Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.04.2017 01.03.2016 yildagi 68-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.04.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Surxondaryo viloyati hokimining 2017-yil 27-martdagi Q-98-sonli “Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatidagi bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, bozorlar va savdo komplekslarida pul oqimlari toʻliq hisobga olinishini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1326-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 8-yanvardagi “Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi 1 va 2016-1-son qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish” bosh boshqarmasi viloyat boʻlimi (S. Toʻrayev)ga viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarida sotuvchilardan (xizmat koʻrsatuvchilardan) undiriladigan savdo joyi, xizmat haqi va ijara toʻlovlarini toʻgʻri va toʻliq undirilishi hamda tegishli qismini mahalliy budjetga oʻz vaqtida oʻtkazilishi ustidan doimiy nazorat olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Surxon tongi” (A. Rajabov) hamda “Zarya Surxana” (G. Tangirova) gazetalari tahririyatlariga mazkur qarorning toʻliq matnini matbuotda eʼlon qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Surxondaryo viloyat hokimining 2015-yil 7-fevraldagi 45-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari Z. Davlatov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan kuchga kirishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim T. MAMARAIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 1-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimining 2016-yil 1-martdagi 68-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyat bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
miqdorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlarning miqdorlari

T/r

Mahsulot turi

Oʻlchov birligi

Termiz shahri

Tumanlar

1.

Mahsulotlarni savdo oʻrinlarida sotish:

1.1.

Mevalar:

1 oʻrin/kunga

3500

3000

Hoʻl mevalar:

olma, anor, nok, shaftoli, anjir, olxoʻri, gilos, koʻk va qizil sulton, oʻrik, uzum, olcha, qulupnay, malina va h.k

sitrus va tropik mevalar (apelsin, mandarin, limon, banan, ananas, kivi va h.k) hamda chet eldan keltirilgan boshqa hoʻl mevalar.

1 oʻrin/kunga

6500

5000

Quruq mevalar

oʻrik, mayiz, yongʻoq, yeryongʻoq

1 oʻrin/kunga

6100

4000

turshak, bargak, bodom, pista, shoʻrdanak va h.k.

1 oʻrin/kunga

6500

5000

1.2.

Sabzavotlar:

kartoshka, piyoz, karam, sabzi, sarimsoq, lavlagi, sholgʻom, bulgʻor qalampiri, baqlajon, patisson, pomidor, bodring (shu jumladan, issiqxonalarda yetishtirilgan pomidor va bodring) va h.q hamda pishirilgan joʻxori

1 oʻrin/kunga

3000

3000

1.3.

Poliz mahsulotlari:

handalak, qovun, tarvuz, qovoq (6 kv.metrgacha)

1 oʻrin/kunga

7000

6000

1.4.

Don mahsulotlari: guruch, kungaboqar, yormalar (krupa), bugʻdoy, soʻli, arpa va h.k.

1 oʻrin/kunga

3500

3500

1.5.

Dukkakli mahsulotlar:

mosh, loviya, noʻxat va h.k.

1 oʻrin/kunga

3500

3000

1.6.

Sut mahsulotlari:

Sut va qatiq

1 oʻrin/kunga

3000

2500

Qaymoq, smetana, uy pishlogʻi, suzma va h.k.

1 oʻrin/kunga

4000

3000

1.7.

Tuzlamalar:

karam, bodring, pomidor va h.k

1 oʻrin/kunga

3500

3500

1.8.

Ziravor va dorivorlar (zira, murch, qalampir, nos va h.k)

1 oʻrin/kunga

3500

3000

Asal

1 oʻrin/kunga

5000

4000

1.9.

Koʻkatlar (shu jumladan issiqxonada yetishtirilganlar)

1 oʻrin/kunga

3000

2500

1.10.

Tuxum

1 oʻrin/kunga

3500

3000

1.11.

Gullar va koʻchatlar ( 6 kv.metrgacha)

1 oʻrin/kunga

3000

3000

1.12.

Non mahsulotlari (obi non, patir va h.k)

1 oʻrin/kunga

2500

2500

1.13.

Uyda tayyorlangan konservalangan mahsulotlar, pazandalik mahsulotlari va uy sharoitida tayyorlangan qandolat mahsulotlari

1 oʻrin/kunga

3000

3000

1.14.

Sanoat yoʻli bilan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari va salqin ichimliklar

1 oʻrin/kunga

5000

4500

1.15.

Milliy taomlar

1 oʻrin/kunga

6500

5500

1.16.

Polietilen va qogʻoz paketlar, savatlar va posilka qutilari

1 oʻrin/kunga

3000

2800

1.17.

Supurgi, isiriq

1 oʻrin/kunga

3000

2500

1.18.

Tirik baliq

1 oʻrin/kunga

5000

5000

1.19.

Xalq ijodkorligi, xalq hunarmandchiligi va kosibchilik tovarlari (6 kv.metrgacha)

1 oʻrin/kunga

2500

2500

Milliy kiyimlar: (toʻn, doʻppi, belbogʻ va h.k)

1 oʻrin/kunga

2500

2500

Arqon

1 oʻrin/kunga

2000

2000

1.20.

Tijorat yoʻli bilan keltirilgan nooziq-ovqat mahsulotlari uchun

1 oʻrin/kunga

3500

3500

Kanselyariya mollari, bolalar oʻyinchoqlari

1 oʻrin/kunga

1200

1200

2.

Goʻsht mahsulotlari: mol, koʻy, choʻchqa, parranda goʻshti, jigar, dumba va h.k.)

1 oʻrin/kunga

14000

13000

Kolbasa mahsulotlari

1 oʻrin/kunga

6000

6000

3.

Mahsulotlarni avtomashinalardan sotish:

yengil avtomashinalardan

1 mashina

6000

6000

yuk avtomashinalardan

1 mashina

11000

11000

tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan

1 mashina

11000

11000

mahsulotlarni yerdan sotish (savdo rastalaridan tashqari, maxsus ajratilgan joylarda) 6 kv. metrgacha)

1 oʻrin/kunga

5500

5000

4.

Uy hayvonlari uchun yem-ozuqalari (har bir tirkama yoki yuk avtomashinasi uchun): shrot, sheluxa, kombikorma, pichan, somon, guruch va makkajoʻxori poyasi va h.k.

1 mashina

6500

6000

5.

Qurilish materiallarini sotish:

5.1.

Bozorlar va savdo komplekslari tomonidan maxsus ajratilgan joylarda ogʻir va katta oʻlchamdagi qurilish materiallarini sotish:

6 kv.metrgacha

1 oʻrin/kunga

8000

7000

6 dan — 15 kv.metrgacha

1 oʻrin/kunga

11000

11000

15 dan — 30 kv.metrgacha

1 oʻrin/kunga

14000

14000

5.2.

Kichik oʻlchamdagi qurilish materiallari (mayda oʻlchamli), santexnika, yoritish uskunalarini (lyustra, svetilniklar va h.k) sotish (6 kv.metrgacha)

1 oʻrin/kunga

4000

4000

6.

Ilgari foydalanishda boʻlgan buyumlar va ehtiyot qismlarni sotish:

Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar

1 oʻrin/kunga

4500

4000

Uy-roʻzgʻor jihoz buyumlari va kiyim-kechaklar

1 oʻrin/kunga

4000

4000

7.

Avtotransport vositalarini sotish:

yengil avtomashinalar va mikroavtobuslar

1 dona

17000

17000

yuk avtomashinalari, avtobuslar, traktorlar va boshqa yuk koʻtaruvchi transport vositalari

1 dona

18000

18000

mototsikl, motorellyor, mopedlar

1 dona

6000

6000

velosipedlar

1 dona

3000

3000

8.

Mol bozoriga olib kiriladigan har bir chorva mollari uchun

8.1.

Ot, toy, tuya

1 bosh

10000

10000

boʻtaloq, eshak

1 bosh

6000

6000

8.2.

Yirik shoxli qoramol:

sigir buzogʻi bilan

1 bosh

11000

11000

yirik shoxli qoramol

1 bosh

9000

9000

buzoq (6 oylikkacha)

1 bosh

7000

7000

8.3.

Mayda shoxli qoramol:

qoʻy qoʻzisi bilan, echki ulogʻi bilan va h.k

1 bosh

8000

8000

qoʻy, echki

1 bosh

6000

6000

qoʻzi, uloq

1 bosh

4000

4000

8.4.

Choʻchqalar va choʻchqa bolalari

1 bosh

4000

4000

9.

Uy parrandalari: kurka, tovuq, oʻrdak, gʻoz

1 bosh

1500

1500

tovuq, kurka, oʻrdak, gʻoz joʻjalari

10 bosh

1500

1500

10.

Itlar va mushuklar

1 oʻrin/kunga

3700

2700

11.

Manzarali qushlar va baliqlar

1 oʻrin/kunga

3700

3000

12.

Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar uchun ozuqalar hamda tegishli aksessuarlar va buyumlar

1 oʻrin/kunga

4000

2500

13.

Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar, shuningdek ularning ozuqalari va tegishli aksessuarlar va buyumlar, bir joyda

1 oʻrin/kunga

4000

3500

14.

Poyabzal taʼmirlash xizmati

1 oʻrin/kunga

3000

2500

II. Bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshootlar va inventarlarni ijaraga berish va koʻrsatiladigan xizmatlar

uchun undiriladigan toʻlovlarning miqdorlari

T/r

Koʻrsatiladigan xizmatlar turi

Oʻlchov birligi

Termiz shahri

Tumanlar

1.

Bozorlar va savdo komplekslari balansidagi bino va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi:

Nooziq-ovqat mahsulotlari sotish

1 kv. m./oyiga

16000

14000

Oziq-ovqat mahsulotlari sotish

1 kv. m./oyiga

14500

13500

Umumiy ovqatlanish

1 kv. m./oyiga

16000

14000

Dorixona, Paynet

1 kv. m./oyiga

14000

13000

Maishiy xizmat koʻrsatish

1 kv. m./oyiga

12000

11000

Boshqa turlar (ombor, ofis va h.k.)

1 kv. m./oyiga

7000

6000

2.

Inventarlarni ijaraga berish:

2.1.

Tosh-tarozilar uchun

1 kunda

1300

1000

2.2.

Katta yuk tortish tarozilari uchun

150 kg.gacha

1 kunda

2500

2000

150 kg.dan 1500 kg.gacha

1 kunda

8000

6500

2.3.

Savdo jihozlari uchun (bolta, taxtakach, pichoq, oʻrindiq, voronka, patnis, savat va h.k) (butun toʻplam uchun, bunda toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi)

1 kunda

1500

1200

2.4.

Maxsus ust-bosh kiyimlar uchun (xalat, etak, yenglik) (butun toʻplam uchun, bunda toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi)

1 kunda

700

700

2.5.

Mahsulotlar uchun brezent berish

1 kunda

1500

1500

2.6.

Aravachalar uchun

1 kunda

2000

2000

2.7.

Reklama joylashtirishga ajratilgan yer maydonidan foydalanganligi uchun (1 kv.m)

1 kunda

1500

1500

3.

Koʻrsatiladigan xizmat turlari:

3.1.

Qishloq xoʻjalik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash:

sovutgichlarda (har bir yashik, qop va h.k. uchun)

1 kunda

2500

2500

omborxonalarda, saqlash kameralarida (har bir yashik, qop va h.k. uchun)

1 kunda

1800

1800

bozor hududidagi rastalarda va ochiq joylarda (savdo oʻrni hisobidan)

1 kunda

1800

1800

3.2.

Buyumlarni omborlarda saqlash ( bir 50x50x100 oʻlchamdagi joy uchun)

1 kunda

2000

1500

3.3.

Mahsulotlarni tarozida tortish:

katta yuk tarozida

1-marta tortish

1000

1000

yirik va mayda shoxli qoramolni tortish

1-marta tortish

1800

1800

3.4.

Avtotarozilardan foydalanish:

Yuk koʻtarish quvvati 5 tonnadan ortiq boʻlgan tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlaridan:

yuk bilan

1-marta oʻlchash

3000

2500

yuksiz

1-marta oʻlchash

2100

2000

Yuk koʻtarish quvvati 5 tonnagacha boʻlgan tirkamali va yarim tirkamali yuk avtomashinalaridan:

yuk bilan

1-marta oʻlchash

2500

2000

yuksiz

1-marta oʻlchash

2000

1500

Yengil avtomashinalardan:

yuk bilan

1-marta oʻlchash

1500

1500

yuksiz

1-marta oʻlchash

1200

1200

Tirkamali yengil avtomashinalardan:

yuk bilan

1-marta oʻlchash

2000

2000

yuksiz

1-marta oʻlchash

1500

1500

3.5.

Mehmonxona xizmatidan foydalanish (1 ta joy uchun)

1 kunda

5000

5000

3.6.

Avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash uchun:

yengil avtomashinalar uchun

1 soatga

1500

1500

yuk avtomashinalar uchun

1 soatga

2000

2000

3.7.

Hojatxona xizmatidan foydalanish

1-marta

400

400

3.8.

Telefondan foydalanish

1-marta

300

300

3.9.

Radiouzel orqali eʼlon berish

3-marta takror

500

500

3.10.

Boshqa koʻrsatilgan xizmatlar uchun (maʼlumotnomalar va h.k)

1-marta

3000

3000

3.11.

Umumiy foydalaniladigan obyektlarni saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar (asfaltlangan va bruschatka yotqizilgan yoʻlaklar, trotuarlar, kirish va chiqish joylari, yer osti va yer usti kanalizatsiya lotoklari, ichki va tashqi yoritish tarmoqlari va inshootlari, ichimlik suvining sanitar-texnik boʻgʻinlari, umumiy hududni qoʻriqlash va tozalash, maishiy va meva-sabzavot mahsulotlarining chiqindilarini yigʻish va olib chiqish, tashqi muhandislik-kommunikatsiya inshootlari)*

1 kv. m./oyiga

8500

7500

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1326-sonli Qaroriga muvofiq, koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar roʻyxati va qiymati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu xizmatlar bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino va inshootlar mulkdorlariga koʻrsatiladi hamda ular uchun kadastr hujjatlarida koʻrsatilgan egallagan yer maydonlaridan kelib chiqib haq toʻlanadi. Bozorlar va savdo komplekslar hududidagi yer va mol-mulk huquqiga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga 1 kv.m uchun Termiz shahrida 5000 soʻm, boshqa tumanlarda 4000 soʻm toʻlov miqdorlari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari bilan savdo qilinganda, bir joy (savdo oʻrni) oʻlchami 1 — 1,2 pogon metr deb belgilanadi va shu oʻlchamdan ortiq oʻrin uchun qoʻshimcha ravishda har bir savdo oʻrni uchun belgilangan toʻlov miqdorida joy haqi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari aralash holda sotilganda, toʻlov sotiladigan mahsulot turlari boʻyicha belgilangan eng yuqori stavka boʻyicha undiriladi.