Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH SOHASIDA BOSHQARUVNI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida” 2002-yil 30-maydagi PF-3080-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyatni tashkil etish va takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 220-modda)
Budjetdan tashqari Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom va uning tashkiliy tuzilmasi 2, 3-ilovalarga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi tegishli ravishda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining hamda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining huquqiy vorislari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan chet el hamda mamlakatimiz kompyuter va axborot kompaniyalari bilan birgalikda Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi 2005-yil 1-yanvargacha uning asosiy faoliyati boʻyicha soliqlarning barcha turlarini, yigʻimlarni toʻlashdan va davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalardan istisno tariqasida ozod qilinsin, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga hamda Respublika yoʻl jamgʻarmasiga ajratmalar bundan mustasno.
Belgilansinki, bunda boʻshayotgan mablagʻlar Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi boʻshayotgan mablagʻlarning Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi tomonidan maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasinlar.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi toʻgʻrisidagi hamda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1997-yil 28-avgustdagi 420-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 23-sentabr,
328-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 220-modda)
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi (bundan buyon matnda “Jamgʻarma” deb yuritiladi) aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida ustuvor va ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan loyihalar, ilmiy-tadqiqot ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash maqsadida tashkil etilgan.
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz balansiga, bank hisob raqamlariga, Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtamplarga, blanklarga egadir.
Jamgʻarma oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻzining barcha aktivlari bilan javob beradi.
Jamgʻarmaning mablagʻlari mazkur Nizomda nazarda tutilgan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi.
II. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari
4. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 456-modda)
aloqa va axborotlashtirish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlashdan tushuvchi mablagʻlarning 50 foizi;
yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek xalqaro tashkilotlarning begʻaraz badallari;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq bank depozitlari shaklida va boshqa shakllarda joylashtirishdan tushgan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
aloqa sohasida normativ hujjatlar talablari, davlat tarmoq standartlari, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar aloqa sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxslarga solingan jarima jazolari mablagʻlarining 45 foizi, raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun solinadigan iqtisodiy jazolar va jarimalar bundan mustasno;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
abonent raqamidan foydalanganlik uchun haq toʻlashdan tushgan mablagʻlarning 10 foizi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 561-modda)
III. Jamgʻarmaning vazifalari va faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
5. Quyidagilar Jamgʻarmaning vazifalari va faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan manbalardan tushgan mablagʻlarni jamlash;
Jamgʻarma hisob raqamlarida jamlangan mablagʻlardan:
maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida ustuvor loyihalar, ilmiy-tadqiqot ishlari va dasturlar;
aloqa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmatlarning yangi turlarini ishlab chiqish va joriy etish hamda respublikaning butun hududida milliy va xalqaro axborot tarmoqlaridan yuqori tezlikda foydalanish;
aloqa, kompyuter va tarmoqli texnologiyalar, dasturiy mahsulotlar va maʼlumotlarning elektron bazalari sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish, shuningdek kompyuter va axborot texnologiyalaridan keng foydalanishga asoslangan oʻqitish tizimi;
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi apparati, shuningdek uning tizimiga kiruvchi daromadlarning mustaqil manbaiga ega boʻlmagan telekommunikatsiya tizimlarini tartibga solish, boshqarish va nazorat qilish davlat organlari faoliyati;
tanlov asosida tanlanadigan aloqa va axborotlashtirish sohasini rekonstruksiya qilish, rivojlantirish va kompyuterlashtirish loyihalari;
efirga ruxsat berilmagan chiqishlarning va davlat tuzilmalari radio vositalariga toʻsqinlik qilishning oldini olish maqsadida radio chastota spektridan foydalanish ustidan davlat nazorati uchun maxsus nazorat-oʻlchov texnikasi sotib olish xarajatlarini qisman qoplash;
sifatli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va mamlakatimizning dasturiy mahsulotlarini ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish;
qishloq joylarda xizmatlar koʻrsatuvchi aloqa, radioeshittirish va televideniye korxonalariga vaqtinchalik moliyaviy yordam berish;
pochta xodimlari uchun formali kiyim bosh va velosiped sotib olish xarajatlarini qisman qoplash;
Oʻzbekiston Respublikasining qishloqlari va chekka aholi punktlarining telekommunikatsiya infratuzilmasini maqsadli qayta jihozlash va yanada rivojlantirish;
operatorlar va provayderlar tomonidan koʻrsatiladigan universal aloqa xizmatlarini rivojlantirishni mablagʻ bilan taʼminlash;
telekommunikatsiya asbob-uskunalari yetkazib berish boʻyicha tuzilgan kontraktlar boʻyicha “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining qarzlarini qisman qaytarishni mablagʻ bilan taʼminlashda foydalanish.
IV. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi
6. Jamgʻarma mablagʻlari oʻz faoliyatini respublika hududida tegishli litsenziyalar asosida amalga oshiruvchi, asosiy faoliyati boʻyicha xizmatlar hajmi tushum butun hajmining kamida 60 foizini tashkil etuvchi, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, faqat yuridik shaxslarga, shuningdek aloqa va axborotlashtirish sohasidagi oʻquv, ilmiy-tadqiqot muassasalariga hamda tartibga solish, boshqarish organlariga ajratilishi mumkin.
7. Jamgʻarma mablagʻlari:
begʻaraz moliyaviy qoʻyilmalar va grantlar;
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining maxsus komissiyasi tanlovidan va “Aloqabank” aksiyadorlik-tijorat banki ekspertizasidan oʻtgan aloqa va axborotlashtirish sohasida rivojlantirish loyihalari uchun Jamgʻarma tomonidan beriladigan qarzlar;
Jamgʻarmaning “Aloqabank” aksiyadorlik-tijorat bankidagi kredit liniyasi orqali kreditlar shaklida ajratiladi.
8. Jamgʻarma mablagʻlari Jamgʻarmaning tasdiqlangan budjetiga muvofiq Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda “Aloqabank”ning ekspertizasidan oʻtgan aloqa vositalari va tarmoqlarini, maʼlumotlarni uzatish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, radioeshittirish va televideniyeni rivojlantirishning aniq loyihalariga ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma mablagʻlari shuningdek aloqa va axborotlashtirish sohasidagi kichik biznes subyektlariga Jamgʻarmaning tasdiqlangan budjetiga muvofiq Jamgʻarmaning “Aloqabank” aksiyadorlik-tijorat bankidagi kredit liniyasi orqali kreditlar shaklida ajratilishi mumkin.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 31-modda)
V. Jamgʻarmaning huquqlari
9. Jamgʻarma quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
mazkur Nizomning II boʻlimida belgilangan manbalardan tushuvchi mablagʻlarni oʻzining bank hisob raqamlarida jamlash;
mablagʻlarni aloqa korxonalari sarmoyasiga investitsiya qilish yoʻli bilan ulardan foydalanish, aloqa korxonalariga Jamgʻarmaning “Aloqabank” aksiyadorlik-tijorat banki va uning filiallaridagi kredit liniyasi orqali kreditlar berish;
Jamgʻarma tomonidan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish, mablagʻ bilan taʼminlashni toʻxtatib qoʻyish yoki qonun buzilishi aniqlangan taqdirda ajratilgan mablagʻlarni chaqirib olish;
vaqtincha boʻsh mablagʻlarni qisqa muddatli likvidli moliyaviy vositalar (depozitlar, qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar va hokazolar)ga joylashtirish.
10. Jamgʻarma mablagʻlarini joylashtirishga doir barcha operatsiyalar Jamgʻarma Kengashi tomonidan har yili tasdiqlanadigan Jamgʻarma budjeti doirasida Jamgʻarma Kengashi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
11. Jamgʻarma Jamgʻarmaning mablagʻlarini aloqa vositalari va tarmoqlarini rivojlantirish va rekonstruksiya qilish, maʼlumotlarni uzatish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, radioeshittirish va televideniyening aniq loyihalariga ajratish uchun shartlar, talablar va qoidalarni belgilashga haqlidir.
12. Jamgʻarma savdo-vositachilik, lizing, trast, ipoteka operatsiyalarini amalga oshirish, shuningdek qarz mablagʻlarini jalb etish huquqiga ega emas.
VI. Jamgʻarmaning majburiyatlari
13. Jamgʻarma:
resurslardan samarali foydalanilishini taʼminlashga;
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qarz oluvchini nazorat qilishga;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa xizmatlarining barcha turlarini rivojlantirish va takomillashtirishga koʻmaklashishga;
har yilning 1-dekabridan kechikmay choraklar, tushum manbalari va xarajatlar yoʻnalishlari boʻyicha navbatdagi yilga prognoz budjetni tuzishga hamda uni Jamgʻarma Kengashi tasdiqlashi uchun kiritishga;
har bir kalendar chorakdan keyin yigirma kun mobaynida Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tugagan chorak uchun moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etishga;
har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tugagan davr uchun Jamgʻarma faoliyati toʻgʻrisida yoyma hisobot taqdim etishga majburdir.
VII. Jamgʻarmani boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Maxsus aloqa xizmati rahbarlarining oʻrinbosarlaridan iborat tarkibdagi Jamgʻarma Kengashi Jamgʻarmani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
(14-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-iyundagi 159-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 273-modda)
Jamgʻarma Kengashining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining oʻrinbosari Jamgʻarma Kengashining raisi hisoblanadi.
Jamgʻarma Kengashi raisi va aʼzolari oʻz vazifalarini jamoatchilik asosida bajaradilar.
15. Jamgʻarma Kengashi mablagʻlardan, shu jumladan foydadan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlari va shartlarini belgilaydi, budjetni koʻrib chiqadi, Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida Jamgʻarma direktorining hisobotini eshitadi.
16. Jamgʻarma Kengashi majlisi bir chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin.
17. Jamgʻarmaning joriy faoliyatiga va Jamgʻarma Kengashi qarorlari bajarilishiga rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston aloqa va axborot agentligi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan hamda lavozimga Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan direktor boshchiligidagi direksiya tomonidan amalga oshiriladi.
18. Jamgʻarma direktori:
Jamgʻarmaning joriy faoliyatini tashkil etadi va Jamgʻarmaga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun javob beradi;
Jamgʻarma xodimlarini ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;
davlat organlari, muassasalar va korxonalar, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar oldida Jamgʻarma manfaatlarini ifodalaydi;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan Jamgʻarma faoliyatiga tegishli shartnomalarni tuzadi, Jamgʻarma nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi;
shtat roʻyxatini, Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga Jamgʻarma apparati taʼminotiga xarajatlar smetasini tuzadi va tasdiqlash uchun Jamgʻarma Kengashiga taqdim etadi;
lavozim yoʻriqnomalarini va Jamgʻarmaning boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlaydi;
Jamgʻarma nomidan daʼvo arizalari beradi;
Jamgʻarma xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
mazkur Nizomga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
19. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tugatiladi va qayta tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining boshqaruv apparati tuzilmasi
Jami — 7 kishi
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 23-sentabrdagi 328-son qaroriga
4-ILOVA
2002-yil 23-sentabrdagi 328-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi huzurida radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish sohasida ishlarni samarali bajarish, radiochastotalardan foydalanish va ularning yoʻnalishi masalalari boʻyicha respublika manfaatlarini xalqaro tashkilotlarda huquqiy himoya qilish maqsadida tashkil etilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi radiochastota spektrlaridan foydalanishni tartibga solish sohasida ishlarni muvofiqlashtiruvchi idoralararo kollegial organ hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 220-modda)
3. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Xalqaro elektr aloqasi uyushmasining normativ hujjatlariga va mazkur Nizomga amal qiladi hamda Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
4. Komissiya yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va banklarda hisob raqamlariga ega boʻladi.
II. Komissiyaning vazifalari
5. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
radiochastota organlari oʻrtasida radiochastota polosalarini taqsimlash, radiochastotalarni taqsimlash milliy jadvalini va radio aloqasi milliy reglamentini shakllantirish;
radiochastotani rejalashtirish, ularning vazifasi va ulardan foydalanish masalalarida xalqaro tashkilotlarda vakillik qilish va Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro huquqiy himoya qilish;
radiochastota spektridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
radiochastota spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;
radiochastota spektridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.
III. Komissiyaning funksiyalari
6. Belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida Komissiya:
barcha turdagi radioelektron vositalar uchun chastota berishni hisobga olish tartibini belgilaydi;
radiochastota spektridan foydalanish va uni nazorat qilish tartibini belgilaydi;
radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish masalalari boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida normativ hujjatlar qabul qiladi;
chastota berishni xorijiy davlatlar aloqa maʼmuriyatlari bilan belgilangan tartibda muvofiqlashtiradi va Oʻzbekiston Respublikasi radioelektron vositalariga berilgan chastotalarni Xalqaro elektr aloqasi uyushmasida roʻyxatdan oʻtkazadi;
radiochastota spektridan foydalanish sohasida qoʻshni davlatlar maʼmuriyatlari bilan hamkorlik qiladi;
radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish masalalari bilan shugʻullanuvchi xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlari himoya qilinishini tashkil etadi;
Xalqaro elektr aloqasi uyushmasi, Aloqa mintaqaviy hamdoʻstligi va boshqa xalqaro tashkilotlar hamda ular organlarining radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish masalalari boʻyicha konferensiyalari va yigʻilishlari tayyorlanishini tashkil etadi va ularda qatnashadi hamda ular qarorlarining bajarilishini taʼminlaydi;
milliy yoʻldosh tizimlari uchun radiochastotalar polosasini, turish nuqtalarini taqsimlashni va ulardan foydalanishni rejalashtiradi, shuningdek xorijiy mamlakatlarning sunʼiy Yer yoʻldoshlari orqali ishlovchi yoʻldosh aloqaning yer usti stansiyalaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun radiochastotalar polosalaridan foydalanish masalalarini hal etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan xalqaro huquqiy xususiyatga ega boʻlgan masalalarni hamda respublikaning xalqaro elektr aloqasi konvensiyasiga va boshqa xalqaro hujjatlarga tegishli majburiyatlarini kelishadi;
radioelektron vositalarni chastotali-hududiy tarqatish normalari va industrial radio toʻsiqlarning yoʻl qoʻyiladigan koʻrsatkichlari normalari ishlab chiqilishini tashkil etadi va ularni tasdiqlaydi;
radioelektron vositalarning elektromagnit mosligini belgilovchi talablar yuzasidan radioelektron vositalarga standartlar va texnik shartlar loyihalarini, radiochastotalardan, farqlash signallaridan foydalanishni, radioelektron vositalarni yetkazib berish tartibini kelishadi;
ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishlari mavzulari, davlat standartlarini ishlab chiqish yuzasidan takliflar tayyorlaydi va xulosalar beradi;
chastotalarni taqsimlashning milliy jadvalini va respublika radio aloqasi reglamentini ishlab chiqadi va nashr etadi;
vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalardan va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish imkoniyati toʻgʻrisidagi buyurtmanomalarini koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qaror qabul qiladi;
elektromagnit moslikni belgilovchi texnik tavsiflar yuzasidan yuqori chastotali qurilmalar, elektr qurilmalar, mashinalar, apparatlar, priborlarga standartlarni, texnik shartlarni, shuningdek industrial toʻsiqlarga umumdavlat standartlari loyihalarini koʻrib chiqadi va kelishadi;
radiochastota organlari oʻrtasida radiochastota polosalarini taqsimlaydi va radiochastota spektridan foydalanish sohasida ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;
ishlab chiqilayotgan (zamonaviylashtirilayotgan), ishlab chiqarilayotgan va chet eldan xarid qilinayotgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastotalar polosasini ajratadi.
IV. Komissiyaning huquqlari
7. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektridan foydalanish va radioelektron vositalarining elektromagnit mosligini taʼminlash tartibini belgilash;
radioelektron vositalar uchun davlat standartlari, texnik shartlar, normalar, foydalanish qoidalari va boshqa normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda radiochastota spektridan vaqt va (yoki) hudud boʻyicha foydalanishni toʻxtatib yoki cheklab qoʻyish;
radiochastota organlarining qarorlari Radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan amaldagi normativ hujjatlar talablarini buzgan taqdirda ularni bekor qilish;
radiochastota organlarining radiochastota spektrini samarali taqsimlash va foydalanishga oid faoliyatini tartibga solish;
davlat boshqaruvi organlari, jismoniy va yuridik shaxslardan Komissiya vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha zarur axborotlarni soʻrab olish.
Komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruvi organlari hamda radiochastota spektridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishi majburiydir.
V. Komissiya faoliyatini tashkil etish
8. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining bosh direktori Komissiyaning raisi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vakillari Komissiya tarkibiga kiritiladi.
(9-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-iyundagi 159-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 273-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya aʼzolari almashish huquqisiz Komissiya majlislarida qatnashadilar.
Vazirliklar va idoralar vakillari Komissiya tarkibiga tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlari takliflari boʻyicha kiritiladilar.
Komissiyaning shaxsiy tarkibi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan tasdiqlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qarori tahririda —Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
10. Komissiya aʼzolari oʻz vazifalarini jamoatchilik asosida bajaradilar. Xodimlari Komissiya tarkibiga kiritilgan vazirliklar, idoralar va davlat boshqaruvi boshqa organlari rahbarlari ularning Komissiya tarkibida ishlashi uchun shart-sharoit yaratib beradilar.
11. Komissiyaning muvofiqlashtirish, materiallarni ishlab chiqish va tayyorlash boʻyicha joriy tezkor faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash uchun Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi huzurida Komissiya raisining oʻrinbosari boshchilik qiladigan Komissiyaning ijro etuvchi direksiyasi tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Ijro etuvchi direksiya faoliyati radiochastota spektridan foydalanganlik uchun toʻlov mablagʻlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi.
13. Komissiya raisi ijro etuvchi direksiya tuzilmasini, shtatlar roʻyxatini va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-iyundagi 159-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 273-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha davlat komissiyasi toʻgʻrisida” 1992-yil 3-sentabrdagi 406-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 9-son, 27-modda) 3-bandning ikkinchi xatboshi hamda 4-band chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-iyundagi 275-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Muqobil xizmatni tashkil etish va oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ilovaning yettinchi xatboshidagi “pochta va telekommunikatsiyalar” soʻzlari “aloqa va axborotlashtirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va ularning ish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 12-oktabrdagi 502-son qarori 4 va 5-bandlaridagi “Aloqa vazirligining” va “Aloqa vazirligi huzuridagi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining” va “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini 2010-yilgacha boʻlgan davrda rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturi toʻgʻrisida” 1995-yil 1-avgustdagi 307-son qarorida:
5 va 9-bandlardagi “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi”, “Aloqa vazirligiga”, “Aloqa vazirligi” soʻzlari tegishli ravishda “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi”, “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga”, “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
1-ilova 2-bobining oxirgi xatboshidagi “Toshkent aloqa elektrotexnika instituti” soʻzlari “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining “INTELSAT” yoʻldosh aloqasi xalqaro tashkilotiga kirishi toʻgʻrisida” 1997-yil 24-fevraldagi 105-son qarorining 2-bandidagi “pochta va telekommunikatsiyalar” soʻzlari “aloqa va axborotlashtirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 31-iyuldagi 380-son qarorida:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 220-modda)
1, 1a, 2, 2a va 7-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 386-modda)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998yil 1-iyuldagi 274-son qarori nomida va matnida hamda qarorga ilovalarda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga koʻrsatmalar Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, radioteledasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil10-iyuldagi 293-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda):
a) 6-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “pochta va telekommunikatsiyalar” soʻzlari “aloqa va axborotlashtirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi”, “Davlat matbuot qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 9-bandda:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
g) 4-ilovada:
5-banddagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligiga, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin, “Fan va texnika davlat qoʻmitasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
6-banddagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi”, “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin, “Fan va texnika davlat qoʻmitasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
8-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi”, “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi”, “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi”, “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 9-ilovaning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 5-fevraldagi 52-son qarorida:
a) 1-banddagi va 2-bandning uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandda:
uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 220-modda)
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1999-2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻini modernizatsiya qilish va uni rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida” 1999-yil 22-apreldagi 193-son qaroriga ilova 1.3-kichik bandining birinchi xatboshidagi va 3-jadval nomidagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish (II bosqich) uchun Yaponiya xorijiy iqtisodiy hamkorlik jamgʻarmasining imtiyozli kreditiga xizmat koʻrsatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 6-iyuldagi 331-son qarori 5-bandining toʻrtinchi xatboshidagi, 6-bandining birinchi xatboshidagi, 7-bandidagi, 9-bandining birinchi va ikkinchi xatboshidagi va 10-bandidagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 30-iyundagi 253-son qarorida:
a) 1-bandda:
birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-banddagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-ilova nomidagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 73-modda):
a) 1-banddagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi”, “telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi” soʻzlari “aloqa va axborotlashtirish soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovada:
42-banddagi “Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomga 2 va 3-ilovalardagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-oktabrdagi 429-son qarori bilan tasdiqlangan (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001y., 10-son, 60-modda) Oʻzbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
4-banddagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Radiochastota spektridan foydalanganlik uchun olingan va radiochastota spektridan foydalanishni davlat tomonidan boshqarish hamda monitoring olib borish xarajatlarini qoplashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar daromad hisoblanmaydi va tegishli ravishda ularga soliq solinmaydi”.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent teleminorasining uzatuvchi televizion kompleksini zamonaviylashtirish va rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 6-noyabrdagi 440-son qaroridagi Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga koʻrsatmalar Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 17-18-son, 139-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda, 19-son, 220-modda, 30-son, 345-modda, 43-son, 456-modda; 2005-y., 32-33-son, 255-modda, 2005-y., 52-son, 386-modda; 2009-y., 24-son, 273-modda; 2010-y., 14-15-son, 106-modda; 2011-y., 52-son, 561-modda; 2012-y., 21-son, 232-modda, 51-son, 577-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda; 2014-y., 15-son, 167-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 09/19/973/4123-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)