Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH SOHASIDA BOSHQARUVNI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida” 2002-yil 30-maydagi PF-3080-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyatni tashkil etish va takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 220-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 51-son, 577-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi tegishli ravishda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining hamda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining huquqiy vorislari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan chet el hamda mamlakatimiz kompyuter va axborot kompaniyalari bilan birgalikda Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi 2005-yil 1-yanvargacha uning asosiy faoliyati boʻyicha soliqlarning barcha turlarini, yigʻimlarni toʻlashdan va davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalardan istisno tariqasida ozod qilinsin, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga hamda Respublika yoʻl jamgʻarmasiga ajratmalar bundan mustasno.
Belgilansinki, bunda boʻshayotgan mablagʻlar Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi boʻshayotgan mablagʻlarning Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi tomonidan maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasinlar.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi toʻgʻrisidagi hamda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1997-yil 28-avgustdagi 420-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 23-sentabr,
328-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 220-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 51-son, 577-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 51-son, 577-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 23-sentabrdagi 328-son qaroriga
4-ILOVA
2002-yil 23-sentabrdagi 328-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi huzurida radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish sohasida ishlarni samarali bajarish, radiochastotalardan foydalanish va ularning yoʻnalishi masalalari boʻyicha respublika manfaatlarini xalqaro tashkilotlarda huquqiy himoya qilish maqsadida tashkil etilgan.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-avgustdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi radiochastota spektrlaridan foydalanishni tartibga solish sohasida ishlarni muvofiqlashtiruvchi idoralararo kollegial organ hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 220-modda)
3. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Xalqaro elektr aloqasi uyushmasining normativ hujjatlariga va mazkur Nizomga amal qiladi hamda Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
4. Komissiya yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va banklarda hisob raqamlariga ega boʻladi.
II. Komissiyaning vazifalari
5. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
radiochastota organlari oʻrtasida radiochastota polosalarini taqsimlash, radiochastotalarni taqsimlash milliy jadvalini va radio aloqasi milliy reglamentini shakllantirish;
radiochastotani rejalashtirish, ularning vazifasi va ulardan foydalanish masalalarida xalqaro tashkilotlarda vakillik qilish va Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro huquqiy himoya qilish;
radiochastota spektridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
radiochastota spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;
radiochastota spektridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.
III. Komissiyaning funksiyalari
6. Belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida Komissiya:
barcha turdagi radioelektron vositalar uchun chastota berishni hisobga olish tartibini belgilaydi;
radiochastota spektridan foydalanish va uni nazorat qilish tartibini belgilaydi;
radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish masalalari boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida normativ hujjatlar qabul qiladi;
chastota berishni xorijiy davlatlar aloqa maʼmuriyatlari bilan belgilangan tartibda muvofiqlashtiradi va Oʻzbekiston Respublikasi radioelektron vositalariga berilgan chastotalarni Xalqaro elektr aloqasi uyushmasida roʻyxatdan oʻtkazadi;
radiochastota spektridan foydalanish sohasida qoʻshni davlatlar maʼmuriyatlari bilan hamkorlik qiladi;
radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish masalalari bilan shugʻullanuvchi xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlari himoya qilinishini tashkil etadi;
Xalqaro elektr aloqasi uyushmasi, Aloqa mintaqaviy hamdoʻstligi va boshqa xalqaro tashkilotlar hamda ular organlarining radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish masalalari boʻyicha konferensiyalari va yigʻilishlari tayyorlanishini tashkil etadi va ularda qatnashadi hamda ular qarorlarining bajarilishini taʼminlaydi;
milliy yoʻldosh tizimlari uchun radiochastotalar polosasini, turish nuqtalarini taqsimlashni va ulardan foydalanishni rejalashtiradi, shuningdek xorijiy mamlakatlarning sunʼiy Yer yoʻldoshlari orqali ishlovchi yoʻldosh aloqaning yer usti stansiyalaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun radiochastotalar polosalaridan foydalanish masalalarini hal etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan xalqaro huquqiy xususiyatga ega boʻlgan masalalarni hamda respublikaning xalqaro elektr aloqasi konvensiyasiga va boshqa xalqaro hujjatlarga tegishli majburiyatlarini kelishadi;
radioelektron vositalarni chastotali-hududiy tarqatish normalari va industrial radio toʻsiqlarning yoʻl qoʻyiladigan koʻrsatkichlari normalari ishlab chiqilishini tashkil etadi va ularni tasdiqlaydi;
radioelektron vositalarning elektromagnit mosligini belgilovchi talablar yuzasidan radioelektron vositalarga standartlar va texnik shartlar loyihalarini, radiochastotalardan, farqlash signallaridan foydalanishni, radioelektron vositalarni yetkazib berish tartibini kelishadi;
ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishlari mavzulari, davlat standartlarini ishlab chiqish yuzasidan takliflar tayyorlaydi va xulosalar beradi;
chastotalarni taqsimlashning milliy jadvalini va respublika radio aloqasi reglamentini ishlab chiqadi va nashr etadi;
vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalardan va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish imkoniyati toʻgʻrisidagi buyurtmanomalarini koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qaror qabul qiladi;
elektromagnit moslikni belgilovchi texnik tavsiflar yuzasidan yuqori chastotali qurilmalar, elektr qurilmalar, mashinalar, apparatlar, priborlarga standartlarni, texnik shartlarni, shuningdek industrial toʻsiqlarga umumdavlat standartlari loyihalarini koʻrib chiqadi va kelishadi;
radiochastota organlari oʻrtasida radiochastota polosalarini taqsimlaydi va radiochastota spektridan foydalanish sohasida ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;
ishlab chiqilayotgan (zamonaviylashtirilayotgan), ishlab chiqarilayotgan va chet eldan xarid qilinayotgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastotalar polosasini ajratadi.
IV. Komissiyaning huquqlari
7. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektridan foydalanish va radioelektron vositalarining elektromagnit mosligini taʼminlash tartibini belgilash;
radioelektron vositalar uchun davlat standartlari, texnik shartlar, normalar, foydalanish qoidalari va boshqa normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda radiochastota spektridan vaqt va (yoki) hudud boʻyicha foydalanishni toʻxtatib yoki cheklab qoʻyish;
radiochastota organlarining qarorlari Radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan amaldagi normativ hujjatlar talablarini buzgan taqdirda ularni bekor qilish;
radiochastota organlarining radiochastota spektrini samarali taqsimlash va foydalanishga oid faoliyatini tartibga solish;
davlat boshqaruvi organlari, jismoniy va yuridik shaxslardan Komissiya vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha zarur axborotlarni soʻrab olish.
Komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruvi organlari hamda radiochastota spektridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishi majburiydir.
V. Komissiya faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi Komissiyaning raisi hisoblanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-avgustdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vakillari Komissiya tarkibiga kiritiladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-avgustdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 458-modda)
Komissiya aʼzolari almashish huquqisiz Komissiya majlislarida qatnashadilar.
Vazirliklar va idoralar vakillari Komissiya tarkibiga tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlari takliflari boʻyicha kiritiladilar.
Komissiyaning shaxsiy tarkibi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan tasdiqlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qarori tahririda —Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
10. Komissiya aʼzolari oʻz vazifalarini jamoatchilik asosida bajaradilar. Xodimlari Komissiya tarkibiga kiritilgan vazirliklar, idoralar va davlat boshqaruvi boshqa organlari rahbarlari ularning Komissiya tarkibida ishlashi uchun shart-sharoit yaratib beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Komissiyaning muvofiqlashtirish, materiallarni ishlab chiqish va tayyorlash boʻyicha joriy tezkor faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi huzurida Komissiya raisining oʻrinbosari boshchilik qiladigan Komissiyaning ijro etuvchi direksiyasi tashkil etiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-avgustdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 458-modda)
12. Ijro etuvchi direksiya faoliyati radiochastota spektridan foydalanganlik uchun toʻlov mablagʻlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi.
13. Komissiya raisi ijro etuvchi direksiya tuzilmasini, shtatlar roʻyxatini va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-iyundagi 159-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 273-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha davlat komissiyasi toʻgʻrisida” 1992-yil 3-sentabrdagi 406-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 9-son, 27-modda) 3-bandning ikkinchi xatboshi hamda 4-band chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-iyundagi 275-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Muqobil xizmatni tashkil etish va oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ilovaning yettinchi xatboshidagi “pochta va telekommunikatsiyalar” soʻzlari “aloqa va axborotlashtirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va ularning ish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 12-oktabrdagi 502-son qarori 4 va 5-bandlaridagi “Aloqa vazirligining” va “Aloqa vazirligi huzuridagi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining” va “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini 2010-yilgacha boʻlgan davrda rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturi toʻgʻrisida” 1995-yil 1-avgustdagi 307-son qarorida:
5 va 9-bandlardagi “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi”, “Aloqa vazirligiga”, “Aloqa vazirligi” soʻzlari tegishli ravishda “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi”, “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga”, “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
1-ilova 2-bobining oxirgi xatboshidagi “Toshkent aloqa elektrotexnika instituti” soʻzlari “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining “INTELSAT” yoʻldosh aloqasi xalqaro tashkilotiga kirishi toʻgʻrisida” 1997-yil 24-fevraldagi 105-son qarorining 2-bandidagi “pochta va telekommunikatsiyalar” soʻzlari “aloqa va axborotlashtirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 31-iyuldagi 380-son qarorida:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 220-modda)
1, 1a, 2, 2a va 7-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 386-modda)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998yil 1-iyuldagi 274-son qarori nomida va matnida hamda qarorga ilovalarda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga koʻrsatmalar Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, radioteledasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil10-iyuldagi 293-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda):
a) 6-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “pochta va telekommunikatsiyalar” soʻzlari “aloqa va axborotlashtirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi”, “Davlat matbuot qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 9-bandda:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
g) 4-ilovada:
5-banddagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligiga, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin, “Fan va texnika davlat qoʻmitasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
6-banddagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi”, “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin, “Fan va texnika davlat qoʻmitasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
8-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi”, “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi”, “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi”, “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 9-ilovaning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 5-fevraldagi 52-son qarorida:
a) 1-banddagi va 2-bandning uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandda:
uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 220-modda)
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1999-2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻini modernizatsiya qilish va uni rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida” 1999-yil 22-apreldagi 193-son qaroriga ilova 1.3-kichik bandining birinchi xatboshidagi va 3-jadval nomidagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish (II bosqich) uchun Yaponiya xorijiy iqtisodiy hamkorlik jamgʻarmasining imtiyozli kreditiga xizmat koʻrsatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 6-iyuldagi 331-son qarori 5-bandining toʻrtinchi xatboshidagi, 6-bandining birinchi xatboshidagi, 7-bandidagi, 9-bandining birinchi va ikkinchi xatboshidagi va 10-bandidagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 30-iyundagi 253-son qarorida:
a) 1-bandda:
birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-banddagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-ilova nomidagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 73-modda):
a) 1-banddagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi”, “telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi” soʻzlari “aloqa va axborotlashtirish soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovada:
42-banddagi “Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomga 2 va 3-ilovalardagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-oktabrdagi 429-son qarori bilan tasdiqlangan (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001y., 10-son, 60-modda) Oʻzbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
4-banddagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Radiochastota spektridan foydalanganlik uchun olingan va radiochastota spektridan foydalanishni davlat tomonidan boshqarish hamda monitoring olib borish xarajatlarini qoplashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar daromad hisoblanmaydi va tegishli ravishda ularga soliq solinmaydi”.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent teleminorasining uzatuvchi televizion kompleksini zamonaviylashtirish va rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 6-noyabrdagi 440-son qaroridagi Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga koʻrsatmalar Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 17-18-son, 139-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda, 19-son, 220-modda, 30-son, 345-modda, 43-son, 456-modda; 2005-y., 32-33-son, 255-modda, 2005-y., 52-son, 386-modda; 2009-y., 24-son, 273-modda; 2010-y., 14-15-son, 106-modda; 2011-y., 52-son, 561-modda; 2012-y., 21-son, 232-modda, 51-son, 577-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda; 2014-y., 15-son, 167-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 09/19/973/4123-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)