Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.06.2021 01.03.2016 yildagi 160-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxoro viloyati Shofirkon tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda 2016-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Buxoro viloyati hokimining 2021-yil 2-iyundagi 242-sonli “Shaharlar va tumanlar hokimliklarining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 15 — 17-moddalariga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015-yil 16-noyabrdagi 286-III-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015-yil 3-dekabrdagi SQ-63-ΙΙΙ-sonli “2016-yilda ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi hamda viloyat hokimining 2016-yil 17-fevraldagi “2016-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi 75-sonli (“Buxoronoma” gazetasi, 20.02.2016-y., 16-son) qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015-yil 16-noyabrdagi 286-III-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015-yil 3-dekabrdagi SQ-63-ΙΙΙ-sonli “2016-yilda ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi hamda viloyat hokimining 2016-yil 17-fevraldagi “2016-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi 75-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shofirkon tumanida 2016-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi koʻrsatkichlari 1-ilovaga*;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturning oylar kesimidagi koʻrsatkichlari 2-ilovaga*;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastur koʻrsatkichlarining amalga oshirilishini tashkil qilish boʻyicha tuman ishchi komissiyasi tarkibi 3-ilovaga*;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastur ijrosini nazorat qilish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi ishchi guruhi tarkibi 4-ilovaga*;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yilda tuman tijorat banklari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ish oʻrinlari tashkil etishni taʼminlaydigan biznes-loyihalarini moliyalashtirish koʻrsatkichlari 5-ilovaga*;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanda 2016-yil davomida “Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi”ni oʻtkazish jadvali 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 — 6-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2016-yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida qabul qilingan barcha dasturlar ijrosi natijasida 6583 ta ish oʻrinlarini tashkil qilish qismi boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hokimligi iqtisodiyot boʻlimi (J. Soliyev) tomonidan mahalliy davlat hokimiyati, xoʻjalik boshqaruvi va yirik korxonalar bilan hamkorlikda investitsiya dasturlari hamda sanoatni, xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturlarining parametrlaridan kelib chiqib, maqsadli dasturlarga kiritilgan obyektlar boʻyicha hamda davlat mulki boʻlgan obyektlarini xususiylashtirish, shu jumladan “nol” qiymatda sotish, boʻsh turgan davlat mulklarini ijaraga berish hamda moliyaviy sogʻlomlashtirish dasturlari boʻyicha jami 866 ta ish oʻrinlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman arxitektura va qurilish boʻlimi (Sh. Xusenov) tomonidan mahalliy davlat hokimiyati, xoʻjalik boshqaruvi va korxonalar bilan hamkorlikda qurilish sanoatini, muxandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturi boʻyicha jami 364 ta ish oʻrinlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman Davlat soliq inspeksiyasi (M. Imomov), tuman hokimligi va “Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish” boʻyicha maxsus komissiyalar tomonidan faoliyat koʻrsatmayotgan kichik biznes korxonalar faoliyatini tiklash hisobiga jami 50 ta, yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha jami 1000 ta ish oʻrinlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman tijorat banklari (F. Ochilov, O. Djamolov, I. Komilov, F. Nurullayev) tomonidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik loyihalari boʻyicha hamda tijorat banklarida hisob raqami ochib faoliyat koʻrsatayotgan mijozlarning oʻz mablagʻlari hisobiga jami 1709 ta ish oʻrinlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi (J. Jalilov) tomonidan dehqon va fermer xoʻjaliklarida mahsulotni ishlab chiqarish dasturlari boʻyicha jami 1203 ta ish oʻrinlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Shofirkon tuman boʻlimi (I. Neʼmatov) va “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlimi (E. Hakimov) tomonidan kasanachilik, hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari boʻyicha jami 1303 ta ish oʻrinlari yaratilishini taʼminlash belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimligi moliya boʻlimi (K. Imomov) infratuzilma obyektlari, shu jumladan budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hisobida ishga tushiriladigan obyektlar hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman statistika boʻlimi (A. Rajabov) tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda taqdim etiladigan davlat statistika hisobotlari hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lavozimiga koʻra tumandagi kasb-hunar kollejlari direktorlari, 2015-2016 oʻquv yilida kollej bitiruvchilarining bandligi holati boʻyicha ish oʻrinlarini tashkil etish choralarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman ishchi komissiyasi aʼzolari har oyning 25-sanasigacha tashkil etilgan ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi tezkor maʼlumotlarni tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning bajarilishining borishi, axborotlarni toʻplash va muvofiqlashtirish hamda tashkil etilgan yangi ish oʻrinlari monitoringini yuritish, tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Dastur koʻrsatkichlarining amalga oshirilishini tashkil qilish boʻyicha tuman ishchi komissiyasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturda belgilangan tadbirlarning ijrosini soʻzsiz taʼminlash boʻyicha tashkilotchilik ishlarini amalga oshirish, tegishli tuman tashkilotlari, qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlarining bu yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyning 23-sanasigacha biriktirilgan hududga chiqqan holda, 2016-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash tuman dasturi ijrosini tanqidiy oʻrganib, qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida muhokama qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman dasturida belgilangan parametrlar ijrosini taʼminlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan vazifalarni talab darajasida bajarmayotgan tarmoqlar, korxonalar rahbarlari hamda qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislarining masʼuliyatini yanada oshirish yuzasidan javobgarlik masalasini koʻrib chiqish uchun tuman hokimiga takliflar kiritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman dasturiga kiritilgan obyektlarning oʻz vaqtida ishga tushirilishi, dastur parametrlarining toʻliq va sifatli bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastur ijrosi toʻgʻrisida har oy yakuni bilan keyingi oyning 3-sanasigacha tuman hokimiga, 5-sanasigacha viloyat ishchi guruhiga axborot taqdim etish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Dastur koʻrsatkichlarining ijrosini nazorat qilish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi ishchi guruhiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturda belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash boʻyicha monitoring yuritish, barcha parametr koʻrsatkichlarini tahlil qilgan holda umumlashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastur ijrosini tashkilotlarda, qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlarida bajarilishini oʻrganib, mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash hamda yakuniy maʼlumotlarni umumlashtirib, tuman ishchi komissiyasiga har oyning 18-sanasiga qadar taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman statistika boʻlimi (A. Rajabov) barcha chora-tadbirlar hisobiga tashkil etiladigan ish joylarining statistik hisobotlarini yuritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror “Shofirkon ovozi” gazetasida eʼlon qilinsin hamda hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim Sh. JUMAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shofirkon t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 1-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160-son