Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON POChTA VA TELEKOMMUNIKATSIYALAR AGENTLIGI TOʻGʻRISIDAGI HAMDA POChTA VA TELEKOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRIShNI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASh JAMGʻARMASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli “Aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 31-iyuldagi 380-son qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi hamda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyat koʻrsatishining tashkiliy-huquqiy bazasini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi toʻgʻrisida Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab - quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Oʻzdavstandart” markazi pochta va telekommunikatsiyalar texnik vositalarini va xizmatlarini sertifikatsiyalash organi sifatida Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari K. R. Rahimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 28-avgust,
420-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi458-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2000-y., 9-10-son, 146-modda)
Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab - quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NI3OM
I. Umumiy qoidalar
1. Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishning ustuvor va ijtimoiy ahamiyatli loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlashda qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz balansiga, milliy va xorijiy valyutada hisob - kitob va boshqa bank schyotlariga, oʻz ramzi tasvirlangan va nomi yozilgan muhrga, shtamplar va rasmiy ish qogʻozlariga ega boʻladi.
Jamgʻarma oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻzining barcha aktivlari bilan javob beradi.
Jamgʻarma mablagʻlari mazkur Nizomda nazarda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi.
Jamgʻarmani tugatish va qayta tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
II. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari
4. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tizimiga kiruvchi pochta va telekommunikatsiyalar obyektlari hamda korxonalarini xususiylashtirishdan olingan mablagʻlarning 40 foizi;
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tizimiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari hamda qoʻshma korxonalardagi davlatga tegishli aksiya (ulush)lar turkumi boʻyicha dividendlarning 25 foizi;
Oldingi tahrirga qarang.
telekommunikatsiyalar sohasida boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarni berganlik uchun davlat poshlinalaridan tushuvchi mablagʻlarning 50 foizi;
(II boʻlim 4 bandining toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2000-y., 9-10-son, 146-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik va jismoniy shaxslarning begʻaraz badallari;
(II boʻlim 4 bandining beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2000-y., 9-10-son, 146-modda)
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini bank depozitlari shaklida yoki boshqa shakllarda joylashtirishdan olingan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Mulkchilik shakllari va qaysi idoraga qarashliliklaridan qatʼi nazar, pochta va telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat koʻrsatayotgan jismoniy, shuningdek yuridik shaxslardan normativ hujjatlar, davlat tarmoqlar standartlari talablarini, pochta va telekommunikatsiyalar sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun sanksiyalar shaklida, monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzganlik uchun solinadigan iqtisodiy sanksiyalar va jarimalardan boshqa, undiriladigan mablagʻlar.
(II boʻlim 4 bandining oxirgi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2000-y., 9-10-son, 146-modda)
III. Jamgʻarmaning vazifalari va faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
5. Quyidagilar: jamgʻarma vazifalari va faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
korxonalarni xususiylashtirishdan olingan mablagʻlarning 40 foizini, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarida va qoʻshma korxonalardagi davlatga tegishli aksiya (ulush)lar turkumlari boʻyicha dividendlarning 25 foizini hamda pochta va telekommunikatsiyalar ayrim korxonalarining badallarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid boʻlmaydigan boshqa mablagʻlarni jamlash;
Jamgʻarma schyotlarida jamlanadigan mablagʻlardan:
pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar tarmoqlari hamda vositalarini texnik qayta jihozlash va rekonstruksiya qilishni rivojlantirish sohasidagi ustuvor ilmiy - tadqiqot ishlarini mablagʻ bilan taʼminlashda;
telekommunikatsiyalar mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etish hamda xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq dasturlarni amalga oshirishda;
mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash tizimini rivojlantirishni mablagʻ bilan taʼminlashda;
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi apparati hamda uning tizimiga kiruvchi va daromad olishning mustaqil manbalariga ega boʻlmagan telekommunikatsiya tizimlarini tartibga solish, boshqarish va nazorat qilish davlat organlari faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlashda;
tanlov asosida tanlab olinadigan pochta va telekommunikatsiyalarni rekonstruksiya qilish hamda rivojlantirish loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlashda;
shahar va qishloq aloqa boʻlimlarida pochta-kassa operatsiyalarini kompyuterlashtirish loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlashda;
efirga ruxsatsiz chiqishlar va davlat tuzilmalarining radio vositalariga xalal berishlarning oldini olish maqsadida radiochastota spektridan foydalanilishi ustidan davlat nazoratini oʻrnatish uchun maxsus nazorat-oʻlchov texnikasi sotib olishga sarflangan xarajatlarni qisman qoplashda;
kommutatsiya tizimlari uchun vatanimizning dasturiy taʼminotini tashkil qilish va joriy etish boʻyicha maxsus dastur ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini mablagʻ bilan taʼminlashda;
qishloq joylarda aloqa xizmati koʻrsatuvchi pochta aloqasi, radio aloqa, radioeshittirish va televideniye korxonalariga vaqtinchalik moliyaviy yordam koʻrsatishda;
pochta xodimlari uchun formali kiyim - bosh va velosipedlar sotib olish xarajatlarini qisman mablagʻ bilan taʼminlashda foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qishloqlari va uzoq aholi yashash joylari telekommunikatsiya infratuzilmasini qayta jihozlash va uni yanada rivojlantirishni maqsadli mablagʻ bilan taʼminlash.
(III boʻlim 5-bandining uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
operatorlar va provaydyerlar tomonidan koʻrsatilayotgan telekommunikatsiyalar universal xizmatlarini rivojlantirishni mablagʻ bilan taʼminlash;
(III boʻlimning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2000-y., 9-10-son, 146-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining telekommunikatsiya asbob-uskunalarini yetkazib berish yuzasidan kontraktlar boʻyicha qarzlarini qisman toʻlash.
(III boʻlimning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-dekabrdagi 488-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirilgan)
6. Jamgʻarma mablagʻlari tegishli litsenziyalar asosida respublika hududida oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, asosiy faoliyati boʻyicha xizmatlar hajmi jami tushum hajmining kamida 60 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslarga, shuningdek pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi oʻquv, ilmiy-tadqiqot muassasalariga va tartibga solish, boshqarish va nazorat qilish organlarigagina ajratiladi.
7. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tizimiga kiruvchi korxonalarning sarmoyalariga qoʻyiladi va ayrim hollarda “Aloqabank” va uning filiallari orqali ularga kreditlar sifatida beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Jamgʻarma mablagʻlari Jamgʻarmaning tasdiqlangan budjetiga muvofiq Agentlik va “Aloqabank” ekspertizasidan oʻtgan elektr, pochta aloqasi, radioaloqa, radioeshittirish va televideniye vositalari va tarmoqlarini rivojlantirishning aniq loyihalariga ajratiladi.
(III boʻlimning 8 bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 1-2-son, 2-modda)
IV. Jamgʻarmaning huquqlari
9. Jamgʻarma quyidagi huquqlarga egadir:
mazkur Nizomning II boʻlimida belgilangan manbalardan tushuvchi mablagʻlarni oʻz bank schyotlarida jamlash;
mablagʻlarni pochta va telekommunikatsiyalar korxonalarining sarmoyalariga qoʻyish yoki ixtisoslashtirilgan “Aloqabank” va uning filiallari orqali kreditlar, berish yoʻli bilan ulardan foydalanish;
Jamgʻarma tomonidan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish, qoidabuzishlar aniqlangan hollarda mablagʻ bilan taʼminlashni toʻxtatish yoki ajratilgan mablagʻlarni qaytarib olish;
“Aloqabank” va uning tarmoqlarining mamlakat hamda xorijiy davlatlarning kredit - moliya muassasalari bilan vakillik munosabatlaridan foydalanib, vaqtincha boʻsh mablagʻlarni qisqa muddatli likvidli moliya vositalariga (depozitlarga, qarz qimmatli qogʻozlar va boshqalarga) joylashtirish.
10 Jamgʻarma mablagʻlarini joylashtirishga oid barcha operatsiyalar Jamgʻarma Kengashi bilan kelishgan holda uning tomonidan har yili tasdiqlanadigan budjet doirasida amalga oshiriladi.
11. Jamgʻarma elektr va pochta aloqasi, radioaloqa, radioeittirish va televideniye vositalari va tarmoqlarini rivojlantirish hamda rekonstruksiya qilishning aniq loyihalariga Jamgʻarma mablagʻlarini ajratish uchun shartlar, talablar va Qoidalarni belgilashga haqlidir.
12. Jamgʻarma savdo - vositachilik, lizing, trast va ipoteka operatsiyalarini amalga oshirish, shuningdek qarz mablagʻlarini jalb qilish huquqiga ega emas.
V. Jamgʻarmaning majburiyatlari
13. Jamgʻarma:
resurslardan samarali foydalanishni taʼminlashga;
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirishga;
aloqa xizmatlari barcha turlarining rivojlanishi va takomillashtirilishiga koʻmaklashishga;
har yili 1-dekabrdan kechiktirmay navbatdagi yil uchun daromadlar va xarajatlarni yil choraklari, shuningdek, moddalar boʻyicha taqsimlagan holda prognoz budjetni tuzish va uni Jamgʻarma Kengashi tasdiqlashi, uchun kiritishga;
har bir kalendar chorakning yigirma kuni davomida Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tamom boʻlgan yil choragi uchun moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etishga;
har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻtgan davr uchun Jamgʻarma faoliyati toʻgʻrisida batafsil hisobot taqdim etishga majburdir.
VI. Jamgʻarmani boshqarish
14. Jamgʻarma Kengashi Jamgʻarma boshqaruvining yuqori organi hisoblanadi, u Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat mulki qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqasi xizmati rahbarlari oʻrinbosarlaridan iborat boʻladi.
Jamgʻarma Kengashining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktorining oʻrinbosari Jamgʻarma Kengashining raisi hisoblanadi.
Jamgʻarma Kengashi raisi va uning aʼzolari oʻz vazifalarni jamoatchilik asosida bajaradilar.
15. Jamgʻarma Kengashi Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlarini va shartlarini belgilaydi va Jamgʻarma direktorining mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotini tinglaydi.
16. Jamgʻarma Kengashining yigʻilishi yil choragida kamida bir marta oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda navbatdan tashqari yigʻilishlar chaqirilishi mumkin.
17. Jamgʻarmaning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish va Jamgʻarma Kengashi qarorlarini bajarish direktor boshchiligidagi direksiya tomonidan amalga oshiriladi. Direktor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan boʻshatiladi hamda Jamgʻarma Kengashi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi.
18. Jamgʻarma direktori:
Jamgʻarmaning joriy faoliyatini tashkil etadi va unga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi;
Jamgʻarma xodimlarini ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;
davlat organlari, muassasalar va korxonalar, yuridik va jismoniy shaxslar oldida, shu jumladan xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar oldida Jamgʻarmaning manfaatlarini ifodalaydi.
Jamgʻarma faoliyatiga aloqador yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzadi, Jamgʻarma nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi;
shtat jadvalini, Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga Jamgʻarma apparatini mablagʻ bilan taʼminlash uchun xarajatlar smetasini tuzadi va Jamgʻarma Kengashining tasdigʻiga taqdim etadi;
Jamgʻarmaning lavozim yoʻriqnomalarini va boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlaydi;
Jamgʻarma nomidan daʼvolar qiladi;
Jamgʻarma xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
mazkur Nizomga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalar boʻyicha qaror qabul qiladi.