Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 7-iyun,
262-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish (II bosqich) uchun Yaponiya xorijiy iqtisodiy hamkorlik jamgʻarmasining imtiyozli kreditiga xizmat koʻrsatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 6-iyuldagi 331-son qarorining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Belgilansinki, Yaponiya xorijiy iqtisodiy hamkorlik jamgʻarmasi imtiyozli kreditiga xizmat koʻrsatish va uni uzish hamda undan foydalanganlik uchun foizlar bilan bogʻliq 1-ilovaga muvofiq sarf-xarajatlar, shuningdek Kredit bitimi boʻyicha beriladigan qarz hajmidan oshadigan har qanday moliyaviy xarajatlar:
“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining telekommunikatsiyalar korxonalari tomonidan ularning oʻz mablagʻlari hisobiga;
Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga, shu jumladan “Oʻzteleradio” kompaniyasiga ajratiladigan maqsadli budjet mablagʻlari hisobiga, koʻrsatib oʻtilgan xarajatlar “Oʻzteleradio” kompaniyasi uchun aloqa xizmatlari tariflariga kiritilmasdan amalga oshiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 22-23-son, 263-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)