Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Maktabgacha taʼlim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 23-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2821]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi, 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 117-son “Davlat maxsus maktabgacha taʼlim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Maktabgacha taʼlim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 21-yanvardagi 2 va 4-sonli “Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1768, 2008-yil 13-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 6-7-son, 34-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2016-yil 25-iyul,
8-mh-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 25-iyul,
55-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 25-iyuldagi 8-mh va 55-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Maktabgacha taʼlim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi, 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son “Maktabgacha taʼlim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, maktabgacha taʼlim muassasalari va maktab-internatlarda bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibini belgilaydi.
(muqqadima Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2017-yil 17-avgustdagi 6-mh, 125-sonli (roʻyxat raqami 2821-1, 11.09.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1010-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim muassasalari va maktab-internatlarga nisbatan tatbiq etiladi, turli kasalliklar bilan kasallangan bolalar uchun maktab-internatlar, kam taʼminlangan oilalardagi bolalar uchun maktab-internatlar hamda yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar uchun maktab-internatlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Maktabgacha taʼlim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminoti uchun toʻlanadigan tushumlar nazarda tutilgan boshqa budjet mablagʻlari bilan birga maqsadli tartibda tarbiyalanuvchilarni oziq-ovqat bilan taʼminlashni hamda muassasaning moddiy-texnika bazasini yaxshilashga, avvalambor, sanitariya-gigiyena vositalari va yumshoq inventarlar xarid qilishga maqsadli tartibda yoʻnaltiriladi.
Bunda muassasaning moddiy-texnika bazasini yaxshilashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar miqdori jami yil davomida ota-onalar toʻlovidan tushgan mablagʻlarning 5 foizidan oshmasligi lozim.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2017-yil 17-avgustdagi 6-mh, 125-sonli (roʻyxat raqami 2821-1, 11.09.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1010-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Bolalar taʼminoti uchun toʻlovlarni amalga oshirish
3. Maktabgacha taʼlim muassasalari va maktab-internatlarda bolalar taʼminoti uchun toʻlovlar qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda toʻlanadi.
4. Maktabgacha taʼlim muassasasiga bitta oiladan ikki va undan ortiq bolalar qatnasa, ularning har biriga ushbu toifadagi oilalar uchun qonun hujjatlarida belgilangan toʻlov miqdorlari qoʻllaniladi. Bunda bitta oiladan ikki va undan ortiq bolalar turli maktabgacha taʼlim muassasasiga qatnasa, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (bundan buyon matnda ota-onalar deb yuritiladi) bir farzandi boradigan maktabgacha taʼlim muassasasiga ikkinchi farzandi boradigan maktabgacha taʼlim muassasasidan uning qatnashi toʻgʻrisida maʼlumotnomani taqdim etishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Maktabgacha taʼlim muassasalarida mazkur Nizomning ilovasida koʻrsatilgan jismoniy yoki aqliy rivojlanishidagi nuqsonlari boʻlgan bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Bolalar taʼminoti uchun toʻlovlar ota-onalar va maktabgacha taʼlim muassasalari yoki maktab-internatlar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Maktabgacha taʼlim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminoti uchun toʻlovlar har oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan toʻlanadi. Oyning 15-sanasidan keyin kelgan bolalar taʼminoti uchun toʻlovlar esa, bola kelgan kundan boshlab 3 kun ichida toʻlanadi. Bunda toʻlovlar bolaning shu oyda maktabgacha taʼlim muassasasiga qatnaydigan (maktab-internatida boʻladigan) kunlarga mutanosib ravishda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Ota-onalar tomonidan shartnoma shartlari bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi, shu jumladan toʻlov shartnomada belgilangan miqdorda hamda mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan muddat oʻtgach ikki hafta mobaynida uzrli sabablarsiz toʻlanmagan taqdirda, ota-onalar bilan tuzilgan shartnomaning amal qilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatiladi va bu bolaning maktabgacha taʼlim muassasasi yoki maktab-internatida boʻlishini toʻxtatish uchun asos boʻladi. Bunda toʻlov amalga oshirilmaganligi bolaning maktab-internatda taʼlim olishini toʻxtatishga asos boʻlmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Maktabgacha taʼlim muassasasidagi bola taʼminoti uchun ota-onalar tomonidan amalga oshirilmagan toʻlov 60 kun ichida toʻlab berilganda, bolani tegishli maktabgacha taʼlim muassasasiga tiklash majburiy tartibda amalga oshiriladi. Mazkur muddat oʻtib ketgan taqdirda, maktabgacha taʼlim muassasasiga bolani tiklash yangi qabul qilingan bolalar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Maktab-internatidagi bola taʼminoti uchun ota-onalar tomonidan amalga oshirilmagan toʻlov u amalga oshirilgan kundan boshlab bola maktab-internatida boʻlishi tiklanadi.
10. Maktabgacha taʼlim muassasalari va maktab-internatlaridagi bolalar taʼminoti uchun toʻlovlar tijorat banklari orqali naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda (bank plastik kartochkalari orqali va pul oʻtkazish yoʻli bilan) toʻlanadi. Bunda toʻlovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi maktabgacha taʼlim muassasasi yoki maktab-internatiga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Bolalar taʼminoti uchun toʻlovlar maktabgacha taʼlim muassasasi yoki maktab-internatining tegishli hududiy gʻaznachilik boʻlinmalaridagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida undan keyinchalik foydalanish uchun hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar taʼminoti uchun toʻlov hisob-kitobi
Keyingi tahrirga qarang.
12. Maktabgacha taʼlim muassasasida bola taʼminoti uchun toʻlovning bir kunlik qiymati bir oylik toʻlov miqdorini shu oy mobaynidagi ish kunlari soniga boʻlish orqali aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Bolaning yoki oila aʼzolarining kasalligi, karantin holatida boʻlganligi tufayli, shuningdek ota-onalardan birining ishdan (oʻqishdan) boʻsh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga koʻra bola maktabgacha taʼlim muassasasiga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davri uchun toʻlangan toʻlovlar keyingi toʻlovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi. Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik toʻlov miqdoriga koʻpaytirilib, keyingi toʻlov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. Agar bolaning kelmagan kunlari uchun toʻlov hali amalga oshirilmagan boʻlsa, toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan toʻlov summasiga kamaytiriladi.
Bolaning yoki uning oila aʼzolarining kasalligi, karantin holatida boʻlganligi tufayli bolaning maktabgacha taʼlim muassasasiga kelmaganligi tegishli davolash-profilaktika muassasasi yoki uchastka shifokori tomonidan beriladigan maʼlumotnoma bilan tasdiqlanishi shart.
Ota-onalardan birining ishdan (oʻqishdan) boʻsh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga koʻra bola maktabgacha taʼlim muassasasiga kelmasligiga ota-onalardan birining sababi koʻrsatilgan holda maktabgacha taʼlim muassasasi rahbariyati nomiga oldindan yozgan arizasi (bildirishnomasi) asos boʻlib hisoblanadi. Bunda bolaning bir yilda koʻpi bilan 60 kundan ortiq boʻlmagan muddatgacha maktabgacha taʼlim muassasasiga kelmasligiga ruxsat beriladi.
Bolaning uyda qolgan boshqa barcha hollarida maktabgacha taʼlim muassasasida bola taʼminoti uchun toʻlovlar umumiy asoslarda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning maktabgacha taʼlim muassasasiga qatnashi butunlay toʻxtatilgan taqdirda, toʻlov toʻliq boʻlmagan oy uchun, yaʼni bola amalda maktabgacha taʼlim muassasasiga qatnagan kunlar uchun toʻlanadi.
Bolaning maktabgacha taʼlim muassasasiga qatnashi vaqtincha yoki butunlay toʻxtatilishi toʻgʻrisida ota-onaning yozma arizasi boʻlmagan hollarda toʻlov toʻliq oy uchun hisoblanadi va umumiy asoslarda undiriladi.
Bolaning maktabgacha taʼlim muassasalarida toʻlov toʻlangan davrdan ortiq muddatda boʻlishiga ushbu oy uchun toʻlovning qolgan qismi toʻlangandan soʻng, yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Maktab-internatlarda bolalar taʼminoti uchun toʻlov hisob-kitobi
15. Maktab-internatdagi bola taʼminoti uchun toʻlovning bir kunlik qiymati bir oylik toʻlov miqdorini shu oy mobaynidagi ish kunlari soniga boʻlish orqali aniqlanadi.
16. Bolaning yoki oila aʼzolarining kasalligi, karantin holatida boʻlganligi tufayli bola maktab-internatga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davr uchun toʻlangan toʻlovlar keyingi oy uchun toʻlovni amalga oshirishda hisobga olinadi. Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik toʻlov miqdoriga koʻpaytirilib, keyingi oy uchun toʻlov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. Agar bolaning kelmagan kunlari uchun toʻlov hali amalga oshirilmagan boʻlsa, joriy oy uchun toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlov miqdori u kelmagan kunlar uchun hisoblangan toʻlov summasiga kamaytiriladi.
Bolaning yoki uning oila aʼzolarining kasalligi, karantin holatida boʻlganligi tufayli bolaning maktab-internatga kelmaganligi tegishli davolash-profilaktika muassasasi yoki uchastka shifokori tomonidan beriladigan maʼlumotnoma bilan tasdiqlanishi shart.
Bolaning uyda qolgan boshqa barcha hollarida maktab-internatda bola taʼminoti uchun toʻlovlar umumiy asoslarda toʻlanadi.
17. Ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning maktab-internatda boʻlishi vaqtinchalik yoki butunlay toʻxtatilgan taqdirda, toʻlov toʻliq boʻlmagan oy uchun, yaʼni bola amalda maktab-internatda boʻlgan kunlar uchun toʻlanadi.
Bolaning maktab-internatda boʻlishi vaqtincha yoki butunlay toʻxtatilishi toʻgʻrisida ota-onaning yozma arizasi boʻlmagan hollarda toʻlov toʻliq oy uchun hisoblanadi va umumiy asoslarda undiriladi.
Bolaning maktab-internatda toʻlov toʻlangan davrdan ortiq muddatda boʻlishiga ushbu oy uchun toʻlovning qolgan qismi toʻlangandan soʻng, yoʻl qoʻyiladi.
18. Yozgi taʼtillar davrida maktab-internatlarda bolalar taʼminoti uchun toʻlov undirilmaydi.
5-bob. Kam taʼminlangan oilalar bolalarini toʻlovlardan ozod qilish
Keyingi tahrirga qarang.
19. Maktabgacha taʼlim muassasalaridagi (maktab-internatlardagi) bolalar umumiy sonining 15 foizi doirasida kam taʼminlangan oilalar farzandlari toʻlovdan ozod qilinadi. Bunda birinchi navbatda ota-onalaridan biri yoki ikkalasi I yoxud II guruh nogironi boʻlgan kam taʼminlangan oila farzandlariga, shuningdek oʻrtacha oylik jami daromadi eng past darajada boʻlgan kam taʼminlangan oila farzandlariga imtiyoz beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Toʻlovdan ozod qilinadigan kam taʼminlangan oila farzandlari roʻyxati fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan oilaning mulkiy ahvoli toʻgʻrisida maʼlumotnomaga va tegishli maktabgacha taʼlim muassasasi (maktab-internati) ota-onalar qoʻmitasining xulosasiga asosan aniqlanadi va shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Toʻlovdan ozod qilinadigan kam taʼminlangan oila farzandlari roʻyxati har oʻquv yilining 25-sentabr kuniga qadar tegishli maktabgacha taʼlim muassasasi (maktab-internati) rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Roʻyxatiga kirmay qolgan, shuningdek yil davomida aniqlangan kam taʼminlangan oilalar farzandlari hisobidan zaxira shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Toʻlovdan ozod qilingan bolalarning maktabgacha taʼlim muassasasiga (maktab-internatga) qatnashi (boʻlishi) toʻxtatilishi natijasida boʻshab qolgan oʻrinlar zaxiradan toʻldirib boriladi. Bunda boʻshab qolgan oʻrinlar mazkur Nizomning 19-bandiga asosan imtiyozga ega boʻlgan bolalarni birinchi navbatda tanlab olish tamoyiliga rioya qilgan holda toʻldirib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Toʻlovdan ozod qilinadigan kam taʼminlangan oila farzandlari roʻyxati u tasdiqlangandan keyin oʻquv yil davomida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Yakuniy qoidalar
25. Maktabgacha taʼlim muassasalari va maktab-internatlarda bolalar taʼminoti uchun toʻlovlarning kirim qilinishi va ularning maqsadli sarflanishi boʻyicha budjet hisobi va hisoboti mazkur muassasalarning buxgalteriyasi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Bolalar taʼminoti uchun toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishi, oʻz muddatida toʻlanishi, hisobi va hisobotining yuritilishi, tushgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy nazorat-taftish boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2016-yil 8-iyul
Maktabgacha taʼlim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi undirilmaydigan bolalarning jismoniy yoki aqliy rivojlanishidagi nuqsonlari
ROʻYXATI
1. Nutqidagi ogʻir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlanish, bolalar afaziyasi, ruhiy-nutqiy rivojlanishda orqada qolish).
2. Eshitishdagi ogʻir nuqsonlar (II — IV darajadagi karlik).
3. Koʻrishdagi ogʻir nuqsonlar (koʻzi ojizlar, bir koʻzi soqqasi yoʻqligi (anoftalm), ambliopiya va gʻilay boʻlgan zaif koʻradiganlar).
4. Tayanch-harakatlanishidagi nuqsonlar (bosh miya, boʻyin, koʻkrak qafasi, umurtqa, boʻgʻimlar va oyoqlar operatsiyalarining barcha turlaridan keyingi holati; boʻyin, koʻkrak qafasi, umurtqaning idiapatik deformatsiyalari; kifoz; lordoz; kifoskolioz; oyoq panjalari falaji; tayanch-harakatlanish aʼzosi rivojlanishi anomaliyalari; artrozoartritlar; ostexondropatiya; xondrodistrofiya; bolalar serebral falaji; meningoensefalitga chalingandan keyin hamda tugʻruq asoratlaridan keyingi tayanch-harakatlanish aʼzolarining barcha patologiyalari (gemiparez, paraparez, monoparez va shu turdagi plegiyalar); poliradikulonevritlar va ularning asoratlari).
5. Psixik rivojlanishda orqada qolish (aqliy orqada qolish (aqliy faoliyatining orqada qolishi va aqliy zaiflikning yengil darajasi).
6. Murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi).
7. Sil kasalligining ilk koʻrinishi (sil kasalligi bilan kasallangan bemor bilan bir oiladan (xoʻjalikdan) boʻlib aloqada boʻlganlar, tubviraj), shuningdek sil kasalligidan keyingi tiklash davri.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 34-son, 406-modda; 2017-y., 37-son, 1010-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 21.09.2022-y., 10/22/2821-2/0841-son; 22.08.2023-y., 10/23/2821-3/0640-son; 11.08.2025-y., 10/25/2821-4/0718-son; 14.10.2025-y., 10/25/2821-5/0932-son; 05.08.2026-y., 10/26/3918/0818-son)