy davolash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan berish va qabul qilish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxslarni majburiy davolash uchun berish toʻgʻrisidagi konvensiya (Moskva, 1997-yil 28-mart) qoidalarini va ushbu sohada Oʻzbekiston Respublikasining boshqa xalqaro shartnomalarini bajarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ruhiy holati buzilgan shaxslarni majburiy davolash uchun berish toʻgʻrisidagi konvensiya (Moskva, 1997-yil 28-mart) qoidalari amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi belgilanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ruhiy holati buzilgan shaxslarni majburiy davolash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan berish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq ruhiy holati buzilgan shaxslar majburiy davolash uchun berilishi va qabul qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining ruhiy holati buzilgan shaxslarni majburiy davolash uchun berish va qabul qilish, shu jumladan ichki ishlar organlari va sogʻliqni saqlash xodimlarini xorijiy davlatlarga xizmat safariga yuborish bilan bogʻliq xarajatlari har yili Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiy holati buzilgan shaxslarni majburiy davolash uchun berish va qabul qilish bilan bogʻliq transport xarajatlari har yili Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha ichki ishlar organlari va sogʻliqni saqlash xodimlariga xorijiy davlatlarga chiqish vizalarini, shuningdek ruhiy holati buzilgan shaxslarning majburiy davolash uchun Oʻzbekiston Respublikasiga qaytishi uchun zarur boʻlgan hujjatlarni rasmiylashtirishda koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga va tijorat banklariga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha ruhiy holati buzilgan shaxslarni majburiy davolash uchun Oʻzbekiston Respublikasidan berish va Oʻzbekiston Respublikasiga qabul qilish uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlarini konvertatsiya qilish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Moliya vaziri R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 17-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
346-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 346-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxslarni majburiy davolash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan berish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Ruhiy holati buzilgan shaxslarni majburiy davolash uchun berish toʻgʻrisidagi konvensiya (Moskva, 1997-yil 28-mart) va ushbu sohada Oʻzbekiston Respublikasining boshqa xalqaro shartnomalari asosida ruhiy holati buzilgan shaxslarni majburiy davolash uchun (keyingi oʻrinlarda ruhiy holati buzilgan shaxs deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasidan xorijiy davlatga berish va xorijiy davlatdan Oʻzbekiston Respublikasiga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ruhiy holati buzilgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasidan xorijiy davlatga berish va xorijiy davlatdan Oʻzbekiston Respublikasiga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Bosh prokuraturaning qarori asosida Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ruhiy holati buzilgan shaxslarni berish va qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Bosh prokuraturaning soʻrovi boʻyicha 15 ish kuni mobaynida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiy holati buzilgan shaxsni zarur tarzda davolashni va xavfsizlikning tegishli choralarini taʼminlash imkoniyati toʻgʻrisida xulosa beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiy holati buzilgan shaxsni majburiy davolash uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida psixiatriya muassasasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxslarni majburiy davolash uchun berish toʻgʻrisidagi konvensiyada (Moskva, 1997-yil 28-mart) va ushbu sohada Oʻzbekiston Respublikasining boshqa xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hujjatlarni hamda boshqa hujjatlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Bosh prokuraturaning ruhiy holati buzilgan shaxsni berish yoki qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori olingandan keyin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 ish kuni mobaynida Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ruhiy holati buzilgan shaxslarni transportda olib yurish sharoitlarini, berish yoki qabul qilish joyi, vaqti va tartibini belgilaydi hamda xorijiy davlatning vakolatli organi bilan kelishish uchun ular toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga maʼlum qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiy holati buzilgan shaxsni berish joyidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida psixiatriya muassasasigacha hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi psixiatriya muassasasidan xorijiy davlatga berish joyigacha transportda olib yuradi va ularga hamrohlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiy holati buzilgan shaxsni transportda olib yurish xavfsizligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ruhiy holati buzilgan shaxsni transportda olib yurish vaqtida favqulodda hodisalar yuz berganda Ichki ishlar vazirligi darhol Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Bosh prokuraturaning ruhiy holati buzilgan shaxsni berish yoki qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori olingandan keyin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 ish kuni mobaynida ruhiy holati buzilgan shaxsni transportda olib yurishga moneliklarni oʻrganadi. Transportda olib yurishga moneliklar aniqlangan taqdirda ruhiy holati buzilgan shaxsni berish yoki qabul qilishni kechiktirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga va Ichki ishlar vazirligiga asoslangan taklif yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiy holati buzilgan shaxsni berish joyidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida psixiatriya muassasasigacha hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi psixiatriya muassasasidan xorijiy davlatga berish joyigacha hamkorlik qiladi va ushbu maqsadlar uchun zarur tibbiyot xodimlarini ajratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 ish kuni mobaynida ruhiy holati buzilgan shaxsga hamrohlik qilish davrida zarur boʻladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari roʻyxatini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda ruhiy holati buzilgan shaxsni transportda olib yurish uchun maxsus transport ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ruhiy holati buzilgan shaxsning sogʻayishi yoki ruhiy holati oʻzgarishi hisobga olingan holda tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari bekor qilingan yoki oʻzgargan taqdirda Sogʻliqni saqlash vazirligi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida darhol Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ruhiy holati buzilgan shaxsni berish yoki qabul qilish, shuningdek unga tegishli buyumlar, pul va qimmatbaho narsalar ikki nusxada tuziladigan hamda berayotgan va qabul qilayotgan taraflarning vakillari tomonidan imzolanadigan dalolatnoma bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 42-son, 485-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)