Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.05.2004 yildagi 244-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BAHOUDDIN NAQShBAND YoDGORLIK MAJMUASI MARKAZINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom olamining benazir namoyandasi Bahouddin Naqshbandning jahon tafakkur xazinasiga va muqaddas dinimiz rivojiga qoʻshgan ulkan hissasini inobatga olib, uning merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib qilish, ezgulik, maʼnaviy komillikka chorlovchi gʻoyalarini vatandoshlarimiz, ayniqsa yosh avlod qalbi va ongiga singdirish hamda buyuk allomalar yodgorlik majmualarini asrab-avaylash va yanada obodonlashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Buxoro viloyatida mustaqil yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. Qayd etilsinki, ushbu Markaz tarkibiga Abduxoliq Gʻijduvoniy yodgorlik majmuasi ham kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish, belgilangan vazifalarning samarali ijrosini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan Boshqaruv kengashi tarkibi ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noyob meʼmoriy inshoot hisoblangan Bahouddin Naqshband va Abduxoliq Gʻijduvoniy yodgorlik majmualarini talab darajasida saqlash, asrab-avaylash va yanada obodonlashtirish, ularning infratuzilmalarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu muqaddas qadamjolarning musulmon dunyosidagi nufuzini yanada oshirish, bu yerga mahalliy va xorijiy fuqarolarning keng koʻlamdagi ziyoratlarini uyushtirish, ziyoratchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bahouddin Naqshband va uning ustoz-shogirdlarining ilmiy-nazariy merosi, ibratli hayotini har tomonlama oʻrganish, ularning asarlarida targʻib etilgan insonparvarlik, halollik, poklik, maʼnaviy barkamollik kabi azaliy qadriyatlarni xalqimizga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy-maʼrifiy ishlarni tashkil etishda, ayniqsa yoshlarni mehnatsevarlik, bunyodkorlik, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda ularning hayotbaxsh oʻgitlaridan samarali foydalanishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga bir oy muddatda Markaz Nizomini tasdiqlash, uni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish hamda boshqa tashkiliy masalalarni hal qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markazning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Buxoro viloyat boʻlimida ochiladigan hisob raqami Oʻzbekistondagi yuridik va jismoniy shaxslar, xalqaro tashkilotlar va xorijiy fuqarolarning xayriya mablagʻlari uchun ochiq ekani qayd etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur mablagʻlar Markaz faoliyatini tashkil etish va doimiy takomillashtirib borish, yodgorlik majmualarini talab darajasida saqlash, asrab-avaylash va yanada obodonlashtirish, ularning infratuzilmalarini rivojlantirish uchun yoʻnaltirilishi koʻzda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Buxoro viloyati hokimligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi Bahouddin Naqshband va Abduxoliq Gʻijduvoniy yodgorlik majmualarini asrab-avaylash, joriy taʼmirlash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirishda Markazga tegishli yordam koʻrsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda Buxoro viloyati hokimligi yurtdoshlarimiz va xorijlik mehmonlarning Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasiga ziyoratlarini tashkil etish boʻyicha nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan aloqa oʻrnatish va hamkorlik qilishda Markazga har tomonlama koʻmaklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligiga respublika va xorijiy ommaviy axborot vositalarida Bahouddin Naqshband va uning ustoz-shogirdlari maʼnaviy merosining ahamiyati va mohiyatini ochib berish, bu ulugʻ zotlarning hayotini oʻrganish, nomlarini ulugʻlash, ezgu oʻgitlarini targʻib qilish borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlarni yanada kengroq yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi Z. Husnidinov va Bosh vazir oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 27-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
244-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 21-son, 252-modda; 2006-y., 45-son, 445-modda)